×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Имидазолилэтанамид пентандиовой кислоты
Qadoqda soni:
- 7
Ishlab chiqaruvchi:
- Валента Фарм, ПАО
ATX kodi:
- J05AX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 11 ta dorixonasida topildi

ico 120 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

PANAVIR suppozitorii 200mkg N5 Эллара НЦ Rossiya Federatsiyasi
325 000 s`om dan
AVISIKLO tabletkalari 1000mg N10 Origin Formuleyshens Pvt. Ltd. Hindiston
204 000 s`om dan
REMDESIVIR BDREM 100 poroshok dlya ineksiy 100mg N1 BDR Pharmaceuticals International Pvt. Ltd Hindiston
SOFOSBIN tabletkalari 400mg N28 Rotapharm Limited Buyuk Britaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INGAVIRIN®

INGAVIRIN

Preparatning savdo nomi: Ingavirin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pentandin kislotasining imidazoliletanamidi

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: pentandin kislotasining imidazoliletanamidi (vitaglutam) 100% moddaga qayta hisoblaganda – 90,00 mg;

yordamchi moddalar:  laktoza monogidrati – 90,00 mg, kartoshka kraxmali – 35,60 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 2,20 mg, magniy stearati – 2,20 mg.

Kapsula qobig‘ining tarkibi: titan dioksidi Ye 171 – 1,3333%, qizil bo‘yovchisi [Ponso 4R] Ye124 – 0,0008%, azorubin bo‘yovchisi Ye122 – 0,3066%, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye104 – 0,4207%, jelatin – 100% gacha.

Logotip uchun siyoh tarkibi: shellak, propilenglikol Ye1520, titan dioksidi Ye171.

Ta‘rifi: №2 o‘lchamli qizil rangli kapsula. Kapsulaning qopqog‘ida oq rangli halqa ko‘rinishidagi logotip va halqa ichida I harfi tushirilgan. Kapsulalar ichidagi modda – oq yoki deyarli oq rangli granulalar va kukun; biroz bosganda osongina to‘kiladigan konglomeratlarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Viruslarga qarshi vosita. Yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: J05AX.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Viruslarga qarshi preparat.

Klinika oldi va klinik tadqiqotlarda Ingavirin® preparatining gripp viruslarining A turi (A/H1N1, shu jumladan “cho‘chqa grippi” A(H1N1)pdm09, A(H3N2), A(H5N1) va V turiga nisbatan, adenovirus, paragripp virusi, respirator-sinsitial infeksiyalarga nisbatan; klinika oldi tadqiqotlarida: kokronavirus, metapnevmavirus, enteroviruslar, shu jumladan Koksaki va rinovirusga nisbatan samaradorligi ko‘rsatilgan.

Ingavirin® preparati viruslarni tez chiqarilishiga, kasallikni muddatini qisqarishiga, asoratlarni rivojlanish xavfini kamayishiga yordam beradi.

Ta‘sir mexanizmi virus oqsillari tomonidan susaytirilgan tug‘ma immunitetning omillarini rag‘batlanishi hisobiga infeksiyalangan xujayralar darajasida amalga oshadi. Eksperimental tadqiqotlarda, Ingavirin® preparati epitelial va immunokomponent xujayralar yuzasida interferonning birinchi tipdagi IFNAR resetori eskpressiyasini oshiradi. Interferon reseptorlarining zichligini oshishi xujayralarning endogen interferonning signallariga sezuvchanligini oshishiga olib keladi. Ushbu jarayon viruslarga qarshi genlarni induksiyasi uchun xujayra yadrosiga signalni o‘tkazuvchi STAT1 oqsil-transmitterini faollashuvi (fosforlanishi) bilan kechadi. Infeksiya sharoitlarida, preparat turli viruslarning xujayra ichidagi transport ribonukleoproteidlarini ingibisiya qiluvchi antivirus effektor oqsil MxA ni ishlab chiqarilishini rag‘batlantirib, virus replikasiyasi jarayonini sekinlashtirishi ko‘rsatilgan.

Ingavirin® preparati qonda interferon miqdorini fiziologik normagacha oshishini chaqiradi, qon leykositlarining pasaygan α-interferon ishlab ichqaruvchi xususiyatini rag‘batlantiradi va normallashtiradi, leykositlarining pasaygan γ-interferon ishlab chiqaruvchi xususiyatini rag‘batlantiradi. Sitotoksik limfositlar generasiyasini chaqiradi va viruslar tomonidan zararlangan xujayralarga nisbatan yuqori killer faollikka ega bo‘lgan NK-T xujayralarining miqdorini oshiradi.

Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri asosiy yallig‘lanish sitokinlarini (o‘sma nekrozining omili (TNF-a), interleykinlar (IL-1b va IL-6)) ishlab chiqarilishini susaytirilishi, mieloperoksidaza faolligini pasayishi bilan bog‘liq.

Eksperimental tadqiqotlarda, Ingavirin® preparatini antibiotiklar bilan birga ishlatilishi bakterial sepsis modelida, shu jumladan stafilokokkning penisillinga rezistent shtammlari tomonidan chaqirilgan sepsis modelida davolash samaradorligini oshirishi ko‘rsatilgan.

O‘tkazilgan eksperimental toksikologik tadqiqotlar, preparatning toksikligi past darajada va xavfsizlik profili yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

O‘tkir toksikligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha Ingavirin® preparati toksiklikning 4-sinfiga – “Kam zaharli moddalar” sinfiga mansubdir (o‘tkir toksiklik bo‘yicha LD50 ni aniqlash yuzasidan eksperimentlarda preparatning letal dozalarini aniqlab bo‘lmadi).

Preparat mutagen, immunotoksik, allergizasiyalovchi va kanserogen xususiyatlarga ega emas, mahalliy ta‘sirlovchi samara ko‘rsatmaydi. Ingavirin® preparati reproduktiv faoliyatga ta‘sir qilmaydi, embriotoksik va teratogen ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi

Tavsiya qilingan dozalarda preparatni qon plazmasida mavjud bo‘lgan usullar bilan aniqlash mumkin emas.

Radiofaol nishonni ishlatish bilan o‘tkazilgan eksperimentda, preparatni me‘da-ichak yo‘llaridan tez qonga tushishi aniqlangan. Ichki a‘zolar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Qondagi, qon plazmasidagi va ko‘pchilik a‘zolardagi maksimal konsentrasiyasiga preparat yuborilganidan keyin 30 minutdan so‘ng erishiladi. AUC ko‘rsatkichi (konsentrasiyasi – vaqt farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydon), buyrak, jigar va o‘pkada, qondagi AUC ko‘rsatkichidan (43,77 mkg/soat) biroz yuqori. Taloq, buyrak usti bezlari, limfa tugunlari va timus uchun AUC ko‘rsatkichi, qonning AUC ko‘rsatkichidan past; MRT (preparatni qonda o‘rtacha tutib turilish vaqti) qonda – 37,2 soat.

Preparatni sutkada bir marta kurslik qabul qilishda, uni ichki a‘zolarda va to‘qimalarda to‘planishi yuz beradi. Bunda preparatni har bir yuborishdan keyingi farmakokinetik egri chizig‘ining sifat xarakteristikalari o‘xshash bo‘lgan: har bir yuborishdan keyin preparatning konsentrasiyasini tez oshishi va so‘ngra 24 soatga borib asta-sekin pasayishi kuzatilgan.

Metabolizmi

Preparat organizmda metabolizmga uchramaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Chiqarilishi

Asosiy chiqarilish jarayoni 24 soat davomida yuz beradi. Bu davrda qabul qilingan dozaning 80% chiqariladi: preparatning 34,8% 0 dan 5 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida: 45,2% 5 dan 24 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida chiqariladi. Ulardan 77% ichak orqali va 23% – buyrak orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalarda A va V grippi va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni (adenovirus infeksiyasi, paragripp, respirator-sinsitial infeksiya) davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar buyuriladi.

Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni davolash uchun 90 mg dan kuniga 1 marta buyuriladi.

Davolash davomiyligi 5-7 kun (bemorning holatni og‘irligiga qarab). Preparatni qabul qilishni kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lgan vaqtdanoq, kasallik boshlanganidan keyin kechi bilan 36 soatdan so‘ng boshlash kerak.

Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni oldini olish uchun bemor shaxslar bilan muloqatdan keyin 7 kun davomida 90 mg dan kuniga 1 marta buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (kam hollarda).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning faol moddasiga yoki har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiya sindromi.

Homiladorlik.

Emizish davrida.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ingavarin® ning boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sir holatlari aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat sedativ ta‘sir ko‘rsatmaydi, psixomotor reaksiyalarning tezligiga ta‘sir qilmaydi va turli, shu jumladan yuqori diqqat va harakat koordinasiyasini talab etuvchi turli kasbdagi shaxslarda ishlatish mumkin.

Boshqa viruslarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llanishi o‘rganilmagan.

Preparatni laktasiya vaqtida qo‘llanishi o‘rganilmagan, shuning uchun preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

O‘rganilmagan, biroq, ta‘sir mexanizmi va nojo‘ya reaksiyalar profilini hisobga olib, preparat transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi deb taxmin qilish mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar, 90 mg.

7 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramlarda.

Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7 dori vositasi Валента Фарм, ПАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
INGAVIRIN kapsulalar 60mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Имидазолилэтанамид пентандиовой кислоты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валента фарм АО
Narh: 79 900 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GRAMMIDIN NEO S ANESTETIKOM tabletkalari N18
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TRIMEDAT FORTE tabletkalari 300mg N20
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
FENAZEPAM 0,0005 tabletkalari N50
FENAZEPAM 0,0025 tabletkalari N50
FENAZEPAM 0,001 tabletkalari N50
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9