×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KAGOSEL 0,012 tabletkalari N20

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- НИАРМЕДИК ФАРМА, ООО
ATX kodi:
- J05AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GROPRINOSIN tabletkalari 500mg N50 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Gedeon Richter Poland Ltd Polsha
183 900 s`om dan
OKSOLIN maz 10g 0,25% Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
5 000 s`om dan
ULKARIL tabletkalari 400mg N25 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
60 000 s`om dan
VALTREKS tabletkalari 500mg N10 Glaxo Wellcome S.A., Испания упаковщик: Glaxo SmithKline Pharmaceuticals S.A. Polsha
188 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KAGOSEL 0,012 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KAGOSEL®

KAGOCEL®

Preparatning savdo nomi: Kagosel®

Kimyoviy nomi: (1→4)-6-0-karboksimetil-β-D-glyukoza, (1→4)-β-D-glyukoza va (21→24)-2,3,14,15,21,24,29,32-oktagidroksi-23-(karboksimetoksimetil)-7, 10-dimetil-4, 13-di(2-propil)-19,22,26,30,31-pentaoksageptasiklo [23.3.2.216.20.05.28.08.27.09.18.012.17] dotriakonta-1,3,5(28),6,8(27),9(18),10, 12(17), 13,15-dekaen sopolimerining natriyli tuzi.

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Kagosel® – 12 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 10 mg, kalsiy stearati – 0,65 mg, Ludipress (bevosita presslangan laktoza, Ludipressa tarkibi: laktoza monogidrati, povidon (Kollidon 30), krospovidon (Kollidon CL)) – 100 mg massali tabletka olinguncha.

Ta‘rifi: kremsimondan jigarrang rangligacha bo‘lgan, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.

ATX kodi: J05AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Kagosel® ning asosiy ta‘sir mexanizmi interferonning ishlab chiqarilishini induksiyalash qobiliyati hisoblanadi. Kagosel® odam organizmida viruslarga qarshi yuqori faollikka ega bo‘lgan α- va β-interferonlarning aralashmasi hisoblangan kechki interferonning hosil bo‘lishini chaqiradi. Kagosel® organizmning viruslarga qarshi javobida ishtirok etuvchi deyarli barcha populyasiyadagi hujayralarda: T- va V-limfositlarda, makrofaglarda, granulositlarda, fibroblastlarda, endotelial hujayralarda interferonning ishlab chiqarilishini chaqiradi. Kagosel® ning bir dozasi ichga qabul qilinganida qon zardobida interferonning titri 48 soatdan keyin maksimal ko‘rsatkichlarga yetadi. Kagosel® ni yuborilishiga organizmning interferonli javobi interferonni qon oqimida davomli (4-5 sutkagacha) aylanib yurishi bilan ifodalanadi. Kagosel® ichga qabul qilinganida interferonni ichakda to‘planish dinamikasi, qonda aylanib yurgan interferonning titrlari dinamikasi bilan to‘g‘ri kelmaydi. Qon zardobida interferonning ishlab chiqarilishini yuqori ko‘rsatkichlarga, Kagosel® qabul qilinganidan keyin 48 soat o‘tgachgina yetadi, ayni paytda ichakda interferonning ishlab chiqarilishini maksimumiga 4 soatdan keyinoq aniqlanadi.

Kagosel® terapevtik dozalarda buyurilganida toksik emas, organizmda to‘planmaydi. Preparat mutagen va teratogen xususiyatlarga ega emas, kanserogen emas, embritoksik ta‘sirga ega emas. Kagosel® bilan davolashda eng yuqori samaradorlikka o‘tkir infeksiya boshlanganidan keyin kechi bilan 4 kuni buyurilganida erishiladi. Profilaktik maqsadda preparatni har qanday muddatlarda, shu jumladan bevosita infeksiya qo‘zg‘atuvchisi bilan bo‘lgan kontaktdan keyin ham buyurish mumkin.

Farmakokinetikasi

Organizmga yuborilganidan keyin 24 soat o‘tgach Kagosel® asosan jigarda, kamroq darajada o‘pkalarda, timusda, taloqda, buyraklarda, limfa tugunlarda to‘planadi. Past konsentrasiyasi yog‘ to‘qimasida, yurakda, mushaklarda, urug‘donda, miyada, qon plazmasida aniqlanadi. Kagosel® ning bosh miyadagi kam miqdori, gematoensefalik to‘siq orqali uning o‘tishini qiyinlashtiruvchi preparatning yuqori molekulyar massasi bilan tushuntiriladi. Qon plazmasida preparat asosan bog‘langan holda bo‘ladi.

Kagosel® har kuni ko‘p marta yuborilganida taqsimlanish hajmi barcha o‘rganilgan a‘zolarda keng chegaralarda tebranadi. Preparatni taloqda va limfatik tugunlarda to‘planishi ayniqsa yaqqolroqdir. Ichga qabul qilinganida umumiy qon oqimiga preparatning yuborilgan dozasining taxminan 20% tushadi. So‘rilgan preparat qonda, asosan makromolekulalar bilan: lipidlar bilan – 47%, oqsillar bilan – 37% bog‘langan holda aylanib yuradi. Preparatning bog‘lanmagan qismi taxminan 16% ni tashkil qiladi.

Chiqarilishi: organizmdan preparat asosan ichak orqali chiqariladi: yuborilganidan keyin 7 sutka o‘tgach, organizmdan yuborilgan dozaning 88% chiqariladi, shu jumladan 90% – ichak orqali va 10% buyraklar orqali chiqariladi. Chiqarilayotgan havoda preparat aniqlanmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Kagosel® kattalar va 3 yoshdan boshlab bolalarda grippda va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarda (O‘RVI) profilaktik va davolash vositasi sifatida, shuningdek kattalarda gerpesda davolash vositasi sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun.

Gripp va O‘RVI ni davolash uchun kattalarga birinchi ikki kun – 2 tabletkadan kuniga 3 marta, keyingi ikki kun – bir tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Hammasi bo‘lib kursga – 18 tabletka, kursning davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi.

Kattalarda gripp va O‘RVI ni oldini olish 7 kunlik sikllar bilan olib boriladi ikki kun – 2 tabletkadan kuniga 1 marta, 5 kun tanaffus, so‘ngra sikl takrorlanadi. Profilaktik kursning davomiyligi – bir haftadan bir necha oygacha davom etadi.

Kattalarda gerpesni davolash uchun 2 tabletkadan kuniga 3 marta 5 kun davomida buyuriladi. Hammasi bo‘lib kursga – 30 tabletka, kurs davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga gripp va O‘RVI ni davolash uchun birinchi ikki kun – 1 tabletkadan kuniga 2 marta, keyingi ikki kun – bir tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi. Kursga hammasi bo‘lib – 6 tabletka, kurs davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi.

6 yoshdan oshgan bolalarda gripp va O‘RVI ni davolash uchun birinchi ikki kuni – 1 tabletkadan kuniga 3 marta, keyingi  ikki kun – 1 tabletkadan kuniga 2 marta buyuriladi. Kursga hammasi bo‘lib – 10 tabletka, kurs davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi.

3 yoshdan boshlab bolalarda gripp va O‘RVI ni oldini olish 7 kunlik sikllar bilan olib boriladi: ikki kun 1 tabletkadan kuniga 1 marta, 5 kun tanaffus, so‘ngra sikl takrorlanadi, profilaktik kursning davomiyligi – bir haftadan bir necha oygacha davom etadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralar chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Homiladorlik va laktasiya davri;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza malabsorbsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kagosel® viruslarga qarshi boshqa preparatlar, immunomodulyatorlar va antibiotiklar bilan yaxshi qo‘shiladi (additiv samara).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash samarasiga erishish uchun Kagosel® qabul qilishni kasallik boshlanishini to‘rtinchi kunidan kech qolmasdan boshlash kerak.

Homilador ayollarda, emizikli ayollarda qo‘llash ehtimoli va uning o‘ziga xosligi

Zarur klinik ma‘lumotlarni yo‘qligi sababli Kagosel® ni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri o‘rganilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza tasodifan oshirib yuborilganida ko‘p miqdorda suyuqlik ichishni buyurish, qusishni chaqirish tavsiya qilinadi.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 12 mg.

10 tabletkadan polivinilxlorid/polivinilidenxlorid plyonka va issiqlik bilan yopishtiriladigan qoplama alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.

1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KAGOSEL 0,012 tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KAGOSEL 0,012 tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KAGOSEL 0,012 tabletkalari N20 dori vositasi НИАРМЕДИК ФАРМА, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KAGOSEL 0,012 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KAGOSEL 0,012 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KAGOSEL 0,012 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: НИАРМЕДИК ФАРМА, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9