×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KALSINORM suspenziya 150ml

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Faol modda:
Кальция карбонат
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- А12АХ
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BISAKODIL tabletkalari 5mg N30 Nika Pharm,ДХО (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов,ОАО,Беларусь (произ.) O'zbekiston
3 400 s`om dan
XILAK FORTE tomchilar dlya priema vnutr 30ml Меркле ГмбХ Germaniya
115 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ichga qabul qilish uchun 150 ml li suspenziya qaxrabo rangli butilkalarda. Bir butilka 15 ml sig'imli o'lchov
stakani bilan komplektda davlat va rus tilidagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga
karton o'ramlarda.
Har 5 ml quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
625 mg kaltsiy karbonat Usporganik manbadan (istiridiyo qobig'i) 250 mg elementar kaltsiyga ekvivalent;
Vitamin D3 USP(xolekaltsiferol) 125 XB;
yordamchi moddalar: ksantan kamedi, metil paraben, propil paraben, 70% sorbitol eritmasi, gliserin,
dinatriy edetat, limon kislotasi (suvsiz), saxarin, bronopol, kaliy tsetrati, qulupnay essentsiyasi, natriy
benzoati, metilkarbinol suvsiz, butillangan gidroksianizol, butillangan gidroksitoluol, tozalangan
suv.
Kaltsiy – suyak to'qimasining muxim struktura komponentidir. Neyronlararo va nerv-mushak
o'tkazuvchanligini, yurak avtomatizmini taqsimlaydi, ko'ndalang-targ'il va silliq mushaklarning
qisqarishida ishtirok etadi; katta miqdordagi turli fermentlar, qon ivish tizim faktorlari, semiz
hujayralar va boshqalarning faolligi kaltsiy bilan bog'liq.
D3 vitmini (xolekaltsiferol) – kaltsiyning ingichka ichakda so'rilishini oshiradi, kaltsiy bog'lovchi
oqsillar sintezini rag'batlantirib buyrak naychalarida kaltsiyning reabsorbtsiyasini oshiradi. D3
vitmini I tur kollagen va matrisa oqsillari sintezini oshishi yo'li orqali suyak to'qimasining
remodelirlanish jarayonini faollashtiradi, osteoblastlar sintezini faollashtirish orqali, suyaklar
sifatini yaxshilaydi, osteoklastlar faolligini susaytiradi. Qalqonsimon, qalqonsimon bezi oldi,
jinsiy bezlarning funktsional holatiga ta'sir etadi, suyak skeletining kaltsifikasiyasini ta'minlaydi.
D3 vitmini ingichka ichakda so'riladi. Kaltsiy ionlangan shaklida ingichka ichakning proksimal bo'limda, Dvitaminga bog'liq transport mexanizm orqali faol so'riladi.
Preparatning nojo'ya samaralarining tez-tezligi quyidagi tarzda baholanadi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez
(>1/100, <1/10); tez-tez emas (>1/1000, <1/100); kam xollarda (>1/10 000, <1/1000); juda kam xollarda (<1/10
000) yoki noma'lum.
Immun tizimi tomonidan: noma'lum – angio-shish yoki hiqildoq shishi kabi o'ta yuqori sezuvchanlik
reaktsiyalari.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: tez-tez emas – giperkaltsiemiya, giperkaltsiuriya.
Ovqatlanish tizimi tomonidan: kam xollarda – qabziyat, meteorizm, ko'ngil aynishi, qorinda og'riq, diareya,
dispepsiya.
Teri va teri osti kletchatasi tomonidan: juda kam xollarda – qichishish, toshma, eshakemi
Preparatning dozasi tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmasligi lozim.
Buyrak va jigar etishmovchiligi bo'lgan shaxslar extiyotkorlik bilan qabul qilishlari lozim. Davolanish
davrida siydikda kaltsiyning chiqarilishini va kaltsiy kontsentrasiyasini va plazmada kreatininni
(sutkada 7,5 mmoldan (sutkada 300 mg) yuqori kaltsiuriya paydo bo'lgan xolda, dozani kamaytirish yoki qabul
qilishni bekor qilish lozim) muntazam nazoratini olib borish kerak.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish maqsadida boshqa manbalardan qo'shimcha D3 vitaminini
tushishini hisobga olish kerak. Kaltsiy va D3 vitamini saqlovchi majmuaviy vitamini preparatlari bilan
bir vaqtda qabul qilmang.
Keksa yoshli odamlarda kaltsiyga talab sutkada 1,5 g, D3 vitaminiga sutkada 500-1000 XB ni tashkil etadi.
Kaltsinormni giperkaltsiemiyani rivojlanish xavfi bo'lgan immobilizasiyalangan osteoparozli
bemorlarda extiyotkorlik bilan ishlatish kerak.
ovqat bilan tushishini etishmasligi bilan bog'liq bo'lgan kaltsiy va/yoki D3 vitaminining tanqisligi;
‒ homiladorlik va emizish davrida;
‒ bolalar va o'smirlardagi jadal o'sish davrida;
‒ osteoparozni (menopauzal, senial, steroid, idiopatik va boshqa) va uning asoratlari (suyaklarning
sinishi) oldini olish va kompleks davolashda qo'llaniladi
preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;
‒ og'ir buyrak etishmovchiligi (kalavalar filtrasiyasining tezligi minutiga <30 ml);
‒ tromboz;
‒ giperkaltsiemiya va giperkaltsiuriya;
‒ 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Tiazidlar kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini kamayishi natijasida giperkaltsiemiya chaqiradi.
Tetrasiklin guruhi antimikrob preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda qon plazmasida yakuniy
kontsentrasiyasi kamayadi va buning natijada ularning samaradorligi pasayadi.
Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda davolanganda EKG ni va klinik xolatni nazorat qilish kerak, chunki
kaltsiy preparatlar va yurak glikozidlarining terapevtik va toksik samarasini potentsiyalash mumkin.
Bisfosfonatlar yoki ftorid natriy preparatlarining so'rilishini pasayishini oldini olish uchun ularni
qabul qilgandan keyin 2 soat o'tgach Kaltsinormni qabul qilish tavsiya etiladi.
Furosemidlar va boshqa xalqali diuretiklar aksincha buyraklar orqali kaltsiyni chiqarilishi oshiradi.
Ketokonazol qon zardobida endogen kaltsiyning kontsentrasiyasini kamaytiradi. 
Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25 S yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
30 oy.
Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.
qaxrabo rangli PET - butilda to'ldirilgan deyarli oq rangli suspenziya
Preparatning yuqori dozalari qabul qilinganda pasientlarda yurak-qon tomirlar tizimi va buyraklar
funktsiyalarini buzilishi rivojlanishi mumkin. Preparatni tavsiya etilgan dozalardan axamiyatli yuqori
dozalarda qo'llanganda ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i, ishtaxani yo'qolishi va umumiy xolsizlik rivojlanishi
mumkin.
Preparatning dozasi oshirib yuborilganda preparatni qabul qilishni bekor qilish, bundan tashqari,
me'dani yuvish va katta miqdorda ishqoriy suyuqlikni yuborish tavsiya etilgan.
Kaltsinorm preparatining dozasi oshirib yuborilgandan keyin, pasientlarga past miqdordagi kaltsiyli
parxezga rioya qilish tavsiya etiladi. Preparat bilan og'ir intoksikasiyada kortikosteroidlarni yuborish
ko'rsatilgan.
Homiladorlik davrida sutkalik doza 1500 mg kaltsiy va 600 XB D3 vitaminidan oshmasligi lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KALSINORM suspenziya 150ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KALSINORM suspenziya 150ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KALSINORM suspenziya 150ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
IDEOS tabletkalari N30
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9