×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Кальция карбонат, холекальциферол (витамин Д3)
Qadoqda soni:
- 120
Ishlab chiqaruvchi:
- NIKA PHARM ООО
Vakil:
- Nika Pharm Service MChJ
ATX kodi:
- A12AX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BISAKODIL suppozitorii 10mg N10 Spey Medical Ltd, Великобритания произведено: S.C. Magistra C&C S.R.L. Ruminiya
4 400 s`om dan
DYUFALAK 0,667/ML sirop 15ml N10 Эбботт Биолоджикалз Б.В. Niderlandlar
STOPDIAR tabletkalari 100mg N24 Gedeon Richter PLC, Венгрия произведено: Gedeon Richter Poland Ltd Polsha
38 500 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 tadan tabletka kontur uyali o'ramlarda. 3, 5, 6, 7, 9, 10 yoki 12 kontur uyali o'ramdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yuriqnomasi bilan birga qutiga joylanadi. Shuningdek 30, 50, 60, 90, 100, 120 tabletka yukori zichlikdagi polietilen flakonda buraladigan kapkok bilan. 1 flakon davlat tilida va rus tilida tibbiyotda kullanilishiga doir yuriknomasi bilan kattik kogozdagi kuti ichiga soliniladi.
10 tadan tabletka kontur uyali o'ramlarda. 3, 5, 6, 7, 9, 10 yoki 12 kontur uyali o'ramdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yuriqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.

Shuningdek 30, 50, 60, 90, 100, 120 tabletka yukori zichlikdagi polietilen flakonda buraladigan kapkok bilan. 1 flakon davlat tilida va rus tilida tibbiyotda kullanilishiga doir yuriknomasi bilan kattik kogozdagi kuti ichiga soliniladi.


faol moddalar: kaltsiy karbonati – 1 250 mg (500 mg kaltsiyga ekvivalent), xolekaltsiferol (D3 vitamini) 10 mkg (400 XB D3 vitaminiga ekvivalent).

yordamchi moddalar: laktoza, qand, sukraloza, izomalt, limon aromatizatori, apelsin aromatizatori, yalpiz aromatizatori, magniy stearati, titan dioksidi, makkajo'xori kraxmali.

Kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Organizmda kaltsiy va D3 vitamini tanqisligini to'ldirib, suyak to'qimasini so'rilib ketishini susaytiradi va zichligini oshiradi, tishlarni mineralizasiyasi uchun zarur.

Kaltsiy nervlarda impuls o'tkazuvchanligini, mushak qisqarishlarini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimining asosiy komponenti hisoblanadi.

Kaltsiyni etarli darajada iste'mol qilish homiladorlik, laktasiya va o'sish davrida muhim.

D3 vitamini (xolekaltsiferol) kaltsiyni ichakda so'rilishini oshiradi.

Kaltsiy va D3 vitaminini qo'llash, suyak to'qimasi so'rilishini oshishini rag'batlantiruvchisi bo'lgan paratireoid gormonini (PTG), ishlab chiqarilishini oshishga to'sqinlik qiladi (kaltsiyni suyaklardan yuvish).

Kaltsiy

So'rilishi

Odatda me'da-ichak yo'llarida so'riluvchi kaltsiyning miqdori qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Organizmda kaltsiyning 99% suyak va tishlarning dag'al strukturasida jamlangan. Qolgan 1% hujayra ichki va tashqi suyuqliklarida joylangan. Qondagi kaltsiy miqdorining taxminan 50% fiziologik faol ionlashgan shaklda bo'ladi, ulardan taxminan 10% tsitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% oqsillar, birinchi navbatda, albumin bilan bog'langan bo'ladi.

Chiqarilishi

Kaltsiy ichak, buyraklar va ter bezlari orqali chiqariladi. Buyraklar orqali chiqarilishi kalavali filtrasiya va kaltsiyning kanalchali qayta so'rilishiga bog'liq.

D3 vitamini

So'rilishi

D3 vitamini ingichka ichakda oson so'riladi (qabul qilingan dozaning taxminan 80%).

Taqsimlanishi va metabolizmi

Spesifik globulin bilan bog'langan xolekaltsiferol va uning metabolitlari qonda aylanib yuradi. Xolekaltsiferol jigarda gidroksil guruhini qo'shilish yo'li orqali 25-gidroksixolekaltsiferolgacha aylanadi. So'ngra buyraklarda faol shakli 1,25-gidroksixolekaltsiferolga aylanadi. 1,25-gidroksixolekaltsiferol kaltsiy so'rilishining oshishi uchun mas'ul bo'lgan metabolit hisoblanadi.

Metabolizmga uchramagan D3 vitamini yog'va mushak to'qimalarda to'planadi.

Chiqarilishi

D3 vitamini ichak va buyraklar orqali chiqariladi.

Har qanday dori vositasi kabi Kaltsiy D3 Nika Forte ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.

Preparatning nojo'ya samaralari tez-tezligi quyidagi ko'rinishda tavsiflanadi: juda tez-tez  1/105; tez-tez:  1/100,  1/10; tez-tez emas:  1/1000,  1/100; kam hollarda:  1/10 000,  1/1000:  1/10 000; tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra hisoblab bo'lmaydi).

Alohida holatlarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar ehtimoli mavjud:

moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: tez-tez emas - giperkaltsiemiya va giperkaltsiuriya; juda kam hollarda – sut-ishqoriy sindromi (Bernett sindromi), odatda doza oshirib yuborilgandagina kuzatiladi ("dozani oshirib yuborilishi" bo'limiga qarang);

me'da-ichak yo'llari tomonidan: kam hollarda - qabziyat, meteorizm, ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, diareya, dispepsiya;

teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda - qichishish, toshma, eshakemi;

immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum – angionevrotik shish yoki hiqildoq shishi kabi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, shifokoringizga, farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Uzoq davolanganda, qon zardobidagi kaltsiy va kreatinin miqdorini nazorat qilib turish kerak. Yurak glikozidlari va diuretiklar bilan bir vaqtda davolashda kuzatuv olib borish keksa yoshdagi pasientlarda va buyraklarda tosh hosil bo'lishiga yuqori moyilligi bo'lgan pasientlarda ayniqsa muhim ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Doza oshirib yuborilmasligining oldini olish uchun boshqa manbalardan Dvitamini va kaltsiyning qo'shimcha ravishda kirishini inobatga olish kerak.

Kaltsiy va D3 vitamini giperkaltsiemiya rivojlanishi xavfi tufayli, osteoporozi bo'lgan immobilizasiyalangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanishi shart.

Tetrasiklin yoki xinolon guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo'llash, odatda, tavsiya etilmaydi yoki ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi shart ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Ma'lumotlar yo'q.

Buyrak funktsiyasi buzilishlarida qo'llanishi

Giperkaltsiemiya yoki buyrak funktsiyasini buzilishlari hollarida dozani kamaytirish yoki davolanishni to'xtatish lozim.

Preparatni nefrolitiazda qo'llash mumkin emas.

D3 vitamini buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Ushbu holatda qon zardobida kaltsiy va fosfatlar miqdorini nazorat qilib turish kerak. Shuningdek yumshoq to'qimalarda kaltsinoz yuzaga kelishi xavfini inobatga olish lozim.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Agar siz preparatni qo'llash vaqtida homilador ekanligingizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga shu haqda xabar bering, chunki faqat u davolashni davom ettirish zaruriyati to'g'risidagi masalani hal etishi mumkin.

Kaltsiy DNika Forte homiladorlikda organizmda kaltsiy va D3 vitamini tanqisligini to'ldirish uchun qo'llanadi. Homiladorlikda sutkalik umumiy tushum kaltsiy uchun 1500 mg va D3 vitamini uchun 600 XB dan oshmasligi shart. Homiladorlik davrida dozaning oshirib yuborilishi ortidan yuzaga chiqqan giperkaltsiemiya rivojlanayotgan homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Kaltsiy D3 Nika Forte laktasiya davrida qo'llaniladi.

Kaltsiy D3 Nika Forte ko'krak sutiga o'tishi mumkin, shuning uchun ona va bolaga boshqa manbalardan kirayotgan kaltsiy va D3 vitaminini inobatga olish zarur.

Pediatriyada qo'llanishi

Tabletka dori shaklidagi preparat 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Avtotransport va texnik jihatdan murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga kaltsiy D3 Nika Forte preparatining ta'siri bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

-Keksalarda kaltsiy va vitamin D3 tankisligini davolashda va oldini olishda qo'llanadi.

- Osteoporozni davolashda, organizmda kaltsiy va Dvitamini tanqisligi bo'lgan pasientlarda kaltsiy va Dvitamini qo'shimcha davolash maqsadida qo'llaniladi.

Kaltsiy D3 Nika Forte quyidagi holatlarda:

- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik (laktozani o'zlashtira olmaslik, laktoza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya);

- og'ir buyrak etishmovchiligi;

- giperkaltsiemiya (qonda kaltsiyning yuqori kontsentrasiyasi) va giperkaltsiuriya (siydikda kaltsiyning yuqori miqdori);

- siydik-tosh kasalligi (kaltsiyli toshlarini hosil bo'lishi);

- kaltsiyni yo'qotadigan o'smalar (mieloma, suyak metastazalari, sarkoidoz);

- osteoporoz (immobilizasiya bilan bog'liq bo'lgan);

- o'pka tuberkulezi (faol shakli);

- 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun);

- D3 gipervitaminozida qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktasiya davri, buyrak etishmovchiligida qo'llash kerak.



Agar siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Kaltsiy va D3 vitamini preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda, giperkaltsiemiya yurak glikozidlarining toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. EKG va qon zardobidagi kaltsiy miqdorini nazorat qilish lozim.

Kaltsiy preparatlari me'da-ichak yo'llaridan tetrasiklinlar so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun tetrasiklin qatori preparatlarni kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qabul qilishdan eng kamida 2 soat oldin yoki 4-6 soatdan so'ng qabul qilish kerak.

Bisfosfonat preparatlari so'rilishining pasayishini oldini olish uchun ularni kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qabul qilishdan eng kamida bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.

Glyukokortikosteroidlar kaltsiy so'rilishini pasaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolanish kaltsiy D3 Nika Forte preparatini dozasini oshirishni talab etishi mumkin.

Tiazid qatori diuretiklari bir vaqtda qo'llanganda giperkaltsiemiya paydo bo'lishi xavfi oshadi, chunki ular kaltsiyning kanalchalarda qayta so'rilishini uzaytirishadi. Tiazid diuretiklar bir vaqtda qo'llanganda muntazam ravishda kaltsiyning qon zardobidagi miqdorini nazorat qilib turish lozim.

Kaltsiy levotiroksin samaradorligini uning so'rilishini kamaytirgan holda pasaytiriradi. Levotiroksin va kaltsiy D3 Nika Forte preparatlarini qabul qilishlar orasidagi davr eng kamida 4 soatni tashkil qilishi shart.

Xinolon guruhi antibiotiklarining so'rilishi kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda pasayadi. Shuning uchun xinolon guruhi antibiotiklarini kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 6 soatdan so'ng qabul qilish kerak.

Kaltsiy tuzlari temir, rux va strontsiy ranelat so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux yoki strontsiy ranelat preparatlarini kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qabul qilishdan eng kamida ikki soat oldin yoki ikki soatdan keyin qabul qilish kerak.

Orlistat bilan davolanish yog'da eruvchan vitaminlar (masalan, D3 vitamini) ning so'rilishini potentsial ravishda buzishi mumkin.

Har doim Kaltsiy D3 Nika Forte ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.

Kattalar va keksa yoshdagi odamlarda: 1 tabletkadan kuniga 2 marta buyuriladi.

Bolalarda: Kaltsiy D3 Nika Forte bolalarda qo'llashga mo'ljallanmagan.

Tabletkalarni chaynash yoki so'rish mumkin hamda ovqatlanish vaqtida qabul qilish maqsadga muvofiq

Pasientlarning maxsus guruhlari

Jigar funktsiyasi buzilgan pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak funktsiyasi buzilgan pasientlar

Og'ir buyrak etishmovchiligida Kaltsiy D3 Nika Forte preparatini qo'llash mumkin emas.

Davolash davomiyligi

Kaltsiy va/yoki D3 vitamini tanqisligini davolash va oldini olish uchun qo'llanilganda, davolash kursining o'rtacha davomiyligi eng kamida 4-6 hafta. Yil davomida takroriy kurslar soni individual ravishda aniqlanadi.

Osteoporoz va uning asoratlari (suyak sinishlari)ni spesifik davolash va oldini olishga qo'shimcha sifatida qo'llanganda, davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda aniqlanadi.

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganda darhol shifokorga murojaat qiling!

Dozani oshirib yuborilishi giperkaltsiemiya va D gipervitaminoziga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari (giperkaltsiemiya): anoreksiya, chanqoq, poliuriya, mushak kuchsizligi, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorindagi og'riq, yuqori darajada toliqish, suyaklarda og'riq, ruxiyatni buzilishi, polidipsiya, nefrokaltsinoz, buyrak tosh kasalligi va og'ir hollarda, yurak aritmiyalari. Ortiqcha dozalar uzoq muddat qo'llanganda (2500 mg kaltsiy) – buyraklarning shikastlanishi, yumshoq to'qimalar kaltsinozi.

Katta miqdordagi kaltsiy va so'riluvchi ishqor ichga qabul qilinganda, pasientlarda sut-ishqoriy sindrom (Bernett sindromi) paydo bo'lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi belgilari aniqlangan holatda kaltsiy va D3 vitamini, shuningdek tiazid diuretiklar va yurak glikozidlarini qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Davolash: me'dani yuvish, yo'qotilgan suyuqlikni tiklash, xalqali diuretiklar (masalan, furosemid), glyukokortikosteroidlar, kaltsitonin, bisfosfonatlarni qo'llash.

Qon plazmasida elektrolitlar miqdori, buyraklar funktsiyasi va diurezni nazorat qilib turish zarur. Og'ir holatlarda Markaziy vena bosimi (MVB) ni o'lchash va elektrokardiogramma (EKG) ni nazorat qilish kerak.

KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KALSIY S VITAMINOM D3

 

Preparatning savdo nomi: Kalsiy s vitaminom D3

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): kalsiy karbonati, D3 vitamini

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 500 mg kalsiyga ekvivalent bo‘lgan kalsiy karbonati, D3 vitamini –    200 XB;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, polivinilpirrolidon, magniy stearati;

Qobig‘i: gidroksipropilmetil sellyulozasi, titan dioksidi, tozalangan talk, polietilenglikol, temir (II, III) oksidi, karnaub mumi.

Ta‘rifi: Ta‘siri uzaytirilgan xira-pushti rangli tabletkalar. Sindirilgandagi ko‘rinishi: bir xil oq rangli massa.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: A12AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Kalsiy yetishmovchiligini to‘ldirib, suyak to‘qimasining rezorbsiyasini (so‘rilib ketishini) pasaytiradi va zichligini oshiradi. D3 vitamini tishlarning mineralizasiyasi uchun kerak. Kalsiy nerv o‘tkazuvchanligini, mushaklar qisqarishini boshqaradi va qonning ivish tizimini komponentidir.

Farmakokinetikasi

D3 vitamini ingichka ichakda so‘riladi. Kalsiy ingichka ichakni proksimal bo‘limida ionlashgan shaklda, faol D3 vitaminiga qaram transport mexanizmi yordamida so‘riladi.

 

Qo‘llanilishi

Sifatsiz ovqatlanish yoki kalsiy va D3 vitaminiga yuqori talab bilan bog‘liq bo‘lgan organizmdagi kalsiy va D3 vitaminining tanqisligi holatlarida davolovchi – oldini oluvchi vosita sifatida quyidagilarda qo‘llanadi:

  • Homiladorlik va emizish davri
  • Postmenopauzal va qarilik osteoporozni, osteomalyasiyani (majmuaviy davolash tarkibida) oldini olish va davolash.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llash oldidan shifokor bilan maslahatlashing.

Ichga buyuriladi. Oldini olish vositasi sifatida kattalarga kuniga 1-2 tabletkadan buyuriladi. Kalsiy so‘rilishini oshirish uchun tabletkani nordon ichimlik (apelsin yoki limon sharbati) bilan ichish yaxshiroq.

Osteoporozni kursli oldini olish uchun kuniga 2 tabletkadan, bittasi ertalab va bittasi kechqurun, asosan ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.

Osteoporozni davolash uchun kurs va dozalash shifokor tavsiyasiga mos ravishda.

 

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Me‘da-ichak yo‘llarining disfunksiyasi (qabziyatlar, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynashi, qorin og‘rig‘i) kuzatilishi mumkin.

Uzoq qabul qilish holida qonda va siydikda kalsiy miqdorini oshishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.
  • Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi.
  • Giperkalsiemiya (qondagi kalsiy konsentrasiyasini oshiqligi – qalqonsimon bezi oldi bezlarining faoliyati kuchaygan shaxslarda).
  • Giperkalsiuriya (siydikda kalsiy konsentrasiyasini yuqoriligi).
  • Siydik tosh kasalligi (kalsiy toshlarini hosil bo‘lishi).
  • Dekalsiylovchi o‘smalar (melanoma, suyak metastazlari, sarkoidoz).
  • Immobilizasiya bilan bog‘liq bo‘lgan osteoporoz.
  • O‘pka tuberkulyozi (faol shakli).
  • Bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

  • D3 vitaminining faolligi uni bir vaqtda fenitoin yoki barbituratlar bilan qabul qilganda pasayishi mumkin.
  • Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda davolanishda EKG va klinik holatni nazorat qilish kerak, chunki kalsiy preparatlari yurak glikozidlari ta‘sirini kuchaytiradi.
  • Preparat tetrasiklin guruhi antibiotiklari, asetilsalisil kislotasi va boshqa salisilatlar, sulfanilamidlar, beta-adrenoblokatorlar va bilvosita antikoagulyantlarni me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini sekinlashtiradi. Shu boisdan preparatni boshqa dori vositalarini qabulidan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
  • Kolestiramin, mineral yoki o‘simlik moyi asosidagi surgi vositalari D3 vitaminining so‘rilishini pasaytirishi mumkin.
  • Tiazidlar guruhi diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash giperkalsiemiya paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

  • Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi;
  • Davolash davrida doimo siydik bilan kalsiy chiqarilishini va plazmada kalsiy va kreatinin konsentrasiyasini nazorat qilish kerak (sutkada 7,5 mmol (sutkada 300 mg) oshiq kalsiuriya paydo bo‘lgan holda, dozani kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish kerak);
  • Dozani oshib ketishidan saqlanish uchun boshqa manbalardan qo‘shimcha D3 vitamini tushishini hisobga olish kerak. Kalsiy va D3 vitamini saqlovchi vitamin komplekslari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
  • Keksa odamlarda kalsiyga bo‘lgan talab sutkada 1,5 g, D3 vitaminiga sutkada 500-1000 XB ni tashkil qiladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash

Kalsiy va D3 vitaminiga bo‘lgan talab homiladorlikda va laktasiya davrida oshadi. Preparat qabul qilishda organizmga kalsiy va D3 vitaminini boshqa manbalardan qo‘shimcha tushishini hisobga olish va doimiy tibbiy nazoratni amalga oshirish kerak.

Homilaga zaharli ta‘siridan saqlanish uchun sutkada 1500 mg dan ortiq kaliy va 600 XB dan ortiq D3 vitamini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Kalsiy va D3 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Giperkalsiemiya, va/yoki giperkalsiuriya, anoreksiya, ko‘ngil aynashi, qusish, bosh aylanishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, o‘tkir va surunkali doza oshirib yuborilishining simptomlaridir. Bunday hollarda preparat qabul qilishni to‘xtatish tavsiya etiladi. Organizmga katta miqdorda suyuqlik kiritish va kalsiyning miqdori cheklangan parhezga rioya qilish kerak. Dozani oshirib yuborish simptomlari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak. Homiladorlik davrida dozani oshirib yuborish bolani ruhiy va jismoniy rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Sa2+ va D3 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi.

 

Chiqarilish shakli

20 yoki 50 tabletkadan plastik flakonlarda.

1 plastik flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Saqlash sharoiti

15ºS dan 30ºS gacha haroratda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 dori vositasi NIKA PHARM ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
Noveks Kalsiy +Vitamin D3
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кальция карбонат, холекальциферол (витамин Д3) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM, ООО
  • Vakil: "MARI PHARM" OOO
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кальция карбонат, холекальциферол (витамин Д3) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM, ООО
  • Vakil: Nika Pharm
KALSIY D3 NIKA KIDS tabletkalari so vkusom apelsina N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кальция карбонат, холекальциферол (витамин Д3) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, OOO
  • Vakil: "MARI PHARM" OOO
Narh: 37 500 so'mdan Batafsil
ROTAVIT KALSIUM FORTE tabletkalari 1000 mg+880 me 1000 mg N20
ROTAVIT KALSIUM FORTE tabletkalari 1000 mg+880 me 1000 mg N10
Другие формы препарата
ZEVOKALSIN D3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi:
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9