×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Кеторолак
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- East African (India) Overseas
ATX kodi:
- M01AB15
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DIKLORAN PLYUS gel 30g Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) Hindiston
KLODIFEN NEYRO kapsulalar N30 World Medicine Limited, Великобритания произведено: Adipharm Ltd. Bolgariya
40 560 s`om dan
Aviten kukuni 20mg N1 Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Montage Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
40 000 s`om dan
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
6 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KETOFLEKS

KETOFLEX

Preparatning savdo nomi: Ketofleks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketorolak

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har 1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ketorolak trometamini – 30 mg;

yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy metabisulfiti, natriy xloridi, ikki asosli natriy fosfati, benzil spirti, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsiz yoki sarg‘ish eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: M01AB15

 

Farmakologik xususiyatlari

Ketorolak yaqqol analgetik ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi va o‘rtacha isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega.

Ta‘sir mexanizmi 1 va 2 siklooksigenaza fermentini asosan periferik to‘qimalarda noselektiv bloklanishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning oqibatidagi og‘riq sezuvchanligi, termoregulyasiya va yallig‘lanish modulyatorlari bo‘lgan prostaglandinlarning biosintezini tormozlanishidir.

Ketorolak [-]S va [+]R enantiomerlarni rasemik aralashmasi bo‘lib, og‘riq qoldiruvchi ta‘siri [-]S shakli bilan bog‘liq.

Analgetik ta‘siri bo‘yicha morfin bilan solishtirilishi mumkin, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatdan ancha yuqori turadi.

Preparat opioid reseptorlarga ta‘sir etmaydi, nafasni susaytirmaydi, doriga qaramlik chaqirmaydi, sedativ va anksiolitik ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng og‘riq qoldiruvchi ta‘siri muvofiq ravishda 0,5 soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi, maksimal samarasiga 1-2 soatdan so‘ng yetadi.

Farmakokinetikasi

Biokiraolishligi – 80-100%, mushak ichiga yuborilganida so‘rilishi – tez va to‘liq.

30 mg mushak ichiga yuborilganidan so‘ng qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) -1,74-3,1 mkg/ml, 60 mg – 3,23-5,77 mkg/ml, maksimal konsentrasiyaga  erishish vaqti muvofiq ravishda – 15-73 min va 30-60 minutni tashkil qiladi. 15 mg vena ichiga infuziya qilinganidan keyin Smax – 1,96-2,98 mg/ml, 30 mg – 3,69-5,61 mg/ml. Muvozanat konsentrasiyasiga (Sss) erishish vaqti parenteral yuborilganida – 24 soat sutkada 4 marta buyurilganida (subterapevtikdan yuqori dozada) va mushak ichiga 15 mg yuborilganida – 0,65-1,13 mkg/ml ni tashkil qiladi, 30 mg yuborilganida – 1,29-2,47 mkg/ml; 15 mg vena ichiga infuziyada – 0,79-1,39 mkg/ml, 30 mg – 1,68-2,76 mkg/ml.

Preparatning 99% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi va gipoalbuminemiyada qonda erkin moddaning miqdori oshadi.

Taqsimlanish hajmi 0,15-0,33 l/kg ni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatning taqsimlanish hajmi 2 marta oshishi mumkin, uning R-enantiomerini taqsimlanish hajmi esa – 20% ga oshadi. Gematoensefalik to‘siqdan yomon o‘tadi, yo‘ldosh orqali (10%) o‘tadi. Oz miqdorda ko‘krak sutida aniqlanadi.

Yuborilgan dozaning 50% dan ortiqrog‘i jigarda farmakologik nofaol metabolitlarining hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari buyraklar orqali chiqariladigan glyukuronidlar va r-gidroksiketorolakdir.

Preparatning 91% buyraklar (40% metabolitlari ko‘rinishida) va 6% ichak orqali chiqariladi.

Buyrak faoliyati me‘yorida bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri (T1/2) o‘rtacha 5,3 soatni tashkil qiladi (30 mg preparat vena ichiga yuborilganidan keyin 3,5-9,2 soat;
30 mg vena ichiga yuborilganidan keyin – 4-7,9 soat). Keksa yoshdagi bemorlarda T1/2 davri uzayadi, kichik yoshdagilarda qisqaradi. Jigarning faoliyati T1/2 ga ta‘sir etmaydi. Buyrak faoliyati buzilgan pasientlarda qon plazmasidagi kreatinin konsentrasiyasi 19-50 mg/l (168-442 mmol/l) bo‘lganida T1/2 10,3-10,8 soat, buyrak yetishmovchiligi yanada kuchliroq namoyon bo‘lsa – 13,6 soatdan ko‘proq bo‘ladi.

Mushak ichiga 30 mg yuborilganida umumiy klirensi soatiga 0,023 l/kg (keksa pasientlarda soatiga 0,019 l/kg) ni tashkil qiladi, 30 mg vena ichiga infuziya qilinganidan keyin – soatiga 0,03 l/kg ni tashkil qiladi; buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasidagi kreatinin konsentrasiyasi 19-50 mg/l bo‘lganida mushak ichiga 30 mg yuborilganida – soatiga 0,015 l/kg ni tashkil qiladi.

Gemodializ yo‘li bilan organizmdan chiqarilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Turli genezdagi o‘rtacha va kuchli jadallikdagi og‘rik sindromi: jarohatlar, tish og‘rig‘i, tug‘ruqdan keyingi va operasiyadan keyingi davrdagi og‘riqlar, onkologik kasalliklar, mialgiya, artralgiya, nevralgiya, radikulit, chiqishlar, cho‘zilishlar, revmatik kasalliklar. Simtomatik davolash, qo‘llash davrida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish uchun mo‘ljallangan, kasallikni avj olishiga ta‘sir qilmaydi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Og‘riqning jadalligi va bemorning reaksiyasiga muvofiq tanlangan minimal samarali dozalarda mushak ichiga chuqur qilib, asta-sekin (yoki vena ichiga oqim bilan) kamida 15 sekund davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida bir vaqtda qo‘shimcha opioid analgetiklarini kamaytirilgan dozalarda buyurish mumkin.

Mushak ichiga va vena ichiga yuborishdagi bir martalik dozalari:

  • 65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarga – og‘riq sindromining kuchliligiga qarab 10-30 mg,
  • 65 yoshdan katta yoki buyraklar faoliyati buzilishi bo‘lgan bemorlarga – 10-15 mg;

Ko‘p marta parenteral yuborishdagi dozalar:

mushak ichiga

  • 65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarga birinchi yuborishda 10-60 mg, so‘ngra har 6 soatda 10-30 mg dan (odatda 30 mg dan har 6 soatda),
  • 65 yoshdan katta yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga – 10-15 mg dan har 4-6 soatda.

vena ichiga

  • 65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar 10-30 mg oqim bilan yuboriladi, so‘ngra – 10-30 mg dan har 6 soatda, infuzomotor yordamidagi uzluksiz infuziyada boshlang‘ich doza – 30 mg, so‘ngra infuziya tezligi soatiga 5 mg tashkil qiladi,
  • 65 yoshdan oshgan yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga 10-15 mg dan har 6 soatda oqim bilan yuboriladi.

65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar uchun maksimal sutkalik doza 90 mg dan oshmasligi kerak, 65 yoshdan oshgan yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlar uchun har mushak ichiga ham, vena ichiga ham yuborish yo‘llarida doza 60 mg dan oshmasligi kerak.

Vena ichiga uzluksiz infuziya 24 soatdan ortiq davom etmasligi lozim.

Parenteral yuborishda davolash kursining davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak.

Preparatni parenteral yuborishdan uni ichga qabul qilishga o‘tilishida ikkala shakldagi preparatning umumiy sutkalik dozasi, yuborilish yo‘li almashtirilgan kuni 65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar uchun 90 mg dan, 65 yoshdan katta yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlar uchun esa 60 mg dan oshmasligi kerak. Bunda o‘tish kunida tabletkalardagi preparatning dozasi 30 mg dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez – 3% dan ko‘proq, tez-tez emas – 1-3%, kam hollarda– 1% dan kam.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez (ayniqsa 65 yoshdan oshgan, anamnezida me‘da–ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda) – gastralgiya, diareya, kamroq hollarda – stomatit, meteorizm, qabziyat, qusish, me‘dani to‘lib ketish hissi; kam hollarda– ko‘ngil aynishi, me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan perforasiya bilan va/yoki qon ketish bilan kechuvchi – abdominal og‘riqlar, epigastral sohasida spazm yoki achishishi, ahlatda qon yoki melena, qon qusish yoki «kofe quyqasi» turidagi qusish, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi va b.), xolestatik sariqlik, gepatit, gepatomegaliya, o‘tkir pankreatit.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda– o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya va/yoki azotemiya bilan kechuvchi bel og‘rig‘i, gemolitik uremik sindrom (gemolitik anemiya, buyrak yetishmovchiligi, trombositopeniya, purpura), tez-tez siyish, siydik hajmini kamayishi yoki oshishi, nefrit, buyrak genezli shishlar.

Sezgi a‘zolari tomonidan: kam hollarda: eshitishni pasayishi, quloqlarni shang‘illashi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan ko‘rishni aniq bo‘lmasligi).

Nafas tizimi tomonidan kam hollarda: bronxospazm, dispnoe, rinit, o‘pkalarni shishi, xalqum shishi (hansirash, nafasni qiyinlashishi).

MNT tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, kam – aseptik meningit (isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bo‘yin va/yoki orqa mushaklarining rigidligi), o‘ta yuqori reaktivlik (kayfiyatni o‘zgarishi, bezovtalik), gallyusinasiyalar, depressiya, psixoz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – arterial bosimini oshishi, kam hollarda– xushdan ketish.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – anemiya, eozinofiliya, leykopeniya.

Gemostaz tizimi tomonidan: kam hollarda – operasiyadan keyingi jarohatlardan qon ketishi, burundan qon ketishi, to‘g‘ri ichakdan qon ketishi.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – teri toshmasi (shu jumladan makulopapulyoz toshmalar), purpura, kam hollarda – eksfoliativ dermatit (qaltirash bilan yoki u siz kechuvchi isitma, terini qizarishi, zichlashishi yoki po‘st tashlashi, tanglak bodomsimon bezlarining shishi yoki og‘rig‘i), eshakemi, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi.

Mahalliy reaksiyalar: tez-tez emas – preparat yuborilgan joyida achishish yoki og‘riq.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – anafilaksiya yoki anafilaktoid reaksiyalar (yuz terisining rangini o‘zgarishi, teri toshmasi, eshakemi, terini qichishishi, taxipnoe yoki dispnoe, qovoqlarni shishi, periorbital shishlar, hansirash, nafas olishni qiyinlashishi, ko‘krak qafasida og‘irlik, xushtakli nafas).

Boshqalar: tez-tez – shishlar (yuz, boldirlar, to‘piqlar, barmoqlar, oyoqpanjalarni, tana vaznini oshishi); tez-tez emas – kuchli terlash, kam hollarda – tilni shishishi, isitma.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ketorolakka yuqori sezuvchanlik bronxial astmani to‘liq va to‘liq bo‘lmagan birga kelishi, qaytalanuvchi burun va burun atrofi bo‘shliqlari polipozi va asetil salisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (shu jumladan anamnezida) eshakemi, rinit, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq, degidratasiya.

Pirazolon qatori dori vositalarini o‘zlashtira olmaslik, gipovolemiya (uni chaqirgan sababidan qat‘iy nazar), qon ketishi yoki uni yuqori xavfi, aortokoronar shuntlashdan keyingi xolat, tasdiqlangan giperkaliemiya, ichakni yallig‘lanish kasalliklari.

Zo‘rayish bosqichidagi me‘da–ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, peptik yaralar; gipokoagulyasiya (shu jumladan gemofiliya).

Og‘ir darajali jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi (plazma kreatinini minutiga 30 ml dan kamroq).

Gemorragik insult (tasdiqlangan yoki taxmin qilingan); gemorragik diatez, qon yaratilishini buzilishi.

Homiladorlik, tug‘ruq va laktasiya davri.

16 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Qon ketishini yuqori xavfi tufayli, preparat jarrohlik operasiyalaridan oldin va keyin og‘riqsizlantirish uchun, shuningdek surunkali og‘riqlarni davolash uchun qo‘llanmaydi.

Ehtiyotkorlik bilan

Bronxial astma, xolesistit, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, buyraklar faoliyatini buzilishi (plazma kreatinini 50 mg/l dan past); xolestaz; faol gepatit; sepsis; tizimli qizil yugurik; keksalik yoshi (65 yoshdan oshgan); burun va burun yutqun shilliq qavatining poliplari, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; MIY-toksikligini oshiruvchi omillar mavjudligi: alkogolizm, chekish; operasiyadan keyingi holat, shish sindromi, yurak ishemik kasalliklari, serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, pereferik arteriyalar kasalliklari, klirensi minutiga 60 ml dan kam, anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining yarali kasalliklari, N.pylori, infeksiyasini mavjudligi, NYAQV uzoq muddat qo‘llash, og‘ir darajali somatik kasalliklar, peroral glyukokortikosterodlarni (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan klopidogrel), serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlar (sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) ni bir vaqtda qabul qilish.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ketorolak asetilsalisil kislota yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, kalsiy preparatlari, glyukokortikosteroidlar, etanol, kortikotropin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, me‘da-ichak yo‘llarida yara hosil bo‘lishi va me‘da-ichak yo‘llardan qon ketishi kuzatilishi mumkin.

Parasetamol bilan birga qo‘llash uning nefrotoksikligini, metotreksat bilan gepato- va nefrotoksikligini oshiradi. Ketorolak va metotreksatni birga buyurish, metotreksatni oxirgisini kichik dozalari ishlatilganida mumkin (qon plazmasida metotreksatning miqdorini nazorat qilish lozim).

Ketorolakni qo‘llash fonida metotreksat va litiy klirensini kamayishi va bu moddalarning zaharliligini oshirishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar, geparin, trombolitiklar, antiagregantlar, sefoperazon, sefotetan va pentoksifillin bilan bir vaqtda buyurish qon ketishi xavfini oshiradi. Gipotenziv va diuretik preparatlarning samarasini kamaytiradi (buyraklarda prostaglandinlar sintezi pasayadi). Opioid analgetiklari bilan majmuada qo‘llanganida, oxirgilarning dozalari ancha kamaytirilishi mumkin, chunki ularning ta‘siri kuchayadi.

Insulin va peroral gipoglikemik preparatlarning gipoglikemik ta‘siri oshadi (dozani qayta hisoblash lozim). Valproat kislotasi bilan birga buyurish trombositlar agregasiyasini buzilishini chaqiradi. Qon plazmasida verapamil va nifedipinning konsentrasiyasini oshiradi.

Boshqa nefrotoksik dori vositalari bilan birga buyurilganida (shu jumladan oltin preparatlari bilan) nefrotoksiklik rivojlanishining xavfi oshadi.

Kalsiy kanallarini bloklovchi probenesid va dori vositalar ketorolakning plazmali klirensini kamaytiradi va qon plazmasida uning konsentrasiyasini oshiradi.

In‘eksiya uchun eritmani bitta shprisda morfin sulfati, prometazin va gidroksizin bilan aralashtirish mumkin emas, chunki cho‘kma tushadi.

Tramadol eritmasi, litiy preparatlari bilan farmaseftik nomutanosib.

In‘eksiya uchun eritma 0,9% fiziologik eritma, 5% dekstroza eritmasi, Ringer va Ringer-laktat, «Plazmalit», shuningdek aminofillin, lidokain gidroxloridi, dopamin gidroxloridi, qisqa ta‘sir etuvchi odam insulini va geparinning natriyli tuzini saqlovchi infuzion eritmalari bilan mutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llanganida suyuqlikni tutilishi, yurak faoliyatining dekompensasiyasi, arterial gipertenziya kuzatilishi mumkin. Trombositlar agregasiyasiga bo‘lgan ta‘siri 24-48 soatda tugaydi.

Gipovoliemiya buyraklar tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini oshiradi. Zarurati bo‘lganida narkotik analgetiklar bilan birga buyurish mumkin.

Ketorolakni akusherlik amaliyotida premedikasiya sifatida, tutib turuvchi anesteziya va og‘riqsizlantirish uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Parasetamol bilan birga 5 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Qon ivishi buzilgan bemorlarda preparat faqat trombositlarning soni muntazam nazorat qilinganida buyuriladi, ayniqsa gemostazni sinchkovlik bilan nazorat qilishni talab etadigan operasiyadan keyingi davrda bu muhimdir.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni (avtotransportni boshqarish, mexanizmlar bilan ishlash va b.) talab etuvchi ishlar bilan shug‘ullanishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari (bir marta yuborilganida): qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishi, buyraklar faoliyatini buzilishi, metabolik asidoz.

Davolash: simptomatik (organizmning hayotiy zarur faoliyatlarini tutib turish).

Dializ – kam samarali.

 

Chiqarilish shakli

1 ml dan tiniq shisha ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5 dori vositasi East African (India) Overseas tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DROPOLAK ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aseptica, ООО
  • Vakil: Aseptica
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
KETOKAR inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
DOLAK tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Кадила Фармасьютикалз Лимитед»
  • Vakil: Capital Trade Pro
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rompharm Company SRL
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
KETOREK inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО (упак.), East African (India) Overseas, Индия (произ.)
  • Vakil: Global Pharm Group MChJ
MEDROLGIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
UNOKETRO eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
TOLAK inyeksiya uchun eritma 2ml 30mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
MEDROLGIN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 37 500 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
KETOROL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
KETODOL inyeksiya uchun eritma 2ml 30mg/2ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
DOLAK tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
ALKETOPEYN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
KETOROLAK 0,01 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
KETOROL gel 30g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 36 300 so'mdan Batafsil
KETOKAM 0,01 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Симпекс Фарма Пвт Лтд
KETOKAM tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Симпекс Фарма Пвт Лтд
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ETARIV T inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
LOFEL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
NOVOKVIK KIDS poroshok 3 g/30 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: EAST AFRICAN (INDIA) OVERSEAS
  • Vakil: Phoenix Pharm Trade
KUASEF poroshok 1000mg+500mg N1
SITIRIV inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
KARBORIV kapsulalar N30
GELMIZOL suspenziya 10ml N1
IROVIR S inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
SILIPIN poroshok 500 mg+1000 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: EAST AFRICAN (INDIA) OVERSEAS
NATUGEST kapsulalar 200 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
NATUGEST kapsulalar 100 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
METOKLAST tabletkalari N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
LIKORIV FORTE sirop 225 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
LARGIKAR eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
DISILKAP kapsulalar 250 mg+70 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
DIGIRIV konsentrat 10ml 5g/10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9