×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

XONDROKSID FORTE krem

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Faol modda:
Мелоксикам, хондроитин
ATX kodi:
- M02AX10 Прочие препараты
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
30 000 s`om dan
BELLS maz 20g Parnax Lab Ltd Hindiston
10 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
XONDROKSID FORTE krem qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

XONDROKSID®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi Xondroksid®

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlangan nomi Xondroitin sulfati

Dori shakli sirtga qo‘llash uchun gel

Tarkibi

Faol modda: xondrotin natriy sulfati – 0,05 g (100% quruq moddaga hisoblanganda); yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid (dimeksid) – 0,1 g, propilenglikol (1,2-propandiol) – 0,05 g, izopropanol (izopropil spirti, 2-propanol)-0,05 g, etanol (etil spirti) – 0,2 g, natriy disulfati (natriy metabisulfiti) – 0,0005 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin, metilparaben) – 0,0012 g, propilparagidroksi-benzoat (nipazol, propilparaben) – 0,0003 g, karbomer (karbopol) – 0,035 g, apelsin aromatizatori (ozuqa “Apelsin” aromatizatori) – 0,005 g, suv (tozalangan suv) – 1 g gacha.

Ta‘rifi

Sarg‘ish, yarimtiniq, meva hidli bir xil gel.

Farmakoterapevtik guruhi

To‘qimalarning reparasiyasini rag‘batlantiruvchisi

ATX kodi: M01AX25.

Farmakologik ta‘siri

Xondroksid® geli majmuviy ta‘sirga ega:

  • osteoartrozni va osteoxondrozni kuchayib borishini sekinlashtiradi;
  • og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi;
  • yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi;
  • bo‘g‘im tog‘ayining tiklanishini rag‘batlantiradi;
  • bo‘g‘imlarning harakatchanligini yaxshilaydi;
  • bo‘g‘imlarning shishini kamaytiradi.

Gelning komponentlarini optimal mos qo‘shilishi tufayli ularning og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi samaralarini o‘zaro kuchayishi aniqlanadi.

Xondroksid® gel preparatini qo‘llash qabul qilayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning dozalarini kamaytirish imkonini beradi.

Xondroksid® tabiiy komponent xondroitin sulfatini (yuqori molekulyar mukopolisaxarid) saqlaydi, u tog‘ay to‘qimalarni qurilishida ishtirok etadi.

Xondroitin sulfati:

  • tog‘ay to‘qimasida fosfor-kalsiy almashinuvini yaxshilaydi;
  • tog‘ay to‘qimasini parchalaydigan fermentlarning faolligini pasaytiradi;
  • tog‘ay to‘qimasida degenerasiya (parchalanish) jarayonlarini tormozlaydi;
  • glikozaminoglikanlar sintezini rag‘batlantiradi;
  • biriktiruvchi to‘qimasining kollapsiga to‘sqinlik qiladi;

Bu shikastlangan bo‘g‘imlarda og‘riqni kamayishiga va harakatchanlikni oshishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Xondroksid® geli yaxshi so‘riladi. Sichqonlarda radionishonlangan 3N-xondroitin sulfati ishlatilgan holda eksperimental tekshirishlardan olingan ma‘lumotlarga muvofiq xondroitin sulfatining so‘rilish ko‘rsatkichi 14% ni tashkil qiladi. Dimetilsulfoksid xondroitin sulfatni xujayra membranalari orqali to‘qimalarni ichkarisiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Xondroksid® gel preparati teriga surtilgandan keyin xondroitin sulfat bo‘g‘imlarga tez va tanlab o‘tadi, 30 minutdan keyin maksimal konsentrasiyaga erishadi va keyinchalik preparat tog‘ay to‘qimasidan ikki bosqichli chiqariladi. Chiqarilishining tez bosqichini tugallanishi qo‘llangandan 1 soatdan keyin yuz beradi. Preparatni bo‘g‘imlarda tutilib qolishi 5 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari: osteartroz, umurtqa pog‘onasining osteoxondrozni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Preparat surtilgan sohada teri qoplamalarini shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik, laktasiya davri, bolalik yoshi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Xondroksid®  geli teriga shikastlanish o‘chog‘i ustiga kuniga 2-3 marta surtiladi va yengil qarsaksimon harakatlar bilan to‘liq shimilguncha 2-3 minut davomida ishqalanadi. Davolash kursi 2-3 haftadan 2-3 oygacha tashkil qiladi.

Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Xondroksid® gel preparati dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirlashishi yoki nomutanosibligi hollari noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni shilliq qavati va ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Teriga yoki kiyimga tushganida gel suv bilan iz qoldirmasdan oson yuviladi. Preparat homiladorlikda, laktasiya davrida, bolalik yoshida shifokorni maslahatsiz qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Xondroksid® geli sedativ samara, psixomotor buzilishlar chaqirmaydi va pasientni yuqori e‘tibor va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 5% li gel. 20, 25, 30, 35, 40 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

XONDROKSID FORTE krem dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
XONDROKSID FORTE krem dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
XONDROKSID FORTE krem dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
XONDROKSID gel 30g 5%
XONDROKSID maz 30g 5%
XONDROKSID tabletkalari 250mg N60
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9