×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KSIMELIN sprey nazalniy 84mkg+70mkg/10ml

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Ксилометазолин, Ипратропия бромид
Ishlab chiqaruvchi:
- Такеда ГмбХ
ATX kodi:
- R01AA07
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OTRIVIN sprey 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
34 700 s`om dan
KSILAZOL sprey 10ml 1mg/50mg N1 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
33 600 s`om dan
MILT sprey 10ml Фармак, ПАО Ukraina
19 000 s`om dan
SNUP sprey 15ml 0,05% Stada Arzneimittel AG, Германия произведено: Famar Xelf Keyr Servisez Madrid S.A.U. Ispaniya
34 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KSIMELIN sprey nazalniy 84mkg+70mkg/10ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KSIMELIN

XYMELIN

 

Preparatning savdo nomi: Ksimelin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ksilometazolin

Dori shakli: nazal tomchilar

Tarkibi:

0,05% li 1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ksilometazolin gidroxloridi……………..0,5 mg;

yordamchi moddalar: dinatriy edetati – 0,5 mg, natriy gidrofosfati digidrati – 2 mg, natriy digidrofosfati digidrati – 2 mg, natriy xloridi – 7,4 mg, benzalkoniy xloridi – 0,1 mg, tozalangan suv – 991,5 mg.

0,1% li 1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ksilometazolin gidroxloridi……………..1,0 mg;

yordamchi moddalar: dinatriy edetati – 0,5 mg, natriy gidrofosfati digidrati – 2 mg, natriy digidrofosfati digidrati – 2 mg, natriy xloridi – 7,3 mg, benzalkoniy xloridi – 0,1 mg, tozalangan suv – 991,1 mg.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: antikongestiv vosita – alfa-adrenomimetik

ATX kodi: R01AA07.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Burun shilliq qavatiga nisbatan α-adrenomimetik ta‘sirga ega bo‘lgan mahalliy simpatomimetik. Ksilometazolin burun shilliq qavati qon tomirlarini toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi bu burun shilliq qavatining o‘tkir shishini bartaraf qilish imkonini beradi, shu tariqa burun va burunning qo‘shimcha bo‘shliqlarini drenajiga yordam beradi, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Yurak va markaziy nerv tizimiga ta‘sir qilishini biroz xavfi mavjud. Davolash to‘xtatilgandan keyin bir necha kundan so‘ng burun shilliq qavatini shishi va hujayralarning yuqori sezuvchanligi bilan bog‘liq gipersekresiyasini yuz berish ehtimoli (“teskari samara”) mavjud.

Surunkali davolanish ham burun shilliq qavatini shishini va gipersekresiyasini chaqirishi  mumkin.

Ta‘siri bir necha minutdan keyin boshlanadi va 10-12 soat davomida davom etadi.

Farmakokinetikasi

Sust so‘riladi.

 

Qo‘llanilishi

Rinit va sinusitda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,05% li sprey:

Har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan, kuniga ko‘pi bilan 3 marta, maksimal 10 kun davomida.

2 yoshdan kichik bolalarga faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llanadi.

Kattalar va 10 yoshdan boshlab bolalar uchun 0,1% li tomchilar

Har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan, kuniga ko‘pi bilan 3 marta, maksimal 10 kun davomida qo‘llanadi.

2 yoshdan kichik bolalarga faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Davolash davomiyligiga qarab, ushbu dori preparatini qo‘llagan 3-8% pasientlarda quyida keltirilgan ro‘yxatdagi bir yoki bir nechta nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan.

Tez-tezligi

 

 

 

Organizmning tizimi

Tez-tez

(> 1/100 va <1/10)

Tez-tez emas

(> 1/1000 va <1/100)

Kam hollarda

(> 1/10000 va <1/1000)

Juda kam hollarda (<1/10000, shu jumladan individual holatlar)
Immun tizimi tomonidan buzilishlar       Tizimli allergik reaksiyalar
Markaziy va peri-ferik nerv tizi-mi tomonidan buzilishlar       Bezovtalanish, uyqusizlik, charchoqlik, bosh og‘rig‘i
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar       Ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi
Qon tomir (ekstrakardial)

buzilishlar

      Taxikardiya

yoki aritmik puls

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Tomoq va burun-da achishish, bu-run shilliq qavatini quri-shi va ta‘sirla-nishi, aksirish, achishish hissi, burundan ajralmalar Burun bitishi

(reaktiv  giperemiya), ayniqsa qisman yoki uzoq qo‘llangandan keyin

   
Me‘da-ichak yo‘l-lari tomonidan buzilishlar     Me‘da-ichak diskomforti  

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.

Yopiq burchakli glaukoma.

Ksilometazolin gidroxloridini, boshqa qon tomirini toraytiruvchi vositalar kabi, miyanining qattiq qobig‘idagi transvenoidal gipofizektomiyadan keyin yoki transnazal/transoral jarrohlik aralashuvlaridan keyin qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Trisiklik yoki tetrasiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ksilometazolinning tizimli ta‘sirini bo‘lishi istisno qilinmaydi va simpatomimetik samara kuchayishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat to‘g‘risidagi hamma manbalardagi ma‘lumotlarda ushbu dori vositasining  dozasini oshirib yuborilishi va keyinchalik markaziy nerv tizimini susayishi xavfi tufayli 2 yoshdan kichik bolalarda ishlatish mumkin emasligi aniq ko‘rsatilgan.

Davolashni 10 kundan ortiq davom ettirish mumkin emas, chunki tez-tez va uzoq vaqt davomida qo‘llash burun shilliq qavatini yallig‘lanishiga, shuningdek hujayralarni yuqori sezuvchanligi bilan bog‘liq gipersekresiyasi (“teskari samara”) ga olib kelishi mumkin.

Adrenergik preparatlarga sezgir pasientlarga ksilometazolin gidroxloridini buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, u uyquni buzilishini, bosh aylanishini, tremorni, yurak aritmiyasini yoki qon bosimini oshishini chaqirishi mumkin.

Preparatni gipertireozi, qandli diabeti, gipertoniyasi, aterosklerozi, anevrizmasi, yurak ishemik kasalligi, aritmiyasi va taxikardiyasi bo‘lgan pasientlarga, prostata bezining giperplaziyasi bilan bog‘liq siyish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan pasientlarga, MAO ingibitorlarini va boshqa qon bosimini oshiruvchi preparatlarni qo‘llayotgan pasientlarga, shuningdek feoxromjsitomasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan ishlatish va faqat shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash kerak, ular qon bosimini oshirishi mumkin.

Homiladorlikda va laktasiyada qo‘llanilishi

Preparatni tizimli qon tomirlarni toraytiruvchi samarasi tufayli, homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.

Ksilometezolinni emizish vaqtida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlatish mumkin.

Avtotransportni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ksimelin transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki deyarli ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi yoki tasodifan qabul qilingan hollarda quyidagi klinik manzara kuzatilgan: tana haroratini yaqqol pasayishi, terlash, bosh og‘rig‘i, tez va nomuntazam puls, qon bosimini oshishi bilan bo‘lgan markaziy nerv tizimini susayishi va ayniqsa bolalarda koma bo‘lishi mumkin.

Gipertenziya rikoshet gipotenziya bilan birga kechishi mumkin.

Davolash: simptomatik. Maxsus davolash yo‘q. Tibbiy nazorat tavsiya qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

0,05% va 0,1% li nazal tomchilar.

10 ml preparat past zichlikdagi polietilen flakon-tomchilagichda. Flakon buraladigan polipropilen qalpoqcha bilan berkitilgan.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

15-25oS haroratda. Ochilgandan keyin 3 oy davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KSIMELIN sprey nazalniy 84mkg+70mkg/10ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KSIMELIN sprey nazalniy 84mkg+70mkg/10ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KSIMELIN sprey nazalniy 84mkg+70mkg/10ml dori vositasi Такеда ГмбХ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KSIMELIN sprey nazalniy 84mkg+70mkg/10ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KSIMELIN sprey nazalniy 84mkg+70mkg/10ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KSIMELIN EKO sprey 10ml 35MKG
Другие формы препарата
KSIMELIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1% N1
KSIMELIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05% N1
KSIMELIN 0,0005/ML tomchilar 10ml
KSIMELIN tomchilar 10ml 0,1%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9