×
×
  • KSOBIKS tabletkalari 15mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KSOBIKS tabletkalari 15mg N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
ATX kodi:
- M01AC06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

REKLIN tabletkalari 7,5mg N20 Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje Makedoniya
NAYZILAT tabletkalari 600mg N10 Dr.Reddy's Laboratories Limited Hindiston
70 000 s`om dan
FLAMIDEZ tabletkalari N10 Organosyn Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Evertogen Life Sciences Limited Hindiston
30 000 s`om dan
SUARON poroshok 100mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
23 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KSOBIKS tabletkalari 15mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KSOBIKS

XOBIX

 

Preparatning savdo nomi: Ksobiks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meloksikam

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir 7,5 mg Ksobiks tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meloksikam – 7,5 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, Avisel RN 102 (mikrokristallik sellyuloza), magniy stearati, kraxmal natriy glikolyati, Povidon K-30, Aerosil 200 (kolloid kremniy dioksidi), tozalangan suv.

Bir 15 mg Ksobiks tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 15 mg meloksikam;

yordamchi moddalar: laktoza, Avisel RN 102 (mikrokristall sellyuloza), magniy stearati, kraxmal natriy glikolyati, Povidon K-30, Aerosil 200 (kolloid kremniy dioksidi), FD va sariq № 6 bo‘yovchisi, tozalangan suv.

Ta‘rifi:

Ksobiks 7,5 mg – dumaloq, och-sariq rangli, bir tomonida “XX” gravirovkali va boshqa tomonida bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Ksobiks 15 mg – dumaloq, och-to‘q sariq rangli, bir tomonida “XO” gravirovkali va boshqa tomonida bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

ATX kodi: M01AS06

Farmakologik xususiyatlari

Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Yaxshi so‘riladi. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi, sinovial suyuqligiga kiradi. Faol bo‘lmagan metabolitlarini hosil qilib biotransformasiyaga uchraydi. Ahlat va siydik bilan teng proporsiyada chiqariladi.

Farmakokinetikasi

Ichga 30 mg doza qabul qilinganidan keyin meloksikamning bioto‘planishi 89% ni tashkil qiladi. Ichga bir necha marta qo‘llash farmakokinetik ko‘rsatkichlarni 7,5 dan 15 mg gacha dozalarga proporsional o‘zgartiradi. O‘rtacha Smax ga meloksikamning 7,5 mg li tabletkasi qabul qilinganidan keyin 4-5 soat o‘tgach erishiladi, bu preparatning so‘rilishini uzaytirilishini ko‘rsatadi. Ko‘p sonli dozalashda turg‘un holatga 5-kuni erishiladi. Meloksikamning ikkinchi cho‘qqi konsentrasiyasiga 12-14 soatdan keyin erishiladi.

Qo‘llanilishi

  • osteoartroz,
  • osteoartrit,
  • bo‘g‘imlarning degenerativ kasalliklari,
  • revmatik artrit,
  • ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi),
  • posttravmatik og‘riqlar,
  • algodismenoreyada qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga revmatoid artrit va ankilozlovchi spondilitda sutkada 15 mg dan buyuriladi, ijobiy terapevtik samaraga erishilganida dozani sutkada 7,5 mg gacha kamaytirish mumkin. Osteoartrozda sutkalik doza 7,5 mg, zarurati bo‘lganida u sutkada 15 mg gacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 15 mg. Nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishini xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarda davolashni sutkada 7,5 mg dozadan boshlash kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki gemodializda bo‘lgan pasientlarda preparat 7,5 mg sutkalik dozada buyuriladi.

O‘rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi  minutiga 25 ml dan ko‘proq) dozani kamaytirish talab qilinmaydi.

Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qo‘llash mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, ezofagit, gastroduodenal yaralar, qabziyat yoki diareya, meteorizm.

Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, uyquchanlik.

Boshqalar: shishlar, AB oshishi, yurak urishi, qon zardobida kreatinin va/yoki mochevinani oshishi, anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, fotosensibilizasiya, allergik reaksiyalar (toshma, qichishish, bronxospazm, eshakemi).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Meloksikamga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYAQV), zo‘rayish bosqichidagi me‘daning yara kasalligi, og‘ir jigar yoki terminal buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, emizish, o‘smirlarda (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bilvosita antikoagulyantlar, tiklopidin, geparin, trombolitlar fonida qon ketishning rivojlanishini xavfi oshadi. Litiyni qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshiradi. Metotreksat (sitopeniya), siklosporinni (nefrotoksik) toksikligini kuchaytiradi. Antigipertenziv preparatlarning samaradorligini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ksobiks kortikosteroidlarning o‘rnini almashtiraolmaydi yoki ularni yetishmovchiligini tiklayolmaydi.

Ksobiksni ahamiyatli suvsizlangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak. Bunday pasientlarda dastlab regidratasion davolashni, keyin esa Ksobiks bilan davolashni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

NYAQV, shu jumladan meloksikam qabul qilayotgan pasientlarda jigar sinamalarining ko‘rsatkichlari 15% ga oshishi mumkin.

Meloksikam antikoagulyantlar bilan yondosh buyurilganida trombositlar faoliyatining buzilishlarini oldini olish uchun pasientlarni monitoring qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralarning kuchayishi.

Davolash: me‘dani yuvish va simptomatik davolash, chiqarilishni tezlashtirish uchun xolestiraminni yuborish.

 

Chiqarilish shakli

7,5 mg va 15 mg li 10 tabletkadan bir alyuminiy blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KSOBIKS tabletkalari 15mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KSOBIKS tabletkalari 15mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KSOBIKS tabletkalari 15mg N10 dori vositasi Hilton Pharma (Pvt) Ltd. tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KSOBIKS tabletkalari 15mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KSOBIKS tabletkalari 15mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OFLOBID infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITANYu tabletkalari 20mg N14
SITANYu tabletkalari 10mg N14
MITEKA tabletkalari 4mg N14
MITEKA poroshok 4g N14
SITANYu tabletkalari 5mg N14
DULAN kapsulalar 20mg N14
RONEKS sirop 60ml
DESTINA tabletkalari 5mg N10
FEROSOFT S inyeksiya uchun eritma 5ml N5
FEROSOFT sirop 120ml 50mg/5ml
FEROSOFT tomchilar dlya priema vnutr 30ml
TREKSAMIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
TREKSAMIN kapsulalar 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
TREKSAMIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU tabletkalari 50mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU tabletkalari 100mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU MET tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU MET tabletkalari 1000mg 50 mg+1000 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 45mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 30mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 15mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9