×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LAKTO kapsulalar N16

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 16
Ishlab chiqaruvchi:
- Biodeal Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J01XD03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 54 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

RADELAKS tabletkalari N30 «GRICAR CHEMICAL S.r.l.» Турция
113 000 s`om dan
IBUKLIN AKTIV Tabletkalari N20 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
28 000 s`om dan
EUFILLIN tabletkalari 150mg N30 Борисовский Завод МП ОАО Belarusiya
2 000 s`om dan
PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,5 mg/ml N20 Астра Зенека АБ Shvetsiya
295 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LAKTO kapsulalar N16 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAKTO – G

                                                                    LACTO – G

 

Preparatning savdo nomi: Lakto -G

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): tirik bakteriyalar: Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 g (2 kapsula) preparat quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: 10X109 CFU/g tirik bakteriyalar: Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis.

yordamchi moddalar: fruktooligosaxaridlar, guruch maltodekstrini.

Ta‘rifi: №0 o‘lchamli, qattiq polisaxaridli kapsulalar. Kapsulaning qopqog‘i va korpusi tiniq. Kapsula ichidagisi- sarg‘ish  dog‘li oq kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: ichak mikroflorasini boshqaruvchi preparat.

ATX kodi: A07FA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning tarkibiga kiruvchi sut achitqi bakteriyalari ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tutib turadi va tiklaydi. Bifidobakteriyalar va laktobasillalar, sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi va yashashi uchun noqulay sharoit yaratadi; ovqat hazm qilish jarayonida va vitaminlarning (V, K…) sintezida ishtirok qiladi; elektrolitlar muvozanatini, oqsillar, fosfolipidlar, o‘t va yog‘ kislotalari, bilirubin, xolesterin almashinuvini boshqaradi.

Tabiiy polisaxaridlar – fruktooligosaxaridlar ichak bakteriyalari – eubiotiklarning ko‘payishi, kolonizasiyasi va yashash faoliyati uchun qulay muhit yaratadi. Fruktooligosaxaridlar ovqatni hazm qiluvchi kislotalar ta‘siri ostida parchalanmaydi va o‘zgarmagan holatda ichakning quyi bo‘limlariga o‘tadi.

 

Qo‘llanilishi

– ichak mikroflorasining muvozanatini buzilishi – disbakteriozni (ta‘sirlangan ichak sindromi) oldini olish va davolash;

– antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan davolanish vaqtida bolalar va kattalarda rivojlanadigan disbakteriozlar;

– diareya, meteorizm, qabziyatlar;

– kolitlar, gastroentrokolitlarda (o‘tkir va surunkali) qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir kapsulaning ichidagisini ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik (sharbat, shirin suv) bilan aralashtirib, ovqatdan oldin qabul qilish buyuriladi.

2-12 yoshli bolalarga sutkada 1-2 kapsuladan ovqatni qabul qilishgacha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2-3 kapsuladan, och qoringa yoki ovqatdan oldin ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.

Davolash davomiyligi disbakteriozning rivojlanish sababi va organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, preparatni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlari qayd etilmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga  yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Lakto-G ni boshqa dori vositalari bilan noxush o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni qo‘llash davrida alkogolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

10 kapsula o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

10-250S haroratda, quruq joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil

 

Dorixonalardan berish sharoiti

Shifokor reseptisiz!

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LAKTO kapsulalar N16 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LAKTO kapsulalar N16 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LAKTO kapsulalar N16 dori vositasi Biodeal Pharmaceuticals Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LAKTO kapsulalar N16 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LAKTO kapsulalar N16 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9