×
×
  • LAKTOKSIL infuziya uchun eritma 400ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LAKTOKSIL infuziya uchun eritma 400ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
- Юрия-Фарм, ООО
ATX kodi:
- B05XA31
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GEKODEZ infuziya uchun eritma 200ml 60mg/ml ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml Radiks, НПП O'zbekiston
16 500 s`om dan
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
980 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LAKTOKSIL infuziya uchun eritma 400ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAKTOKSIL®

LACTOXYL

 

Preparatning savdo nomi: Laktoksil®

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 75,0 mg ksilit, 10,5 mg natriy laktati, 2,88 mg natriy xloridi, 0,10 mg kalsiy xloridi (kalsiy xlorid digidrati ko‘rinishida), 0,30 mg kaliy xloridi, 0,10 mg magniy xloridi (magniy xloridi geksagidrati ko‘rinishida);

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.

Nazariy osmolyarligi – 790 mOsm/l; rN – 6,0-7,6.

Preparatning ion tarkibi: Na+ – 143,0 mmol/l, K+ – 4,0 mmol/l, Ca++ – 0,9 mmol/l,
Mg++ – 1,1 mmol/l, Cl– 57,2 mmol/l, SN3SN(ON)SOO– 93,7 mmol/l.

Energetik qiymati – 300 kkal/l;

Farmakoterapevtik guruhi: Vena ichiga yuborish uchun qo‘shimcha eritmalar. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada.

ATX kodi: V05XA31.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Laktoksil® reologik, shokka qarshi, dezintoksikasiyalovchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatda asosiy ta‘sir etuvchi moddalari ksilit va natriy laktatidir. Ksilit – besh atomli spirt bo‘lib, vena ichiga yuborilganda umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida to‘planadi, qolgan ksilit boshqa a‘zo (buyrak, yurak, buyrak osti bezi, me‘da osti bezi, bosh miya) to‘qimalari tomonidan o‘zlashtiriladi va siydik bilan chiqariladi. Ksilitning izotonik eritmasi dezagregant ta‘sir ko‘rsatadi va shu yo‘l bilan to‘qimalar perfuziyasi va mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi.

Uglevodlar almashinuvi mahsuloti bo‘lgan ksilit pentitol hisoblanadi va metabolizmning pentozofosfat sikliga bevosita kirishadi. Ksilit fruktoza va sorbitoldan farqli ravishda, jigarda nukleotidlar kamayishiga olib kelmaydi (ATF, ADF, AMF), u yana fruktozani o‘zlashtira olmaydigan yoki fruktozo-1,6-difosfotaza fermenti tanqisligi bo‘lgan bemorlarga yuborish uchun xavfsizdir. Ksilit glyukozaga nisbatan kuchliroq antiketogen va azotni tejovchi ta‘sir ko‘rsatadi va xam operasiyadan oldin, xam operasiyadan keyin bir xilda yaxshi o‘zlashtiriladi deb hisoblanadi. Ksilit, insulinga bog‘liq bo‘lmagan metabolizmga ega bo‘lgan energiya manbai ekanligini e‘tiborga olib, ksilit, antiketogen va lipotrop ta‘sir ko‘rsatadi va u ayniqsa me‘da–ichak yo‘llarida operasiya o‘tkazgan bemorlarda parenteral oziqlantirish vositasi sifatida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Ksilitning maksimal utilizasiya tezligi tana vazniga soatiga 0,25 g/kg ni tashkil etadi.

Natriy laktati sekin ta‘sir qiluvchi ishqorlashtiruvchi vositalar guruhiga kiradi. Natriy laktatini qon tomir havzasiga yuborilganda, undan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqib, bikarbonatni hosil qiladi, bu esa qonning ishqoriy rezervini oshishiga olib keladi.

Natriy gidrokarbonati eritmasidan farqli ravishda, natriy laktati yordamida metobolik asidozni muvofiqlashtirilishi, uni moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq kechadi va rN ni keskin o‘zgarishlariga olib kelmaydi. Ko‘pgina tadqiqotlarda, natriy laktati yurak-qon tomir faoliyatiga, shuningdek qonning nafas faoliyatini regenerasiyasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, dezintoksikasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi, diurezni kuchayishiga yordam beradi, jigar va buyrak funksiyasini yaxshilaydi. Natriy laktatining ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi.

Natriy xloridi regidratasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi, turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari tanqisligini to‘ldiradi.

Kalsiy xloridi kalsiy ionlari tanqisligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarni qisqarishi, miokard faoliyati, suyak to‘qimasini shakllanishi va qon ivishi uchun zarurdir. Hujayralar va qon tomir devori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, organizmning infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi.

Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa – manfiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta‘sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarini qisqarishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Laktoksil®  o‘z tarkibiga ko‘ra, ko‘p komponentli giperosmolyar eritmalar guruhiga kirishini hisobga olish kerak.

Preparatni vena ichiga yuborilgandan so‘ng qonning osmotik bosimi oshadi, suyuqliklarni to‘qimalardan qon tomir havzasiga o‘tishi kuchayadi, moddalar almashinuvi jarayoni kuchayadi, jigarning dezintoksikasion funksiyasi yaxshilanadi, yurak faoliyati kuchayadi, diurez oshadi.

Ksilit umumiy metabolizmga tezda kirishadi, 80-90% jigarda utilizasiya qilinadi va glikogen  shaklida to‘planadi, 5% miya to‘qimasida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida to‘planadi, 6-12% siydik orqali chiqariladi. Qon tomirga yuborilganda natriy laktatdan, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.

Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Kapillyar qon aylanishni yaxshilash uchun profilaktika maqsadida va travmatik, operasion, gemolitik, toksik va kuyish oqibatidagi shokni davolashda, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida; intoksikasiya bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda, surunkali gepatitlarni zo‘rayishida; sepsisda, jarrohlik amaliyotidan oldin tayyorlashda va jarrohlik amaliyotidan keyin, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun; kislota-ishqor holatini muvofiqlashtirish uchun; parsial va to‘liq parenteral oziqlantirish doirasida organizmni kaloriyaga ehtiyojini qisman qoplash uchun qo‘llaniladi.

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Laktoksil®  ni kattalarga minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minutdan so‘ng reaksiya bo‘lmasa, Laktoksil® oqim bilan yuboriladi.

Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (bemorning tana vazniga nisbatan 10-15 ml/kg) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (bemorning tana vazniga nisbatan 6-7 ml/kg) dan tomchilab yuboriladi. O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1200-1600 ml dan (tana vazniga
20 ml/kg gacha) yuboriladi. Bunday hollarda reosorbilakt infuziyasini kasalxonagacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashtirilgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Operasiyadan oldingi davrda va turli jarrohlik aralashuvlaridan keyin preparat 400 ml dozada (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab, 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliterasiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg hisobidan dozada tomchilab, takroran, kunora yuboriladi, davolash kursi 10 ta infuziyagacha yetkaziladi.

Bemorlarni parenteral oziqlantirish uchun, shu jumladan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda – 600-1000 ml dan (bemorning tana vazni kilogrammiga 10-15 ml), kuniga bir yoki ikki marta buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrosianoz.

Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.

Teridagi o‘zgarishlar: teri toshmalari, eshakemi, qichishish.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. Laktoksil® ni alkalozda, shuningdek ko‘p miqdorda suyuqlik quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensasiyalarida, arterial gipertenziya III bosqichi, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llanmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.

Nomutanosiblik. Laktoksil®ni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat kislota-ishqor holati va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funksional holati va arterial bosim nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xolesistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.  Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda preparatni yuborish qonda qand miqdorini nazorati ostida amalga oshiriladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emasligi to‘g‘rsida ma‘lumotlar mavjud emas.

Bolalar.

Bolalarda qo‘llash tajribasi xususida yetarlicha ma‘lumotlar yuq

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparatni stasionar sharoitida qo‘llanilgani sababli, bunday ta‘siri haqida ma‘lumotlar yuq

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilganda mustaqil tez o‘tib ketadi, ba‘zida kollaps, suvsizlanish (diurezni kuchayishi hisobiga) kuzatiladi. Yuborish tezligi oshirilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq avj olishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil ravishda tezda yo‘qoladi.

Chiqarilish shakli

200 ml, 400 ml dan  butilkalarda.

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LAKTOKSIL infuziya uchun eritma 400ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LAKTOKSIL infuziya uchun eritma 400ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LAKTOKSIL infuziya uchun eritma 400ml dori vositasi Юрия-Фарм, ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LAKTOKSIL infuziya uchun eritma 400ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LAKTOKSIL infuziya uchun eritma 400ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Narh: 170 200 so'mdan Batafsil
KSILAT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
KSAVRON inyeksiya uchun eritma 20ml 1,5mg/ml N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 150mg/ml
NEYROSITIN eritma 100ml
Narh: 31 900 so'mdan Batafsil
DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
SANGERA eritma 5ml 100mg/ml N5
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
INGAMIST eritma 3ml 100mg/ml N10
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
GEKOTON infuziya uchun eritma 200ml
NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10
Narh: 68 300 so'mdan Batafsil
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Narh: 42 112 so'mdan Batafsil
NALBUFIN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
GLYUKSIL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
LEFLOSIN eritma 100ml 500mg/ml
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10
GRANDAZOL infuziya uchun eritma 200ml 5mg/2,5mg N1
SORBILAKT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 60 600 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 200ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 40 800 so'mdan Batafsil
REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 86 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9