×
×
  • LERAS XR tabletkalari 500mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LERAS XR tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
ATX kodi:
- N06AX03 Миансерин
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5 Фармак, ПАО Ukraina
78 400 s`om dan
35 000 s`om dan
SINDRANOL tabletkalari 4mg N28 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company, Венгрия произведено: Pharmathen International S.A. Gretsiya
NOOTROPIL tabletkalari 800mg N30 Glaxo SmithKline Export Limited, Великобритания произведено: UCB Pharma SA Belgiya
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LERAS XR tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LERAS

LERACE

 

Preparatning savdo nomi: Leras

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levetirasetam

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda: levetirasetam 500 mg/5 ml;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy asetat trigidrati, distillangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: tutqanoqqa qarshi vosita.

ATX kodi: N03AX04

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Leras preparatining faol moddasi – levetirasetam pirrolidon hisilasi hisoblanadi, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha tutqanoqqa qarshi ma‘lum dori vositalaridan farq qiladi. Levetirasetamning ta‘sir mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan, lekin tutqanoqqa qarshi ma‘lum preparatlarning ta‘sir mexanizmidan farq qilishi aniq. Taxmin qilinayotgan ta‘sir mexanizmlaridan biri bosh miya va orqa miyaning kulrang moddasida mavjud bo‘lgan SV2A sinaptik vezikulalarning glikoproteinlari bilan isbotlangan bog‘lanishiga asoslangan. Shu orqali neyron faolligining gipersinxronizasiyasiga qarshi ta‘sirida namoyon bo‘lgan tirishishga qarshi samarasi amalga oshadi deb hisoblanadi. Shuningdek levetirasetam GAMK va glisin reseptorlarini turli endogen agentlar yordamida modulyasiya qilib, bu reseptorlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Normal neyrotransmissiyani o‘zgartirmaydi, lekin GAMK-agonisti bikukulin tomonidan induksiya qilingan tutqanoqsimon neyronal qo‘zg‘alishlarni va glyutamat reseptorlarini qo‘zg‘alishini bostiradi. Preparatning ham fokal, ham tarqalgan tutqanoq xurujlari (tutqanoqsimon ko‘rinishlar/fotoparoksizmal reaksiya) ga nisbatan faolligi isbotlangan.

Farmakokinetikasi

Levetirasetam – yuqori kirish xususiyatiga ega yaxshi eruvchan moddadir. Farmakokinetik profili – kam o‘zgaruvchanlik bilan proporsionaldir va sog‘lom ko‘ngillilar va tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda bir xil.

Levetirasetamning mustaqil farmakokinetik profilini vaqtga bog‘liq ko‘rsatkichlari 1500 mg (kuniga 2 marta) 4 kun davomida vena ichiga yuborish bilan tasdiqlangan.

Biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi. Smax ga 1500 mg bir marta vena ichiga yuborilgandan 15 minutdan erishilgan va 51±19 mkg/ml ni tashkil qilgan. Muvozanat holatiga preparatni kuniga ikki marta 2 sutkada davomida qabul qilinganda erishiladi.

Levetirasetam va uning asosiy metabolitini plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 10% dan kamroqni tashkil qiladi. Preparatni to‘qimalarda taqsimlanishi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Asosiy (dozaning 24%) metabolik yo‘li bo‘lib asetamid guruhining fermentativ gidrolizi hisoblanadi. Farmakologik faol bo‘lmagan birlamchi metaboliti (ucb L057) jigarning sitoxrom R450 ishtirokisiz amalga oshadi.

Chiqarilishi. Katta odamda plazmadan T1/2 7±1 soatni tashkil etadi va yuborish usuli va dozalash tartibiga bog‘liq emas. Umumiy klirensning o‘rtacha ko‘rsatkichi minutiga
0,96 ml/kg ni tashkil etadi. Preparatning 95% buyraklar orqali chiqariladi. Levetirasetam va ucb L057 ning buyrak klirensi muvofiq ravishda minutiga 0,6 va
4,2 ml/kg ni tashkil etadi.

Qo‘llanilishi

Quyidagi holatlarda monoterapiya sifatida:

tutqanoq birinchi marta aniqlangan kattalar va 16 yoshdan oshgan o‘smirlarda ikkilamchi tarqalgan yoki tarqalmagan parsial xurujlar.

Quyidagi holatlarni majmuaviy davolash tarkibida:

kattalar va 4 yoshdan oshgan bolalarda ikkilamchi tarqalgan yoki tarqalmagan parsial xurujlar (infuziya uchun eritma);

yuvenil mioklonik tutqanog‘i bo‘lgan kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarda mioklonik tirishishlar;

ideopatik tarqalgan tutqanog‘i bo‘lgan kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarda birlamchi-tarqalgan tirishish (tonik-klonik) xurujlarda qo‘llanadi.

Infuziya uchun konsentratni preparatning peroral shakllarini qabul qilish imkoniyati bo‘lmaganida vaqtincha muqobil davolash sifatida ishlatish mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga infuziya ko‘rinishida 15 minut davomida yuboriladi.

Peroral qabul qilishdan vena ichiga yuborishga va aksincha vena ichiga yuborishdan peroral qabul qilishga o‘tishni doza va yuborishlar sonini saqlab qolgan holda amalga oshirish kerak.

5 ml infuziya uchun eritmali bir ampula 500 mg levetirasetam (100 mg/ml) saqlaydi.

Sutkalik dozani teng ikkita yuborishga bo‘linadi.

Qo‘llashdan oldin kamida 100 ml xajmdagi erituvchida suyultirish kerak.

Doza, mg Preparat hajmi Erituvchi hajmi, ml Yuborish vaqti, minut Yuborish tez-tezligi, sutkada Sutkalik doza, mg/sutka
250 2,5 ml (5 ml ampulaning yarli) 100 15 2 500
500 5 ml (5 ml 1 ampula) 100 15 2 1000
1000 10 ml (5 ml 2 ampula) 100 15 2 2000
1500 15 ml (5 ml 3 ampula) 100 15 2 3000

Erituvchi sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin:

  • in‘eksiya uchun 0,9% li natriy xloridi eritmasi;
  • in‘eksiya uchun Ringer laktat eritmasi;
  • in‘eksiya uchun 5% li dekstroza eritmasi.

Monoterapiya

Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar. Davolashni 2 yuborishga (sutkada 2 marta 250 mg dan) bo‘lingan 500 mg sutkalik dozadan boshlash kerak. 2 xaftadan keyin doza boshlang‘ich terapevtik – 1000 mg (sutkada 2 marta 500 mg dan) gacha oshirilishi mumkin.

Maksimal sutkalik doza 3000 mg (sutkada 2 marta 1500 mg dan) ni tashkil qiladi.

Majmuaviy davolash tarkibida

4 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar va tana vazni 50 kg gacha bo‘lgan 12-17 yoshdagi o‘smirlar. Davolashni 2 yuborishga bo‘lingan (sutkada 2 marta 10 mg/kg dan) 20 mg/kg sutkalik dozadan boshlash kerak. Doza 60 mg/kg (sutkada 2 marta 30 mg/kg dan) ga teng tavsiya etilgan sutkalik dozaga erishilguncha xar 2 haftada 10 mg/kg ga o‘zgartirilishi mumkin. Tavsiya etilgan doza o‘zlashtiraolmaganda, uni kamaytirish mumkin.

Kattalar va tana vazni 50 kg dan yuqori bo‘lgan o‘smirlar. Davolashni 2 yuborishga (sutkada 2 marta 500 mg dan) bo‘lingan 1000 mg sutkalik dozadan boshlash kerak. Klinik reaksiya va preparatni o‘zlashtiraolinishiga qarab sutkalik doza maksimal – 3000 mg (sutkada 2 marta 1500 mg dan) gacha oshirilishi mumkin. Har 2-4 xaftada dozani 500 mg ga o‘zgartirish mumkin.

Davolash kursi davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

6 oylikdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar va tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar. Davolashni 2 yuborishga (sutkada 2 marta 10 mg/kg dan) bo‘lingan 20 mg/kg dozadan boshlash kerak. Klinik reaksiya va preparatni o‘zlashtiraolinishiga qarab sutkalik doza sutkada 2 marta 30 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Har 2 haftada dozani tana vazniga 20 mg/kg (sutkada 2 marta 10 mg/kg dan) ga o‘zgartiriladi. Minimal samarali dozani qo‘llash kerak.

Pasientlarning alohida guruhlari

Buyrak faoliyatini buzilishi. Levetirasetam organizmdan buyrak orqali chiqarilganligi tufayli, preparatni buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga buyurilganda, dozaga kreatinin klirensi ko‘rsatkichiga qarab tuzatish kiritish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi. Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar faoliyatini dekmopensasiyalangan buzilishi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kreatinin klirensini pasayishi buyrak faoliyatining og‘irlik darajasini to‘liq aks ettirmasligi mumkin. Bunday kreatinin klirensi <60 ml/minut/1,73m2 bo‘lgan hollarda sutkalik dozani 50% ga kamaytirish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bo‘lishi mumkin bo‘lmagan nojo‘ya samaralar organizmning tizimlari va paydo bo‘lishi tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10).

Nerv tizimi tomonidan

Juda tez-tez: uyquchanlik, toliqish, asteniya.

Tez-tez: amneziya, ataksiya, tirishishlar, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, giperkineziya, tremor, muvozanatni buzilishi, diqqatni jamlashni buzilishi, xotirani yomonlashishi, paresteziya, xoreoatetoz, diskineziya.

Ruhiyat tomonidan

Tez-tez: qo‘zg‘alish, depressiya, emosional labillik, kayfiyatni o‘zgarishi, dushmanlik/tajavvuzkorlik, uyqusizlik, asabiylik, ta‘sirchanlik, shaxsiyatni buzilishlari, fikrlashni buzilishi, hulq-atvorni buzilishi, xavotirlik, jaxldorlik, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, psixotik buzilishlar, o‘z joniga qasd qilish, o‘z joniga qasd qilishga urinish va o‘z joniga qasd qilish fikrlari.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan

Tez-tez: diplopiya, ko‘rishni noaniqligi.

Nafas tizimi tomonidan

Tez-tez: yo‘talni kuchayishi, nazofaringit, infeksiyalar.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan

Tez-tez: abdominal og‘riq, diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, tana vaznini oshishi. Topiramid bilan bir vaqtda qabul qilinganda anoreksiya xavfi oshadi, anoreksiya, jigar yetishmovchiligi, gepatit, tana vaznini kamayishi, jigar funksional sinamalarini o‘zgarishi.

Teri qoplamalari tomonidan

Tez-tez: teri toshmasi, ekzema, qichishish, alopesiya (preparat bekor qilingandan keyin ayrim hollarda soch qoplamasini tiklanishi kuzatilgan), Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz.

 

 

Qon tomonidan o‘zgarishlar

Tez-tez: trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, pansitopeniya (ayrim hollarda suyak ko‘migini susayishi holatlari).

Boshqalar

Tez-tez: mialgiya, vertigo, to‘satdan jarohatlanishlar.

4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda quyidagi noxush reaksiyalar qayd etilgan: qusish (juda tez-tez, 11,2%), qo‘zg‘alish (tez-tez, 3,4%), kayfiyatni o‘zgarishi (tez-tez, 2,1%), emosional labillik (tez-tez, 1,7%), tajavvuzkorlik (tez-tez, 8,2%), hulq-atvorni buzilishlari (tez-tez, 5,6%) va letargiya (tez-tez, 3,9%).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Levetirasetam yoki pirrolidonning boshqa hosilalari, shuningdek preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Infuziya uchun eritma uchun – 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: keksa yoshdagi (65 yoshdan katta) pasientlar; dekompensasiya bosqichidagi jigar kasalliklari; buyrak yetishmovchiligi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Levetirasetam tutqanoqqa qarshi preparatlarning (fenitoin, karbamazepin, valproat kislotasi, fenobarbital, lamotridjin, gabapentin, topiramat va primodon) qon plazmasidagi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi.

Probenesid bilan bir vaqtda qabul qilinganda levetirasetamning samarasi o‘rganilmagan, shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, sulfanilamidlar va metotreksat bilan bir vaqtda qabul qilinganda ham o‘rganilmagan.

Levetirasetam 1000 mg sutkalik dozada peroral homilaga qarshi vositalarning (etinilestradiol va levonorgestrel) farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.

Levetirasetam 2000 mg sutkalik dozada digoksin va varfarinning farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.

Digoksin, homilaga qarshi vositalar va varfarin levetirasetamning farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.

Topiramat bilan birga qo‘llanilganda anoreksiya rivojlanishi xavfi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar preparatni qabul qilishni to‘xtatish talab etilsa, davolashni bosqichma-bosqich (bir martalik dozani har 2-4 haftada 500 mg ga kamaytirib) bekor qilish tavsiya etiladi. Bolalarda dozani kamaytirish har 2 haftada sutkada 2 marta 10 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Yondosh tutqanoqqa qarshi dori vositalarini (pasientlarni levetirasetamni qabul qilishga o‘tkazish davrida) bosqichma-bosqich bekor qilish tavsiya etiladi.

Topiramat bilan bir vaqtda qabul qilinganda anoreksiya rivojlanishi xavfi oshadi.

Levetirasetam bilan davolaganda o‘z joniga qasd qilish holatlari, o‘z joniga qasd qilish fikrlari va o‘z joniga qasd qilishga urinish haqida xabarlar bo‘lganligi tufayli, pasientlarni depressiyaning har qanday simptomlari yoki o‘z joniga qasd qilish fikrlari paydo bo‘lgan hollarda darhol davolovchi shifokorga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Teratogenlik xavfini to‘liq inkor etib bo‘lmaydi. Tutqanoqqa qarshi bir necha vositalar bilan davolash monoterapiyaga nisbatan tug‘ma nuqsonlar rivojlanishini yuqori xavfi bilan bog‘liq, shuning uchun homilador ayollarda monoterapiya afzal hisoblanadi.

Tutqanoqqa qarshi davolagandagi tanaffuslar kasallikni kechishini yomonlashishiga olib kelishi mumkin, bu onaning ham, homilaning ham sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.

Levetirasetam ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun preparat bilan davolaganda emizish tavsiya etilmaydi. Lekin, agar emizish davrida levetirasetam bilan davolash zarur bo‘lsa, emizishni muhimligi yuzasidan xavf/foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Markaziy nerv tizimi tomonidan preparatga shaxsiy sezuvchanlikning turli ekanligi tufayli, davolash davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak (ayrim pasientlarda uyquchanlik kuzatilishi mumkin).

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatish mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: uyquchanlik, ajitasiya, xavotirlik, tajavvuzkorlik, ongni chalkashishi, nafasni susayishi, koma.

Davolash: o‘tkir davrda – qusishni chaqirish va me‘dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni buyurish (peroral shakllari dozasini oshirib yuborilganda). Levetirasetamning maxsus antidoti yo‘q. Zarurati bo‘lganida gemodializni (dializning samaradorligi levetirasetam uchun 60%, birlamchi metaboliti uchun – 74% ni tashkil etadi) ishlatish yo‘li bilan stasionar sharoitda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

5 ml dan tiniq shisha ampulalarda, plastik poddonda.

1 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LERAS XR tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LERAS XR tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LERAS XR tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Hilton Pharma (Pvt) Ltd. tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LERAS XR tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LERAS XR tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OFLOBID infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITANYu tabletkalari 20mg N14
SITANYu tabletkalari 10mg N14
MITEKA tabletkalari 4mg N14
MITEKA poroshok 4g N14
SITANYu tabletkalari 5mg N14
DULAN kapsulalar 20mg N14
RONEKS sirop 60ml
DESTINA tabletkalari 5mg N10
FEROSOFT S inyeksiya uchun eritma 5ml N5
FEROSOFT sirop 120ml 50mg/5ml
FEROSOFT tomchilar dlya priema vnutr 30ml
TREKSAMIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
TREKSAMIN kapsulalar 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
TREKSAMIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU tabletkalari 50mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU tabletkalari 100mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU MET tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU MET tabletkalari 1000mg 50 mg+1000 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 45mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 30mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 15mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
Другие формы препарата
LERAS inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9