×
×
  • LIPRAZID 10 tabletkalari N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LIPRAZID 10 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
ATX kodi:
- C09AA03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
VAZATOR tabletkalari 20mg N30 Edge Pharma Ltd Hindiston
76 100 s`om dan
NEOTON poroshok 1g N4 Альфасигма С.п.А. Italiya
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LIPRAZID 10 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LIPRAZID 10

LIPRAZID 10

LIPRAZID 20

LIPRAZID 20

 

Preparatning savdo nomi: Liprazid 10, Liprazid 20

Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): lizinopril va gidroxlortiazid

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka Liprazid 10 saqlaydi:

Faol moddalar: lizinopril (100% suvsiz lizinoprilga qayta hisoblaganda) – 10 mg, bu 10,89 mg lizinopril digidratiga to‘g‘ri keladi va gidroxlortiazid (100% quruq moddaga qayta hisoblaganda) 12,5 mg;

1 tabletka Liprazid 20 saqlaydi:

Faol moddalar: lizinopril (100% suvsiz lizinoprilga qayta hisoblaganda) – 20 mg, bu 21,78 mg lizinopril digidratiga to‘g‘ri keladi va gidroxlortiazid (100% quruq moddaga qayta hisoblaganda) – 12,5 mg;

Yordamchi moddalar: Liprazid 10 – mannit (Ye 421), makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, temir II oksidi (Ye 172), kalsiy gidrofosfat digidrati.

Liprazid 20 – mannit (Ye 421), makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, temir III oksidi (Ye 172), kalsiy gidrofosfat digidrati

Ta‘rifi:

Liprazid 10 – och-sariq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida marmarlik va sariqdan jigarrang rangligacha bo‘lgan dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.

Liprazid 20 – pushti rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida marmarlik va qizil-jigarrang rangli dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: renin-angiotenzin tizimiga ta‘sir qiluvchi vositalar (AAF ingibitorlarining majmuaviy preparatlari)

ATX kodi: S09VA03

 

Farmakologik xususiyatlari

Angiotenzinga-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitori lizinopril va diuretik gidroxlortiazid saqlovchi majmuaviy antigipertenziv preparat.

Lizinopril angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi AAF ni ingibirlaydi. Angiotenzin II ning miqdorini pasayishi aldosteronning darajasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pasayishiga olib keladi. Bu tomirlarning umumiy periferik qarshiligini va tizimli arterial bosimni pasayishiga olib keladi.

Gidroxlortiazid antigipertenziv ta‘sirga ega bo‘lgan tiazid diuretikdir. Buyrakning distal naychalarida elektrolitlar va suvni  qayta so‘rilishini pasaytiradi, diurezni oshiradi, buning oqibatida qonning umumiy aylanuvchi hajmi kamayadi va oshgan arterial bosim pasayadi. Sistolik va diastolik arterial bosimni ahamiyatli darajada pasayishi gidroxlortiazid qabul qilishni 3-4 kunlarida yuz beradi, optimal antigipertenziv samara esa preparat qabul qilishni 3-4 haftasidan keyin kuzatiladi.

Lizinopril va gidroxlortiazidning majmuasi alohida har bir komponentga qaraganda yaqqolroq gipotenziv samara ko‘rsatadi.

 

 

Farmakokinetikasi

Lizinoprilning biokiraolishligi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish lizinoprilni so‘rilishiga ahamiyatli darajada ta‘sir ko‘rsatmaydi. Ahamiyatsiz miqdori (6-10%) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Boshlang‘ich samara lizinopril qabul qilgandan keyin 1 soat o‘tgach rivojlanadi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga qabul qilgandan keyin 6-7 soat o‘tgach erishiladi. Organizmda deyarli biotransformasiyaga uchramaydi, lizinoprilning faqat taxminan 7% jigarda metabolizmga uchraydi. Lizinopril qisman yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Moddaning asosiy miqdori organizmdan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Qon zardobidan yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil qiladi. Keksa yoshli pasientlarda lizinoprilning chiqarilishi sekinlashgan bo‘ladi.

Gidroxlortiazidning diuretik ta‘siri qabul qilgandan keyin 2 soat o‘tgach rivojlanadi va maksimal yaqqollikka 3-4 soatdan keyin erishiladi, 6-12 soat davom etadi. Gidroxlortiazidning biokiraolishligi 65-70% ni tashkil qiladi. Taxminan 40% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga chiqariladi. Gidroxlortiazid metabolizmga uchramaydi, buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Arterial gipertenziya, agar gidroxlortiazid yoki lizinopril bilan monoterapiya o‘tkazilganida arterial bosimni kutilgan pasayishiga erishilmasa.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat monoterapiyada qo‘llangan lizinopril va gidroxlortiazidning dozalarini xisobi bilan buyuriladi. Terapevtik samaraga qarab doza shaxsiy ravishda tanlanadi.

Tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza (lizinoprilga qayta hisoblaganda) – sutkada 5-10 mg, keyinchalik erishilgan klinik samarani hisobi bilan doza to‘g‘rilanadi. Turg‘un klinik samara odatda preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 2-4 hafta o‘tgach rivojlanadi. 20 mg sutkada 1 marta tutib turuvchi doza tavsiya etiladi. Maksimal sutkalik doza (lizinoprilga qayta hisoblaganda) – 40 mg.

Kreatinin klirensi > 30 va < 80 ml/min bo‘lgan pasientlarda faqat Liprazid 10 ni qo‘llash mumkin.

Preparatni 2,5 mg va 5 mg dozada qo‘llashning zarurati bo‘lganida shunday dozalash imkoniyati bo‘lgan dori shaklini qo‘llash kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya (shu jumladan ortostatik gipotoniya), miokard infarkti yoki arterial bosimni ahamiyatli darajada pasayishi oqibati sifatida ikkilamchi serebrovaskulyar buzilishlar (insult), sinkope, palpitasiya, taxikardiya, bradikardiya, stenokardiya, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, ko‘krakda ezilish va og‘riq hissi, Reyno sindromi, nekrotik vaskulit.

Markaziy va perifenik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, muvozanatni buzilishi, dezorientasiya, xushdan ketish, kayfiyatni beqarorligi, depressiya simptomlari, ta‘mni buzilishi va ta‘m tuyg‘ularini buzilishi, ishtahani pasayishi yoki yo‘qolishi, hid sezishni buzilishi, anoreksiya, diqqatni jamlashni buzilishi, fikrlash jarayonini buzilishi,  apatiya, kuchli toliqish, paresteziyalar, vertigo, umumiy holsizlik, qo‘l-oyoqlarni tirishishlari va lablarni tirishishli tortilishi, kam – astenik sindrom, ongni chalkashishi, qo‘zg‘algan xolat, bezovtalik, ta‘sirchanlik, depressiya, uyquni buzilishi, shu jumladan uyqusizlik, ruxiyatni boshqa o‘zgarishlari.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ishtahani pasayishi, og‘izni qurishi, chanqoqlikni kuchayishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, sialoreya, dispepsiya, qorinda og‘riqlar/spazmlar, qabziyat, diareya, stomatit/aftoz yaralar, glossit, sialoadenit, ichak angiodemasi, xolestisit, pankreatit, gepatit, shu jumladan gepatosellyulyar yoki xolestatik; sariqlik, jigar yetishmovchiligi, jigar ensefalopatiyasini yoki jigar komasini rivojlanishi.

Nafas tizimi tomonidan: quruq yo‘tal, nafas ritmini buzilishi, dispnoe, bronxospazm, bronxit, rinit, sinusit, allergik alveolit/eozinofil pnevmoniya, pnevmoniya va o‘pka shishini o‘z ichiga oluvchi respirator distress-sindrom. Yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari qayd qilingan.

Teri qoplamalari va teri osti to‘qimalari tomonidan: ko‘p terlash, teri giperemiyasi, sochlarni to‘kilishi, dermatologik ko‘rinishlar, shu jumladan psoriaz, pemfigoid reaksiyalar, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, ekzema, majmuaviy teri reaksiyalari (qichishish, isitma, mialgiya, artralgiya, vaskulit, antinuklear antitelolarga ijobiy sinama, yuqori ECHT, eozinofiliya, leykositoz bilan birga kechishi mumkin), purpura, eksfoliativ dermatit, tizimli qizil yugirikni zo‘rayishi, terining soxta limfomasi.

Qon va limfatik tizimi tomonidan: anemiya, shu jumladan gemolitik, aplastik, gemoglobinni, gemotokritni pasayishi, eritrositopeniya, leykopeniya/leykositoz, trombositopeniya, neytropeniya, agranulositoz, purpura, limfadenopatiya, mielosupressiya.

Siydik chiqarish  tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi, alohida hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, uremiya, poliuriya, oliguriya/anuriya; glyukozuriya, interstisial nefrit.

Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: potensiyani pasayishi/impotensiya, ginekomastiya.

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), autoimmun kasalliklar.

Allergik reaksiyalar: yutish va nafas qiyinchiliklari, angionevrotik shish (lablar, yuz, ko‘zlar, og‘iz, til, halqum qopqog‘i va/yoki halqum, qo‘l-oyoqlarni), qichishish, eshakemi.

Laboratoriya ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari: juda kam – elektrolit muvozanatini buzilishi (gipokaliemiya, gipomagniemiya, giponatriemiya, gipoxloremiya, giperkalsiemiya), giperglikemiya, giperurikemiya, giperkaliemiya, mochevina va kreatinin darajasini oshishi, giperxolesterinemiya, gipertrigliseridemiya, giperbilirubinemiya, proteinuriya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, glyukozaga tolerantlikni pasayishi, qon zardobida xolesterin va trigliseridlarning darajasini oshishi, antinuklear antitelolarga ijobiy sinama, ECHT oshishi.

Boshqalar: tana haroratini oshishi, artritlar, podagra, mushak spazmi yoki mushaklarda og‘riq, ko‘rish o‘tkirligini qisqa muddatli xiralashishi/pasayishi, ksantopsiya, kon‘yunktivit, antidiuretik gormonini noadekvat sekresiyasi, giperxloremik alkoloz, qandli diabet, quloqlarda shovqin, quloq og‘rig‘i.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Lizinopril, gidroxlortiazid, preparatning boshqa komponentlari yoki AAF ning boshqa ingibitorlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • sulfonamidlar xosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezdagi idiopatik yoki nasliy angionevrotik shish (Kvinke shishi);
  • anamnezdagi AAF ingibitorlarini qabul qilish chaqirgan angionevrotik shish;
  • buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasini stenozi;
  • mitral yoki aortal stenoz, yaqqol gemodinamik buzilishlar bilan gipertrofik kardiomiopatiya;
  • beqaror gemodinamika bilan o‘tkir miokard infarkti;
  • kardiogen shok;
  • og‘ir darajali buyrak (kreatinin klirensi <30 ml/min) va jigar yetishmovchiligi;
  • buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyingi xolat;
  • siydik chiqarish yo‘llarini mexanik tutilishi;
  • yuqori mustaxkam membranalarni qo‘llash bilan gemodializ;
  • suv-tuz almashinuvini buzilishilari (giperkaliemiya/gipokaliemiya, giponatriemiya, gipovolemiya);
  • qandli diabetning og‘ir shakli;
  • og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi, jigar ensefalopatiyasi;
  • birlamchi giperaldosteronizm;
  • podagrani zo‘rayishi;
  • porfiriya;
  • anuriya;
  • homiladorlik;
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Lizinopril quyidagilar bilan:

  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar shu jumladan asetilsalisil kislotasini (NYAQP) bilan, sutkada ≥3 g dozada: antigipertenziv samarani pasayishi, giperkaliemiya va buyrak faoliyatini yomonlashishi. Odatda bu samaralar qaytuvchan bo‘ladi. Ba‘zida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin, ayniqsa buyrak faoliyati pasaygan pasientlarda (keksa yoshli, organizmni suvsizlanishi bo‘lgan);
  • litiy preparatlari bilan: qon zardobida litiy konsentrasiyasi qaytuvchan oshadi va toksik samaralari rivojlanadi. Tiazid diuretiklarni qo‘llash litiyli intoksikasiya xavfini oshirishi va uni kuchaytirishi mumkin, agar u AAF ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish bilan chaqirilgan bo‘lsa. Lizinoprilni litiy bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, lekin agar birga qo‘llashning zarurati bo‘lsa qon zardobida litiy darajasini sinchiklab nazorat qilish kerak;
  • allopurinol bilan: buyrak shikastlanishi xavfi va leykopeniya rivojlanishi oshadi;
  • siklosporin, geparin, trimetoprim bilan: buyraklar faoliyatini buzilishi va giperkaliemiya rivojlanishini xavfi oshadi;
  • lovastati bilan: bir vaqtda qabul qilish giperkaliemiya rivojlanishi xavfini oshiradi;
  • sitostatiklar, immunodepressantlar, prokainamid bilan: AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash leykopeniya rivojlanishini xavfini oshiradi;
  • trisiklik antidepressantlar, antipsixotik va og‘riqni qoldiruvchi (anestetiklar) vositalar bilan: gipotenziyani kuchaytirishi mumkin;
  • simpatomimetiklar bilan: AAF ingibitorlarining gipotenziv ta‘siri pasayishi mumkin;
  • diabetga qarshi vositalar (peroral gipoglikemik vositalar va insulin) bilan: bir vaqtda gipoglikemiya rivojlanishini xavfi bilan qonda glyukoza darajasini pasayishi (bunday ko‘rinishlarni paydo bo‘lishi extimoli ayniqsa majmuaviy davolashni birinchi ikki haftasi davomida buyrak faoliyati susaygan pasientlarda yuqori);
  • diuretiklar bilan: antigipertenziv ta‘sirini qo‘shilishi aniqlanadi. Diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda, ayniqsa yaqinda buyurilgan pasientlarda lizinoprilni qo‘llash ba‘zida arterial bosimni haddan ziyod pasayishini chaqirishi mumkin. Agar lizinoprilni buyurish oldidan diuretik bekor qilinsa, simptomatik gipertenziya xavfini pasaytirish mumkin.
  • kaliy tejovchi diuretiklar (spirinolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi osh tuzini o‘rnini bosuvchilari bilan: giperkaliemiya rivojlanishi xavfi oshadi.

Giperkaliemiya xavfini buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, kaliy tejovchi      diuretiklar va kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari yoki tuz o‘rnini bosuvchilarni bir vaqtda qabul qilish omillari bilan bog‘laydilar.

Kaliyni chiqaruvchi diuretiklar fonida lizinoprilni qo‘llash, ularni qabul qilish chaqirgan gipokaliemiya kamaytirilishi mumkin;

  • halqali diuretiklar (etakrin kislotasi, furosemid) bilan: turli darajada ifodalangan arterial gipotenziya rivojlanishiga olib kelishi mumkin;
  • antasid vositalar bilan: lizinoprilning biokiraolishi pasayishi mumkin;
  • estrogenlar, kortikosteroidlar bilan: Liprazidning antigipertenziv ta‘siri pasayishi mumkin;
  • aldeysleykin bilan: Liprazidning gipotenziv samarasini kuchayishi;
  • oltin preparatlari bilan: oltin in‘eksiyasidan keyin nitritoid reaksiyalar (vazodilatasiya simptomlari, shu jumladan oqib kelishlar, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, arterial gipotenziya, u juda og‘ir bo‘lishi mumkin), AAF ingibitorlari bilan davolangan pasientlarda ko‘proq aniqlangan;

Lizinoprilni asetilsalisil kislotasi (kardiologiyada qo‘llanadigan dozalarda), trombolitiklar, ß-adrenoblokatorlar va/yoki nitratlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin.

Alkogol AAF ingibitorlarining gipotenziv samarasini kuchaytiradi.

Gidroxlortiazid quyidagilar bilan:

  • yurak glikozidlari bilan: diazid-induksiyalangan gipokaliemiya va gipomagniemiya rivojlanishi oqibatida glikozidlarning toksik samaralarini (shu jumladan qorinchalarning yuqori qo‘zg‘aluvchanligini) extimoli oshadi;
  • qutblanmaydigan miorelaksantlar bilan: qutublanmaydigan miorelaksant-larning ta‘sirini kuchaytiradi va tubokuraringa sezuvchanlikni oshiradi;
  • qon zardobida kaliy darajasini o‘zgarishini chaqiruvchi preparatlar bilan:  yurak aritmiyalari, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi (masalan, torsade de pointes) rivojlanishining xavfi oshadi;
  • I sinfi antiaritmik preparatlar (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);
  • III sinfi antiaritmik preparatlar (amiodaron, sotalal, dofetilid, ibutilid);
  • neyroleptiklar (masalan, tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, trifluroperazin, sulpirid, amisulpirid, pimozid, galoperidol, droperidol);
  • boshqalar (masalan, bepridil, sizapril, difemanil, eritromisin, pentamidin, terfenadin, vinkamin);
  • yallig‘lanishga qarshi vositalar (masalan, indometasin) bilan: tiazidlarning antigipertenziv, diuretik va natriyuretik samarasi pasayadi, buyraklar faoliyatini NYAQP-induksiyalagan buzilishlarining xavfi oshadi;
  • difluzanil bilan: plazmada gidroxlortiazidning konsentrasiyasi oshadi va uning giperurikemik ta‘siri pasayadi;
  • etanol, barbituratlar (masalan, fenobarbital), diazepam, narkotik analgetiklar, antidepressantlar bilan: gidroxlortiazidning gipotenziv ta‘siri kuchayishi mumkin;
  • norepinefrin, pressor aminlar bilan: gidroxlortiazid ularning arterial bosimga ta‘sirini kamaytiradi;
  • litiy preparatlari bilan: qon plazmasida litiy tuzlarining konsentrasiyasini toksik darajagacha oshishi mumkinligi tufayli, gidroxlortiazid bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak;
  • diabetga qarshi preparatlar (peroral preparatlar, insulin) bilan: gipoglikemiya rivojlanishini xavfi bilan qonda qand ko‘rsatgichlarini pasayishini chaqirishi mumkin;
  • metformin bilan: ehtimol gidroxlortiazid bilan bog‘liq bo‘lgan funksional buyrak yetishmovchiligi induksiyalagan laktoasidoz paydo bo‘lishini xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak;
  • xolesteramin va kolestipol qatronlari bilan: anion qatronlar mavjudligida gidroxlortiazidning so‘rilishi 85% gacha pasayadi;
  • boshqa antigipertenziv preparatlar bilan: additiv samara;
  • probenesid, sulfinperazon va allopurinol bilan: urikozurik preparatlarning dozasini to‘g‘rilash kerak, chunki gidroxlortiazid qon zardobida siydik kislotasining darajasini oshirishi mumkin. Probenesid yoki sulfinpirazonning dozasini oshirish talab qilinishi mumkin. Tiazid diuretiklarni, shu jumladan gidroxlortiazidni bir vaqtda qo‘llash, allopurinolga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarning tez-tezligini oshirishi mumkin;
  • sitotoksik preparatlar (masalan, siklofosfamid) bilan: tiazidlar sitotoksik preparatlarni buyraklar orqali chiqarilishini pasaytirishi va ularning mielosupressiv samaralarini kuchaytirishi mumkin;
  • antixolinergik vositalar (masalan, atropin, biperiden) bilan: me‘da-ichak yo‘llari motorikasini va me‘dani bo‘shatilishini kamaytirib, tiazid diuretiklarning biokiraolishini oshiradi;
  • salisilatlar bilan: salisilatlarning yuqori dozalarida gidroxlortiazid markaziy nerv tizimiga ularning toksik ta‘sirini kuchaytirishi mumkin;
  • metildopa bilan: gidroxlortiazid bilan bir vaqtda qo‘llanganida gemolitik anemiyaning alohida hollari xaqida xabar berilgan;
  • siklosporin bilan: giperurikemiya va podagraning xavfi oshadi;
  • amfoterisin V (parenteral), ichak motorikasini rag‘batlantiruvchi surgi vositalari, glyukokortikosteroidlar, adrenokortikotrop gormoni/kalsitonin bilan: gidroxlortiazid elektrolit disbalansini, ayniqsa gipokaliemiyani kuchaytirishi mumkin;
  • ß-blokatorlar va diazoksid bilan: tiazidlar hisobiga ularning giperglikemik samaralari oshishi mumkin;
  • kalsiy tuzlari va D vitamini bilan: tiazid diuretiklar kalsiyning ekskresiyasini pasaytiradi va qon plazmasida kalsiyning darajasini oshirishi mumkin. Qon plazmasida kalsiyning darajasini nazorat qilish va kalsiy/D vitamini dozasini to‘g‘rilash kerak;
  • amantadin bilan: gidroxlortiazid amantadinning nojo‘ya reaksiyalari xavfini oshirishi mumkin;
  • karbamazepin bilan: giponatriemiyani rivojlanishi. Elektrolitlar darajasini nazorat qilish, zarurati bo‘lganida boshqa guruh diuretiklarni qo‘llash kerak;
  • trimetoprim bilan: AAF ingibitorlari va tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qabul qilish, giperkaliemiyani rivojlanish xavfini oshiradi;
  • simpatomimetiklar bilan: gipotenziv samarasini pasayishi mumkin;
  • sotalol bilan: bir vaqtda qo‘llanganida aritmiyani rivojlanish xavfi oshadi;
  • konsentirlangan yod saqlovchi preparatlar bilan: diuretik-induksiyalangan suvsizlanishda o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi, ayniqsa yodning yuqori dozalarini fonida. Qo‘llashdan oldin regidratasiyani o‘tkazish kerak;
  • faollashtirilgan ko‘mir, tetrasiklinlar bilan: gidroxlortiazidni so‘rilishi pasayadi;

Gidroxlortiazid digoksinning toksikligini kuchaytiradi.

Gidroxlortiazid chaqirgan gipokaliemiya oqibatida qorinchalar fibrillyasiyasi xavfi oshganida, gidroxlortiazidning xinidin bilan xavfli o‘zaro ta‘siri xavfi mavjud.

Pressor aminlar, masalan epinefrin (adrenalin). Pressor aminlarning reaksiyasi pasayadi, lekin ularni qo‘llashni istisno qilish uchun yetarli bo‘lmagan darajada.

Qalqonsimon bezi oldi bezi faoliyatini tekshirishni o‘tkazishdan oldin tiazidlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Arterial  gipotenziya va suv-elektrolit disbalansi.

Degidratasiyasi va diuretiklar bilan ilgari o‘tkazilgan davolash yoki boshqa genezli (ko‘p terlash, uzoq muddatli qusish, profuz ich ketishi) degidratasiya oqibatidagi elektrolit muvozanatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda, Liprazid qabul qilinganidan keyin simptomatik arterial gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin. Uni oldini olish uchun Liprazid bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin diuretikni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Simptomatik gipotenziyaning yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda qon zardobida elektrolitlarning darajasini vaqti-vaqti bilan shifokor nazorati ostida boshlash kerak.

Arterial gipotenziyada pasient yotgan holatda bo‘lishi, zarurati bo‘lganida vena ichiga fiziologik eritma yuborish kerak. Vaqtinchalik gipotenziv reaksiya keyingi davolashga qarshi ko‘rsatma bo‘lmaydi. Qonning samarali xajmi va arterial bosimni (AB) keyingi tiklash uchun dozani pasaytirish yoki preparatning faol komponentlaridan biri bilan monoterapiyaga o‘tish kerak. Dozani o‘zgartirishda nazorat ayniqsa sinchikov bo‘lishi kerak.

Aortal stenozi/gipertrofik kardiomiopatiya. AAF ingibitorlarini chap qorinchadan oqib chiqish yo‘lini obstruksiyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Yurak ishemik kasalligi yoki serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan pasientlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki arterial bosimni yaqqol pasayishi miokard infarkti yoki serebrovaskulyar insult chaqirishi mumkin.

Xirurgik aralashuvlar/umumiy anesteziya. Narkoz ostida operativ aralashuvlarni o‘tkazish rejalashtirilgan pasientlarda Liprazidni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki katta xirurgik aralashuvlarda va AB ni pasayishini chaqiruvchi boshqa dori vositalari qo‘llanganida, lizinopril angiotenzin II ning xosil bo‘lishini bloklab, AB ni yaqqol, oldindan bilib bo‘lmaydigan pasayishini chaqirishi mumkin. Bunday genezli gipotenziya tomirlar ichidagi suyuqlikning hajmini to‘ldirish yo‘li bilan bartaraf etilishi mumkin.

Metabolik va endokrin samaralar: Tiazidlar bilan davolash glyukozaga tolerantlikni pasaytirishi mumkin. Diabetga qarshi vositalarni, shu jumladan insulin, dozalarini boshqarish talab qilinishi mumkin. Tiazidlar kalsiyni siydik bilan chiqarilishini pasaytirishi va zardobdagi kalsiyni turg‘un bo‘lmagan ahamiyatsiz darajada oshishini chaqirishi mumkin. Giperkalsiemiya yashirin giperparatireozdan dalolat berishi mumkin. Qalqonsimon bez funksional sinamalarini o‘tkazish oldidan tiazidlarni bekor qilish kerak. Xolesterin va trigliseridlar darajasini oshishi tiazidli siydik haydovchi davolash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tiazid diuretiklar bilan davolash ayrim pasientlarda giperurikemiya va/yoki podagrani tezlashtirishi mumkin. Lekin lizinopril siydik kislotasini chiqarilishini oshirishi mumkin va shunday qilib, gidroxlortiazidning giperurikemik samarasini kamaytirishi mumkin.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlar. Peroral antidiabetik preparatlar yoki insulin qabul qilayotgan pasientlarda, ayniqsa AAF ingibitorlari bilan davolashni birinchi oyida sinchkov gipogilikemik nazoratni amalga oshirish kerak. Yashirin diabetni yuzaga chiqishi mumkin.

Yuqori sezuvchanlik/angionevrotik shish. AAF ingibitorlari, shu jumladan lizinopril qabul qilgan pasientlarda kam yuz, qo‘l-oyoqlar, lablar, til, halqum qopqog‘i va/yoki xalqumning angionevrotik shishi kuzatilgan. Bu har qanday vaqtda rivojlanishi mumkin, bunday xollarda Liprazidni qo‘llashni darhol to‘xtatish, muvofiq davolashni o‘tkazish va simptomlar butunlay yo‘qolgunigacha pasientni kuzatish kerak.

Juda kam halqum yoki tilning angionevrotik shishi tufayli, o‘lim xollari qayd qilingan. Agar shish til, tovush boylamlari yoki halqumga tarqalsa, unda nafas yo‘llarining obstruksiyasi paydo bo‘lishi mumkin, ayniqsa ilgari nafas yo‘llarida xirurgik aralashuvlar o‘tkazgan pasientlarda. Bunday hollarda shoshilinch davolash choralarini ko‘rish kerak (adrenalinni (epinefrinni) yuborish va/yoki nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tutib turish). Simptomlar to‘liq va turg‘un yo‘qolgunigacha pasient sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.

Anamnezida AAF ingibitorlari bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lmagan angionevrotik shish bo‘lgan pasientlar, AAF ingibitorlarini qabul qilayotib, angionevrotik shishi rivojlanishini xavf guruxiga kirishlari mumkin. Tiazidlar bilan davolanayotgan pasientlarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin (anamnezida allergiya yoki bronxial astma bo‘lishi bilan yoki usiz). Preparatni qo‘llash fonida biriktiruvchi to‘qima kasalliklarini, shu jumladan tizimli qizil yugirikning kechishini zo‘rayishi mumkin.

Past zichlikdagi lipoproteinlarni (PZLP) aferezidagi anafilaktoid reaksiyalar. AAF ingibitorlari bilan davolanayotgan pasientlarda dekstran-sulfatli absorbsiya yordamida  past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) aferezi muolajasi vaqtida kam xayot uchun xavfli anafilaktoid reaksiyalar aniqlangan. Bunday reaksiyalardan saqlanish uchun xar bir aferez muolajasi oldidan AAF ingibitorlarini qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Desensibilizasiyalovchi davolashdagi anafilaktoid reaksiyalar. AAF ingibitorlari bilan davolanayotgan pasientlarda, pardaqanotlilar (masalan asalari zahari) zaharidan bo‘lgan allergen bilan desensibilizasiya o‘tkazish vaqtida, anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. Agar bunday pasientlar desensibilizasiya vaqtida AAF ingibitorlarini qabul qilishdan saqlansalar, reaksiyalar kuzatilmagan, lekin AAF ingibitorlarini tasodifan yuborish anafilaktoid reaksiyani qo‘zg‘atgan.

Yo‘tal. AAF ingibitorlari bilan davolashda balg‘am/doimiy yo‘tal paydo bo‘lishi mumkin, u preparat bekor qilinganidan keyin yo‘qoladi. AAF ingibitorlari chaqirgan yo‘talni, boshqa kasalliklardagi yo‘taldan ajratish kerak.

Tuzsiz parhez. Tuzsiz parhezda bo‘lgan pasientlarga preparatni extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi. Tiazidlar, ehtimol, buyrak buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash uchun noadekvat diuretiklar bo‘lishi mumkin, shuningdek ular kreatinin klirensi 30 ml/min yoki pastda (o‘rtacha yoki og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi) samarali emas. Liprazidni buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 80 ml/min dan kam) bo‘lgan pasientlarga, majmuada bo‘lgan preparatning alohida faol moddalari dozalarini titrlash yordamida to‘g‘ri keluvchi dozaga erishiladigan hollardan tashqari buyurish mumkin emas.

Buyrak qon tomirlarini shikastlanishini aniq belgilarisiz arterial gipertenziyasi bo‘lgan ayrim pasientlarda, qonda mochevina va qon zardobida kreatinin darajasini, ayniqsa lizinapril diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ahamiyatsiz darajali vaqtincha oshishi kuzatilishi mumkin. Bu ko‘proq buyrak faoliyatini ahamiyatli darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda bo‘ladi. Bunday holat dozani pasaytirishni va/yoki diuretikni va/yoki Liprazidni qo‘llashni to‘xtatishni talab qiladi.

Gemodializdagi pasientlar. Lizinopril va yuqori o‘tkazuvchan membranalar (poliakrilonitril) bilan gemodializni o‘tkazish bir vaqtda qo‘llanganida anafilaktoid reaksiyalar (til va lablarni shishi, hansirash, arterial gipotenziya) kuzatilishi mumkin. Gemodializda bo‘lgan pasientlarni davolash uchun preparatni qo‘llash mumkin emas.

Jigar kasalliklari. Jigar faoliyatini buzilishlari yoki jigarning rivojlanib boruvchi kasalligi bo‘lgan pasientlarda tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki suv-tuz va elektrolit muvozanatini ahamiyatsiz darajadagi o‘zgarishi, to‘satdan jigar komasini chaqirishi mumkin.

Juda kam AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan, xolestatik sariqlik yoki gepatit bilan boshlanuvchi va ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar nekrozigacha rivojlanuvchi sindromni bog‘laydilar. Bu sindromning mexanizmi noma‘lum. Agar AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda sariqlik rivojlansa yoki jigar fermentlari faolligi ahamiyatli darajada oshsa, preparatni bekor qilish va pasientni simptomlar yo‘qolgunigacha shifokor kuzatuvi ostida qoldirish kerak.

Keksa yoshli pasientlar. Yo‘ldosh kasalliklar va boshqa preparatlarni qo‘llash tufayli jigar, buyrak va yurak faoliyatini yomonlashishi ehtimoli tufayli, davolash Lizapridning dozasini past chegarasidan (10 mg+12,5 mg) boshlanadi. Dozani tanlashda extiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak (buyrak faoliyatini nazorati).

Neytropeniya/agranulositoz. AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda, neytropeniya/agranulositoz, trombositopeniya va anemiya rivojlanishi mumkin. Buyrak faoliyati normalligida va asoratlar bo‘lmaganida neytropeniya kam rivojlanadi. Neytropeniya va agranulositoz qaytuvchan va AAF ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketadi.

Liprazidni tomirli ko‘rinishlari bilan bo‘lgan biriktiruvchi to‘qima kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, immunodepressantlar, allopurinol yoki prokainamid bilan davolash o‘tkazishda, shuningdek bu omillar majmuasida, ayniqsa buyrak faoliyatini mavjud buzilishlarida ayniqsa ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Ayrim bunday pasientlarda og‘ir darajali infeksiyalar rivojlanadi, ular ba‘zida antibiotiklar bilan jadal davolashga reaksiya qilmaydi. Bu guruh pasientlarida Liprazid qo‘llanganida leykositlarni vaqti-vaqti bilan monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi, shuningdek pasientlarni infeksiyaning har qanday belgilarida shifokorga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.

Giperkaliemiya. Ayrim pasientlarda AAF ingibitorlarini, shu jumladan lizinoprilni qabul qilishda, qon zardobida kaliy konsentrasiyasini oshishi aniqlangan. Giperkaliemiya paydo bo‘lishini xavf omillariga buyrak yetishmovchiligi yoki qandli diabet, kaliy tejovchi diuretiklarni, kaliy saqlovchi, yoki kaliyli tuz o‘rnini bosuvchi ovqat qo‘shimchalarini, yoki qon zardobida kaliy konsentrasiyasini oshishini chaqiruvchi boshqa preparatlarni (masalan geparin) bir vaqtda qo‘llash kiradi. Agar AAF ingibitorlari bilan davolash fonida yuqorida sanab o‘tilgan preparatlarni qabul qilish zarur deb hisoblansa, qon zardobida muntazam kaliy darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Litiy. Odatda litiy va lizinoprilni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Etnik xususiyatlar. AAF ingibitorlarini qo‘llagan negroid irqi vakillarida, boshqa irqqa mansub pasientlar bilan solishtirganda angionevrotik shish ko‘proq paydo bo‘lgan. AAF ning boshqa ingibitorlaridagi kabi, lizinoprilning antigipertenziv ta‘siri boshqa irqqa mansub pasientlarga qaraganda negroid irqqa mansub pasientlarda kamroq ifodalangan, bu ehtimol, bu pasientlarning qonida reninning past darajasi bilan tushuntiriladi.

Gidroxlortiazidning gipotenziv ta‘siri simpatektomiyadan keyin kuchayishi mumkin.

Preparat laboratoriya ko‘rsatgichlariga ta‘sir qilishi mumkin: kalsiy metabolizmiga ta‘siri tufayli tiazid hosilalari qalqonsimon bezi oldi bezlari faoliyatini aniqlash bo‘yicha sinama natijalarini o‘zgartirishi mumkin.

Gidroxlortiazidni qo‘llash fonida dopingga qarshi nazorat natijalari soxta-musbat bo‘lishi mumkin.

Lizaprid bilan davolash davrida quyoshda bo‘lishni cheklash kerak (fotosensibilizasiya rivojlanishini xavfi).

Liprazid bilan davolash davrida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, chunki gidroxlortiazid onada plazma xajmini, bachadon-yo‘ldoshni qon bilan ta‘minlanishini kamytiradi va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homilada embrional yoki neonatal sariqlik, trombositopeniya va  boshqa halokatli samaralar rivojlanishini xavfi bor. Homiladorlik aniqlangan holda preparatni qo‘llashni darxol to‘xtatish kerak.

Onalari AAF ingibitorlarini qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni, ularda arterial gipotenziya, oliguriya va giperkaliemiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, sinchiklab nazorat qilish kerak.

Emizikli ayollarda preparatni qo‘llashni zarurligida, emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Bolalar.

Bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga  ta‘sir qilish qobiliyati.

Bosh aylanishi (ayniqsa davolashni boshida), ongni chalkashishi, arterial gipotenziya kabi nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishini xavfi tufayli shaxsiy reaksiya aniqlanmagunigacha avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: o‘tkir arterial gipotenziya, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, bosh aylanishi, bezovtalik, charchoqlik, kuchsizlik, ongni buzilishi, og‘iz bo‘shlig‘ini quruqligi,  yo‘tal, chanqoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish,  giperventilyasiya, taxikardiya, bradikardiya, yurak ritmini buzilishi, yurak-tomir shoki, boldir mushaklarini spazmlari/tirishishlari, paresteziyalar, suv-elektrolit muvozanatini va kislota-ishqor muvozanatini buzilishi (degidratasiya, gipokaliemiya, giponatriemiya, gipoxloremiya, alkoloz), qonda mochevina azoti darajasini oshishi (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash, spesifik antidoti yo‘q. Agar preparat qabul qilinganidan keyin 4 soatdan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, me‘dani yuvish maqsadga muvofiqdir. Zarurati bo‘lgan holda kislorod bilan ta‘minlash yoki sun‘iy nafas o‘tkazish kerak. Buyraklar faoliyati ko‘rsatgichlarini, ular normallashgunicha nazorati bilan, suv-elektrolit muvozanatini to‘g‘rilashni amalga oshirish kerak. Gipotenziyada oyoqlarni ko‘tarib pasient yotqizilgan xolatga keltiriladi, natriy xloridining izotonik eritmasini vena ichiga infuziyasi o‘tkaziladi. Lizinopril gemodializ o‘tkazilganida chiqariladi, lekin anafilaktik reaksiyalar rivojlanishini xavfi tufayli, dializ uchun yuqori mustaxkam poliakrilonitril membranalarni va gemofiltrasiyani qo‘llashdan saqlanish kerak. Turg‘un bradikardiyani davolash uchun kardiostimulyatorni qo‘llash ko‘rsatilgan.

Angionevrotik shish rivojlangan xolda teri ostiga 0,3-0,5 ml epinefrin eritmasini yuborish, desensibilizasiyalovchi vositalarni buyurish kerak. Til, ovoz yorig‘i va halqumning angionevrotik shishining og‘ir xollari yuqori nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini tutib turishni talab qilishi mumkin (intubasiya, traxeotomiya).

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 3 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LIPRAZID 10 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LIPRAZID 10 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LIPRAZID 10 tabletkalari N30 dori vositasi Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LIPRAZID 10 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LIPRAZID 10 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIMAZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Digoksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 6 900 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
KORVITIN liofilizat 0,5g N1
Narh: 119 800 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 40g
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
TEOPEK tabletkalari 300mg N50
LIVAMIKOL BXFZ maz 30g
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
GRIZEOFULVIN tabletkalari 125mg N40
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
KRATAL tabletkalari N20
VENORUTINOL gel 40g 2%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
VENOGEPANOL gel 40g
VERAPAMILA GIDROXLORID tabletkalari 80mg N50
BEKARBON tabletkalari N20
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 11 500 so'mdan Batafsil
TETRASIKLINA GIDROXLORID tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
INDOVENOL gel 40g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
ALLOPURINOL tabletkalari 0,1g N50
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MENOVALEN kapsulalar N20
KETOTIFEN sirop 50ml 1mg/5ml
BORIZOL tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: riluzol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
RIFAMPISIN kapsulalar
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9