×
×
  • LIPRIL tabletkalari 10mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LIPRIL tabletkalari 10mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
ATX kodi:
- C10AA05
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
50 000 s`om dan
KARVIDIL tabletkalari 25mg N28 Гриндекс, АО Latviya
78 400 s`om dan
BOYARISHNIKA nastoyka 25ml Grace Pharma, ООО O'zbekiston
950 s`om dan
TROKSERUTIN gel 40g 2% Зеленая дубрава, ЗАО Rossiya
15 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LIPRIL tabletkalari 10mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LIPRIL

LIPRIL

Preparatning savdo nomi: Lipril

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): lizinopril

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi:

Faol modda: 5 mg lizinopril (100% suvsiz lizinoprilga qayta hisoblaganda), bu 5,44 mg lizinopril digidratiga to‘g‘ri keladi; 10 mg, bu 10,89 mg lizinopril digidratiga to‘g‘ri keladi; 20 mg, bu 21,78 mg lizinopril digidratiga to‘g‘ri keladi.

Yordamchi moddalar: mannit (Ye 421), kalsiy gidrofosfat digidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati; 10 mg doza uchun – temir II oksidi (Ye 172); 20 mg doza uchun – temir III oksidi (Ye 172).

Ta‘rifi:

Lipril 5 mg dozali 1 tabletka – oq rangli, dumaloq shaklli, yassi yuzali, chetlari qiya, riskali tabletkalar.

Lipril 10 mg dozali 1 tabletka – och-sariq rangli, yassisilindrik shaklli, chetlari qiya, riskali tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida marmarlik va dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.

Lipril 20 mg dozali 1 tabletka – pushti rangli, yassisilindrik shaklli, chetlari qiya, riskali tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida marmarlik va dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari. Lizinopril.

ATX kodi: S09A A03.

 

Farmakologik xususiyatlari

Lizinopril peptidildipeptidazaning ingibitoridir. Lizinopril angiotenzin I ni tomirlarni toraytiruvchi peptid angiotenzin II ga aylanishini katalizatori hisoblanadigan angiotenzinga-aylantiruvchi fermentni (AAF) ingibirlaydi. Shuningdek angiotenzin II buyrak usti bezlarida aldosteronning sekresiyasini rag‘batlantiradi. AAF ni susayishi qon plazmasida angiotenzin II ning konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi, bu vazopressorlarni va aldosteronning sekresiyasini pasayishiga, shuningdek qon zardobida kaliyning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Gipertenziyadagi ta‘sir mexanizmi renin-angiotenzin-aldosteron tizimini susaytirilishi yordamida amalga oshirilishi tufayli, lizinopril hatto reninning darajasi past bo‘lgan gipertenziv pasientlarda ham gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi. AAF bradikininni parchalovchi enzim kinaza II ga o‘xshash. Lizinopril bilan davolash davomida bradikininning (qon tomirlarini kengaytiruvchi ta‘siriga ega) yuqori darajasini roli to‘liq aniqlanmagan va keyingi o‘rganishni talab qiladi.

Farmakokinetikasi.

Lizinopril – bu sulfgidril saqlamaydigan AAF ning peroral faol ingibitoridir.

So‘rilishi.

Lizinopril peroral qabul qilinganidan keyin qon zardobidagi uning maksimal konsentrasiyasiga 7 soat davomida erishiladi. O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda qon zardobida maksimal konsentrasiyaga erishish uchun kerak bo‘lgan vaqtni biroz oshishiga tendensiyasi kuzatiladi. Lizinoprilni so‘rilishini o‘rtacha qiymati taxminan 25% ni tashkil qiladi va alohida pasientlarda qabul qilingan dozaning (5-
80 mg) kattaligiga qarab 6 dan 60% gacha diapazonda o‘zgaradi. Bu ma‘lumotlar siydikda aniqlangan preparatning miqdoriga asoslangan. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda mutlaq biokiraolishi taxminan 16% ga pasayadi. Me‘da-ichak yo‘llarida ovqatni bo‘lishi lizinoprilning so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Biokiraolishligi – 29%.

Taqsimlanishi

Lizinopril qonda aylanib yuruvchi AAF dan tashqari boshqa qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanmaydi. Kalamushlardagi tekshirishlar, lizinoprilni gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tishini ko‘rsatadi.

Organizmda biotransformasiyaga uchramaydi.

Chiqarilishi

Lizinopril metabolizmga uchramaydi va o‘zgarmagan holda to‘liq siydik bilan chiqariladi. Ko‘p marta qabul qilinganida lizinoprilning samarali kumulyativ  yarim davri taxminan 12,5 soatni tashkil qiladi.

Sog‘lom ko‘ngillilarda lizinoprilning klirensi taxminan 50 ml/min ni tashkil qiladi. Qon zardobidagi konsentrasiyasini pasayishi uzaygan terminal fazaga ega, u preparatning akkumulyasiyasiga ta‘sir qilmaydi. Bu yakuniy faza, ehtimol, AAF bilan jadal bog‘lanishidan dalolat beradi va dozaga praporsional emas.

Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda jigar faoliyatini buzilishi klirensini pasayishi natijasida sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda, lizinoprilning so‘rilishini pasayishiga (taxminan 30% ga), shuningdek ekspozisiyasini oshishiga (taxminan 50% ga) olib keladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyatini buzilishi lizinoprilning eliminasiyasini pasaytiradi, u buyrak orqali chiqariladi, lekin bunday pasayish faqat kalava filtrasiyasining tezligi
30 ml/min dan kam bo‘lganida klinik ahamiyatli hisoblanadi. Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishida (kreatinin klirensi 30-80 ml/min) ning o‘rtacha qiymati faqat 13% ga oshgan, buyrakni og‘ir darajali buzilishida (kreatinin klirensi 5-30 ml/min) esa AUC ning o‘rtacha qiymatini 4,5 marta oshishi kuzatilgan.

Lizinopril dializ yordamida chiqarilishi mumkin. 4 soat davomidagi gemodializda plazmadagi lizinoprilning konsentrasiyasi, 40-55 ml/min dializ klirensi bilan o‘rtacha 60% ga pasaygan.

Yurak yetishmovchiligi

Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda lizinoprilning katta ekspozisiyasiga ega (AUC qiymatini oshishi o‘rtacha 125% ni tashkil qiladi), lekin siydikda aniqlangan lizinoprilning miqdoriga asoslanib, so‘rilishining mavjud kamayishi sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda taxminan 16% ni tashkil qiladi.

Keksa yoshli pasientlar

Keksa yoshli pasientlarda qon plazmasidagi lizinoprilning konsentrasiyasi va “konsentrasiya-vaqt” egri chiziq ostidagi maydon qiymati  yoshroq pasientlardagi bilan solishtirganda yuqori (oshishi taxminan 60% ni tashkil qiladi).

Qo‘llanilishi

  • Essensial gipertenziya;
  • yurak yetishmovchiligi (simptomatik davolash);
  • o‘tkir miokard infarktini (gemodinamikaning barqaror ko‘rsatkichlari bo‘lgan pasientlarda o‘tkir miokard infarktidan keyin birinchi 24 soatda qisqa muddatli davolash (6 hafta));
  • II tur qandli diabeti bo‘lgan arterial gipertenziyali pasientlarda boshlang‘ich nefropatiyani davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni sutkada 1 marta ertalab, yaxshisi bir vaqtda, yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilish kerak. Lizinoprilni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Doza va davolash kursini shifokor kasallikni og‘irlik darajasi, buyraklar faoliyatini holati va muvofiq davolashga qarab shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi.

2,5 mg doza qo‘llashni zarurati bo‘lganida lizinoprilni muvofiq dozasi va dori shaklini buyurish kerak.

Essensial gipertenziya.

Lizinoprilni monoterpiya sifatida ham, boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada ham qo‘llash mumkin.

Boshlang‘ich doza. Tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini faolligi yuqori bo‘lgan pasientlarda (xususan organizmdan elektrolitlarni yuqori chiqarilishi va/yoki degidratasiyali renovaskulyar gipertenziyada, yurak dekompensasiyasida yoki og‘ir darajali arterial gipertenziyada), boshlang‘ich doza qabul qilinganidan keyin arterial bosim haddan ziyod pasayishi mumkin. Shuning uchun davolashni boshida bunday pasientlar shifokor nazorati ostida bo‘lishlari kerak, tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza 2,5-5 mg ni tashkil qiladi.

Tutib turuvchi davolash. Odatdagi samarali tutib turuvchi doza sutkada 1 marta 20 mg ni tashkil qiladi. Agar buyurilgan doza qo‘llanganida 2-4 hafta davomida kutilgan terapevtik samaraga erishilmasa, keyinchalik dozani oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza 80 mg dan oshmasligi kerak.

Diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlar.

Diuretiklar bilan davolanayotgan pasientlarda preparatning birinchi dozasi qabul qilinganidan keyin simptomatik arterial gipotenziya paydo bo‘lishi mumkin. Lizinoprilni qo‘llashni boshlashdan 2-3 kun oldin diuretiklar bilan davolashni to‘xtatish kerak. Diuretiklarni bekor qilishning iloji bo‘lmasa, unda lizinoprilning boshlang‘ich dozasi sutkada 5 mg dan oshmasligi kerak. Buyraklar faoliyati va qon zardobida kaliyning darajasini nazorat qilish kerak. Dozalashning keyingi tartibini arterial bosimning ko‘rsatgichlariga muvofiq ravishda belgilash kerak. Zarurati bo‘lgan xolda diuretiklar bilan davolashni qayta tiklash mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun boshlang‘ich doza kreatinin klirensining qiymatiga qarab belgilanadi (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Buyrak yetishmovchiligida dozani to‘g‘rilash

Kreatinin klirensi (ml/min) Boshlang‘ich doza (mg/kun)
≤10 (shu jumladan gemodializda bo‘lgan pasientlar) 2,5*
10-30 2,5-5
31-80 5-10

* Doza va/yoki dozalash tartibi arterial bosimning qiymatlariga qarab belgilanadi.

Dozani arterial bosimning nazorati ostida 40 mg gacha oshirish mumkin.

Yurak yetishmovchiligi.

Simptomatik yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga lizinoprilni diuretiklar, angishvonagul preparatlari yoki ß-adrenoblokatorlar bilan davolashga qo‘shimcha sifatida qo‘llash mumkin. Arterial bosimga boshlang‘ich ta‘sirini aniqlash maqsadida shifokor nazorati ostida qabul qilish kerak bo‘lgan boshlang‘ich doza, sutkada 2,5 mg ni tashkil qiladi. Preparatning dozasi 2 haftadan kam bo‘lmagan interval bilan 10 mg dan, sutkada 35 mg maksimal dozagacha oshiriladi.

Dozani to‘g‘rilashda pasientning klinik reaksiyasini hisobga olish kerak. Simptomatik gipotenziyaning yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda (masalan, elektrolitlarning tanqisligi yoki giponatriemiya bilan yoki usiz, gipovolemiya bilan yoki diuretiklar bilan jadal davolanganlar), yuqorida nomlangan xolatlarni davolashni boshlashdan oldin kompensasiyalash kerak. Lizinopril bilan davolashni buyrak faoliyatini va qon zardobida kaliyning darajasini nazorati ostida o‘tkazish kerak.

O‘tkir miokard infarkti.

Pasientlar bir vaqtda trombolitik dori vositalari, asetilsalisil kislotasi va ß-adrenoblokatorolar bilan odatdagi standart davolanishlari kerak. Lizinopril vena ichiga yoki transdermal yuborilgan nitrogliserin bilan mutanosib.

Lizinopril bilan davolashni miokard infarktini simptomlari boshlangan vaqtni birinchi 24 soatida quyidagi sxema bo‘yicha boshlash kerak: boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil qiladi, keyingi doza (24 soat o‘tgach) – 5 mg, so‘ngra (28 soat o‘tgach) – 10 mg. Keyinchalik tutib turuvchi doza sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Sistolik arterial bosimi past (120 mm sim. ust. yoki past) bo‘lgan pasientlarga davolashni boshida yoki miokard infarktidan keyin birinchi 3 sutkada 2,5 mg buyuriladi.

Buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi ≤80 ml/min), Liprilning boshlang‘ich dozasi, pasientning kreatinin klirensiga muvofiq to‘g‘rilanishi kerak (jadval 1 ga qarang). Tutib turuvchi doza sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Arterial gipotenziya paydo bo‘lganida (sistolik arterial bosim 100 mm sim. ust. teng yoki past) 5 mg tutib turuvchi doza vaqtinchalik 2,5 mg gacha pasaytiriladi. Davomli arterial gipotenziya paydo bo‘lganida (sistolik arterial bosim 1 soatdan ko‘proq 90 mm sim. ust. teng yoki past) davolashni to‘xtatish kerak.

Davolash davomiyligi – 6 hafta, so‘ngra pasientning holatini takroran baholash kerak. Yurak yetishmovchiligining simptomlarini paydo bo‘lishi preparatni keyingi qo‘llashni istisno qilmaydi.

Qandli diabetdagi nefropatiya.

II tur qandli diabeti va boshlang‘ich nefropatiyali pasientlardagi arterial gipertenziyani davolashda preparatning dozasi sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. O‘tirgan holatda 75 mm sim. ust. past diastolik arterial bosim ko‘rsatgichga erishish maqsadida, zarurati bo‘lganida dozani sutkada 1 marta 20 mg gacha oshirish mumkin. Buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi ≤80 ml/min), preparatning boshlang‘ich dozasini pasientning kreatinin klirensiga qarab to‘g‘rilash kerak (jadval 1 ga qarang).

Keksa yoshli pasientlar.

Pasientning yoshiga bog‘liq preparatning samaradorligi yoki xavfsizligida farqlar aniqlanmagan. Buyrak faoliyati pasaygan keksa yoshli pasientlarga lizinoprilning boshlang‘ich dozasini buyurish uchun jadval 1 ma‘lumotlariga amal qilish kerak. Shundan keyin dozani arterial bosimning ko‘rsatgichlariga muvofiq o‘zgartirish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon va limfatik tizimi tomonidan: gemoglobinning darajasini va gemotokritni pasayishi, suyak ko‘migini susayishi, anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, limfadenopatiya, autoimmun kasalliklar.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kayfiyatni o‘zgarishi, vertigo, ta‘m tuyg‘ularini buzilishi, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, hid sezishni buzilishi, muvozanatni buzilishi, dezorientasiya, quloqlarda shovqin, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, depressiya simptomlari, sinkope.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: ortostatik samara (shu jumladan gipotoniya), miokard infarkti yoki serebrovaskulyar insult, ehtimol, yuqori xavf guruhi pasientlarida  haddan ziyod arterial gipotenziya oqibatida; palpitasiya, taxikardiya, Reyno fenomeni.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak spazmlari qayd qilingan.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: yo‘tal, bronxit, rinit, dispnoe, bronxospazm, glossit, sinusit, allergik alveolit/eozinofil pnevmoniya. Yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari qayd qilingan.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: diareya, qusish, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, dispepsiya, og‘izni qurishi, ishtahani pasayishi, ta‘mni o‘zgarishi, pankreatit, intestinal angionevrotik shish, qabziyat, gepatosellyulyar yoki xolestatik gepatit, sariqlik, jigar yetishmovchiligi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik/angionevrotik shish: yuz, qo‘l-oyoqlar, lablar, til, tovush boylamlari va/yoki xalqumning angionevrotik shishi, toshmalar, qichishish, eshakemi, alopesiya, gipergidroz, pemfigus, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, terining soxta limfomasi.

Bir yoki bir necha simptomlarni o‘z ichiga oluvchi majmuaviy reaksiya haqida xabar berilgan: isitma, vaskulit, mialgiya, artralgiya/artrit, antinuklear antitelolarga ijobiy sinama, eritrositlarni cho‘kish tezligini (ECHT) oshishi, eozinofiliya va leykositoz, toshma, fotosezuvchanlik va boshqa dermatologik ko‘rinishlar.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak disfunksiyasi, uremiya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, oliguriya/anuriya.

Endokrin tizimi tomonidan: antidiuretik gormonini noadekvat sekresiyasi.

Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: impotensiya, ginekomastiya.

Metabolik buzilishlar: gipoglikemiya.

Umumiy buzilishlar va yuborish sharoitlarini buzilishlari: charchoqlik, asteniya.

Laboratoriya sinamalarining natijalari: qonda mochevina, qon zardobida kreatinin va jigar fermentlarining darajasini oshishi, giperkaliemiya, qon zardobida bilirubin darajasini oshishi, giponatriemiya, proteinuriya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • lizinoprilga, preparatning boshqa komponentlariga yoki AAF ning boshqa ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezdagi AAF ingibitorlarini qo‘llashdan keyin angionevrotik shish;
  • idiopatik yoki nasliy angionevrotik shish;
  • buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki rivojlanib boruvchi azotemiya bilan yakka buyrak arteriyasining stenozi;
  • mitral yoki aortal stenoz, yaqqol gemodinamik buzilishlar bilan gipertrofik kardiomiopatiya;
  • buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyingi holat;
  • beqaror gemodinamika bilan o‘tkir miokard infarkti;
  • kardiogen shok;
  • dializda poliakrilnitrilnatriy-2 metilalilsulfonatidan (masalan, AN 69) bo‘lgan yuqori o‘tkazuvchi membranalarni ishlatish;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Lipril bir vaqtda qo‘llanganida:

  • diuretiklar bilan antigipertenziv ta‘sirining qo‘shilishi aniqlanadi. Diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda, ayniqsa yaqinda buyurilgan pasientlarda lizinoprilni qo‘llash ba‘zida arterial bosimni haddan ziyod pasayishini chaqirishi mumkin. Agar lizinoprilni buyurish oldidan diuretik bekor qilinsa, simptomatik gipertenziya xavfini pasaytirish mumkin.
  • kaliy tejovchi diuretiklar (spirinolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi osh tuzining o‘rnini bosuvchilari bilan giperkaliemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Giperkaliemiya xavfini buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, kaliy tejovchi diuretiklar va kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari yoki tuz o‘rnini bosuvchilarni bir vaqtda qabul qilish omillari bilan bog‘laydilar. Kaliy saqlovchi qo‘shimchalar, kaliy tejovchi diuretiklar va kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarni qo‘llash, qon zardobida kaliyning darajasini, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ahamiyatli darajali oshishiga olib keladi. Kaliyni chiqaruvchi diuretiklar fonida lizinoprilni qo‘llash fonida, ularni qabul qilish chaqirgan gipokaliemiya, susaytirilishi mumkin;
  • litiy preparatlari bilan qon zardobida litiyning konsentrasiyasi qaytruvchan oshadi va toksik samaralari rivojlanadi. Tiazid diuretiklarni qo‘llash litiyli intoksikasiya xavfini oshirishi va uni kuchaytirishi mumkin, agar u AAF ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish bilan chaqirilgan bo‘lsa. Lizinoprilni litiy bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, lekin agar birga qo‘llashning zarurati bo‘lsa qon zardobida litiyning darajasini sinchiklab nazorat qilish kerak;
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar shu jumladan asetilsalisil kislotasini (NYAQP) bilan, sutkada ≥3 g dozada, AAF ingibitorlarining gipotenziv samarasi pasayadi. NYAQP va AAF ingibitorlarini yo‘ldosh qo‘llash qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga additiv samara chaqiradi, bu buyrak faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Odatda bu samaralar qaytuvchan bo‘ladi. Alohida hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin, ayniqsa buyrak faoliyati buzilganida, masalan keksa yoshli pasientlarda yoki organizmni suvsizlanishi bo‘lgan pasientlarda;
  • boshqa antigipertenziv preparatlar bilan gipotenziv ta‘sirini kuchayishi kuzatilishi mumkin. Nitrogliserin va boshqa organik nitratlarni yoki vazodilatatorlarni bir vaqtda qo‘llash, lizinoprilning gipotenziv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin;
  • trisiklik antidepressantlar, anestetiklar va antipsixotik vositalar bilan arterial gipotenziyani kuchaytirishi mumkin;
  • simpatomimetiklar bilan AAF ingibitorlarining gipotenziv samarasi pasayishi mumkin;
  • gipoglikemik preparatlar (insulin, peroral gipoglikemik vositalar) bilan gipoglikemiya rivojlanishini xavfi bilan qonda glyukozani pasayishi samarasini kuchayishi mumkin. Bunday ko‘rinishlarning paydo bo‘lishining extimoli ayniqsa bir vaqtda davolashni birinchi haftasi davomida, shuningdek buyrak faoliyatini buzilishida yuqori bo‘ladi;
  • oltin preparatlari bilan: oltin in‘eksiyasidan keyin nitritoid reaksiyalar (vazodilatasiya simptomlari, shu jumladan oqib kelishlar, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, arterial gipotenziya, u juda og‘ir darajali bo‘lishi mumkin), AAF ingibitorlari bilan davolangan pasientlarda ko‘proq aniqlangan;
  • allopurinol bilan leykopeniya va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalar paydo bo‘lishini xavfi, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda oshadi;
  • antasid vositalar bilan lizinoprilning biokiraolishligi pasayishi mumkin, shuning uchun Liprilni antasid preparatni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki 1-2 soat keyin qabul qilish kerak;
  • siklosporin, geparin, trimetoprim bilan giperkaliemiyani rivojlanish xavfi oshadi;
  • estrogenlar, kortikosteroidlar bilan Liprilning antigipertenziv ta‘siri pasayishi mumkin;
  • aldesleykin bilan Liprilning gipotenziv samarasini kuchayishi;
  • sitostatiklar, immunodepressantlar, prokainamid bilan leykopeniyani rivojlanish xavfi oshadi.

Lizinoprilni asetilsalisil kislotasi (kardiologiyada qo‘llanadigan dozalarda), trombolitiklar, ß-adrenoblokatorlar va/yoki nitratlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin.

Alkogol AAF ingibitorlarining gipotenziv samarasini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Simptomatik arterial  gipotenziya.

Simptomatik arterial giportenziya kam aniqlanadi. Lizinopril qabul qilayotgan arterial gipertenziyali pasientlarda gipotenziya ko‘proq, diuretiklar bilan davolash, ovqatda tuzning miqdorini kamayishi, dializ, ich ketishi yoki qusish oqibatidagi gipovolemiyada, yoki reninga bog‘liq gipertenziyaning og‘ir shakllarida rivojlanadi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan va yo‘ldosh buyrak yetishmovchiligi yoki usiz pasientlarda simptomatik gipotenziya xollari kuzatilgan. U ko‘proq yurak yetishmovchilinining og‘ir shakli bo‘lgan pasientlarda aniqlangan, ular diuretiklarning katta dozalarini qabul qilishga majburlar, va ularda giponatriemiya yoki buyrak faoliyatining yetishmovchiligi kuzatiladi. Simptomatik gipotenziyaning yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda lizinopril bilan davolashni shifokorning qat‘iy kuzatuvi ostida boshlash, preparatning dozasi o‘zgarganida kuzatuv ayniqsa sinchkov bo‘lishi kerak.

Yurak ishemik kasalligi yoki miya tomirlarining kasalligi bo‘lgan pasientlar uchun xam bunday nazorat kerak, ularda bosimni ahamiyatli darajada pasayishi miokard infarktiga yoki insultga olib kelishi mumkin.

Arterial gipertenziya rivojlangan holda pasientni chalqancha yotqizish va zarurati bo‘lganida natriy xloridi eritmasini vena ichiga yuborish kerak. Preparat qabul qilinganidagi tranzitor arterial gipotenziya davolash uchun qarshi ko‘rsatma xisoblanmaydi, u arterial bosim normallashganidan va suyuqlik xajmi tiklanganidan keyin davom ettirilishi mumkin.

Yurak yetishmovchili bo‘lgan va arterial bosim normal yoki pasaygan pasientlarda  preparat arterial bosimni qo‘shimcha pasayishini chaqirishi mumkin. Bu kutiladigan samara odatda davolashni to‘xtatish uchun sabab bo‘lmaydi. Simptomatik gipotenziya paydo bo‘lganida, ehtimol, dozani kamaytirish yoki lizinoprilni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

O‘tkir miokard infarktidagi arterial gipotenziya.

O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda, agar vazodilatatorlar bilan davolashdan keyin yanada jiddiy gemodinamik buzilishlarning xavfi bo‘lsa, lizinopril bilan davolashni boshlamaslik kerak. Bu sistolik bosim 100 mm sim. ust. dan past bo‘lgan pasientlarda, yoki kardiogen shok holatida bo‘lgan pasientlarga taalluqli. Agar sistolik bosim 120 mm sim. ust. yoki undan past bo‘lsa, unda miokard infarktidan keyin uch kun davomida preparatning dozasini kamaytirish kerak. Agar sistolik bosim 100 mm sim. ust. yoki past bo‘lsa, unda tutib turuvchi dozani 5 mg gacha yoki vaqtincha 2,5 mg gacha pasaytirish kerak. Davomli arterial gipotenziya (1 soatdan ko‘proq sistolik bosim 90 mm sim. ust. past) holida lizinoprilni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Aortal yoki mitral klapan stenozi/gipertrofik kardiomiopatiya.

Boshqa AAF ingibitorlari kabi, mitral klapanning stenozi va chap qorinchadan oqib chiqishni obstruksiyasi (masalan aortal stenoz yoki gipertrofik kardiomiopatiya) bo‘lgan pasientlarda lizinoprilni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi ≤80 ml/min) lizinoprilning boshlang‘ich dozasini kreatinin klirensining darajasiga muvofiq (1-jadvalga qarang), so‘ngra esa – arterial bosimning darajasiga muvofiq tanlash kerak. Bunday pasientlarda vaqti-vaqti bilan kaliy va kreatininning darajasini nazorat qilish kerak.

Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan arterial gipotenziya, keyingi qaytuvchan (preparat bekor qilinganidan keyin) o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan buyrak faoliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Qonda mochevina va qon zardobida kreatininning darajasini qaytuvchan oshishi buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasini stenozi bo‘lgan pasientlarda kuzatilishi mumkin. Bu ko‘proq buyraklar faoliyatini ahamiyatli darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi. Renovaskulyar gipertenziya bo‘lganida og‘ir darajali  gipotenziya va buyrak yetishmovchiligining rivojlanishini yuqori xavfi bor. Bunday pasientlarda davolashni sinchkov tibbiy nazorat ostida, past dozalarda va dozalarni ehtiyotkorlik bilan to‘g‘rilashdan bilan boshlash kerak. Diuretiklar yuqorida keltirilganlarga yordam beruvchi omil bo‘lganligi tufayli, ularni qo‘llashni to‘xtatish va lizinopril bilan davolashni birinchi haftasi davomida buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

Buyrak qon tomirlarini shikastlanishini aniq belgilarisiz arterial gipertenziyasi bo‘lgan ayrim pasientlarda, qonda mochevina va qon zardobida kreatinin darajasini, ayniqsa lizinapril diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ahamiyatsiz darajada vaqtincha oshishi kuzatilishi mumkin. Bu ko‘proq buyrak faoliyatini ahamiyatli darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda bo‘ladi. Bunday holat dozani pasaytirishni va/yoki diuretikni va/yoki lizinoprilni qo‘llashni to‘xtatishni talab qiladi.

Buyrak disfunksiyasini belgilari (kreatininning konsentrasiyasi (KK) 177 mkmol/l dan yuqori va/yoki proteinuriya sutkada 500 mg dan yuqori) bo‘lgan pasientlarni o‘tkir miokard infarktini lizinopril bilan davolash ko‘rsatilmagan. Agar lizinopril bilan davolash vaqtida buyrak faoliyatini buzilishi rivojlansa (KK 265 mkmol/l dan yuqori yoki bu ko‘rsatgich davolashgacha bo‘lganidan ikki marta ortiq), preparatni bekor qilish kerak.

Yuqori sezuvchanlik/angionevrotik shish.

AAF ingibitorlari, shu jumladan lizinopril bilan davolangan pasientlarda, yuz, qo‘l-oyoqlar, lablar, til, tovush boylamlari va yoki halqumning angionevrotik shishi kuzatilgan. Davolash davrida angionevrotik shish har qanday vaqtda rivojlanishi mumkin. Bunday holda lizinoprilni qo‘llashni darhol to‘xtatish, muvofiq davolashni o‘tkazish va simptomlar butunlay yo‘qolgunigacha pasientni kuzatish kerak. Shish faqat til bilan cheklanganida va nafasni buzilishini belgilari bo‘lmagan hollarda ham, pasientlar davomli kuzatishga muhtoj bo‘lishlari mumkin, chunki antigistamin preparatlar va kortikosteroidlar bilan davolash yetarli bo‘lmasligi mumkin. Halqum yoki tilning angionevrotik shishi tufayli, juda kam o‘lim hollari qayd qilingan. Agar shish til, tovush boylamlari yoki halqumga tarqalsa, unda nafas yo‘llarining obstruksiyasi paydo bo‘lishi mumkin, ayniqsa ilgari nafas yo‘llarida xirurgik aralashuvlar o‘tkazgan pasientlarda. Bunday hollarda shoshilinch davolash choralarini ko‘rish kerak (adrenalinni (epinefrinni) yuborish va/yoki nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tutib turish). Simptomlar to‘liq va turg‘un yo‘qolgunicha pasient sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.

Anamnezida AAF ingibitorlari bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lmagan angionevrotik shish bo‘lgan pasientlarda, AAF ingibitorlari qo‘llanganida uning rivojlanishini xavfi oshishi mumkin.

Gemodializdagi anafilaktoid reaksiyalar.

Yuqori o‘tkazuvchan membranalarni (masalan AN 69) ishlatish bilan dializda va yo‘ldosh AAF ingibitorlari bilan davolashda bo‘lgan pasientlarda, anafilaktoid reaksiyalar rivojlanishini xavfi bor. Bunday guruh pasientlarni davolash uchun, dializ uchun boshqa tur membranani va boshqa antigipertenziv preparatni qo‘llash tavsiya qilinadi.

Past zichlikdagi lipoproteinlarni (PZLP) aferezidagi anafilaktoid reaksiyalar.

AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda dekstransulfat bilan PZLP aferezida kam hayot uchun xavfli anafilaktoid reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Har bir aferez oldidan AAF ingibitorlari bilan davolashni vaqtincha bekor qilish yordamida bunday reaksiyalardan saqlanish mumkin.

Desensibilizasiyalovchi davolashdagi anafilaktoid reaksiyalar.

AAF ingibitorlarini qo‘llagan pasientlarda, parda qanotlilar (masalan asalari zahari) zaharidan bo‘lgan allergen bilan desensibilizasiya o‘tkazish vaqtida, anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. Agar bunday pasientlar desensibilizasiya vaqtida AAF ingibitorlarini qabul qilishdan saqlansalar, reaksiyalar kuzatilmagan, lekin AAF ingibitorlarini tasodifan yuborish anafilaktoid reaksiyani qo‘zg‘atgan.

Jigar faoliyatini buzilishi.

Juda kam AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan, xolestatik sariqlik yoki gepatit bilan boshlanuvchi va ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar nekrozigacha rivojlanuvchi sindromni bog‘laydilar. Bu sindromning mexanizmi noma‘lum. Agar AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda sariqlik rivojlansa yoki jigar fermentlarining faolligi ahamiyatli darajada oshsa, preparatni bekor qilish va pasientni simptomlari  yo‘qolgunicha shifokorning kuzatuvi ostida qoldirish kerak

Neytropeniya/agranulositoz.

AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda, neytropeniya/agranulositoz, trombositopeniya va anemiya rivojlanishi mumkin. Buyrak faoliyati normalligida va asoratlar bo‘lmaganida neytropeniya kam rivojlanadi. Neytropeniya va agranulositoz qaytuvchan va AAF ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketadi.

Lizinopril bilan davolashni tomirli ko‘rinishlari bilan bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimaning kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, immunodepressantlar, allopurinol yoki prokainamid bilan davolashda, shuningdek bu omillarning majmuasida, ayniqsa buyraklar faoliyatining mavjud bo‘lgan buzilishlarida ayniqsa ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Ayrim bunday pasientlarda og‘ir darajali infeksiyalar rivojlanadi, ular ba‘zida antibiotiklar bilan jadal davolashga reaksiya qilmaydi. Bu guruh pasientlarida lizinopril qo‘llanganida leykositlarni vaqti-vaqti bilan monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi, shuningdek pasientlarni infeksiyaning har qanday belgilarida shifokorga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.

Etnik xususiyatlar.

AAF ingibitorlarini qo‘llagan negroid irqi vakillarida, boshqa irqqa mansub pasientlar bilan solishtirganda angionevrotik shish ko‘proq paydo bo‘lgan. AAF ning boshqa ingibitorlaridagi kabi, lizinoprilning antigipertenziv ta‘siri boshqa irqqa mansub pasientlarga qaraganda negroid irqiga mansub pasientlarda kamroq ifodalangan, bu ehtimol, bu pasientlarning qonida reninning past darajasi bilan tushuntiriladi.

Yo‘tal.

AAF ingibitorlari bilan davolashda balg‘amsiz doimiy yo‘tal paydo bo‘lishi mumkin, u preparat bekor qilinganidan keyin to‘xtaydi. AAF ingibitorlari chaqirgan yo‘talni, boshqa kasalliklardagi yo‘taldan ajratish kerak.

Xirurgik aralashuvlar/anesteziya

Katta xirurgik aralashuvlar vaqtida, yoki arterial gipotenziyani chaqiruvchi preparatlar bilan anesteziyada, reninni kompensator ajralib chiqishi oqibatida lizinopril qayta angiotenzin II ni hosil bo‘lishini bloklashi mumkin. Agar bunda arterial gipotenziya rivojlansa, uni shu mexanizm bilan tushuntirish mumkin, unda uni suyuqlikning hajmini oshirish yo‘li bilan to‘g‘rilash kerak.

Giperkaliemiya.

Ayrim pasientlarda AAF ingibitorlarini, shu jumladan lizinoprilni qabul qilishda, qon zardobida kaliyning konsentrasiyasini oshishi aniqlangan. Giperkaliemiya paydo bo‘lishini xavf omillariga buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, kaliy tejovchi diuretiklarni, kaliy saqlovchi, yoki kaliyli tuz o‘rnini bosuvchi ovqat qo‘shimchalarini, yoki qon zardobida kaliyning konsentrasiyasini oshishini chaqiruvchi boshqa preparatlarni (masalan geparin) bir vaqtda qo‘llash kiradi. Agar AAF ingibitorlari bilan davolash fonida yuqorida sanab o‘tilgan preparatlarni qabul qilish zarur deb hisoblansa, qon zardobida muntazam kaliyning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Qandli diabet.

Peroral antidiabetik preparatlar yoki insulin qabul qilayotgan pasientlarda, ayniqsa AAF ingibitorlari bilan davolashni birinchi oyida sinchkov gipogilikemik nazorat kerak.

Buyrak ko‘chirib o‘tkazilgandan keyingi pasientlar.

Yaqinda buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarni davolash uchun preparatni qo‘llashni tajribasi yo‘q, shuning uchun bu guruh pasientlarida preparat qo‘llanmaydi.

Litiy.

Odatda litiy va lizinoprilni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik aniqlanganida preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak.

Onalari AAF ingibitorlarini qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni, ularda arterial gipotenziya, oliguriya va giperkaliemiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, sinchiklab nazorat qilish kerak.

Emizish davrida lizinoprilni qo‘llash mumkinligi xaqida ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli, emizayotgan ayollar preparatni qabul qilishlari mumkin emas.

Bolalar. Bolalarda lizinoprilni qo‘llashni samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun bu yosh guruhida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Preparat bilan davolash vaqtida nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar (bosh aylanishi, ongni chalkashishi, uyquchanlik) paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun preparatni qo‘llashda avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: arterial gipotenziya, shok, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, giperventilyasiya, taxikardiya, palpitasiya, bradikardiya, bosh aylanishi, bezovtalik va yo‘tal.

Davolash: simptomatik davolash, fiziologik eritmani vena ichiga yuborish tavsiya etiladi. Arterial gipotenziyada pasientni krovatga yotqizish kerak (oyoqlarini ko‘tarish kerak). Angiotenzin II va/yoki katexolaminlarni vena ichiga infuziya qilish mumkin. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, unda uni chiqarish uchun me‘dani yuvish, enterosorbentlarni va ngatriy sulfatni qabul qilish tavsiya etiladi. Lizinopril organizmdan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin. Turg‘un bradikardiyani davolash uchun kardiostimulyatorni qo‘llash ko‘rsatilgan. Hayotiy zarur faoliyatlarning ko‘rsatkichlarini, zardobdagi elektrolitlar va kreatinin konsentrasiyasini doimo nazorat qilish kerak.

Angionevrotik shish rivojlanganida adekvat shoshilinch davolash kerak (adrenalin, glyukokortikosteroidlar, antigistamin preparatlarni yuborish).

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 3 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LIPRIL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LIPRIL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LIPRIL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LIPRIL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LIPRIL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIMAZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Digoksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
KORVITIN liofilizat 0,5g N1
Narh: 119 800 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 40g
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
TEOPEK tabletkalari 300mg N50
LIVAMIKOL BXFZ maz 30g
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
GRIZEOFULVIN tabletkalari 125mg N40
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
KRATAL tabletkalari N20
VENORUTINOL gel 40g 2%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
VENOGEPANOL gel 40g
VERAPAMILA GIDROXLORID tabletkalari 80mg N50
BEKARBON tabletkalari N20
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
TETRASIKLINA GIDROXLORID tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 7 600 so'mdan Batafsil
INDOVENOL gel 40g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
ALLOPURINOL tabletkalari 0,1g N50
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MENOVALEN kapsulalar N20
KETOTIFEN sirop 50ml 1mg/5ml
BORIZOL tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: riluzol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
RIFAMPISIN kapsulalar
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9