×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LORATAL tabletkalari 10mg N30

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Лоратадин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- R06AX13
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 174 ta dorixonasida topildi

ico 67 200 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 93 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 75 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
DIAZOLIN draje 100mg N20 Марбиофарм, ОАО Rossiya
9 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LORATAL tabletkalari 10mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LORATAL®

LORATALUM

Preparatning savdo nomi: Loratal®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Loratadin

Dori shakli: Tabletkalar

Tarkibi:

Faol modda: Loratadin – 10 mg.

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrat, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearat.

Ta‘rifi: Oq rangli, oval shaklli, bir tomoni chiziqli va «10 mg» gravirovkasi, va boshqa tomonida “NOBEL” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antiallergik vosita.

ATX kodi: R06AX13

 

Farmakologik xususiyatlari

Loratadin N1-gistamin reseptorlarining blokatoridir. Ko‘rsatilgan turdagi periferik reseptorlarga nisbatan selektiv antagonizmi bilan xarakterlanadi. Allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta‘sirga ega. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, to‘qimalar shishini rivojlanishini oldini oladi. Preparat markaziy nerv tizimiga deyarli ta‘sir etmaydi, uyquchanlik chaqirmaydi, sedativ va antixolinergik ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Preparatning ta‘siri qabul qilinganidan keyin 30 minutdan so‘ng boshlanadi va 24 soat davom etadi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti 1,3 soatni tashkil etadi, uning faol metabolitining maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 2,5 soat. Loratadinning faol metaboliti – dezkarboetoksiloratadinni hosil bo‘lishi bilan jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Loratadinning yarim chiqarilish davri 8.4 soatni, dezkarboetoksiloratadinni esa – 28 soatni tashkil etadi. Dozaning taxminan 80% metobolitlar holida teng miqdorda siydik va axlat bilan 10 kun davomida chiqariladi. Dozaning taxminan 27% birinchi sutka davomida siydik bilan chiqariladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat 10 mg dozada qabul qilinganda loratadinning farmakokinetik profili kattalarniki bilan bir xil bo‘ladi.

Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar

Preparat quyidagilar:

  • mavsumiy va doimiy allergik rinitni, kon‘yunktivitni davolash;
  • Kvinke shishini davolash (shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi);
  • gistamin ajralib chiqishi bilan bog‘liq psevdoallergik reaksiyalarni davolash;
  • qichishuvchi dermatozlarini davolash;
  • hasharotlar chaqqandagi allergik reaksiyalarni davolash;
  • turli etiologiyali qichishishlarni davolashda qo‘llaniladi.

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga preparatni tavsiya qilinadigan dozasi sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tana vazni 30 kg gacha bo‘lganida tavsiya etiladigan doza sutkada 1 marta 5 mg, tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lsa, sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki buyrak yetishmovchiligi (kalava filtrasiyasi tezligi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarga boshlang‘ich dozasi kunora 10 mg ni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, gastrit; kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi kuzatilishi mumkin (ko‘proq kattalarda).

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, toliqish, uyquchanlik (ko‘proq kattalarda); kamdan-kam hollarda bolalarda – bosh og‘rig‘i, asabiylik yoki sedativ ta‘sir.

Teri reaksiyalari: kam hollarda – alopesiya.

Allergik reaksiyalar: teri toshmalari (ko‘proq kattalarda), kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Loratadin yoki preparatning har qanday boshqa bir komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Xomiladorlikda preparatni ona uchun taxmin qilinayotgan foyda xomila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lganda qo‘llash mumkin. Loratadin va uning metoboliti ko‘krak sutiga oson o‘tadi, shuning uchun laktasiya davrida qo‘llanilganda emizishni to‘xtatib turish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni eritromisin, simetidin, ketokonazol bilan bir vaqtda qo‘llaganda loratadin va uning metabolitining qon plazmasidagi konsentrasiyasi oshishi mumkin. Bu klinik ahamiyatga ega emas va EKG ga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparatni alkogol bilan qo‘llagandan keyin psixomotor faoliyat tekshirilganida, alkogolni loratadinga nisbatan potensiyalovchi ta‘siri aniqlanmadi.

Preparatni sitoxrom R450 tizimi fermentlari ingibitorlari bilan birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tirishishlarni rivojlanishini, ayniqsa unga moil bemorlarda, to‘liq istisno etib bo‘lmaydi. Teri sinamalari natijalarni o‘zgarib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, preparatni qabul qilishni teri sinamalarini o‘tkazishdan 48 soat oldin to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: uyquchanlik, taxikardiya, bosh og‘rig‘i.

Davolash: dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish.

Chiqarilish shakli

«Loratal®», tabletkalar 10 mg dan, №10.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LORATAL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LORATAL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LORATAL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi Nobel Pharmsanoat tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LORATAL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LORATAL tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KLARIDOL tabletkalari 10mg N7
KLARIDOL sirop 100ml 1mg/ml
KLARITIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer Consumer Care AG
  • Vakil: Bayer
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ZINTER tabletkalari 10mg N30
Narh: 19 800 so'mdan Batafsil
ZINTER tabletkalari 10mg N10
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
LOMILAN tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
LOMILAN tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
LORATADIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевмедпрепарат, ПАО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
LORATADIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
LORATADIN sirop 90ml 1mg/1ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ДКП-ЖФФ ООО
LORATAL tabletkalari 10mg N10
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
LOMILAN tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
LORATADIN tabletkalari 0,01g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Лоратадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 49 168 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 150mg N2
Narh: 22 600 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 50mg N7
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 10mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 5mg N30
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 16 500 so'mdan Batafsil
DEPRES kapsulalar 20mg N16
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
OMEGAST kapsulalar 20mg N14
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
Narh: 30 900 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LORATAL tabletkalari 10mg N10
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
LEFLOKS 250mg N3
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
KARLON tabletkalari 5mg N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9