×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAGSINK V6 kapsulalar 250mg

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
витамин B6, магния оксид, оксид цинка
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «NATUREX»
Vakil:
- FUTURE~WORLD GROUP
ATX kodi:
- B05XA05 Магния сульфат
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.

O'xshash dorilar

VIKASOL tabletkalari 15mg N30 Ирбитский ХФЗ,ОАО Rossiya
4 000 s`om dan
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10 Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi Austria GmbH Avstriya
KONTRIVEN eritma 1ml 10000 KIE/ml N10 БиоФарма OOO Ukraina
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ishlab chiqarish shakli: kapsulalarda 250 mg dan kukun
1 kapsula tarkibi. Faol komponentlar:
V6 vitamini5 mg
Magniy oksidi 80 mg
Rux oksidi 2,5 mg
Yordamchi moddalar: maltodekstrin.
V6 vitamini modda almashinuv jarayonlarida koferment sifatida ishtirok etadi, asab tizimining meʼyorida ishlashini taʼminlaydi, hissiy-ruhiy zoʻriqishlar nazoratini shakllantirishda ishtirok etadi, suyaklar, tishlar, milklar tuzilishi va ishlashini saqlab turishda koʻmaklashadi.
Magniy organizmdagi 300 dan ortiq fermentatsiya reaksiyalarida asosiy rol oʻynaydi, nerv oʻtkazuvchanligi fiziologiyasi, mushak qisqarishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi, suyak toʻqimasi va tishlarning shakllanishi uchun zarur. Magniy organizm normal holatda boʻlganida uning barcha hujayralarida mavjud boʻladigan noorganik element hisoblanadi. Magniy hujayralarning hayoti uchun zarur elementdan iborat boʻlib, modda almashinuvining koʻplab reaksiyalarida ishtirok etadi. Fiziologik nuqtayi nazardan magniy asosan hujayra ichida toʻplangan kation hisoblanadi. Magniy ionlari neyronlarning qoʻzgʻaluvchanligi kamayishiga koʻmaklashadi, mushaklarda ion muvozanatini saqlab turishda muhim fiziologik rol oʻynaydi, nerv-mushak uzatilishlarini sekinlashtiradi, koʻplab fermentativ reaksiyalarga koʻmaklashadi. Organizm magniyni ovqat bilan birga qabul qiladi. 
Organizmda ruxning taʼsiri juda turli-tuman. Koʻplab ferment tizimlari tarkibida modda almashinuvida va hujayra va toʻqimalar metabolizmida faol ishtirok etadi. Mikroelement teri, sochlar va tirnoqlarning normal holatini saqlab turishga koʻmaklashadi, immun tizimining meʼyorida ishlashiga yordam beradi.
MagSink V6 eng avvalo butun organizmning sogʻligʻini saqlashga yoʻnaltirilgan, oʻzaro bir-birining xossalarini toʻldiradigan biofaol elementlarning muvaffaqiyatli tanlab olingan kombinatsiyasidan iborat bioqoʻshimcha hisoblanadi. Shu munosabat bilan bioqoʻshimcha organizmda magniy yetishmovchiligini toʻldirish uchun tavsiya etiladi:
uyquning buzilishi;
asablarning yuqori daraja taʼsirlanuvchanligi, asabiylashish;
yuqori darajada charchash, jismoniy va aqliy oʻta charchash holati;
mushak ogʻriqlari va siqilishlari, oshqozon-ichak siqilishlarida yordam beradi;
giperventilyatsiyali (tez-tez yuza nafas olish) xavotirlik xurujlarining funksional namoyon boʻlishida koʻmaklashadi;
yurakning tez-tez urushini meʼyorlashtiradi.
Homiladorlikda ayolning holatini yaxshilashga yordam beradi.
— preparatning komponentlariga yuqori taʼsirchanlik;
Yaroqlilik muddati: 2 yil.

Saqlash sharoitlari:
Bolalar ololmaydigan, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, +25°С dan yuqori boʻlmagan temperaturada saqlansin.
MagDiv V6 ovqat vaqtida ichish uchun tayinlanadi. Sutkalik dozani 2-3 qabul qilishga boʻlish kerak (ertalab, kunduzi va kechqurun). Kapsulalar bir stakan suv bilan ichiladi;
Qabul qilishni qonda magniy darajasi meʼyoriga kelishi bilan darhol toʻxtatish zarur; oʻrtacha qabul qilish davomiyligi - 1 oy.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAGSINK V6 kapsulalar 250mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAGSINK V6 kapsulalar 250mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAGSINK V6 kapsulalar 250mg dori vositasi ООО «NATUREX» tomonidan Узбекистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAGSINK V6 kapsulalar 250mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAGSINK V6 kapsulalar 250mg dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KALSIY D3 tabletkalari 750mg
ENTERO D DETSKIY PAKET sashe N10
ENTERO D kapsulalar 400mg
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9