×
×
  • MAKRUS infuziya uchun eritma 250ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAKRUS infuziya uchun eritma 250ml

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
L-Аспарагиновая кислота, калия L-аспартат, Калия гидроксид, Магния аспарагинат, магния оксид
Ishlab chiqaruvchi:
- ИСТ-ФАРМ,ЗАО
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- A12CX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 43 ta dorixonasida topildi

ico 10 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10 ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО Rossiya
1 000 s`om dan
KALSEMIN SILVER tabletkalari N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
194 900 s`om dan
MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Asel, ЧП O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Инфузия учун эритма.

250, 500 мл дан қалпоқчали ёки қалпоқчасиз полиэтилен бутилкаларда.

1 бутилка картон қути ўрамда  ёки хром-эрзац ўрамдан қўлланишига доир йўриқномаси билан бирга картон қутида.

1 дан 96 тагача бутилка қутиларсиз тенг миқдордаги қўллаш бўйича йўриқномалари билан бирга гофриланган картон яшикларда (стационарлар учун). 

Kaliy va magniy asparaginati preparati kaliy va magniy ionlari manbai hisoblanadi. Kaliy va magniy tanqisligini bartaraf qiladi, elektrolitlar muvozanatini normallashtiradi, miokardda moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Preparatning ta'sir mexanizmi hujayralar ichida magniy va kaliy ionlarini transportida asparaginatni ishtiroki bilan bog'liq. 

Magniy natriy-kaliy-ATFazani faollashtirib, hujayralarni ichidan natriy ionlarini chiqaradi va kaliy ionlarini qaytaradi; natriyning miqdorini pasaytiradi va qon-tomirlarning silliq mushaklarida natriyni kaltsiyga almashinishiga to'sqinlik qilib, ularning rezistentligini pasaytiradi. Kaliy ATF, glikogen, oqsillar, atsetilxolin sintezini rag'batlantiradi. 

Ikkala ion xujayra membranalarining qutblanishini tutib turadi. 

Preparat nerv tolalari bo'ylab impulslarni o'tishini, sinapslar orqali o'tishini, mushaklar qisqarishini, yurak mushagini ishini boshqaradi. Magniy ionlarini hisobiga energiyani hosil bo'lishi va sarflanishi jarayonlarida ishtirok etadi, membranalarni o'tkazuvchanligi, nerv mushak o'tkazuvchanligini, kislorodni o'zlashtirilishi va fosfatlarni sintezini normallashtiradi.

faol moddalar:

suvsiz kaliy L-asparaginati 10,02 mg

suvsiz magniy L-asparaginati 7,86 mg

quyidagi moddalardan olingan:

asparagin kislotasi 15,00 mg

kaliy gidroksidi (kaliy oksidi) 3,29 mg

magniy oksidi 1,10 mg

yordamchi moddalar:

sorbitol (sorbit) 20,00 mg

in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha 

Nazariy osmolyarligi: 260-340 mosm/l.

Tavsiya etilgan yuborish tezligiga rioya qilinganida nojo'ya ko'rinishlar kuzatilmagan. 

Vena ichiga tez yuborilganida giperkaliemiya va gipermagniemiya simptomlari paydo bo'lishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, mushaklarni kuchsizligi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar: paresteziya, parezlar, giporefleksiya, koma;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: bradikardiya, aritmiya, arterial bosimni sezilarli darajada pasayishi, ekstrasistolalar sonini paradoksal oshishi, atrioventrikulyar blokada.

Shikastlanmagan flakonlarda faqat shaffof eritmalardan foydalansin!

Kaliy va magniy asparaginati preparati flakoni ochilganidan so'ng uni darhol qo'llash kerak.

Preparatni vena ichiga sekin yuborish kerak. Agar boshqa in'ektsion va infuzion eritmalari bilan aralashtirilganida xira yoki biroz tovlanuvchi eritmalar paydo bo'lganida, havfsizlik maqsadida aralashmani ishlatish mumkin emas. 

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Homiladorlik paytida kaliy va magniy asparaginati preparatini havfsizligi bo'yicha tadqiqotlar olib borilmagan, shuning uchun preparatni faqat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llanilishi mumkin.

Kaliy va magniy asparaginati ko'krak sutiga kirishi mumkinligi noma'lum bo'lganligi sababli, emizish davrida preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. 

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning ta'siri o'rganilmagan.

Yurak ishemik kasalligini turli ko'rinishlarida, jumladan o'tkir miokard infarkti, surunkali qon almashinishi etishmovchiligi, yurak ritmini buzilishlarida (taxiaritmiyada, ekstrasistoliyada, shu jumladan, yurak glikozidlarini intoksikasiyasi sababli kelib chiqqan aritmiyalarda) kaliy va magniy tanqisligini to'ldirish maqsadida kombinasiyalangan terapiya tarkibida qo'llanadi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, buyrak faoliyatini og'ir buzilishlari, giperkaliemiya, gipermagniemiya, gemoliz, oliguriya, anuriya, arterial gipotenziya, buyrak usti bezlarining po'stloq qismini etishmovchiligi, Addison kasalligi, shok, o'tkir metabolik asidoz, degidratasiya, atrioventrikulyar blokadani II-III darajasi, og'ir darajadagi miasteniya, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar (samaradorligi va havfsizligi o'rganilmagan) da qo'llash mumkin emas. 

Ehtiyotkorlik bilan 

Jigar faoliyatini og'ir buzilishlari, metabolik asidoz, shishlarni rivojlanish havfi, agar qon zardobida magniyning miqdorini muntazam ravishda nazorat qilish imkoni bo'lmasa, buyrak faoliyatini buzilishida (organizmda to'planish havfi, magniyni toksik darajasi), gipofosfatemiya, siydik tosh diatezi, atrioventrikulyar blokadani I darajasi, homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Bir vaqtni o'zida kaliyni tejovchi diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, Tsiklosporin, geparin, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo'llash giperkaliemiya va gipermagniemiyaga olib kelishi mumkin. 

Kaliy ionlaring xujayradan tashqari kontsentrasiyasini ortishi yurak glikozidalari samaradorligini pasayishiga olib keladi, uning passayishi esa yurak glikozidlarini aritmogen ta'sirini kuchaytiradi.

Kaliy va magniy preparatlarini bir vaqtni o'zida glyukokortikosteroidlar bilan birga qo'llash glyukokortikosteroidlar tomonidan chaqirilgan gipokaliemiyani va magniy ionlari tanqisligini bartaraf qiladi. 

Kaliy ionlari ta'sir ostida yurak glikozidlarining noxush samaralari kamayadi. 

Aminoglikozidlar (neomisin, streptomisin va boshqalar), polimiksin V, tetrasiklin bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.

Nerv-mushak blokadasi (masalan, nafas olish faoliyati susayishi) rivojlanishi havfi tufayli anestetiklar bilan birgalikda qo'llanilishdan saqlanish kerak.

Magniy qutbsizlantiradigan miorelaksantlar (atrakuroniy, dekametoniy, suktsinilxlorid va suksametoniy) chaqirgan nerv-mushak blokadasini kuchaytirishi mumkin. 

Kaltsiy preparatlari magniy ionlarining samaralarini pasaytiradi.

Yorug'likdan himoyalangan joyda 2oS dan 25oS gacha bo'lgan haroratda saqlansin. 

Muzlatilmasin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati -3 yil. 

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

tiniq, rangsiz yoki biroz bo'yalgan eritma.

Vena ichiga yuborish uchun.

Preparatning qo'llash uchun ko'rsatmalarga qarab, individual ravishda tanlanadi. 

Agar boshqa ko'rsatmalar bo'lmasa, unda preparatni 500 ml dan sutkada 1-2 marta yuborilishi tavsiya etiladi.

Preparatni yuborilishini maksimal tezligi 5 ml/kg/soat ni tashkil etadi.

Kardioxirurgik aralashuvdan bir hafta oldin va undan so'ng, hafta davomida preparat 500 ml dan sutkada 1 marta yuboriladi. 

Preparat bilan davolash patologik simptomlar yo'qolguncha yoki pasayguncha bir necha kun davom ettirilishi mumkin.

Preparatni tavsiya etilgandan ancha oshirilgan dozalarda yuborilganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli bor.

Giperkaliemiya simptomlari: umumiy zayiflik, oyoqlar paresteziyasi, sezgirlik yo'qolishi, ongni chalkashligi, bradikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni yaqqol passayishi, qon-tomirlar kollapsidan tortib yurak qorinchalari fibrillyasiyasi va yurak urishini diastolik to'xtashigacha.

Gipermagniemiya simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, letargiya, siydik pufagi atoniyasi, ich qotishi; atrioventrikulyar o'tkazuvchanligi va qorinchalarda qo'zg'alishni tarqalishi yomonlashishi; chuqur pay reflekslarini yuq bo'lib ketishi, arterial bosimni keskin passayishi, nafas faoliyatini susayishi.

Davolash: preparatni zudlik bilan bekor qilish, natriy xloridi 20 % yoki kaltsiy glyukonati 10% eritmasi yuborilishi; paydo bo'lgan yurak-qon tomir buzilishlarni korrektsiyasi uchun simptomatik davolash ko'rsatiladi; zarurat bo'lganida – gemodializ va peritoneal dializ o'tkaziladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAKRUS infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAKRUS infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAKRUS infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi ИСТ-ФАРМ,ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAKRUS infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAKRUS infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MAKRUS infuziya uchun eritma 500ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ИСТ-ФАРМ,ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9