×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAKSFLO_ D kapsulalar 0.5/0.4mg N30

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Prostata bezining havfsiz o'smasini davolash uchun qo'llanadigan vosita.
Faol modda:
Дутастерид, Тамсулозин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- CCL Pharmaceuticals (Pvt.) Limited
Vakil:
- CCL Pharmaceuticals
ATX kodi:
- G04CA52
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar

Kapsuladagi miqdori/mg

Ajralib chiqishi uzaytirilgan tamsulozin gidroxloridi mikropelleti ekvivalent tamsulozinga

0,4 mg

Dutasterid saqlovchi yumshoq jelatin kapsula

0,5 mg

yordamchi moddalar

Tozalangan tal'k

1,2 mg

Bo'sh qattiq jelatin kapsula (“00” o'lchamli)

01


Izoh: 0,4 mg tamsulozinga ekvivalent 200 mg tamsulozin HCl (0,2%).

Tamsulozin pelletlarining ortiqcha mikdori inkapsulyatsiya jarayonidagi yo'qotishlarni qoplash uchun kiritiladi.

0,5 mg dutasteridga ekvivalent 528 mg dutasterid yumshoq jelatin kapsulalari. 

Сhiqarilish shakli

5 kapsuladan Al/Al blisterda. 

6 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Maksflo_D preparati prostata bezining xafvsiz giperplaziyasi (PBXG) bo'lgan patsientlarda simptomlarni kamaytirish uchun o'zaro bir-birini to'ldirish mexanizmiga ega ikkita preparatning: 5α-reduktazaning qo'sh ingibitori (5ARI) bo'lgan dutasterid va α1a-adrenoretseptorlarning antagonisti bo'lgan tamsulozin gidroxloridi majmuasi hisoblanadi.

Dutasterid testosteronni 5-α-digidrotestosteronga (DGT) aylanishiga mas'ul bo'lgan 1 va 2 tipdagi 5-α-reduktaza izofermentlarining faolligini susaytiradi. Digidrotestosteron prostata bezining bez to'qimasi giperplaziyasiga mas'ul bo'lgan asosiy androgen bo'lib hisoblanadi.

Tamsulozid prostata bezi stromasining silliq mushaklari va qovuq bo'yinchasidagi α1a adrenergik retseptorlarini ingibitsiya qiladi. Prostata bezidagi α1 retseptorlarining taxminan 75%i α1a kichik tipidagi retseptorlar bo'lib hisoblanadi.

Ajralib chiqishi uzaytirilgan  mikropelletli kapsulalar
Majmuadagi dozalari fiksatsiyalangan preparat sifatida dutasterid-tamsulozinning farmakodinamik samaralari birgalikda, ammo alohida preparatlar ko'rinishida qabul qilinadigan dutasterid va tamsulozin samaralaridan farqlanishi kutilmaydi.

Dutasterid

Dutasterid digidrotestosteron kontsentratsiyasini pasaytiradi, prostata bezi hajmini kamaytiradi, quyi siydik chiqarish yo'llari tomonidan simptomlarni kamaytiradi va siyishni yaxshilaydi, shuningdek siydikni o'tkir tutilib qolishining rivojlanish xavfini pasaytiradi va prostata bezining xavsiz giperplaziyasi (PBXG) bilan bog'liq jarrohlik operatsiyalarga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Dutasteridni har kuni qabul qilishning DGT darajasini pasaytirishga maksimal ta'siri dozaga bog'liq bo'lib, 1-2 haftadan keyin kuzatiladi. Dutasteridni 0,5 mg dozada har kuni qabul qilinganida bir va ikki hafta o'tgach zardobda DGT kontsentratsiyalarining o'rtacha qiymatlari muvofiq ravishda 85% va 90% ga pasaygan.

Tamsulozin

Tamsulozin prostata bezining silliq mushaklari va uretra tarangligini bo'shashtirishi va bundan kelib chiqib, obstruktsiya kamayishi hisobiga siydik oqimining maksimal tezligini oshiradi. U, shuningdek, bir qator qo'zg'atuvchi simptomlarni, hamda qovuqning beqarorligi va quyi siydik chiqarishi yo'llarining silliq mushaklarini zo'riqishi muhim hisoblangan obstruktsiya simptomlarini ham kamaytiradi. Al'fa-1-adrenoblokatorlar periferik qarshilikni kamaytirish yo'li bilan arterial bosimni pasaytirishi mumkin.

So'rilishi

Dutasterid

Dutasterid eritma ko'rinishida, yumshoq jelatinli kapsulada ichga qabul qilinadi. Preparatni 0,5 mg dozada bir marta qabul qilgandan keyin qon zardobida dutasteridning eng yuqori kontsentratsiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi.

Erkaklarda mutlaq biokiraolishligi 2 soatlik tomir ichiga yuborilgan infuziyadan keyin taxminan 60% ni tashkil etadi. Dutasteridning biokiraolishligi ovqatlanishga bog'liq emas.

Tamsulozin

Tamsulozin gidroxloridi ichakdan so'riladi va deyarli to'liq biokiraolishligi bilan xarakterlanadi. Tamsulozin gidroxloridi bir martalik qabul qilishda ham, ko'p martalik qabul qilishda ham, sutkasiga bir marta qabul qilish tartibida beshinchi kunga kelib muvozanat kontsentratsiyasiga erishgan holda proportsional kinetikani namoyon qiladi. Tamsulozin gidroxloridini so'rilishi tezligi ovqatlangandan keyin pasayadi. Agar patsient tamsulozin gidroxloridini har kuni, ovqatlanishning aynan bir vaqtidan keyin taxminan 30 minut o'tgach qabul qilsa, bir maromda so'rilishga erishish mumkin.

Taqsimlanishi

Dutasterid

Bir martalik yoki ko'p martalik dozalarni ichga qabul qilingandan keyin olingan farmakokinetika ma'lumotlari dutasterid taqsimlanishning katta hajmiga (300-500 l) ega ekanini ko'rsatdi. Dutasteridning plazma oqsillari bilan bog'lanishi ahamiyatli darajada (99,5% dan ortiq) ekani aniqlandi.
Har kuni qabul qilinganda qon zardobidagi dutasterid kontsentratsiyasi bir oy o'tgach muvozanat kontsentratsiyasining 65% ni va uch oy o'tgach esa – taxminan 90% ni tashkil qiladi. Taxminan 40 ng/ml ni tashkil etadigan muvozanat kontsentratsiyasiga (Css) sutkada bir marta 0,5 mg li doza qabul qilinishida olti oydan keyin erishiladi. Qon zardobidagi kabi, spermadagi dutasterid kontsentratsiyasining muvozanat holatiga olti oy o'tgach erishiladi. Davolashning 52 haftasidan keyin spermadagi dutasterid kontsentratsiyasi o'rtacha 3,4 ng/ml ni (0,4-14 ng/ml diapazonda) tashkil etgan. Dutasteridning qonda zardobidan spermaga o'tishi o'rtacha hisobda 11,5% ni tashkil etadi.

Tamsulozin

O'nta sog'lom erkaklarga tomir ichiga yuborilganidan keyin tamsulozin gidroxloridining o'rtacha muvozanatlashgan tahminiy taqsimlanish hajmi 16 l ni tashkil etib, bu holat organizmning hujayradan tashqari suyuqliklarida taqsimlanishini taxmin qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Tamsulozin gidroxloridi odam qoni plazmasi oqsillari (94% dan 99% gacha), ko'proq al'fa-1 kislotali glikoproteini (AKG) bilan faol bog'langan bo'lib, bog'lanish kontsentratsiyalarning keng diapazonida (20-600 ng/ml) chiziqli xarakterga ega.

Metabolizmi

Dutasterid

In vitro, sharoitida dutasteridning odam P450 tsitoxromi CYP3A4 izofermenti bilan metabolizmi ikkita ikkinchi darajali monogidroksil metabolitlariga qadar yuz beradi, ammo u CYP1A2, CY2A6, CYP2E1, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP2B6 yoki CYP2D6 izofermentlari bilan metabolizmga uchramaydi.
Muvozanat holatiga erishilganidan keyin mass-spektrometrik tahlilda odam qoni zardobida o'zgarmagan dutasterid, uchta asosiy metabolit (4'-gidroksidutasterid, 1,2-digidroksidutasterid va 6- gidroksidutasterid) va 2 ta ikkinchi darajali metabolit (6,4'-digidroksidutasterid va 15-gidroksidutasterid) aniqlanadi. 

Tamsulozin

Odamda tamsulozin gidroxlorididan [R(-) izomerdan] S(+) izomerga enantiomer biokonversiyasi kuzatilmagan. Tamsulozin gidroxloridi jigardagi P450 tsitoxromi oilasiga mansub fermentlar ta'siri ostida jadal metabolizmga uchraydi, yuborilgan dozaning faqat 10% dan kam miqdori o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan chiqariladi. Biroq odam organizmidagi metabolitlarning farmakokinetik profili aniqlanmagan. In vitro sharoitda olingan natijalar tamsulozin metabolizmida CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari, CYP tsitoxromidagi boshqa izofermentlarning qisman ishtiroki shartida, qatnashishini ko'rsatdi. Jigarda preparatni inaktivatsiya qiluvchi fermentlarning ingibitsiya qilinishi tamsulozin ekspozitsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Tamsulozin gidroxloridining metabolitlari siydik bilan chiqarilishidan oldin glyukuronidlar yoki sul'fatlar bilan jadal kon'yugatsiyaga uchraydi.

Сhiqarilishi

Dutasterid

Dutasterid jadal metabolizmga uchraydi. Odam sutkasiga 0,5 mg dozada ichga qabul qilib turib, muvozanat holatiga erishganidan keyin qabul qilingan dozaning 1-15,4 % (o'rtacha hisobda 5,4%) dutasterid ko'rinishida axlat bilan chiqariladi. Qolgan qismi har biri 39%, 21%, 7% va 7% miqdorda preparat bilan bog'langan materialdan iborat to'rtta asosiy metabolit va oltita ikkinchi darajali metabolit (har biri 5% dan kam) ko'rinishida axlat bilan chiqariladi.

O'zgarmagan dutasteridning faqat juda oz miqdori (dozaning 0,1% kamrog'i) odam siydigida aniqlanadi.

Past zardobdagi kontsentratsiyalarda (3 ng/l dan kamroq) dutasterid kontsentratsiyaga bog'liq bo'lgan va bog'liq bo'lmagan yo'llar orqali tezda chiqariladi. 5 mg yoki undan kam bir martalik dozalar qo'llanganda jadal klirens va yarim chiqarilishning uch kundan to'qqiz kungacha bo'lgan qisqa davri kuzatilgan.

3 ng/ml dan yuqori bo'lgan zardobdagi kontsentratsiyalarda dutasterid sekin (0,35-0,58 l/soat), asosan chiqarilishning proportsional to'yinmagan jarayoni orqali uch-besh haftaga teng bo'lgan yakuniy davr mobaynida chiqariladi. Davolash kontsentratsiyalarida dudasterid yarim chiqarilishining yakuniy davri uch-besh haftani tashkil qilib, sutkasiga 0,5 mg li dozalar takroran qabul qilinganidan keyin ko'proq sekin kechadigan klirens kuzatiladi. Umumiy klirens chiziqli va kontsentratsiyaga bog'liq bo'lmagan tavsifga ega bo'ladi. Preparat davolash to'xtatilganidan keyin to'rt-olti oygacha qon zardobida (0,1 ng/ml dan yuqori kontsentratsiyalarda) aniqlanadi.

Tamsulozin

Tamsulozinning yarim chiqarilish davri 5-7 soatni tashkil etadi. Uning taxminan 10% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.

Patsientlarning alohida guruhlari

Patsientlarning maxsus guruhlarida dutasterid-tamsulozin uchun farmakokinetik tadqiqotlar o'tkazilmagan. Quyida keltirilgan holatlar patsientlarning maxsus guruhlari bo'yicha hozirgi kunda mavjud bo'lgan ma'lumotlarni aks ettiradi.

Keksa yoshdagi patsientlar

Dutasterid

Dutasteridning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi dutasteridning 5 mg li bir martalik dozasi qabul qilinganidan keyin 24 yoshdan 87 yoshgacha bo'lgan sog'lom erkaklarda o'rganilgan. Turli yosh guruhlarida AUC va Cmax parametrlari bo'yicha statistik jihatdan sezilarli farqlanishlar aniqlanmagan. 50-69 yoshdagi patsientlar guruhi va 70 yoshdan katta patsientlar guruhi bilan taqqoslanganda PBXG bo'lgan ko'pchilik erkaklar yoshini ifodalovchi yarim chiqarilish davrining qiymatlari statistik jihatdan farqlanmagan. Preparatning DGT darajasini pasayishiga ta'siri yuzasidan turli yosh guruhlari o'rtasida farqlar kuzatilmagan. Tadqiqotlar natijalari yoshga bog'liq holda dutasterid dozasiga tuzatish kiritish zarurati mavjud emasligini ko'rsatadi.

Tamsulozin

AUC ko'rsatkichi va yarim chiqarilish davrini taqqoslash bo'yicha kesishgan tadqiqotlarda tamsulozin gidroxloridining farmakokinetik taqsimlanishi yosh, sog'lom ko'ngilli erkaklarga nisbatan keksa erkaklarda sekinlashishi mumkinligi ko'rsatildi. Klirens tamsulozin gidroxloridini AKG bilan bog'lanishiga bog'liq bo'lmaydi, ammo yosh o'tgan sari kamayib borib, 20-32 yoshdagi patsientlar bilan taqqoslanganda 55-75 yoshdagi patsientlarda AUC ko'rsatkichini 40% ga oshishiga olib keladi.
Buyrak funktsiyasining buzilishi bo'lgan patsientlar

Dutasterid

Buyrak funktsiyasini buzilishining dutasterid farmakokinetikasiga ta'siri o'rganilmagan. Biroq, odamda dutasteridning sutkada 0,5 mg li dozasida muvozanat kontsentratsiyasining 0,1% dan kamrog'i siydik bilan chiqariladi, demak buyrak funktsiyasini buzilishi bilan og'rigan patsientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Tamsulozin

Tamsulozin gidroxloridining farmakokinetikasi buyrak funktsiyasining yengil yoki mo''tadil darajada (30≤CLcr<70 ml/min/1,73m2), mo''tadil yoki og'ir darajada (10≤CLcr<30 ml/min/ 1,73m2) buzilishi bo'lgan patsientda va sog'lom odamda (CLcr>90ml/min/1,73m2) taqqoslangan. AKG bilan bog'lanishi buzilishi natijasida qon plazmasida tamsulozin gidroxloridining umumiy kontsentratsiyasi o'zgarishi kuzatilgan bo'lsada, tamsulozin gidroxloridining bog'lanmagan (faol) kontsentratsiyasi, shuningdek o'z klirensi nisbatan doimiy bo'lib qolgan. Demak, buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsientlarda kapsulalar shaklidagi tamsulozin gidroxloridi dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Lekin, buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida (CLcr< 10 ml/min/1,73m2) bo'lgan patsientlar bo'yicha tadqiqot o'tkazilmagan.

Jigar funktsiyasining buzilishi bo'lgan patsientlar

Dutasterid

Jigar funktsiyasi buzilishi dutasteridning farmakokinetikasiga ta'siri o'rganilmagan. Dutasterid jadal metabolizmga uchrashi tufayli, jigar funktsiyasining buzilishi bo'lgan patsientlarda uning ekspozitsiyasi yuqori bo'lishi mumkin.

Tamsulozin

Tamsulozin gidroxloridining farmakokinetikasi jigar funktsiyasining o'rtacha darajada (Сhayld-P'yu tasnifi bo'yicha A va B sinflari) buzilishi bo'lgan patsientda va sog'lom shaxsda taqqoslangan. AKG bilan bog'lanishi buzilishi natijasida qon plazmasida tamsulozin gidroxloridining umumiy kontsentratsiyasi o'zgarishi kuzatilgan bo'lsada, tamsulozin gidroxloridining bog'lanmagan (faol) kontsentratsiyasi jiddiy o'zgarmagan, faqat tamsulozin gidroxloridi klirensining mo''tadil darajada o'zgarishi (32%) kuzatilgan. Demak, jigar funktsiyasining mo''tadil buzilishi bo'lgan patsientlarda tamsulozin gidroxloridi dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Jigar funktsiyasining og'ir darajada buzilishi bilan og'rigan patsientlarda tamsulozin gidroxloridini qo'llanilishi o'rganilmagan.
Dori preparatini qabul qilish bilan bog'liq noxush reaktsiyalar a'zolar tizimi sinflari va uchrash tez-tezligi bo'yicha sanab o'tilgan. Uchrash tez-tezligi quyidagicha belgilanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) va juda kam hollarda (<1/10 000), jumladan alohida holatlar. 

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, mahalliy shish va angionevrotik shish.

Psixikaning buzilishi: juda kam hollarda – depressiv kayfiyat.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – alopetsiya (asosan tanadagi sochlarning to'kilishi ko'rinishida), gipertrixoz.

Jinsiy a'zolar va ko'krak bezi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – moyakdagi og'riq va moyakning shishib ketishi.

Tamsulozin bilan monoterapiya

Klinik tadqiqotlarda va qayd etilganidan keyingi ma'lumotlar

Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – yurak urib ketish hissi; 

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – qabziyat, diareya, qusish; 

Umumiy buzilishlar va kiritish joyidagi buzilishlar: tez-tez emas – asteniya; 

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh aylanishi; kam hollarda – xushdan ketish; 

Jinsiy a'zolar va ko'krak bezi tomonidan buzilishlar: tez-tez – eyakulyatsiyani buzilishi; juda kam hollarda – priapizm;
 
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – rinit; 
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – toshma, qichishish, eshakemi; kam hollarda – angionevrotik shish; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi;
 
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – postural gipotenziya. 

Postmarketing davrda ko'zning qurishgan rangdor pardasi intraoperatsion sindromi (KQRPIS), katarakta yuzasidan o'tkazilgan operatsiya vaqtida yuzaga keladigan tor qorachiq sindromi haqidagi xabarlar al'fa-1 blokatorlar, shu jumladan tamsulozin bilan davolashga bog'langan (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang).

Postmarketing tajribasi

Shuningdek tamsulozinni qo'llash bilan bog'liq yurak oldi bo'lmachalarining fibrillyatsiyasi, aritmiya, taxikardiya, hansirash, burundan qon ketishi (epistaksis), ko'rishning xiralashishi, ko'rishga oid buzilishlar, ko'p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit va kserostomiya (og'izning qurishi) holatlari haqidagi xabarlar qayd etilgan.
Retsept bo'yicha.

Prostata bezi raki

Dutasterid qabul qilayotgan erkaklar prostata bezi raki xavfini baholash, jumladan PSA kontsentratsiyasini aniqlash uchun muntazam tekshiruvdan o'tishlari lozim.

Prostata-spetsifik antigen (PSA)

PSA kontsentratsiyasi prostata bezi rakiga nisbatan muhim skrining komponenti hisoblanadi. Olti oylik terapiyadan keyin dutasterid PSA ning o'rtacha zardobdagi kontsentratsiyalari taxminan 50% ga kamayishini keltirib chiqaradi.

Maksflo_D preparatini qabul qilayotgan patsientlar olti oylik davolanishdan keyin PSA ning yangi boshlang'ich kontsentratsiyasini aniqlashlari lozim. Shundan keyin PSA kontsentratsiyasini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi. Maksflo_ D preparati bilan davolanish davomida PSA minimal miqdorining istalgan tasdiqlangan ko'tarilishi prostata bezi raki mavjud ekanidan dalolat berishi yoki Maksflo_ D preparati bilan davolanish rejimiga rioya qilinmayotgani anglatishi mumkin bo'lib, va hattoki, ushbu ko'rsatkichlar I5AR qabul qilmayotgan erkaklar uchun normal ko'rsatkichlar chegarasida bo'lsada, jiddiy baholanishni talab qiladi. Dutasterid qabul qilayotgan patsientdagi PSA ko'rsatkichining interpretatsiyasi PSA ning avvalgi ko'rsatkichlari bilan taqqoslanishi zarur.

Maksflo_D preparati bilan davolanish yangi boshlang'ich kontsentratsiyasi belgilanganidan keyin PSA ko'rsatkichidan prostata bezi rakini tashxis qilishga yordam beruvchi vosita sifatida foydalanishga ta'sir qilmaydi.

Davolanish to'xtatilganidan keyin 6 oy o'tib PSA ning umumiy zardobdagi kontsentratsiyasi dastlabki ko'rsatkichga qaytadi.

Erkin va umumiy PSA o'rtasidagi nisbat duasterid ta'siri ostida ham doimiy bo'lib qoladi. Agar shifokorlar Maksflo_D preparati bilan davolanayotgan erkaklarda prostata bezi rakini aniqlash uchun erkin PSA foizidan foydalanishni ma'qul ko'rsalar, u holda ushbu ko'rsatkichning korrektsiyasi talab etilmaydi.

Prostata bezi rakini aniqlash bo'yicha pal'patsiya asosida amalga oshiriladigan rektal tadqiqot, shuningdek saraton tashxisini qo'yish bo'yicha boshqa usullar PBXG si bo'lgan patsientlarda Maksflo_ D preparati terapiyasidan oldin va keyinchalik, davriy ravishda bajarilishi lozim

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan noxush holatlar

Klinik tadqiqotda yurak yetishmovchiligining (asosan yurak yetishmovchiligi va dimlangan yurak yetishmovchiligidan iborat holatlarni mujassamlovchi majmuaviy atama) yuzaga kelish tezligi dutasterid va al'fa-adrenoblokator, asosan tamsulozin kombinatsiyasini qabul qilayotgan patsientlarda ushbu majmuani qabul qilmayotgan patsientlarga qaraganda yuqoriroq bo'lgan. Ushbu tadqiqotda yurak yetishmovchligining yuzaga kelish tez-tezligi past (≤ 1%) va tadqiqotlar o'rtasida o'zgaruvchan bo'lgan. Barcha tadqiqotlar ichida yurak-qon tomir tizimiga oid noxush holatlar yuzaga kelish tezligi bo'yicha disbalans kuzatilmagan. Dutasterid terapiyasi (monoterapiya yoki al'fa-adrenoblokator bilan majmua ko'rinishida) va yurak yetishmovchiligi o'rtasida sabab-oqibatli bog'lanish aniqlanmagan (Klinik tadqiqotlar bo'limiga qarang).

Ko'krak bezi raki

Klinik tadqiqotlarda va postregistratsion davrda dutasterid qabul qilayotgan erkaklarda ko'krak bezi raki haqida juda kam xabarlar qayd etilgan. 

Ushbu dori preparatini buyuradigan shifokorlar o'z patsientlarini ko'krak bezi to'qimasida paydo bo'ladigan har qanday o'zgarishlar, jumladan, tugunlar paydo bo'lishi yoki ko'krak uchidan ajralib chiqishlar kabi barcha o'zgarishlar haqida zudlik bilan ma'lumot berishlari to'g'risida ogohlantirishlari lozim.

Gipotenziya

Al'fa-1 adrenergik retseptorlarining har qanday blokatorlarini qo'llagandagi kabi tamsulozinni qo'llashda kam xollarda hushdan ketishlarga olib keluvchi ortostatik gipotenziya yuzaga kelishi mumkin.

Maksflo_ D bilan davolanishni boshlayotgan patsientlar ortostatik gipotenziyaning (bosh aylanishi, holsizlikning) birinchi belgilaridayoq simptomlar o'tib ketishiga qadar o'tirishlari yoki yotishlari zarurligi haqida ogohlantirishlari kerak.

Al'fa-adrenoblokatorlarni, shu jumladan tamsulozinni FDE5 ingibitorlari bilan birga qo'llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Al'fa-adrenoblokatorlar ham, FDE5 ingibitorlari ham qon tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar hisoblanadi va arterial bosimni pasaytirishi mumkin. Nazariy jihatdan ushbu ikki sinfga mansub bo'lgan preparatlarni birga qo'llanilishi simptomatik gipotenziyani keltirib chiqarishi mumkin (Dorilarning o'zaro ta'siri bo'limiga qarang).

Ko'zning qurishgan rangdor pardasi intraoperatsion sindromi

Ko'zning qurishgan rangdor pardasi intraoperatsion sindromi (KQRPIS, tor qorachiq sindromining varianti) al'fa-1 adrenergik retseptorlari blokatorlarini, shu jumladan tamsulozinni qabul qilgan ayrim patsientlarda katarakta yuzasidan o'tkazilgan operatsiyalarda kuzatilgan. KQRPIS operatsiya davomida yoki operatsiyadan keyingi davrda ko'rish a'zosi tomonidan asoratlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Ayrim holatlarda katarakta yuzasidan operatsiyaga qadar 1-2 hafta oldin tamsulozin qabul qilinishining to'xtatilishi foydali hisoblanadi, ammo katarakta yuzasidan operatsiyaga qadar tamsulozin terapiyasi to'xtatilishining foydaliligi va davomiyligi hali aniqlanmagan.

Shikastlangan kapsulalar

Dutasterid teri orqali so'riladi, shuning uchun ayollar va bolalar shikastlangan kapsulalar bilan kontakt qilishdan qochishlari kerak. Shikastlangan kapsulalarga teginib ketganda, kontakt joyini darhol suv va sovun bilan yuvib tashlash lozim (Maxsus ko'rsatmalar hamda Homiladorlik va laktatsiya bo'limlariga qarang)

SYP3A4 va CYP2D6 ingibitorlari

Tamsulozin gidroxloridi CYP3A4 izofermentining kuchli (masalan, ketokonazol) yoki kuchsizroq ingibitorlari, CYP2D6 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan, paroksetin) bilan birga qo'llanilganida tamsulozinning ekspozitsiyasi ortishi mumkin (Dorilarning o'zaro ta'siri bo'limiga qarang). Shuning uchun tamsulozin gidroxloridini CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorini qabul qilayotgan patsientlarga qo'llash tavsiya etilmaydi, va uni CYP3A4 izofermentining o'rtacha ingibitorini (masalan, eritromitsinni), CYP2D6 izofermentining kuchli yoki o'rtacha ingibitorini, har ikkala CYP3A4 va CYP2D6 ingibitorlari majmuasini qabul qilayotgan patsientlarda yoki bor ma'lumotlarga ko'ra CYP2D6 izofermentining metabolizmi sekinlashgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Jigar funktsiyasining buzilishi

Jigar funktsiyasi buzilishining dutasterid farmakokinetikasiga ta'siri o'rganilmagan. Dutasterid jadal metabolizmga uchrashi va yarim chiqarilish davriga uch haftadan besh haftagachani tashkil etishi tufayli, Maksflo_ Dani jigar kasalliklari bilan og'rigan patsientlarda qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (Qo'llash usuli va dozalari va Farmakokinetika bo'limlariga qarang).

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi

Maksflo_ D preparatining homiladorlik, ko'krak bilan emizish va fertillikka bo'lgan ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Quyida bayon etilgan holatlar alohida komponentlar uchun aniqlangan ma'lumotlarni aks ettiradi.

Fertillik

Dutasterid

Ayrim patsientlarning fertilligi uchun sperma ko'rsatkichlariga dutasterid ta'sirining klinik ahamiyati ma'lum emas.

Tamsulozin

Tamsulozin gidroxloridining spermatozoidlar soniga va spermaning funktsional ko'rsatkichlariga ta'siri baholanmagan.

Homiladorlik

Maksflo_ D ni ayollarda qo'llash mumkin emas.

Laktatsiya davri

Maksflo_ D ni ayollarda qo'llash mumkin emas.

Dutasterid yoki tamsulozin ko'krak suti orqali chiqarilishi ma'lum emas.

Mulohaza yuritish, harakatlanish yoki kognitiv ko'nikmalarni talab qiluvchi vazifalarni bajarish qobiliyati 

Maksflo_ D ni mulohaza yuritishni, harakatlanish yoki kognitiv ko'nikmalarni talab qiluvchi vazifalarni bajarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Biroq Maksflo_ D ni qabul qilish vaqtida bosh aylanishi kabi ortostatik gipotenziya bilan bog'liq simptomlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida patsientlarni xabardor qilish lozim.

Maksflo_D preparati prostata bezi o'lchamlarini kamaytirish, simptomlarini yengillashtirish, siyishni yaxshilash va siydikni o'tkir tutilishi (SO'T) xavfini kamaytirish yo'li bilan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini (PBXG) davolash va PBXG rivojlanishi profilaktikasi uchun, shuningdek prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi bilan bog'liq jarrohlik operatsiyalariga zarurat tug'ilganida qo'llaniladi.

Maksflo_D preparatini anamnezda dutasteridga, 5-al'fa-reduktazaning boshqa ingibitorlariga, tamsulozin gidroxloridiga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlik bo'lgan patsientlarga qo'llash mumkin emas.

Maksflo_D ni ayollar va bolalarda qo'llash mumkin emas (“Homiladorlik va laktatsiya davri” bo'limiga qarang).

Dutasterid

Metabolizmni o'rganishga doir in vitro sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlarda odamdagi dutasteridning metabolizmi odam P450 tsitoxromi tizimidagi CYP3A4 izofermenti ta'siri ostida yuz berishi ko'rsatilgan. Demak, qondagi dutasteridning kontsentratsiyasi CYP3A4 ingibitorlari ishtirokida oshib borishi mumkin.

Tadqiqotlarda olingan ma'lumotlar dutasterid CYP3A4 ingibitorlari verapamil (37%) va diltiazem (44%) bilan bir vaqtda qo'llanilganida dutasteridning klirensi pasayishini ko'rsatdi. Shu bilan birga, preparat amlodipin, kal'tsiy kanallarining boshqa antagonisti bilan bir vaqtda qo'llanilganida preparatning klirensi kamayishi aniqlanmagan. CYP3A4 ingibitorlari ishtirokida dutasterid klirensini pasayishi va ekspozitsiyasining mos ravishda oshishi dutasterid xavfsizligining keng chegaralari sababli klinik ahamiyatga ega bo'lishi qiyin (patsientlar olti oygacha bo'lgan davr davomida tavsiya etiladigan dozadan 10 martadan ortiq dozalarni qabul qilgan), shu sababdan, dozaga tuzatish kiritish zarurati yo'q.

In vitro sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlarda, dutasterid odam P450 tsitoxromi CYP1A2, CYP2A6, CYP2E1, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP2B6 va CYP2D6 izofermentlari bilan metabolizmga uchramaydi.

Dutasterid odam dori preparatlarining metabolizmida in vitro sharoitida ishtirok etuvchi P450 tsitoxromi fermentlarini ingibitsiya qilinmaydi.

In vitro sharoitidagi tadqiqotlarda dutasterid plazma oqsillari bilan bog'lanishdan varfarin, atsenokumarol, fenprokumon, diazepam yoki fenitoinni siqib chiqarmasligi va, aksincha, ushbu moddalar ham dutasteridni siqib chiqarmasligi ko'rsatilgan. Odamda dorilarning o'zaro ta'siri mumkinligi tamsulozin, terazozin, varfarin, digoksin va xolestiramin kabi preparatlar bilan sinalgan bo'lib, klinik ahamiyatga ega farmakokinetik yoki farmakodinamik o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan.

Klinik tadqiqotlarda dutasteridni lipidlar darajasini pasaytiruvchi preparatlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) blokatorlari, beta-adrenoblokatorlari, kal'tsiy kanallari blokatorlari, kortikosteroidlar, diuretiklar, nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita (NYaQV), v tipdagi fosfodiesteraza ingibitorlari va xinolonli antibiotiklar bilan birga qabul qilinganida klinik ahamiyatga ega noxush o'zaro ta'sirlar kuzatilmagan.

Tamsulozin

Tamsulozin gidroxloridini arterial bosimni pasaytiradigan preparatlar, shu jumladan og'riqsizlantiruvchi preparatlar, PDE5 ingibitorlari va boshqa al'fa-1 adrenoblokatorlar bilan birga qo'llanilganida gipotenziv ta'sir kuchayishining xavfi nazariy jihatdan mavjud. Maksflo_D preparatini boshqa al'fa-1 adrenoblokatorlar bilan majmuamada qo'llashga yo'l qo'yilmaydi.

Tamsulozin gidroxloridining ketokonazol (CYP3A4 ning kuchli ingibitori) bilan birga qo'llanilishi tamsulozin gidroxloridi Cmax va AUC qiymatlarini muvofiq ravishda 2,2 va 2,8 marta oshishiga olib kelgan. Tamsulozin gidroxloridini paroksetin (CYP2D6 ning kuchli ingibitori) bilan birga qo'llanilishi tamsulozin gidroxloridi Cmax va AUC qiymatlarini muvofiq ravishda 1,3 va 1,6 marta oshishiga olib kelgan. CYP3A4 ning kuchli ingibitori birga qo'llanilganida jadallashtirilgan metabolizmli shaxslarga nisbatan CYP2D6 sekinlashtirilgan metabolizmli shaxslarda ekspozitsiyaning shunga o'xshash ortishi kutiladi. CYP3A4 va CYP2D6 ingibitorlarini tamsulozin gidroxoridi bilan birga qo'llanilishining ushbu ta'sirlari klinik jihatdan baholanmagan, biroq tamsulozin ekspozitsiyasining sezilarli darajada oshishining ehtimoli mavjud (Maxsus ko'rsatmalar bo'limiga qarang).

Tamsulozin gidroxloridi (0,4 mg) va tsimetidinni (olti kun davomida har olti soatda 400 mg) bir vaqtda qo'llanilishi tamsulozin gidroxloridi klirensini (26% ga) kamayishini va AUC (egri chiziq ostidagi maydonni) (44% ga oshishiga) olib kelgan. tsimetidin bilan majmuada qo'llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Varfarin va tamsulozin gidroxloridi bir vaqtda qo'llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Tamsulozinni (etti kun davomida 0,4 mg, so'ngra yetti kun davomida 0,8 mg) atenolol, enalapril yoki nifedipin bilan birga uch oy davomida qabul qilingan holda o'tkazilgan tadqiqotda o'zaro ta'sir aniqlanmagan, demak, ushbu preparatlarni Maksflo_ D preparati bilan birga foydalanilganida dozaga tuzatish kiritish zarurati yo'q.

Tamsulozin gidroxloridini (ikki kun davomida sutkada 0,4 mg, so'ngra 5-8 kun davomida sutkada 0,8 mg) va teofillinni (5 mg/kg) bir martalik dozasini bir vaqtda qo'llanilishi teofillin farmakokinetikasi o'zgarishiga olib kelmagan, demak, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Tamsulozin gidroxloridini (sutkada 0,8 mg) va furosemidni (20 mg) bir martalik dozasini bir vaqtda qo'llanilishi tamsulozin gidroxloridining Cmax va AUC qiymatlarini 11% dan 12% gacha pasayishiga olib kelgan, biroq ushbu o'zgarishlar klinik jihatdan ahamiyatli emasligi kutiladi va dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 30°C dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llash mumkin emas.

To'q moviy tiniq bo'lmagan qalpoqchasi va och moviy tiniq bo'lmagan korpusli, oq yoki deyarli rangli pelletlar hamda och sariq rangli dutasterid saqlovchi yumshoq jelatin kapsulalardan iborat bo'lgan qattiq jelatin kapsulalar. 

Katta yoshdagi (shu jumladan keksa yoshdagi) erkaklar

Maksflo_D ning tavsiya etilgan dozasi har kuni va bir vaqtda ovqatlanishdan keyin taxminan 30 minut o'tgach ichga qabul qilinadigan bitta kapsuladan (0,5 mg/0,4 mg) iborat (“Farmakokinetika” bo'limiga qarang).

Kapsulalarni chaynamasdan va ochmasdan butunligicha yutish lozim. Qattiq kapsula ichidagi dutasterid bilan kontakt og'iz-halqum shilliq qavatlarining yallig'lanishini keltirib chiqarishi mumkin.

Buyrak funktsiyasining buzilishi bilan og'rigan patsientlar

Buyrak funktsiyasi buzilishining Maksflo_D farmakokinetikasiga ta'siri o'rganilmagan. Biroq, buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsientlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati nazarda tutilmagan (“Farmakokinetika” bo'limiga qarang).

Jigar funktsiyasining buzilishi bilan og'rigan patsientlar 

Jigar funktsiyasi buzilishining Maksflo_D farmakokinetikasiga ta'siri o'rganilmagan (“Maxsus ko'rsatmalar” va “Farmakokinetika” bo'limlariga qarang).

Qo'llash va ishlatish bo'yicha tavsiyalar

Dutasterid teri orqali so'riladi, shuning uchun ayollar va bolalar shikastlangan kapsulalar bilan kontakt qilishdan qochishlari kerak. Shikastlangan kapsulalarga teginib ketganda, kontakt joyini darhol suv va sovun bilan yuvib tashlash lozim (“Maxsus ko'rsatmalar” hamda “Homiladorlik va laktatsiya” bo'limlariga qarang).

Maksflo_ D dozasini oshirib yuborilishiga oid ma'lumotlar mavjud emas. Quyida keltirilgan holatlar alohida komponentlar uchun aniqlangan ma'lumotlarni aks ettiradi.

Dutasterid

Simptomlari va belgilari:

Klinik tadqiqotlarda patsientlar dutasteridni 0,5 mg li terapevtik dozada kuzatilgan ta'sirlar bilan taqqoslanganda qo'shimcha noxush samaralar paydo bo'lmagan holda sutkasiga 5 mg dozada olti oy davomida qabul qilganlar.

Davolash:

Dutasterid uchun spetsifik antidot mavjud emas, demak, doza oshirib yuborilgani yuzasidan shubha tug'ilganida zaruratga qarab simptomatik va tutib turuvchi terapiya o'tkazilishi lozim.

Tamsulozin

Tamsulozin gidroxloridi dozasi oshirib yuborilishi oqibatida o'tkir gipotenziya rivojlangan taqdirda yurak-qon tomiri tizimi funktsiyasini tutib turuv terapisiyani ta'minlash lozim. Agar patsient yotgan holatga keltirilsa, arterial bosimni tiklashga va yurak qisqarishi tezligini normal holga keltirishga erishish mumkin. Agar bu yetarli bo'lmasa, aylanib yuruvchi suyuqlik hajmini ko'paytirish uchun vositalarni va, zarurat bo'lganida, vazopressorlarni kiritish lozim. Buyraklar funktsiyasini nazorat qilish va zarurat bo'lganida tutib turuvchi terapiyani o'tkazish kerak. Laboratoriya tahlillarining natijalari tamsulozin gidroxloridi oqsillar bilan 94-99% ga bog'langanligini ko'rsatadi, demak, organizmdan tamsulozinni chiqarib tashlash uchun dializ o'tkazilishi foydali bo'lish ehtimoli kam.

Maksflo_ D ni ayollarda qo'llash mumkin emas.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAKSFLO_ D kapsulalar 0.5/0.4mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAKSFLO_ D kapsulalar 0.5/0.4mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAKSFLO_ D kapsulalar 0.5/0.4mg N30 dori vositasi CCL Pharmaceuticals (Pvt.) Limited tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAKSFLO_ D kapsulalar 0.5/0.4mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAKSFLO_ D kapsulalar 0.5/0.4mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
DUODART kapsulalar 0,5mg/0,4mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Dutasterid, Tamsulozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: Catalent Germany Schorndorf GmbH
Narh: 251 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9