×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Buyuk Britaniya
Faol modda:
Левокарнитин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ltd
ATX kodi:
- A16AA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 193 ta dorixonasida topildi

ico 156 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 230 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 170 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

146 800 s`om dan
KALKOR tabletkalari N30 Unicure (India) Pvt. Ltd. Hindiston
MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Drug Offer Pharm, ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METAKARTIN

METACARTIN

Preparatning savdo nomi: Metakartin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levokarnitin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ampula eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1,0 g levokarnitin;

yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: A16AA01

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Metakartin – metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi preparat.

Levokarnitin – V guruh vitaminlariga yaqin bo‘lgan tabiiy vositadir. Preparat yog‘ kislotalarini hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyalarga tashuvchi sifatida moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, u yerda ushbu kislotalar β-oksidlanish jarayoniga uchrab, katta miqdorda energiya (ATF holida) hosil qiladi. Levokarnitin koenzim A ni ozod qilib, metabolitlarni Krebs sikliga kirishishini kuchaytiradi. Shu mexanizm orqali levokarnitin skelet mushaklarida piruvatdegidrogenazaning faolligini va turli bog‘larga ega bo‘lgan aminokislotalarni oksidlanishini rag‘batlantiradi. Preparat oqsil va yog‘ almashinuvini normallashtiradi, qonning ishqoriy zahirasini tiklaydi, ketokislotalarni hosil bo‘lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktasidozning darajasini kamaytiradi, shuningdek harakat faolligini oshiradi va jismoniy harakatlarning o‘zlashtirilishini oshiradi, bunda glikogenni kam sarflanishiga va jigarda uning zahirasini oshishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Levokarnitin plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi, organizmning barcha to‘qimalariga o‘tadi, eng yuqori konsentrasiyalari skelet mushaklari va miokardda hosil bo‘ladi. Yarim chiqarilish davri 17,4 soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali (24 soat davomida 76%) chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligi;
  • buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi bo‘lgan, gemodializdagi pasientlarda karnitin tanqisligi;
  • YUIK (o‘tkir miokard infarkti, miokard infarktidan keyingi holatlar, kardiogen shokdagi gipoperfuziya) fonida miokardning metabolizmini buzilishlari;
  • sitostatiklar qo‘llanganida kardiotoksiklikni oldini olish uchun;
  • ishtahani va ovqatlanish reflekslarini pasayishi, tana vaznini kamayishi, kattalar va bolalarni ozib ketishi (nevrogen anoreksiya, ruhiy kasalliklar, dissirkulyator va travmatik ensefalopatiya; me‘daning sekretor faoliyatini pasayishi bilan kechuvchi surunkali gastrit, me‘da osti bezini tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligi bilan kechuvchi surunkali pankreatit; og‘ir kasalliklar va jarrohlik aralashuvlaridan keyingi rekonvalessensiya davri; chala tug‘ilgan chaqaloqlar, tug‘ruq jarohatlari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi respirator distress sindrom; bolalarda valproat kislotasini qabul qilish fonida rivojlanadigan Reye sindromiga o‘xshash sindromlar kompleksi (gipoglikemiya, gipoketonemiya, koma); bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda tana vaznini yetishmasligi va o‘sishdan orqada qolish) bilan kechuvchi holatlar va kasalliklar;
  • bolalar va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda tireotoksikozning yengil shakli;
  • teri kasalliklarida (psoriaz, seboreyali ekzema, o‘choqli sklerodermiya va diskoidli qizil yugurik) majmuaviy davolash tarkibida;
  • bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlari;
  • davomli jadal kechuvchi jismoniy mashqlar yoki boshqa harakatlarni oshishida (anabolik va adaptogen sifatida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Metakartin in‘eksiya uchun eritma vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

Kasallikning og‘irligiga qarab Metakartin vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi, keyinchalik peroral qabul qilishga o‘tiladi.

Vena ichiga tomchilab yuborishdan oldin levokarnitinning 0,5-8 mg/ml konsentrasiyali eritmasini olish uchun preparat 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki Ringer laktat eritmasida eritiladi. Preparatni vena ichiga asta-sekin 2-3 minut davomida yuborish kerak.

Mushak ichiga preparat suyultirilmagan holatda yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat sutkada 2-6 g dozada buyuriladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga preparat sutkada 50-100 mg/kg dozada buyuriladi, ammo sutkada 3 g dan oshmasin.

Metakartin preparatini tavsiya etilgan dozasi 50 kg tana vazniga 1 g ni tashkil etadi, sutkada 2-3 marta qabul qilinadi. Metakartin preparatining boshlang‘ich dozasi kattalar uchun sutkada 1 g va bolalar uchun 50 mg/kg ni tashkil etadi. Keyinchalik dozasi preparatni o‘zlashtirilishi va davolashga nisbatan javob reaksiyasiga qarab, shuningdek davolanish vaqtidagi jismoniy yuklamalarni hisobga olib, asta-sekin oshirilishi mumkin.

Birlamchi karnitin tanqisligida sutkalik dozasi rivojlanish nuqsoniga bog‘liq va o‘tkir dekompensasiyada sutkada 100 mg gacha bo‘lgan dozani tashkil etishi mumkin 4 yoki undan ortiq marta yuboriladi. Standart sutkalik doza – tana vazniga 50 mg/kg ni tashkil etadi vena ichiga 3-4 marta yuboriladi.

Ikkilamchi karnitin tanqisligida sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg tashkil etadi vena ichiga sekin in‘eksiya yoki infuziya ko‘rinishida yuboriladi.

Gemodializdagi pasientlarda karnitin tanqisligida boshlang‘ich doza tana vazniga 10-20 mg/kg tashkil etadi, gemodializ seansidan keyin vena ichiga sekin in‘eksiya ko‘rinishida yuboriladi. Metakarnitinni vena ichiga buyurish mushaklarda karnitin zahirasini tiklash uchun kamida 3 oy davomida davom ettirish kerak. takroran buyurish zaruriyati karnitinning plazmadagi darajasini nazorat qilish (muntazam intervallar oralig‘ida) va pasientning ahvolini monitoring o‘tkazish asosida aniqlanadi.

O‘tkir miokard infarktida preparatning sutkalik dozasi tana vazniga 100-200 mg/kg tashkil etadi va vena ichiga 4 marta sekin in‘eksiya yoki birinchi 48 soat davomida vena ichiga uzluksiz infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Keyinchalik mushak ichiga yuborishga o‘tish mumkin va pasient kardiologik bo‘limda davolanishini oxirigacha dozasini 2 martaga pasaytirish kerak.

Kardiogen shokda vena ichiga yuborish ushbu holatdan chiqqunicha davom ettirish kerak.

Infarktdan keyingi davrda va kardiomiopatiyalarda Metakartin vena ichiga yoki mushak ichiga 0,5-1 g dan sutkada 1-2 marta buyuriladi.

Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida birinchi 3 kunda vena ichiga yoki mushak ichiga tana vazniga 10-14 mg/kg dan, keyingi kunlar – tana vazniga 7 mg/kg dan yuboriladi. Umumiy davolash kursi 7-10 kunni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida 10-12 kundan keyin vena ichiga yoki mushak ichiga tana vazniga 7 mg/kg dan 3-5 kun davomida takroriy davolash kursi o‘tkaziladi.

Bosh miyada qon aylanishini surunkali buzilishlarida, bosh miyani tomirli, toksik va travmatik genezli shikastlanishlarida preparat sutkada 0,5-1 g dan 3-5 kun davomida yuboriladi. Zarurat bo‘lganida 12-14 kundan keyin takroriy davolash kursi buyuriladi.

Kattalarga asabiylashish oqibatidagi anoreksiya sindromida, shuningdek o‘tkazilgan kasalliklar va jarrohlik aralashuvlaridan keyingi tiklanish davrida preparat 2 g dan sutkada 2 marta buyuriladi, davolash davomiyligi 1-2 oyni tashkil etadi.

Davomli jismoniy harakatlarda 1-2 g dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

Me‘daning sekretor faoliyati pasayishi bilan kechuvchi surunkali gastrit va me‘da osti bezining tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligi bilan kechuvchi surunkali pankreatiti bo‘lgan pasientlarda ishtahani qo‘zg‘atish va tana vaznini oshirish uchun preparat 500 mg bir martalik dozada sutkada 2 marta buyuriladi, davolash davomiyligi 1-1,5 oyni tashkil etadi.

Teri kasalliklarini davolashda preparat 1 g dan sutkada 2 marta buyuriladi, davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil etadi.

O‘sishdan orqada qolganda va gipertireozda bir martalik dozasi 250 mg ni tashkil etadi, sutkada 2-3 marta 20 kun davomida qabul qilinadi. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan so‘ng takrorlanadi yoki 3 oy davomida uzluksiz qo‘llanadi.

Davolash davomiyligi 1 dan 12 oygacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida butun hayoti davomida davolanish mumkin. Monitoring qonning biokimyoviy tahlilini vaqti-vaqti bilan o‘tkazish, organizmning hayotiy muhim a‘zolari faoliyatining ko‘rsatkichlarini baholash, plazmada karnitinning konsentrasiyasini aniqlash va pasientning umumiy klinik holatini baholashdan iborat bo‘lishi kerak. Preparatning adekvat dozasini aniqlash uchun plazmada va siydikda erkin va asillangan levokarnitinning konsentrasiyasini o‘lchab, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Plazmada karnitinning konsentrasiyasi 35-60 mkmol/l ni tashkil etadi. Plazmada asillangan va erkin levokarnitinning nisbati normada 0,35 ni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘tkinchi ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilgan. Kamroq kuzatiladigan noxush reaksiyalar – tanadan o‘ziga xos hidni kelishi va gastrit. Anamnezida tirishish sindromi bo‘lgan pasientlarda tirishishlarni paydo bo‘lishi yoki ularning sonini ortishi kuzatilgan. Vena ichiga tez (minutiga 80 tomchi va undan ko‘p) yuborilganida vena qon-tomirlari bo‘ylab og‘riq paydo bo‘lishi mumkin, yuborish tezligi sekinlashtirilganida o‘tib ketadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganida lipoat kislotasi va anaboliklar levokarnitinning samarasini kuchaytiradilar.

Bir vaqtda qo‘llanganida glyukokortikosteroidlar to‘qimalarda (jigardan tashqari) levokarnitinni to‘planishiga yordam beradilar.

Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) oshishi xaqida xabar berilgan. Varfarin bilan davolanayotgan pasientlarda, levokarnitin bilan davolash boshlanganidan so‘ng yoki dozasiga tuzatish kiritilganidan so‘ng XNN nazorat qilish tavsiya etiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga Metakartin preparatini buyurish glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi natijasida gipoglikemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, preparatni qo‘llash vaqtida qonda glyukozaning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish va zarurat bo‘lganida gipoglikemik preparatlar va insulinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

 

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Homilador ayollar ishtirokida o‘tkazilgan adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar yo‘q. Homiladorlikda ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina Metakartin preparatini qo‘llash mumkin. .

Laktasiya

Emizikli ayollarda levokarnitinni qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Emizishni to‘xtatish yoki levokarnitin bilan davolashni bekor qilish xaqidagi masalani hal qilishda ona uchun davolashdan kutiladigan foyda va emadigan bola uchun potensial havfni e‘tiborga olish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Metakartin avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Levokarnitinning dozasi oshirib yuborilganida organizmni zaharlanishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Levokarnitin dializ yordamida qon plazmasidan oson chiqariladi.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 10 ml dan to‘q rangli shisha ampulalarda. 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10 dori vositasi World Medicine Ltd tomonidan Buyuk Britaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
METAKARTIN eritma 2000mg/10ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KAROVEL eritmasi 5 ml 1 g / 5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş., Турция произведено: İdol İlaç Dolum San. ve Tic. A.Ş.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
VIVOKARNIT tabletkalari 500 mg N20
ELVOKARIN eritma 5ml N5
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N5
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N10
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5
ALMIBA sirop 120ml 400mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Miquel Y Garriga S.L.
  • Vakil: Grand Medical Group AG
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N10
ZEVRITIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
ZEVRITIN NEO eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
Narh: 107 000 so'mdan Batafsil
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
KARTAN inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/1 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 101 800 so'mdan Batafsil
KARTAN eritma dlya priema vnutr 10ml 1g/10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 115 900 so'mdan Batafsil
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 100ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 10ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
ELKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик-Фарма, ООО произведено Эллара,ООО
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
IZIKAR eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ALMIBA inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/5 ml N5
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Makcur Laboratories Ltd., Индия для Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 91 700 so'mdan Batafsil
METAKARTIN eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd
  • Vakil:
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
LEVOKAR eritma 50ml 1000mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 61 000 so'mdan Batafsil
KARNILEV eritma dlya priema vnutr 1g N10
Narh: 146 800 so'mdan Batafsil
KARNILEV inyeksiya uchun eritma 1g N5
Narh: 116 500 so'mdan Batafsil
L VIAVA eritma dlya priema vnutr 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MUSKOMED kapsulalar 8mg N20
NOZEYLIN NS sprey 15ml N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BROVENSIN sirop 100ml
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg
METAKARTIN eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd
  • Vakil:
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9