×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20

Kategoriya:
- Ovqat hazm qilish
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Панкреатин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Берлин-Фарма ЗАО
ATX kodi:
- A09AA02 Полиферментные препараты (в т.ч. липаза, протеаза)
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 78 ta dorixonasida topildi

ico 18 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 50 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 18 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 Berlin Chemie AG (Menarini Group) Germaniya
18 000 s`om dan
KREON kapsulalar 150mg 10000YeD N20 Abbott Laboratories GmbH Germaniya
50 000 s`om dan
FESTAL draje 200mg N20 Санофи Индия Лимитед Hindiston
52 000 s`om dan
KREAZIM kapsulalar 10000ed N20 Nika Pharm, ООО для Neville Servis, ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

MEZIM® FORTE

3500 TB Ph.Eur. lipaza

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Ta‘sir etuvchi modda: pankreatin

Ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval ilova-varaqani to‘liq diqqat bilan o‘qib chiqing, unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi.

Preparatni doimo ilova varaqada keltirilgan ko‘rsamalarga qat‘iy rioya qilgan holda, yoki davolovchi shifokoringiz yoki dorixona xodimini ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak.

·           Bu ilova-varaqani tashlab yubormang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

·           Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslaxat kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslaxatlashing.

·           Agar Sizda biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmaganlariga  ham tegishli. 4-bo‘limga qarang.

·           Agar Sizda simptomlarning chuqurlashishi yoki 7-14 kun o‘tgach yaxshilanish bo‘lmasa shifokorga murojaat qiling.

Ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Mezim® forte preparati va uni buyurilishi
  2. Mezim® forte preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Mezim® forteni qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
  5. Mezim® forteni qanday saqlash kerak
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

 

  1. Mezim® forte preparati va uni buyurilishi

Mezim® forte preparati o‘zi nima

Mezim® forte ta‘sir etuvchi moddasi pankreatin bo‘lgan dori preparati hisoblanadi.

Mezim® forte nima uchun qo‘llaniladi

  • Mezim® forte me‘da osti bezida ovqat hazm qilishni buzilishi bilan birga kechuvchi ovqat hazm qiluvchi fermentlarning hosil bo‘lishini buzilishida qo‘llanadi. Bunday buzilishlar, masalan, surunkali pankreatit yoki mukovissidoz bilan chaqirilishi mumkin, ular o‘z navbatida ozuqa moddalarining o‘zlashtirilishini yomonlashishiga olib keladi;
  • qorin dam bo‘lganida (meteorizm va gastrokardial sindromi), xususan, me‘da va ichakdagi operasiyalardan keyin;
  • ovqat massalarini funksional xarakterli ichakdan o‘tishini tezlashishida (yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, infeksion tabiatli ichak kasalliklari);
  • jigar/o‘t qopi tomonidan buzilishlar;
  • ishtahani yo‘qolishi, kekirish, qusish va diareya (dispepsiya) bilan kechuvchi ovqat hazm qilishni buzilishlarida,
  • qiyin hazm bo‘luvchi sabzavotlar, yog‘li va odatdagi bo‘lmagan ovqatlar bir vaqtda iste‘mol qilinganida.
  • Mezim® forteni, shuningdek ovqat hazm bo‘lishini buzilishi natijasidagi qorinni dam bo‘lishida (meteorizm), diagnostik tadbirlarni (rentgenografiya, ultratovush tekshirishlari) o‘tkazishdan oldin ichakdan gazlarni yo‘qotish uchun ishlatish mumkin.

 

  1. Mezim® forte preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak

Mezim® forteni qabul qilmang

  • agar Sizda pankreatinga, azorubin laki (Ye 122 bo‘yovchisi) yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga (6 bo‘limda sanab o‘tilgan) yuqori sezuvchanlik bo‘lsa
  • agar Sizda me‘da osti bezining yallig‘lanishi yoki surunkali yallig‘lanishning zo‘rayish bosqichi bo‘lsa. Shunga qaramasdan, zo‘rayish boskichining so‘nish fazasida parhez kengaytirilganda (engil ovqat), agar ovqat hazm bo‘lishini buzilishlari saqlanib qolsa, vaqti-vaqti bilan buyurish mumkin .

 

Mezim® forteni qabul qilishdagi ehtiyotkorlik choralari

Mezim® forteni qo‘llashdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing

  • agar O‘zingizda ichak tutilishini eslatuvchi simptomlarni (masalan, qorinda og‘riq, ichak peristaltikasini susayishi, ko‘ngil aynishi, qusish) sezsangiz.

Mukovissidozli bemorlarda ichak tutilishi shaklidagi asoratlar tez-tez kuzatiladi.

  • Ushbu preparatda faol fermentlar saqlanadi, ular og‘iz bo‘shlig‘ida ajralib chiqib, masalan chaynash oqibatida, shilliq qavatni shikastlashi (masalan, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida yara paydo qilishi) mumkin. Shuning uchun Mezim® forteni butunligicha yutish kerak.

 

Boshqa dorilar va Mezim® forte

Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan bo‘lsa, shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.

Pankreatin saqlovchi preparatlarni qabul qilish, organizmda folat kislotasining so‘rilishini yomonlashtirishi mumkin, natijada folat kislotasini qo‘shimcha qabul qilish talab qilinishi mumkin.

Akarboza va miglitolning (peroral diabetga qarshi preparatlar) gipoglikemik samarasi, Mezim® forte bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayishi mumkin.

 

Homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorligingizni taxmin qilayotgan bo‘lsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Mezim® forteni homiladorlikda qo‘llash bo‘yicha yetarli tajribalar yo‘q. Homiladorlikka, homilani rivojlanishiga, tug‘ruq va postnatal rivojlanishga nisbatan hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlardan olingan ma‘lumotlar yetarli emas.

Preparatni qo‘llashda odamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf noma‘lum. Homiladorlikda va emizish davrida Mezim® forteni qo‘llash tavsiya etilmaydi, faqat davolovchi shifokor preparatni qo‘llash mutloq zarur degan qarorga kelgan holatlar bundan mustasno.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Mezim® forte transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta‘sir ko‘rsatadi.

Mezim® forte va azorubin

Preparat azorubin laki (Ye 122) bo‘yovchisi saqlaydi, u allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

 

Mezim® forteni qanday qabul qilish kerak

Dori vositasini ushbu ilova-varaqadagi ko‘rsatmaga qat‘iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar sizda shubhalar tug‘ilsa davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Dozalash:

Tavsiya etilgan doza:

Mezim® fortening 1-2 tabletkasi ovqat qabul qilish vaqtida (3500-7000 birlik lipaza bir ovqat qabul qilishga to‘g‘ri keladi)

Mezim® forte preparatining buyuriluvchi dozasi ovqat hazm qilishning buzilishini og‘irlik darajasiga bog‘liq va shaxsiy ravishda tanlanadi.

Zarur bo‘lgan hollarda preparatning ko‘rsatilgan dozasini oshirish mumkin.

Ovqatning turiga va ovqat hazm qilishning buzilishini aniqlangan yoki taxminiy og‘irlik darajasiga qarab, ovqat qabul qilish vaqtida yana plyonka qobiq bilan qoplangan 2-4 tabletkani qabul qilish kerak.

Fermentning sutkalik dozasi 1 kilogramm tana vazniga  15000-20000 TB lipazadan oshmasligi kerak.

Bolalarda va o‘smirlarda qo‘llanishi

Preparatni bolalar uchun dozalash masalasini shifokor hal qiladi.

Qo‘llash usuli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar yetarli miqdorda suyuqlik bilan birga butunligicha yutiladi. Tabletkalarni butunligicha yutilishini nazorat qiling, chunki Mezim® fortening samaradorligi tabletkalarni chaynash natijasida pasayadi, tarkibidagi fermentlar og‘iz bo‘shlig‘ida ajralib chiqishi natijasida esa og‘iz bo‘shlig‘i shikastlanishi mumkin. Bundan so‘ng yetarli miqdorda suyuqlik (suv yoki sharbat) ichish kerak.

Davolash davomiyligi

Preparatni uzoq vaqt davomida doimiy qabul qilish masalasini shifokor belgilaydi. Agar ahvol yaxshilanishi kuzatilmasa yoki yomonlashsa shifokoringizga murojaat qiling.

Bolalarda va o‘smirlarda qo‘llanishi

Preparatni bolalar uchun dozalash masalasini shifokor hal qiladi.

 

Agar Siz Mezim® fortening tavsiya qilingan dozasini oshirgan bo‘lsangiz

Mezim® forte preparatining tavsiya qilingan dozasiga qaraganda, yuqoriroq dozalarda qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Zararli oqibatlardan xavfsiramasa ham bo‘ladi.

 

Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozasining o‘rnini bosish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang, davolashni tavsiyalarga muvofiq davom ettiring.

 

Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni vaqtidan oldin to‘xtatgan bo‘lsangiz yoki davolashni to‘xtatsangiz, Sizda yana simptomlarni takrorlanishini sezishingiz mumkin. Shifokoringizga murojaat qiling.

Agar Sizda bu preparatni qo‘llash usuli bo‘yicha aniqlanmagan savollar qolgan bo‘lsa, dorixona xodimiga murojaat qiling.

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Barcha boshqa dori vositalari kabi Mezim® forte ham nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin, lekin ular hammada ham bo‘lmaydi.

Juda kam hollarda: 10000 pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin

  • Pankreatinni yuqori dozalarda qabul qilgan mukovissidozli pasientlarda (Mezim® fortening ta‘sir etuvchi moddasi), ichakning pastki bo‘limlarini torayish hollari ta‘riflangan.
  • Shuningdek pankreatin qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilgan (masalan, diareya, me‘dada diskomfort va ko‘ngil aynishi).
  • Pankreatin qabul qilinganidan keyin tezkor turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, teri toshmalari, aksirish, ko‘z yoshlanishi va bronxlar spazmi natijasida hansirash kabi) ta‘riflangan.

Tez-tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydigan):

  • Mukovissidozli pasientlarda, ayniqsa pankreatinni yuqori dozada qabul qilinganidan keyin siydik bilan siydik kislotasining chiqarilishi oshishi mumkin. Shuning uchun mukovissidozli bemorlarda davolashdan oldin, toshlarning paydo bo‘lishi xavfini kamaytirish uchun siydik kislotasining miqdorini aniqlash uchun siydik tahlilini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Azorubin laki (Ye122) allergik reaksiyalar paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar berish

Agar Siz o‘zingizda biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganini sezsangiz shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmaganlariga ham tegishli.

Siz shuningdek, V ilovada ko‘rsatilgan bevosita Milliy axborot tizimi orqali ham nojo‘ya ta‘sirlar yuzasidan xabar berishingiz mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlar yuzasidan xabar berib, Siz ushbu dori vositasini xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.

 

Mezim® forteni qanday saqlash kerak

Ushbu dori preparati bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Mezim® forte qutida ko‘rsatilgan “goden do:” yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga muvofiq keladi.

 

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Hech qanday dori preparatlarini kanalizasiya yoki mahalliy chiqindilarga tashlamang. Keraksiz dori preparatlarini utilizasiyasi masalalari bo‘yicha dorixona xodimiga murojaat qiling.

Bu choralar atrof-muhitni ximoya qilishga yordam beradi.

 

O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Mezim® forte quyidagilarni saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkada minimal faollikka ega bo‘lgan ta‘sir etuvchi modda pankreatin saqlaydi

lipaza                        3500 TB Ph.Eur.

amilaza                      4200 TB Ph.Eur.

proteaza                     250 TB Ph.Eur.

 

 

Yordamchi moddalar:

Yadrosi:

mikrokristall sellyuloza; kraxmalning natriyli glikolyati (A turi) tuzi; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; magniy stearati

Qobig‘i:

30% li poliakrilat dispersiyasi (quruq massa), gipromelloza, talk, simetikon emulsiyasi (quruq massa), makrogol 6000, azorubin laki (Ye 122), titan dioksidi (Ye171).

 

Mezim® forte preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramning ichidagisi

Mezim® forte pushti, yassi, silindr shaklli, deyarli yassi parallel yuzali va chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalardan tashkil topgan.

10, 20, 40, 80 va 100 tabletka o‘ramda chiqariladi.

Tabletkalarni o‘rami sifatida bukiladigan, bosib chiqariladigan karton quti qo‘llaniladi. Birlamchi o‘rami: OPA/alyuminiy/PVX va qattiq alyumindan tayyorlangan plyonkadan tashkil topgan blister, hamda PVX/PE/PVDX va qattiq alyumin folgadan tayyorlangan plyonkadan tashkil topgan blister.

Sotuvda o‘ramning hamma o‘lchamlari bo‘lmasligi ham mumkin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 dori vositasi Берлин-Фарма ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FORTE ENZIM tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
PANZINORM 10000 kapsulalar N21
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEZIM FORTE tabletkalari N80
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
MEZIM FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 14 500 so'mdan Batafsil
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ENZIREM kapsulalar 25000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ENZIREM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
KREON kapsulalar 300mg 25000YeD N20
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
KREON kapsulalar 150mg 10000YeD N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LAKRIZIM kapsulalar 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
ZEMITRA NEO tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
TRIZIM MIKROKAPS kapsulalar 10000ed N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
KREAZIM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ООО для Neville Servis, ООО
GRESTAL tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
UNI FESTAL tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KREZAM 10000 kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
MEZZEN FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
Narh: 10 100 so'mdan Batafsil
KARENZIM 10000 kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 53 100 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ENZISTAL P tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Torrent Pharmaceuticals Ltd
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
PANKREATIN FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 94 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 230 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9