60 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash86 400 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish77 000 s`om dan
Bron qilish1 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.
Karton qutiga blisterni saqlash uchun kartonli yassi futlyar solingan.
faol moddalar: 3 mg drospirenon, 0,03 mg etinilestradiol;
yordamchi moddalar:
tabletka yadrosi: laktoza monogidrati, makkajo'xori kraxmali, qayta jelatinlangan (makkajo'xori) kraxmali, povidon K-25, magniy stearati.
plyonka qobig'i: polivinil spirti, titan dioksidi (E171), makrogol 3350, talk, lesitin (soyali).
Midiana® preparati – bu etinilestradiol va drospirenon saqlovchi majmuaviy peroral kontratseptivdir (MOK). Terapevtik dozada drospirenon shuningdek antiandrogen va kuchsiz antimineralkortikoid xususiyatlarga ham ega. U qanday bo'lmasin estrogen, glyukokortikoid va antiglyukokortikoid faollikka ega emas. Bu drospirenonga tabiiy progesteron bilan bir xil farmakologik profilni ta'minlaydi.
Kontratseptivlar samarasiz usuli uchun Perl indeksi: 0,11 (ishonchli intervalni 97,5% ikkitomonlama yuqori chegarasi: 0,6).
Umumiy Perl indeksi (kontratsepsiya usulini samarasizligi + qo'llashda xatolik): 0,31 (ishonchli intervalni 97,5% ikkitomonlama yuqori chegarasi: 0,91).
So'rilishi
Peroral qabul qilinganida drospirenon tez va deyarli to'liq so'riladi. Faol moddaning zardobdagi (38 ng/ml ga teng) maksimal kontsentrasiyasiga, bir marta qabul qilinganidan keyin 1-2 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 76% - 85% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish drospirenonning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Peroral qabul qilingandan keyin drospirenonning zardobidagi kontsentrasiyalari 31 soat, yakuniy yarim chiqarilishi davri bilan kamayadi. Drospirenon zardob albumini bilan bog'lanadi, lekin jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulin (JGBG) va kortikosteroidni bog'lovchi globulin (KBG) bilan bog'lanmaydi. Faol moddaning zardobdagi umumiy kontsentrasiyasining faqat 3-5% erkin gormondir. Etinilestradiol tomonidan induktsiyalangan JGBG drospirenonning zardob oqsillari bilan bog'lanishiga ta'sir qilmaydi. O'rtacha taxminiy taqsimlanish hajmi 3,7±1,2 l/kg ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Peroral qabul qilinganidan keyin drospirenon ahamiyatli metabolizmga uchraydi. Qon plazmasidagi asosiy metabolitlari – bu lakton halqani ochilishida hosil bo'ladigan drosperinonning kislotali shakllari va 4,5-digidro-drospirenon-3-sulfat bo'lib, reduktsiya va keyinchalik sulfatlanish orqali hosil bo'ladi. Drospirenon shuningdek oksidlanish metabolizmni katalizlovchi CYP 3A4 izofermentini substrati hisoblanadi.
In vitro sharoitiga ko'ra drospirenon tsitoxrom R450 ning SUR1A1, SUR2S9, SUR2S19 va SUR3A4 enzimlarini past va o'rtacha darajada ingibirlaydi.
Chiqarilishi
Drospirenonning zardobdagi metabolik klirensining tezligi 1,5±0,2 ml/min/kg ni tashkil qiladi. Drospirenon o'zgarmagan holda faqat izli miqdorlarda chiqariladi. Drospirenonning metabolitlari buyraklar va ichak orqali taxminan 1,2:1,4 nisbatida chiqariladi. Metabolitlarni buyraklar va ichak orqali ekskresiyasida yarimchiqarilish davri taxminan 40 soatni tashkil qiladi.
Muvozanatli kontsentrasiyasi
Davolashning bir tsikli vaqtida drospirenonning zardobdagi maksimal muvozanatli kontsentrasiyasi (taxminan, 70 ng/ml) ga 8 kundan keyin erishiladi. Drospirenonning kontsentrasiyasini 2-3 marta oshishi qayd etiladi. Drospirenonning zardobdagi darajalari yakuniy yarim chiqarilish davri va dozalash intervalining nisbati oqibatida 3 martaga oshadi.
Pasientlarning alohida guruhining farmakokinetikasi
Buyraklar funktsiyasiga ta'siri
Kuchsiz darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi (kk) = 50-80 ml/minut) bo'lgan ayollarda drospirenonning muvozanatli kontsentrasiyasi buyraklarning faoliyati normal (kk >80 ml/minut) bo'lgan ayollarniki bilan bir xil bo'lgan. Drospirenonning zardobdagi kontsentrasiyasi, o'rtacha darajali buyrak etishmovchiligi (kk = 30-50 ml/minut) bo'lgan ayollarda buyraklarning faoliyati normal bo'lgan ayollarning shu ko'rsatkichidan o'rtacha 37% yuqori bo'lgan. Drospirenon bilan davolash kuchsiz va o'rtacha darajali buyrak etishmovchiligi bo'lgan ayollar tomonidan yaxshi o'zlashtirilgan.
Drospirenon bilan davolash zardobdagi kaliyning kontsentrasiyasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmagan.
Jigar funktsiyasiga ta'siri
Bir marta qabul qilinganidan keyin o'rtacha jigar etishmovchiligi bo'lgan ko'ngillilarda umumiy klirensi jigar funktsiyasi normal bo'lgan odamlarnikiga nisbatan taxminan 50% past bo'lgan.
O'rtacha jigar etishmovchiligi bo'lgan ko'ngillilarda qayd etilgan drospirenonning klirensini pasayishi, zardobda kaliyning kontsentrasiyasiga nisbatan qanday bo'lmasin ahamiyatli farqlarga olib kelmaydi.
Qandli diabet
Xatto qandli diabetda va Spirinolakton bilan bir vaqtda davolashda (pasientda giperkalimiyani qo'zg'atishi mumkin bo'lgan ikki omil) zardobdagi kaliyning kontsentrasiyasini normaning yuqori chegarasidan yuqori oshishi aniqlanmagan.
Drospirenon/etinilestradiol majmuasi o'rtacha jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha V sinfi) bo'lgan pasientlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi degan xulosaga kelish mumkin.
Etnik guruhlar
Kelib chiqishi yapon va Evropa millatiga tegishli ayollarda drospirenon va etinilestradiol farmakokinetikasida klinik axamiyatli farq qayd qilinmagan.
Etinilestradiol
So'rilishi
Peroral qabul qilinganida etinilestradiol tez va to'liq so'riladi. Qon zardobidagi maksimal kontsentrasiyasi - taxminan 33 PG/ml – bir marta peroral qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o'tgach erishiladi. Mutloq Biokiraolishligi tizimoldi kon'yugasiyasi va tizimoldi metabolizmi natijasida taxminan 60% ni tashkil qiladi. Birga ovqat iste'mol qilish taxminan 25% pasientkalarda etinilestradiolning biokiraolishligini pasaytirgan; boshqalarda o'zgarishlar bo'lmagan.
Taqsimlanishi
Etinilestradiolning zardobdagi darajasi ikki fazada pasayadi, yakuniy taqsimlanish fazasida yarim chiqarilish davri taxminan 24 soatni tashkil qiladi. Etinilestradiol yaxshi, lekin zardob albumini bilan nospesifik (taxminan 98,5%) bog'lanadi va qon zardobida JGBG va KBG kontsentrasiyasini oshiradi. Taxminiy taqsimlanish hajmi taxminan 5 l/kg ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Etinilestradiol ingichka ichakning shilliq qavatida va jigarda tizimoldi kon'yugasiyaning sub'ektidir. Etinilestradiol birlamchi aromatik gidroksillanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi, bunda ham erkin metabolitlari, ham glyukuron va sulfat kislotalari bilan kon'yugatlari ko'rinishidagi keng qator gidroksillangan va metillangan metabolitlar hosil bo'ladi. Etinilestradiolning metabolik klirensini tezligi 5 ml/min/kg ni tashkil qiladi.
In vitro sharoitiga ko'ra etinilestradiol SUR2S19, SUR1A1 va SUR1A2, shuningdek SUR3A4/5, SUR2S8 va CYP2J2 qaytaruvchan ingibitori xisoblanadi.
Chiqarilishi
Etinilestradiol o'zgarmagan holda axamiyatli miqdorda chiqarilmaydi. Etinilestradiolning metabolitlari buyraklar va ichak orqali 4:6 nisbatda chiqariladi. Metabolitlarini chiqarilishi uchun yarimchiqarilish davri taxminan 1 kun.
Muvozanatli kontsentrasiyasi
Muvozanatli holati davolash tsiklining ikkinchi yarmida yuz beradi, etinilestradiolning zardobdagi kontsentrasiyasi 1,4-2,1 marta oshadi.
Drospirenon/etinilestradiol majmuasini qo'llanilishi natijasida nohush reaktsiyalar rivojlanish teztezligi JSST tavsiyasi va (MedDRA) (SOCs MeDRA) boshqaruv faoliyat lug'atining a'zolar tizim-sinfi bo'yicha tasniflangan.
A'zolar tizimining sinfi |
Tez-tezligi toifasi |
||
|
Tez-tez ≥1/100 1/10 gacha |
Tez-tez emas ≥1/1000 <1/100 gacha |
Kam ≥1/10000 <1/1000 gacha |
Immun tizimi tomonidan buzilishlar |
|
|
Yuqori sezuvchanlik, bronxial astma |
Psixikaning buzilishi |
depressiya |
libidoni pasayishi libidoni kuchayishi |
|
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar |
bosh og'rig'i |
|
|
Eshitish a'zo va labirint tomonidan buzilishlar |
|
|
eshitishni pasayishi |
Tomir tizimi tomonidan buzilishlar |
migren |
arterial bosimni oshishi yoki pasayishi |
Venoz tromboemboliya (VTE), arterial tromboemboliya (ate) |
Me'da – ichak trakti tomonidan buzilishlar |
qorin og'rig'i |
qusish, ko'ngil aynishi |
|
Teri va teri osti to'qimasi tomonidan buzilishlar |
|
akne, ekzema, qichishish, soch to'kilishi |
tugunli eritema, ko'pshaklli eritema |
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar |
hayz ko'rish tsikli-ning buzilishlari, metrorragiya, sut bezlarining dag'allashishi, og'rig'i, leykorreya, qin kandidozi |
sut bezlarining kattalashishi, vaginit |
sut bezlaridan ajralmalar |
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar |
|
suyuqlikni tutilishi, tana vaznini oshishi, tana vaznini pasayishi |
|
Alohida nojo'ya ta'sirlar tavsifi
Arterial va venoz trombotik va tromboembolik asoratlarning, shu bilan birga miokard infarkti, insult, tranzistor ishemik hujumlar, vena trombozi va o'pka arteriyasi tromboemboliyasi, rivojlanish xavfi oshishi Mgklarni qo'llovchi ayollarda aniqlangan.
Mgk ni qo'llayotgan ayollarda quyidagi jiddiy nohush holatlar qayd etilgan:
venoz tromboemboliya asoratlar;
arterial tromboemboliya asoratlar;
arterial gipertenziya;
jigar o'smalari;
Mgk ni qo'llash bilan bog'liq quyidagi holatlarni rivojlanishi va og'irlashishi isbotlanmagan: Kron kasalligi, nospesifik yarali kolit, epilepsiya, bachadon miomasi, porfiriya, tizimli qizil yugurik, homiladorlar gerpesi, Sidengama xoreyasi, gemolitiko-uremik sindrom, xolestatik sariqlik;
xloazma;
jigar faoliyatini o'tkir yoki surunkali buzilishi, MOK ni jigar faoliyati ko'rsatkichlarini normallashishigacha to'xtatib turish;
Nasliy angionevrotik shishi bo'lgan ayollarda ekzogen estrogenlar angionevrotik shish simptomlarini qo'zg'atishi yoki yomonlashtirishi mumkin.
Mgk ni qo'llayotgan ayollar orasida sut bezi rakini aniqlash tez-tezligi biroz oshgan. 40 yoshgacha bo'lgan ayollarda sut bezi rakini kam uchraganligi tufayli, sut bezi rakini rivojlanishini umumiy xavfiga nisbatan bunday oshish ahamiyatsiz darajada. MOK ni qo'llanilishi bilan sabab-oqibat bog'liqligi noma'lum.
O'zaro ta'sirlashuvi
"Shiddatli"qon ketishlar va/yoki kontratsepsiyani samarasizligi peroral kontratseptivlarni boshqa dori vositalari bilan (fermentlarni induktorlari bilan) bilan o'zaro ta'sirlashuvini natijasi bo'lishi mumkin.
-Quyida sanab o'tiluvchi har qanday holat yoki xavf omili mavjud bo'lganda ayol bilan midiana® preparatini qo'llashning asoslanganligini muhokama qilish lozim.
-O'tishning yomonlashuvi yoki ushbu holatlar yoki xavf omillari paydo bo'lgan vaziyatda o'zingizni davolovchi shifokoringizga murojaat etishingiz va u bilan midiana® preparatini qabul qilishni to'xtatish imkoniyatlarini muhokama qilish tavsiya etiladi.
-Trombozga gumon qilinganida yoki tasdiqlangan tromboz hollarida majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilishni to'xtatish lozim. Antikoagulyant davolash (kumarinlar) ning teratogenligi tufayli kontratsepsiyaning adekvat usulini tanlash lozim.
Qon aylanishi buzilishi
Venoz tromboemboliyaning (VTE) paydo bo'lish xavfi
Mgk qo'llanilishi ularni qabul qilayotgan bemorlarda venoz tromboemboliya xavfini, ushbu preparatni qabul qilmayotganlarga nisbatan, oshirib yuboradi.
Tarkibida levonorgestrel, norgestimat yoki noretisteron bo'lgan dori vositalari VTE ning kam xavfi bilan bog'liq. Midiana® kabi boshqa MOK ni qo'llanilishi VTE ni paydo bo'lish xavfini ikki barobar orttirib yuborishi mumkin. VTE paydo bo'lish xavfi kam bo'lgan dori vositalariga taaluqli dori vositalarini qo'llash haqidagi qarorni faqat ayol bilan suhbatlashgandan so'ng qabul qilish lozim. U midiana® preparatini qabul qilishda VTE paydo bo'lish xavfini, hamda unda mavjud bo'lgan xavf omillarining unga ta'sirini va VTE ning rivojlanishining eng katta xavfi preparatni birinchi yilda qo'llanilganda kuzatilishini tushunayotganligiga ishonch hosil qilish zarur. Bundan tashqari, ma'lumotlar mavjudki, ularga muvofiq 4 hafta va undan ortiq muddatga tanaffusdan so'ng Mgkni qabul qilinishini tiklashda xavf oshib ketadi.
Bir yilda VTE tahminan 10 000 homilador bo'lmagan va mgk ni qabul qilmayotgan ayollarning 2 tasida rivojlanadi. Biroq, ayolning shaxsiy xavfi unda mavjud bo'lgan xavf omillarini hisobga olib ancha yuqori bo'lib qolishi mumkin (pastni ko'ring).
Baholashga muvofiq, tarkibida drospirenon bo'lgan mgk qo'llovchi 10 000 ayoldan 9-12 tasida bir yil davomida VTE rivojlanadi (tarkibida mgk bo'lgan levonorgestrelni qo'llovchi ayollar orasidagi taxminan 6 vaziyat solishtirilganda).
Ikkala vaziyatda ham VTE soni bir yilda homiladorlik davrida yoki tug'ishdan keyingi davrda kutilgan miqdordan past bo'lmoqda.
VTE 1-2% vaziyatlarda o'lim oqibati bilan tugashi mumkin.
Juda ham kamdan-kam vaziyatlarda mgk qabul qilayotgan ayollarda boshqa venalar trombozi (masalan, jigar, mezenterial, buyrak yoki retinal vena va arteriyalar) rivojlanishi haqida xabarlar berilgan.
VTE rivojlanish xavflari omillari
Mgk qo'llanilgandagi venoz tromboemboliya rivojlanish xavflari qo'shimcha xavf omillari bo'lgan ayollarda, xususan, ko'pgina xavf omillari bilan, sezilarli darajada ortishi mumkin (jadvalni ko'ring).
Midiana® preparati ko'pgina xavf omillari bo'lgan ayollarga qarshi ko'rsatma berilgan, uning venoz trombozi rivojlanishi yuqori xavfli guruhga tushib qolishi bilan tavsiflanadi. Ayolda bittadan ko'proq xavf omili mavjud bo'lgan vaziyatda, xavfning shaxsiy omillarni oddiygina yig'indisida yuqori darajaga ortib ketish vaziyati vujudga kelishi mumkin: bunday vaziyatda VTE rivojlanishining umumiy xavfi inobatga olinishi lozim. Agar "foyda/xavf" mutanosibligi baholashda nomaqbul bo'lib qolsa, mgk ni tayinlashdan voz kechish lozim.
Jadval: VTE rivojlanish xavflari omillari
Xavf omili |
Izoh |
Semizlik (tana og'irligi indeksi (toi) 30 kg/m2 ortiqroq) |
Toi ortishi bilan xavf sezilarli darajada oshib ketadi. Boshqa xavf omillari mavjudligini hisobga olish ham juda muhimdir. |
Uzoq davom etuvchi immobilizasiya (jumladan 4 soatdan oshiq aviaparvoz), keng operativ aralashuv, pastki qo'l-oyoqlarda yoki ko'z sohasidagi har qanday operativ aralashuvlar, neyroxirurgik operasiyalar yoki ko'lamdor jarohatlar. Izoh: vaqtinchalik immobilizasiya, shu bilan birga 4 soatdan oshiq davomiylikdagi avia uchib o'tish, hamda VtE rivojlanishining xavf omili bo'lib qolishi mumkin, ayniqsa qo'shimcha xavf omillari bo'lgan ayollarda. |
qo'llashni to'xtatish (rejali operativ aralashuv vaziyatida - kamida to'rt haftadan so'ng) va harakatchanlik to'liq tiklangandan so'ng ikki hafta o'tgunicha yana davom ettirilmasin. Istalmagan homiladorlikdan chetlab o'tish uchun kontratsepsiyaning boshqa usuliga murojaat qilishadi. Agar Midiana® preparatini qabul qilinishi oldindan to'htatilmagan vaziyatda antitrombotik terapiyani o'tkazish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi.
|
Og'irlashgan oilaviy anamnez (yaqin qarindoshlarda - aka-ukalar, opa-singillar, ota-onalar, ayniqsa nisbatan yoshlikdagi, ya'ni 50 yoshgacha, venoz tromboembolik asoratlar vaziyatida). |
Agar nasliy moyillikka shubhalar paydo bo'lsa, ayol har qanday mgk qo'llanilishi haqida qaror qabul qilinguncha mutaxassisga maslahatga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. |
VtE da assosiasiyalangan har qanday tibbiy holatlar. |
Rak, tizimli qizil yugurik, gemolitik-uremik sindrom, oshqozonning surunkali yallig'lanish kasalligi (Kron kasalligi yoki yarali kolit) va o'roqsifat-to'qimali anemiya. |
Yosh o'tishi bilan |
Ayniqsa 35 yoshdan keyin
|
Xavf omili |
Izoh |
Yosh bilan |
Ayniqsa 35 yoshdan keyin |
Chekish |
Mgk qo'llashni xohlagan ayollarga chekishdan voz kechish tavsiya etiladi. Chekishdan voz kechmagan 35 yoshdan kaTTA ayollarga kontratsepsiyaning boshqa usullarini tanlash qati'yan tavsiya etiladi. |
Arterial gipertenziya |
|
Semizlik (tana og'irligi indeksi (toi) 30 kg/m2 ortiqroq) |
Toi ortishi bilan xavf sezilarli darajada oshib ketadi. Bu ayniqsa qo'shimcha xavf omillari mavjud bo'lgan ayollar uchun muhimdir. |
Og'irlashgan oilaviy anamnez (yaqin qarindoshlarda - aka-ukalar, opa-singillar, ota-onalar, ayniqsa nisbatan yoshlikdagi, ya'ni 50 yoshgacha, venoz tromboembolik asoratlar vaziyatida) |
Agar nasliy moyillikka shubhalar paydo bo'lsa, ayol har qanday mgk qo'llanilishi haqida qaror qabul qilinguncha mutaxassisga maslahatga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. |
Migren |
Mgk qo'llanilishi vaqtida migrenning chastotasining oshib ketishi yoki og'irlik darajasi (bu miya qon aylanishi buzilishining xabarchisi bo'lishi mumkin) preparatni zudlik bilan bekor qilish sababi bo'lishi mumkin. |
Nomaqbul tomir ko'rinishlari bilan assosiasiyalanuvchi har qanday holatlar. |
Qandli diabet, gipergomosisteinemiya, yurak porogi va yurak bo'lmasi fibrillyasiyasi, dislipoproteinemiya va tizimli qizil yugurik. |
Ate simptomlari
Ayollar alomatlar paydo bo'lgan vaziyatda tez tibbiy yordamga murojaat qilishlari va mgk qo'llanilganligi haqida tibbiy xodimga xabar berishlari haqida xabardor qilingan bo'lishlari kerak.
Miyadagi o'tkir qon aylanishi buzilishi simptomlari quyidagilar bo'lishi mumkin:
-to'satdan holsizlik yoki yuz, qo'l yoki oyoqning, ayniqsa tananing bir tomonidan, uvishib qolishi;
-harakatlanishda to'satdan qiyinchilik, bosh aylanishi, muvozanatni yoki koordinasiyani yo'qolishi;
-to'satdan paydo bo'lgan ongni chalkashlanishi, nutq yoki tushunishning buzilishi;
-bir yoki ikkala ko'zlarda to'satdan ko'rish qobiliyatining buzilishi;
-noma'lum sabablarsiz to'satdan, sezilarli yoki uzoq davom etuvchi bosh og'riqlari;
-hushni yo'qotish yoki tirishishli yoki tirishishsiz hushdan ketish.
Alomatlarning vaqtinchalik xarakteri tranzistor ishemik hujumni (TIH) tahmin qilish imkonini beradi.
Miokard infarkti (mi) simptomlari quyidagilar bo'lishi mumkin:
-og'riq, noqulaylik, bosim, og'irlik, ko'krakdagi, qo'ldagi yoki ko'krak orqasi sohasida torlik yoki to'lib ketganlik hissi;
-orqaga, pastki jag'ga, tomoqqa, qo'lga, oshqozonga o'tuvchi noqulaylik;
-to'lib ketganlik hissi, ovqat hazm qilishning buzilishi yoki bo'g'ilish;
-o'ta terlash, ko'ngil aynish, qusish yoki bosh aylanishi;
-o'ta holsizlik darajasi, xavotirlik yoki nafas siqishi;
-tez-tez yoki bir maromda bo'lmagan yurak urishi.
O'smalar
Tekshirishlarga ko'ra moklar (5 yildan ortiq) uzoq muddat qo'llanganida bachadon bo'yni rakini rivojlanishining yuqori xavfi to'g'risida xabar berilgan, biroq qay darajada jinsiy ahloqi va boshqa omillar, masalan odam papillomasi virusi (OPV) bilan infektsiyalanish mansubligi yuzasidan qarama-qarshi fikrlar saqlanib qolmoqda.
54 halqaro tadqiqotlarning meta-tahlillari natijalariga muvofiq majmuaviy Mokni qabul qilayotgan ayollarda ko'krak saratonining rivojlanish xavfi nisbatan ancha oshgan (or = 1,24). MOK qabul qilishni to'xtatishdan so'ng 10 yil davomida qo'shimcha xavf asta-sekin yo'q bo'ladi. Modomiki, sut bezi saratoni 40 yoshgacha ayollarda kamdan-kam uchraydigan bo'lsada, MOK yaqinda qabul qilishni boshlagan va doimo qabul qilayotgan tekshiruvlar o'tkazilgan bemorlarda sut bezi saratonining qo'shimcha vaziyatlar soni sut bezi saratonining rivojlanish xavfi yig'indisiga nisbiylik bo'yicha uncha yuqori emas. Bu tadqiqotlar sababli-natijali aloqalarni isbotini taqdim etmadi. Belgilab o'tilgan xavf oshishi sabablari MOK qabul qilayotgan bemorlarda sut bezi saratonining ancha avvalroq tekshiruvi, MOK dori vositalarining biologik samaralari yoki ikkala omilning birgalikda qo'shilmasi bilan belgilangan bo'lishi mumkin. MOK ni qachonlardir qabul qilgan bemorlarda sut bezining yomon sifatli yangi hosil bo'lishlari, odatda, hech qachon MOK qabul qilmagan ayollarga nisbatan klinik tomondan kamroq o'tkazib yuborilgan bo'lgan.
MOK preparatini qabul qilgan ayollarda kamdan-kam vaziyatlarda jigarning yaxshi sifatli va ancha kamdan-kam yomon sifatli o'smalari aniqlangan. Alohida vaziyatlarda bunday o'smalar hayot uchun xavf soluvchi qorinichi qon ketishiga olib kelgan. Mokni qabul qilayotgan ayollarda qorinning tepa qismida kuchli og'riq, jigarning kattalashishi yoki qorin ichi qon ketishi alomatlarining mavjudligi vaziyatida differentsial tekshirish doirasida jigar o'smasini gumon qilish lozim.
Yuqori dozadagi MOK ni (0,05 mg etinilestradiol) qo'llanilishida endometrioid raki va tuxumdonlar raki rivojlanish havfini pasaytiradi. Past dozadagi MOK ga bu kuzatuvlarni qo'llashda alohida tasdiq ma'lumotlar kerak.
Xavfli o'smalar qaytmas jarayonlarni chaqirishi va hayotga xavf tug'dirishi mumkin.
Boshqa holatlar
Ruhiyatni tushishi va depressiya gormonal kontratseptivlarni qo'llashda hammaga ma'lum bo'lgan nojo'ya reaktsiya xisoblanadi. Depressiya jiddiy bo'lib, suisidal xarakatlarga va suisidga olib keluvchi ma'lum xavf omilidir. Ruhiyatni o'zgaruvchanligi va depressiya simptomlarini paydo bo'lishida, jumladan davolash tez o'tmay boshlanganida ayollar tezda shifokorga murojat qilishlari kerak.
Midiana® preparatidagi progesteron komponenti kaliyni tutib qolish xususiyatiga ega bo'lgan aldosteronning antagonisti hisoblanadi. Ko'pchilik hollarda kaliyning kontsentrasiyasini oshishi qayd etilmaydi. Biroq klinik tekshirishda kuchsiz yoki o'rtacha buyrak etishmovchiligi bo'lgan va kaliyni tutib qoluvchi dori vositalari bir vaqtda buyurilgan ayrim pasientlarda, drospirenon qabul qilinganida zardobda kaliyning kontsentrasiyasi biroz bo'lsada, lekin oshgan. Shunday qilib, buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda va davolashgacha kaliyning kontsentrasiyalarini ko'rsatkichlari normaning yuqori chegarasida bo'lgan, shuningdek organizmda kaliyni tutib qoluvchi dori preparatlar bir vaqtda qo'llanganida, preparatni qabul qilishning birinchi tsiklida qon zardobida kaliyning kontsentrasiyasini tekshirish tavsiya qilinadi.
Gipertrigliseridemiya yoki gipertrigliseridemiyaning oilaviy anamnezli ayollarda MOK qabul qilinganda pankreatitning rivojlanish xavfi bo'lishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Garchi arterial bosimni (AB) biroz oshishi MOK ni qabul qilayotgan ko'pchilik ayollarda ta'riflangan bo'lsada, klinik ahamiyatli oshishi kam qayd etilgan. Faqat kam hollardagina MOK ni qabul qilishni darhol to'xtatish lozim. Agarda MOK ni qabul qilish vaqtida arterial gipertenziyasi bo'lgan pasient ayollarda, AB ning ko'rsatkichlari doimo oshgan bo'lsa yoki gipotenziv preparatlarni qabul qilganda pasaymasa, MOK ni qabul qilishni darhol to'xtatish lozim. Zarurati bo'lganida, agarda gipotenziv davolash yordamida AB ning normal ko'rsatkichlariga erishilsa, MOK ni qabul qilish davom ettirilishi mumkin.
Quyidagi holatlar homiladorlik vaqtida ham, MOK ni qabul qilishda ham rivojlanadi yoki yomonlashadi, lekin ularning mgk ni qabul qilish bilan bog'liqligi isbotlanmagan: xolestaz bilan bog'liq sariqlik va/yoki qichishish; o't-safro qopchasida toshlarni shakllanishi; porfiriya; tizimli qizil yugirik; gemolitiko-uremik sindrom; Sidengam xoreyasi; anamnezda homiladorlik vaqtidagi gerpes; Otoskleroz bilan bog'liq eshitishni yo'qotish.
Nasliy angionevrotik shishi bo'lgan ayollarda ekzogen estrogenlar angionevrotik shishni chaqirishi yoki simptomlarini og'irlashtirishi mumkin.
Jigar faoliyatini o'tkir yoki surunkali buzilishlarida MOK ni qo'llashni, jigar ko'rsatkichlari normaga qaytgunicha to'xtatish talab qilinishi mumkin. Homiladorlik vaqtida yoki jinsiy gormonlarni ilgari qabul qilish vaqtida birinchi marta rivojlangan qaytalanuvchi xolestatik sariqlik va/yoki xolestaz tomonidan chaqirilgan qichishish, MOK ni qabul qilishni to'xtatishni talab qiladi.
Garchi mgk insulinga bo'lgan periferik rezistentlikka va glyukozaga tolerantlikka ta'sir qilishi mumkin bo'lsada, past dozali (<0,05 mg estradiolni saqlovchi) MOK ni qo'llayotgan qandli diabeti bo'lgan bemorlarda terapevtik tartibni o'zgartirishning zarurati yo'q. Shunday bo'lsada, qandli diabeti bo'lgan ayollar, ayniqsa MOK ni qabul qilishni boshida shifokor tomonidan sinchkovlik bilan kuzatilishlari lozim.
MOK qo'llanganida, shuningdek endogen depressiya, tutqanoq, Kron kasalligi va yarali kolitni kuchayishi to'g'risida xabar berilgan.
Ba'zida, ayniqsa anamnezida homiladorlik vaqtida xloazmasi bo'lgan ayollarda, xloazma rivojlanishi mumkin. Xloazmga moyil bo'lgan ayollar MOK ni qabul qilish vaqtida quyoshda uzoq bo'lish va ultrabinafsha nurlanishining ta'siridan saqlanishlari kerak.
Tibbiy tekshirish/maslahat
Midiana® preparatini qabul qilishni boshlaguncha yoki qayta tayinlanishgacha anamnezning puxta kontsentrasiyasini (shu bilan birga oilaviy anamnez) va homiladorlikni yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak. Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar maxsus ko'rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari haqidagi ma'lumotlarga tayangan holda AB o'lchash, fizikal tekshiruvni o'tkazish lozim. Vena va arterial trombozlarning paydo bo'lishiga, shu bilan birga boshqa mgk lar bilan solishtirilganda midiana® preparatini qo'llashdan xavflarga, VTE va ate alomatlariga, hamda o'rnatilgan xavf omillariga va tromboz rivojlanishiga gumonlar vaziyatida amalga oshiriluvchi harakatlarga ayolning diqqatini tortish muhimdir.
Bemor uchun ma'lumotli ilova-varroqni ayol diqqat bilan o'qib chiqishi va unda taqdim etilgan tavsiyalarga rioya qilishi zarurdir. Ko'riklarning chastotasi va ko'rinishi har bir ayol uchun shaxsan moslanganlik bilan amaliy tavsiyalarga asoslangan bo'lishi kerak.
Gormonal kontratseptivlar OIV-infektsiyadan (OITS) va jinsiy yo'l bilan yuqtiriluvchi boshqa kasalliklardan himoyalamasligi haqida ayolni ogohlantirish lozim.
Samaradorligini pasayishi
Mgk ning samaradorligi tabletkalar o'tkazib yuborilganda oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar yoki hamkorlikda boshqa dorivor vositalarni qo'llanilishida pasayib ketishi mumkin.
Hayz tsiklini nazorati
MOK larni qabul qilish fonida nomuntazam qon ketishlar ("surtiluvchan" qonli ajratmalar yoki "ko'p miqdorda" qon ketishlar), ayniqsa qo'llashning birinchi oylari davomida, kuzatilishi mumkin. Shuning uchun, har qanday nomuntazam qon ketishlarni baholash faqat taxminan uchta tsiklni tashkil etuvchi moslashish davridan so'ng ahamiyatli bo'ladi.
Agar nomuntazam qon ketishlar qaytarilayotgan yoki oldingi muntazam tsikllardan so'ng rivojlanayotgan vaziyatda bu holatlarning nogormonal sabablariga diqqat qaratish lozim va yomon sifatli yangi paydo bo'lishni yoki homiladorlikni mavjud emasligiga ishonch hosil qilish zarur. Diagnostik qirib olish o'tkazilishi mumkin.
Ba'zi ayollarda "bekor qilish" qon ketishi peroral kontratseptivlarni qabul qilishdagi tanaffus vaqtida rivojlanmasligi mumkin. Agar mgk ko'rsatmalarga muvofiq qabul qilingan bo'lsa, u holda ayolda homiladorlik bo'lish ehtimoli juda ham past bo'ladi. Shunga qaramay, agar "bekor qilish" qon ketishining birinchi mavjud bo'lmasligigacha mgk yo'riqnomaga muvofiq qabul qilinmagan bo'lsa yoki ketma-ket ikkita bekor qilish qon ketishi yo'q bo'lsa, u holda mgk qabul qilishni davom ettirishgacha homiladorlik ehtimoli yo'qligiga ishonch hosil qilinadi.
Alt faolligi oshishi
S gepatiti virus infektsiyasini davolash uchun tarkibida Ombitasvir/ paritaprevir/ ritonavir va dasabuvir ribavirin bilan va u siz dori vositalarini qo'llagan bemorlarda o'tkazilgan klinik tajribalar vaqtida Alt faolligining me'yordagidan yuqori chegarasida (MYUCH) 5 barobardan ortiqligi va ko'pincha mgk kabi etinilestradiol-tarkibli dori vositalaridan foydalanuvchi ayollarda tez-tez paydo bo'lishi aniqlangan.
Midiana® preparatini tayinlashdan avval ayol kishida mavjud bo'lgan shaxsiy xavf omillarini baholash lozim, ayniqsa venoz tromboemboliyaga (VTE) taaluqli bo'lganlarni, hamda midiana® preparatini qabul qilgandagi venoz tromboemboliyaning xavfini boshqa majmuaviy gormonal kontratseptivlarni (mgk) qabul qilish xavfi bilan solishtirilsin.
- Venoz tromboemboliyaning (VTE) rivojlanishi xavfining mavjudligi
- Venoz tromboemboliyaning hozirgi kundagi (antikoagulyantlar fonida) yoki anamnezda (masalan, chuqur venalarning trombozi [CHVT] yoki o'pka arteriyasining tromboemboliyasi [O'ATE]) mavjudligi;
- Aniqlangan og'irlashtirilgan nasliylik yoki venoz tromboemboliyaning rivojlanishiga ortirilgan moyillik, masalan, APS ga rezistentlik (shu bilan birga Leydenning V-omili), antitrombin III ning etishmovchiligi, protein S yoki protein S ning etishmovchiligi;
- Uzoq muddatli immobilizasiya bilan jiddiy jarrohlik aralashuvi;
- Ko'psonli xavflar omillari sababli venoz tromboemboliyaning yuqori xavfi;
- Arterial tromboemboliya (ate) rivojlanishi xavfining mavjudligi
- Arterial tromboemboliyaning hozirga vaqt yoki anamnezda (masalan, miokard infarkti) yoki uning oldingi holatlarida (masalan, stenokardiya) mavjudligi;
- Tserebrovaskulyar kasalliklar: insultning hozirga vaqt yoki anamnezda yoki uning oldingi holatlari (masalan, tranzistor ishemik hujum [TIH]) mavjudligi;
- Aniqlangan og'irlashtirilgan nasliylik yoki venoz tromboemboliyaning rivojlanishiga ortirilgan moyillik, masalan, gipergomosisteinemiya va fosfolipidlarga antitelalar (antikardiolipin antitelalar, yugurikli antikoagulyant);
- O'choqli nevrologik alomatli migrenning anamnezdagi mavjduligi;
- Ko'p sonli xavf omillari sababli arterial tromboemboliyaning rivojlanishining yuqori xavfi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limini ko'ring) yoki quyida sanab o'tilgan jiddiy xavf omillaridan birining mavjudligi:
- tomirlarning asoratlari bilan bo'lgan qandli diabet;
- gipertonik kasallikning og'ir shakli;
- yaqqol dislipoproteinemiya;
- Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigarning og'ir kasalliklari (jigar sinamalari normaga qaytgunicha);
- Yaqqol surunkali buyrak etishmovchiligi, o'tkir buyrak etishmovchiligi;
- Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigar o'smalari (xavfli yoki xavfsiz);
- Jinsiy tizimning gormonga bog'liq xavfli kasalliklar (sut bezlari yoki jinsiy a'zolarning) yoki ularga gumon;
- Qindan noaniq etiologiyali qon ketishi;
- Preparatga yoki uning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- eryong'oq yoki soyaga yuqorisezuvchanlik.
Midiana® ni tarkibida Ombitasvir/ paritaprevir/ ritonavir va dasabuvir mavjud bo'lgan dori vositalari bilan birga qabul qilish mumkin emas.
Farmakodinamik o'zaro ta'sirlar
Tarkibida Ombitasvir/ paritaprevir/ ritonavir va dasabuvir, ribavirin bilan yoki u siz dori vositalarining hamkorlikda qo'llanilishi Alt faolligini ko'tarilish xavfini oshirib yuborishi mumkin. Shunday qilib, midiana® ni qabul qilayotgan bemorlarga majmuaviy dori vositalarini qo'llash sxemasi bo'yicha terapiyani boshlaguncha kontratsepsiyaning alternativ usuliga (masalan, tarkibida faqat progestagen bo'lgan kontratseptiv dori vositalari yoki nogormonal usullar) o'tishlari lozim. Midiana® preparatini qabul qilishni majmuaviy dori vositalarini qo'llash sxemasi bo'yicha terapiyani yakunlagandan so'ng 2 haftadan keyin tiklash mumkin.
Farmakokinetik o'zaro ta'sirlar
Drospirenon/etinilestradiol majmuasiga boshqa dori vositalarining ta'siri
Mikrosomal fermentlarni indusiyalovchi dorivor vositalar bilan o'zaro ta'sirda bo'lish ehtimoli mavjud, buning natijasida jinsiy gormonlarning klirensi kattalashishi mumkin, bu esa o'z navbatida "shiddatli" qon ketishga va/yoki kontratseptiv samaraning amalga oshmaganligiga olib kelishi mumkin.
Hamroh davolash
Fermentlar induktsiyasi bir necha kun qabul qilgandan so'ng ham kuzatilishi mumkin. Fermentlarning maksimal induktsiyasi odatda bir necha hafta davomida kuzatiladi. Dori vositasi bekor qilingandan so'ng fermentlar induktsiyasi 4 haftagacha saqlanishi mumkin.
Qisqa muddatli davolash
Mikrosomal fermentlarning induktorlari-dori vositalarini qabul qilayotgan ayollar MOK ga qo'shimcha qilib kontratsepsiyaning to'siqli usuli yoki kontratsepsiyaning boshqa usulini vaqtinchalik qo'llashlari tavsiya etiladi. Kontratsepsiyaning to'siqli usulini hamkorlikdagi terapiyaning butun davri davomida qo'llash lozim bo'ladi va uni bekor qilingandan so'ng yana 28 kun davom ettiriladi. Agar induktor-preparatini qo'llanilishi joriy o'ramdagi MOK ning oxirgi tabletkasi qabul qilingandan so'ng davom ettirilayotgan bo'lsa, qabul qilishdagi tanaffusni o'tkazib yuborib Mokni yangi o'ramdan tabletkalarni qabul qilishni boshlash lozim bo'ladi.
Uzoq muddatli davolash
Jigarning ferment tizimini indusiyalovchi dori vositalari bilan uzoq davom etuvchi terapiyani olayotgan ayollarga kontratsepsiyaning boshqa nogormonal ishonchli usulini qo'llash tavsiya etiladi.
Adabiyotlarda quyidagi o'zaro ta'sirlar tavsiflangan:
MOK klirensini kattalashishiga olib keluvchi substantsiyalar (mikrosomal fermentlar induktsiya hisobiga MOK samaradorligini pasayishi), masalan:
Barbituratlar, bozentan, karbamazepin, fenitoin, primidon, rifampisin, rifabutin va OIV ni davolash uchun dori vositasi ritonavir, neviparin va efavirenz va bo'lishi mumkin faqat felbamat, grizeofulvin, okskarbazepin, topiramat va tarkibida teshilgan qizilpoycha (Hypericum perforatum) bo'lgan dori vositalari.
MOK klirensiga samara ko'rsatuvchi substantsiyalar:
MOK bilan bir vaqtning o'zida tayinlangan OIV proteazasi ingibitorlari va teskari transkriptaza nonukleozid kombinasiyalari, shu bilan birga S gepatiti virusi proteazasi ingibitorlari bilan kombinasiyalar qon plazmasida estrogenlarning yoki progestinlarning kontsentrasiyasini ko'paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ushbu o'zgarishlarning samarasi ba'zi vaziyatlarda klinik ahamiyatga ega bo'lishlari mumkin.
Shuning uchun bo'lishi mumkin bo'lgan dorivor o'zaro ta'sirlar va bu bilan bog'liq bo'lgan tavsiyalarni aniqlash uchun OIV infektsiyasi/S gepatitini davolash uchun mo'ljallangan dori vositalarining hamkorlikdagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalardagi ma'lumotlarni hisobga olish lozim bo'ladi. Har qanday gumonlar vaziyatida proteaza ingibitorlarini yoki teskari transkriptazaning nonukleozid ingibitorlarini qabul qiluvchi ayollarga kontratsepsiyaning qo'shimcha to'siqli usulini qo'llash lozim bo'ladi.
MOK klirensini kamayishiga olib keluvchi substantsiyalar (jigar fermentlarini mikrosomal ingibitorlari)
Kuchli CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtning o'zida qo'llanilganda estrogen va progestinlar yoki ikkalasini qon plazmasidagi kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Qayta dozada drospirenon (3 mg/sut) etinilestradiol (0,02 mg/sut) majmuasi kuchli CYP3A4 ingibitori ketokonazol bilan 10 kun qo'llanilishi drospirenon va etinilestradiol AUC (0-24h) ni mos ravishda 2,7 va 1,4 martaga oshishi kuzatiladi.
Etorokoksib 60 va 120 mg/sut dozada 0,035 mg etinilestradiol saqlovchi mgk bilan birga qo'llanilishida, etinilestradiol kontsentrasiyasi qon plazmasida mos ravishda 1,4 va 1,6 martaga oshishi kuzatiladi.
Drospirenon/etinilestradiol majmuasini boshqa dori preparatlariga ta'siri
Peroral kontratseptivlar boshqa ta'sir etuvchi moddalar metabolizmiga ta'sir etishi mumkin. Shuning uchun ularning plazmadagi va to'qimalardagi kontsentrasiyasi qanday oshsa (masalan, tsiklosporina), shunday pasayishi ham mumkin (masalan, lamotridjina).
Klinik tekshirishlarning natijalari asosida, 3 mg dozada drospirenonning boshqa faol moddalarning bavosita tsitoxrom P450 tizimi fermenti metabolizmiga ta'sirining ehtimoli kam.
Klinik tekshirishlarning ma'lumotlariga ko'ra, CYP1A2 substratlar klirensi etiniestradiol bilan ingibirlanishi natijasida ularni qon plazmasidagi kontsentrasiyasini kam (masalan, teofillin) yoki o'rtacha (masalan, tizanidin) oshishiga olib kelishi mumkin.
O'zaro ta'sirlarning boshqa turlari
Buyrak etishmovchiligi yo'q pasientlar bir vaqtda drospirenon va AAF ingibitorlari yoki NYAQP qon plazmasida kaliy miqdoriga ahamiyatli ta'sir qilmaydi. Biroq midiana® preparati aldosteron antagonistlari yoki kaliysaqlovchi diuretiklar bilan birga qo'llanilishi o'rganilmagan. Bunday xolatda preparatni birinchi tsikl qabulida qon plazmasida kaliy miqdorini tekshirish kerak.
Laborator tadqiqotlar
Kontratsepsiya uchun gormonlarni qabul qilish alohida laborator tahlillarning natijalariga ta'sir etishi mumkin, shu jumladan, jigar, qalqonsimon bez, buyrak osti bezi va buyraklarning biokimyoviy ko'rsatkichlariga, hamda transport oqsillar plazmasining zardobida to'planishlar, bular kortikosteroid-bog'lovchi globulin va lipido/lipoprotein fraktsiyalar, uglevod almashinuvi, qon ivishi va fibrinoliz ko'rsatkichlari. O'zgarishlar odatda laborator ko'rsatkichlarining me'yordagi kattaliklarining chegarasidan chiqib ketmaydi.
O'zining katta bo'lmagan antimineralokortikoid faolligi tufayli, drospirenon reninning faolligini va qon plazmasidagi aldosteronning kontsentrasiyasini oshiradi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.
Dozalari
Midiana® preparatini qanday qabul qilish kerak
Tabletkalarni har kuni taxminan bir vaqtda, zarurati bo'lsa suv bilan birga, blister o'ramida ko'rsatilgan ketma-ketlikda qabul qilish kerak. Ketma-ket 21 kun davomida kuniga bir tabletkadan qabul qilish lozim. Har bir keyingi o'ramdan tabletkalarni qabul qilish, odatda menstruasiyaga o'xshash qon ketishi yuz bergan vaqt davomida tabletkalarni qabul qilishdagi 7-kunlik intervaldan keyin boshlanishi lozim. Odatda u oxirgi tabletka qabul qilinganidan keyin 2-3 kuni boshlanadi va keyingi o'ram boshlanadigan vaqtda tugamasligi mumkin.
Midiana® preparatini qabul qilishni qachon boshlash kerak
Agarda ilgari gormonal kontratseptivlar (oxirgi oy) ishlatilmagan bo'lsa
Midiana® preparatini qabul qilish ayolning tabiiy hayz ko'rish tsiklning birinchi kuni (ya'ni hayz ko'rish qon ketishining birinchi kuni) da boshlanadi.
Boshqa majmuaviy gormonal kontratseptivlardan (mgk) (MOK, vaginal xalqa yoki kontratseptiv plastirdan) o'tishda:
Ayol uchun midiana® preparatini, avvalgi Mokning oxirgi faol tabletkasi qabul qilingandan keyin kelasi kuni qabul qilgan afzal; bunday hollarda midiana® dori vositasini qabul qilish, tabletkalarni qabul qilishdagi yoki avvalgi majmuaviy peroral kontratseptivning nofaol tabletkalarini qabul qilishdagi odatdagi tanaffusdan keyin kelasi kundan kech boshlanmasligi lozim. Vaginal xalqa yoki transdermal plastirni almashtirishda midiana® peroral kontratseptivini qabul qilishni avvalgi vosita olib tashlangan kundan boshlagan afzal; bunday hollarda midiana® preparatini qabul qilish kechi bilan almashtirish muolajasi rejalashtirilgan kuni boshlanishi lozim.
Faqat progestagen saqlovchi kontratseptivlardan ("mini-pili", in'ektsiyalar, implantantlar) yoki bo'shatiluvchi progestagen qin ichi tizimli (qit) boshqa dori vositalaridan o'tish
Ayol mini-pilidan istalgan kuni o'tishi mumkin (implantant yoki bachadon ichidagi kontratseptivdan – uni olib tashlash kuni, in'ektsion shaklidan – keyingi in'ektsiya qilinishi lozim bo'lgan kun). Biroq barcha bu hollarda tabletkalarni qabul qilishning birinchi 7-kuni davomida qo'shimcha kontratsepsiyaning to'siqli usullarini ham ishlatgan afzal.
Birinchi uch oylikda homiladorlik to'xtatilganidan keyin
Ayol qabul qilishni darhol boshlashi mumkin. Bu shartga amal qilinganida qo'shimcha kontratsepsiya choralariga zarurat yo'q.
Tug'ishdan keyin yoki ikkinchi uch oylikda homiladorlik to'xtatilganidan keyin
Ayolga midiana® preparatini qabul qilishni tug'ruq va ikkinchi uch oylikda homiladorlik to'xtatilganidan keyingi 21-28 kuni boshlashi afzal. Agarda qabul qilishni kechroq boshlansa, tabletkalarni qabul qilishning birinchi 7-kuni davomida qo'shimcha kontratsepsiyaning to'siqli usullarini ishlatish lozim. Mgkni qabul qilish boshlanguncha jinsiy aloqa bo'lgan bo'lsa, homiladorlik istisno qilinishi kerak yoki birinchi hayz ko'rishni kutish lozim.
O'tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish
Agarda tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan kamni tashkil qilsa, kontratseptiv himoya pasaymaydi. Ayol o'tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilishi lozim, keyingi tabletkalar odatdagi vaqtda qabul qilinadi.
Agarda tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan ortiqni tashkil qilsa, kontratseptiv himoya pasayishi mumkin. Preparatni qabul qilishni o'tkazib yuborilgandagi taktika quyidagi ikki oddiy qoidaga asoslanadi:
1.Tabletkalarni qabul qilishni 7 kundan ortiqqa to'xtatish mumkin emas;
2.Gipotalamo-gipofizar-tuxumdon tizimini adekvat bostirishga erishish uchun tabletkalarni 7 kun uzluksiz qabul qilish lozim.
Muvofiq kundalik amaliyotda quyidagi maslahatlarni berish mumkin:
1 hafta
Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish lozim, xattoki agarda bu ikki tabletkani bir vaqtda qabul qilishni bildirsa ham. Keyingi tabletka odatdagi vaqtda qabul qilinadi. Keyingi 7 kun davomida qo'shimcha kontratsepsiyaning to'siqli usullari ishlatilishi lozim. Agarda tabletkani o'tkazib yuborishdan oldin 7 kun davomida jinsiy aloqa qilingan bo'lsa, homiladorlik yuz berishi ehtimolini hisobga olish lozim. Qanchalik ko'p tabletka o'tkazib yuborilgan bo'lsa, va bu o'tkazib yuborilish preparatni qabul qilishdagi 7 kunlik tanaffusga yaqin bo'lsa, homiladorlikning ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.
2 hafta
Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish lozim, xattoki agarda bu ikki tabletkani bir vaqtda qabul qilishni bildirsa xam. Keyingi tabletka odatdagi vaqtda qabul qilinadi. Agar ayol avvalgi 7 kun davomida tabletkalarni to'g'ri qabul qilgan bo'lsa, qo'shimcha kontratsepsiya vositalarini ishlatishning zarurati yo'q. Biroq, agarda u 1 tabletkadan ortiq o'tkazib yuborgan bo'lsa, keyingi 7 kun davomida kontratsepsiyaning qo'shimcha choralarini ishlatishi lozim.
3 hafta
Tabletkalarni qabul qilishdagi kelajakdagi 7 kunlik tanaffus tufayli kontratseptiv samarani pasayish ehtimoli ancha sezilarli. Biroq, tabletkalarni qabul qilish tartibini to'g'rilab kontratseptiv himoyaning susayishini oldini olish mumkin. Agar shunday bo'lsa, u ikki usuldan birinchisiga amal qilish va shuningdek keyingi 7 kun davomida kontratsepsiyaning qo'shimcha choralarini ishlatish lozim.
1.Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilishi lozim, xattoki agarda bu ikki tabletkani bir vaqtda qabul qilishni bildirsa ham. Keyingi tabletka odatdagi vaqtda qabul qilinadi. Yangi o'ramdagi tabletkalarni qabul qilishni, joriy o'ram tugashi bilanoq boshlash lozim, ya'ni ikki o'ramni qabul qilish orasida tanaffuslarsiz. Ehtimol, "bekor qilish" oqibatidagi qon ketishlari ikkinchi o'ram tugamaguncha bo'lmaydi, lekin preparatni qabul qilish kunlari surkalgan qonli ajralmalar yoki bachadondan shiddatli qon ketishlari kuzatilishi mumkin.
2.Ayolga ushbu o'ramdan tabletkalarni qabul qilishni to'xtatishni tavsiya qilish mumkin. So'ngra tabletkalarni qabul qilishni, u tabletkalarni qabul qilishni unutgan kunlarini qo'shib, 7 kunga to'xtatish lozim, keyin esa, tabletkalarni yangi o'ramdan qabul qilishni boshlash kerak.
Tabletkalarni qabul qilish o'tkazib yuborilgan hollarda va preparatni qabul qilishdan holi bo'lgan intrevalda "bekor qilish" oqibatidagi qon ketishlari bo'lmasa, homiladorlikni istisno qilish lozim.
Me'da-ichak yo'llarida buzilishlar bo'lgan holdagi maslahatlar
Me'da-ichak yo'llari tomonidan og'ir reaktsiyalar (qusish yoki diareya kabi) bo'lganida so'rilish to'liq bo'lmasligi mumkin va qo'shimcha kontratsepsiya choralarni ko'rish lozim. Agar tabletka qabul qilinganidan keyin 3-4 soat davomida qusish yuz bersa, iloji boricha tezroq yangi, uning o'rnini bosuvchi tabletkani qabul qilish lozim. Yangi tabletkani qabul qilishning odatdagi vaqtidan keyin iloji boricha 12 soat davomida qabul qilish kerak. Agar 12 soatdan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa, imkoni boricha preparatni "o'tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish" qoidalariga rioya qilish lozim. Agar pasient ayol preparatni qabul qilishning normal tartibini o'zgartirishni hoxlamasa, u boshqa o'ramdan qo'shimcha tabletkani (yoki bir nechta tabletkani) qabul qilishi lozim.
"Bekor qilish" qon ketishini qanday kechiktirish mumkin
"Bekor qilish" qon ketishini boshlanish kunini kechiktirish uchun midiana® preparatini yangi o'ramdan qabul qilishni, qabul qilishda tanaffussiz davom ettirish lozim. Ikkinchi o'ramdagi tabletkalar tugaguncha kechiktirish mumkin.
Tsiklni uzaytirish vaqtida qindan surkaluvchi qonli ajralmalar yoki bachadondan shiddatli qon ketishlari aniqlanishi mumkin. Midiana® preparatining yangi o'ramidan qabul qilishni qaytadan boshlashni odatdagi 7-kunlik tanaffusdan keyin boshlash kerak.
"Bekor qilish" qon ketish kunini odatdagi jadvalning haftasini boshqa kuniga o'tkazish uchun tabletkalarni qabul qilishdagi tanaffusni qancha lozim bo'lsa, shuncha uzaytirish kerak. Interval qanchalik qisqa bo'lsa, "bekor qilish" qon ketishini bo'lmaslik xavfi shunchalik yuqori bo'ladi, tabletkalarni ikkinchi o'ramdan qabul qilish vaqtida esa, surkaluvchi qonli ajralmalar yoki bachadondan shiddatli qon ketishlari aniqlanishi mumkin ("bekor qilish" oqibatidagi qon ketishini boshlanish kunini kechiktirishda bo'lgani kabi).
Pasientarni alohida toifalari
Bolalar va o'smirlar
Midiana® preparatini birinchi hayz qon ketishidan keyin buyurish mumkin. Dozani o'zgartirish xaqida ma'lumotlar olinmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar
Ishlatilmaydi. Midiana® preparati menopauza boshlangandan so'ng buyurilmaydi.
Jigar etishmovchiligi
Midiana® preparati jigar etishmovchiligi bor ayollarda qo'llash mumkin emas.
Buyrak etishmovchiligi
Midiana® preparati o'tkir yoki og'ir buyrak etishmovchiligi bor ayollarda qo'llash mumkin emas.
Davolash: spesifik antidoti yo'q. Simptomatik davolashni o'tkazish kerak.
Agar midiana® preparatni qabul qilish fonida homiladorlik kelib chiqqan bo'lsa, uni qabul qilinishini zudlik bilan bekor qilish lozim.
Mavjud ma'lumotlarga muvofiq homiladorlik davrida midiana®ni qabul qilgan ayollarda homiladorlik, homila yoki yangi tug'ilgan chaqaloqqa nojo'ya samaralar rivojlanish xaqida xulosa qilish uchun cheklangan.
Midiana® preparatining takroran tayinlanishida tug'ishdan keyingi davrda VTE rivojlanishi xavfining oshib ketishini inobatga olish lozim.
Emizish davri
MOK ni qabul qilish ko'krak sutini ishlab chiqarilish darajasini pasaytiradi yoki uning tarkibini o'zgartiradi. Shu munosabat bilan, emizikli ayollarda ushbu preparatning qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Steroid gormonlarning va/yoki ularning metabolitlari oz miqdorda ko'krak sutiga kirib borishi mumkin va bolaning sog'lig'iga ta'sir etishi mumkin.