×
×
  • MIKAMIN liofilizat 50mg

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIKAMIN liofilizat 50mg

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
- Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
ATX kodi:
- J02AX05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLYUDAR kapsulalar 50mg N7 Well Med Pharm, ИП ООО O'zbekiston
8 500 s`om dan
FLYUKOKS tabletkalari 150mg N1 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
4 000 s`om dan
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N2 ОЗОН ФАРМ, ООО Rossiya
13 000 s`om dan
22 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIKAMIN liofilizat 50mg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIKAMIN®

MYCAMINE

Preparatning savdo nomi: Mikamin®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): mikafungin

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Bir flakonning tarkibi:

Faol modda: 50 mg yoki 100 mg mikafungin (mikafungin natriy ko‘rinishida).

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, suvsiz limon kislotasi, natriy gidroksidi.

Ta‘rifi: oq rangli liofillangan massa

Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vosita

ATX kodi: J02AX05

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir mexanizmi

Mikafungin zamburug‘larning hujayra devorining muhim komponenti bo‘lgan 1,3-β-D-glyukanning sintezini raqobatsiz ingibirlaydi. 1,3-β-D-glyukan sut emizuvchilarning hujayralarida bo‘lmaydi. Mikafungin Candida spp. turidagi zamburug‘larga nisbatan fungisid faollika ega va Aspergillus spp ni o‘sishini sezilarli darajada ingibirlaydi.

Faollik doirasi

Mikafungin in vitro sharoitida Candida spp.ning har xil turlari, shu jumladan Candida albicans, Candida glabrata, Candida tropicalis, Candida krusei, Candida kefyr, Candida parapsilosis, Candida guilliermondii, Candida lusitaniae va Aspergillus spp., shu jumladan Aspergillus fumigatus, Aspergillus flavus, Aspergillus niger, Aspergillus terreus, Aspergillus nidulans, Aspergillus versicolor, shuningdek dimorf zamburug‘lar (Histoplasma capsulatum, Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis) ga nisbatan faol. Preparat in vitro sharoitida Cryptococcus spp., Pseudallescheria spp., Scedosporium spp., Fusarium spp., Trichosporon spp. va Zygomycetes spp. ga qarshi faol emas. Preparatga ikkilamchi infeksiyani rivojlanish ehtimoli juda pastdir.

Candida avlodi zamburug‘larining turi Minimal ingibirlovchi konsentrasiya, mg/l  (Yevropa ma‘lumotlari)
Candida albicans

Candida glabrata

Candida tropicalis

Candida krusei

Candida kefyr

Candida parapsilosis

Candida guilliermondii

Candida lusitaniae

Candida spp. (shu jumladan C. famata,         C. dubliniensis, C. lipolytica, C. pelliculosa, C. rugosa, C. stellatoidea va C.zeylanoides)

[0,007–0,25]

[0,007–0,12]

[0,007–0,12]

[0,015–0,12]

[0,03–0,06]

[0,12-2]

[0,5]

[0,12–0,25]

 

[0,015–0,5]

 

Farmakokinetikasi

Preparat vena ichiga yuboriladi. 12,5-200 mg va 3-8 mg/kg sutkalik dozalar diapazonida mikafungin to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikaga ega. Takror yuborilganida preparatning tizimli kumulyasiyasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, muvozanatli konsentrasiyasi, qo‘llash boshlangan vaqtdan boshlab 4-5 kun davomida aniqlanadi.

Taqsimlanishi

Vena ichiga yuborilganidan keyin mikafunginning konsentrasiyasi bieksponensial pasayadi. Mikafungin to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Tizimli qon oqimida mikafungin plazma oqsillari bilan, asosan albumin bilan faol (> 99%) bog‘lanadi. Albumin bilan bog‘lanishi 10-100 mkg/ml konsentrasiyalar diapazonida barqaror qoladi. Muvozanatli konsentrasiyaga erishilganda taqsimlanish hajmi (Vss) 18-19 l ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Mikafungin tizimli qon oqimida asosan o‘zgarmagan holda aylanib yuradi. Mikafunginni bir necha birikmani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchrashi ko‘rsatilgan; ulardan mikafunginning M-1 (katexol shakli), M-2 (M1 metoksi hosilasi) va M-5 (yon bog‘ni gidroksillanishi natijasida hosil bo‘ladi) hosilalari tizimli qon oqimida oz miqdorda aniqlanadi. Metabolitlari mikafunginning samaradorligiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

In vitro sharoitida mikafungin CYP3A izofermentlari tomonidan metabolizmga uchrashi mumkinligiga qaramasdan, CYP3A izofermentlari ishtirokida gidroksillanish, preparatning in vivo sharoitidagi metabolizmining asosiy yo‘li hisoblanmaydi.

Eliminasiyasi va ekskresiyasi

Mikafunginning yarim chiqarilish davri (T1/2) 10-17 soatni tashkil qiladi, preparat bir marta va takroran yuborilganidan keyin 8 mg/kg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida o‘zgarmaydi. Sog‘lom ko‘ngillilarda va katta yoshdagi pasientlarda umumiy klirensi xam bir marta, ham takroran yuborishlarda 0,15-0,3 ml/min/kg ni tashkil qildi va dozaga bog‘liq bo‘lmagan. 25 mg 14S-mikafungin sog‘lom ko‘ngillilarga bir marta yuborilganidan keyin 28 kundan so‘ng radioaktiv nishonning 11,6% siydikda va 71,0% – ahlatda aniqlangan, bu mikafunginning asosan buyraklar orqali bo‘lmagan eliminasiyasidan dalolat beradi. M-1 va M-2 metabolitlari plazmada juda xam oz konsentrasiyalarda aniqlangan, M-5 metabolit esa, dastlabki birikmaning 6,5% ni tashkil qilgan.

Turli guruh pasientlardagi farmakokinetikasi

Bolalar: Bolalarda «konsentrasiya-vaqt» (AUC) farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydonning kattaligi preparatning 0,5-4 mg/kg dozalar diapazoniga proporsionaldir. Klirensi yoshga bog‘liq bo‘lib, kichik (2-11 yosh) yoshli bolalarda klirensning o‘rtacha kattaliklari, katta yoshli (12-17 yosh) bolalarda va kattalardagiga qaraganda taxminan 1,3 marta yuqori. Chala tug‘ilgan chaqaloqlardagi (taxminan 26 haftalik) o‘rtacha klirensi, kattalarga qaraganda taxminan 5 marta yuqori.

Keksa pasientlar: 50 mg mikafungin 1 soat davomida infuzion yuborilganida keksa yoshli (66-78 yosh) shaxslarda farmakokinetik parametrlari, yoshlardagi (20-24 yosh) shunday kattalikdan ahamiyatli farq qilmagan.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: Jigar faoliyatining o‘rtacha darajada buzilishi (Chayld-Pyu indeksi – 7-9) bo‘lgan 8 pasient ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda, mikafunginning farmakokinetikasi 8 nafar sog‘lom ko‘ngillining farmakokinetikasidan biroz farq qilgan. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda mikafunginning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.

Buyrak disfunksiyasi bo‘lgan pasientlar: Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kalava filtrasiyasi < 30 ml/min) mikafunginning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan.

Jins/irq: Jins va irq mikafunginning farmakokinetik parametrlariga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan.

Qo‘llanilishi

  1. Kattalar, shu jumladan keksalar va >16 yoshli o‘smirlar:
    • Invaziv kandidozni davolash;
    • Zamburug‘larga qarshi preparatlarni vena ichiga yuborish talab qilingan pasientlarda qizilo‘ngach kandidozini davolash;
    • Pasientlarda qon yaratuvchi o‘zak hujayralarni allogen transplantasiyasidan keyin yoki neytropeniya (neytrofillar soni <500/mkl) taxmin qilinayotgan bemorlarda 10 kun va undan ortiq vaqt davomida kandidozni oldini olish.
  2. Bolalar (shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar) <16 yoshli o‘smirlar:
    • Invaziv kandidozni davolash;
    • Pasientlarda qon yaratuvchi o‘zak hujayralarni allogen transplantasiyasidan keyin yoki neytropeniya (neytrofillar soni <500/mkl) taxmin qilinayotgan bemorlarda 10 kun va undan ortiq vaqt davomida kandidozni oldini olish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mikamin® vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

Mikamin® preparatining dozalash tartibi ko‘rsatmalar, pasientning yoshi va tana vaznini hisobga olingan holda 1- va 2-jadvallarda keltirilgan.

1-jadval. Kattalar, shu jumladan keksalar va > 16 yoshli o‘smirlarda dozalash tartibi:

Ko‘rsatmalar Tana vazni > 40 kg Tana vazni < 40 kg
Invaziv kandidozni davolash kuniga 100 mg* kuniga 2 mg/kg *
Qizilo‘ngach kandidozini davolash kuniga 150 mg kuniga 3 mg/kg
Kandidozni oldin olish kuniga 50 mg kuniga 1 mg/kg

* Ijobiy klinik dinamika yoki qo‘zg‘atuvchining persistensiyasi bo‘lmaganida, tana vazni >40 kg bo‘lgan pasientlar uchun doza kuniga 200 mg gacha yoki tana vazni <40 kg bo‘lgan pasientlar uchun kuniga 4 mg/kg/ gacha oshirilishi mumkin.

2-jadval. Bolalar va < 16 yoshli o‘smirlar uchun Mikamin® preparatini dozalash tartibi:

Ko‘rsatmalar Tana vazni > 40 kg Tana vazni < 40 kg
Invaziv kandidozni davolash kuniga 100 mg* kuniga 2 mg/kg *
Candida infeksiyasini oldini olish kuniga 50 mg kuniga 1 mg/kg

* Ijobiy klinik dinamika yoki qo‘zg‘atuvchining persistensiyasi bo‘lmaganida, tana vazni >40 kg bo‘lgan pasientlar uchun doza kuniga 200 mg gacha yoki tana vazni <40 kg bo‘lgan pasientlar uchun kuniga 4 mg/kg/ gacha oshirilishi mumkin.

Invaziv kandidozni davolash davomiyligi bo‘yicha kamida 14 kunni tashkil qilishi lozim. Zamburug‘larga qarshi davolashni, qon tekshiruvining ketma-ket ikkita manfiy natijasi olinganidan va kandidozning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin xech bo‘lmaganda bir hafta davomida davom ettirish kerak.

Qizilo‘ngach kandidozini davolash uchun Mikamin® klinik belgilar tuzalganidan keyin hech bo‘lmaganda bir hafta davomida qo‘llanishi kerak.

Kandidozni oldini olish uchun Mikamin® neytrofillar darajasi tiklanganidan keyin  hech bo‘lmaganda bir hafta davomida qo‘llanishi kerak. Mikamin® ni 2 yoshdan kichik bolalarda profilaktik qo‘llash tajribasi cheklangan.

Alohida toifa pasientlarda dozalash tartibi

Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishida preparatning dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Hozirgi vaqtda og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Mikamin® ni qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun uni ushbu toifa pasientlarda ishlatish tavsiya qilinmaydi. Buyrak yetishmovchiligida dozalash tartibi o‘zgarmaydi.

Infuziya uchun Mikamin® eritmasi xona haroratida aseptika qoidalariga amal qilingan holda quyidagicha tayyorlanadi:

  1. Plastik qopqoqchani flakondan yechish, tiqinni esa spirt bilan dezinfeksiya qilish lozim.
  2. Infuziya uchun 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li dekstroza eritmasining 100 ml li flakon/paketdan 5 ml tortib olinib, kukunli har bir flakonga ichki devori bo‘ylab sekin yuborish kerak. Eritmani tayyorlashda ko‘pik hosil bo‘lishini minimumga yetkazish kerak. Infuziya uchun preparatning mg da kerakli dozasini olish uchun Mikamin® preparatining jadvalda ko‘rsatilgan sondagi flakonlar ishlatish lozim (quyida qarang).
  3. Flakonni ehtiyotkorlik bilan aylantirish kerak. CHAYQATILMASIN. Kukun to‘liq erishi kerak. Konsentratni darhol ishlatish kerak. Flakon bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan. Ishlatilmagan eritmani tashlab yuborish kerak.
  4. Olingan konsentrat flakondan olinadi, u birinchi marta olingan infuzion eritmali flakon/paketga yuboriladi va aralashtiriladi (2-bandga qarang). Infuziya uchun tayyorlangan eritmani darhol ishlatish kerak. U 25ºS haroratda yorug‘likdan himoyalangan sharoitda va yuqorida keltirilgan ta‘riflarga muvofiq tayyorlanganida 96 soatgacha barqarorligini saqlab qoladi.
  5. Infuziya uchun flakon/paketni ehtiyotlik bilan aylantirish kerak, lekin ko‘pik hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun chayqatilmasin. Agarda eritma xira bo‘lsa yoki cho‘kma hosil bo‘lsa, uni ishlatish mumkin emas.
  6. Infuziya uchun eritmani saqlovchi flakon/paketni, yorug‘likdan himoya qilish uchun yopiladigan tiniq bo‘lmagan qopchaga joylashtirish kerak.

3 jadval. Infuziya uchun eritma tayyorlash

Doza

(mg)

Qo‘llash uchun mo‘ljallangan Mikamin® preparatining flakoni Flakonlarga qo‘shiladigan 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li dekst-roza eritmasining miqdori Tayyorlangan eritmaning hajmi va faol moddaning konsentrasiyasi

 

Tayyor eritmaning konsentrasiyasi (100 ml erituvchi ishlatilganda)

 

50 1 x 50 5 ml taxminan 5 ml

(10 mg/ml)

0,5 mg/ml
100 1 x 100 5 ml taxminan 5 ml

(20 mg/ml)

1,0 mg/ml
150 1 x 100 + 1 x 50 5 ml taxminan 10 ml 1,5 mg/ml
200 2 x 100 5 ml taxminan 10 ml 2,0 mg/ml

Eritma tayyorlanganidan keyin uni vena ichiga 1 soat davomida yuborish kerak. Bundan tez o‘tkazilgan infuziya gistaminga-bog‘liq reaksiyalar xavfini oshirishi mumkin.

Flakonda tayyorlangan eritma

Agar erituvchi sifatida 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li dekstroza eritmasi ishlatilgan bo‘lsa, 25°S da kimyoviy va fizik barqarorligi 48 soatgacha saqlanib turadi.

Infuziya uchun tayyor eritma

Agar yorug‘likdan himoya qilinsa, erituvchi sifatida 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li dekstroza eritmasi ishlatilgan bo‘lsa, 25°S da kimyoviy va fizik barqarorligi 96 soatgacha saqlanib turadi. Mikamin® konservantlar saqlamaydi. Tayyorlangan eritmalar darhol ishlatilishi kerak. Normada 2°S dan 8°S gacha haroratda saqlash vaqti 24 soatdan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlar tahlil qilinganida jins va irqqa bog‘liq klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Turli a‘zolar va tizimlar bo‘yicha nohush reaksiyalar, tez-tezligi ko‘rsatilgan holda quyida keltirilgan: tez-tez: 1/100 dan < 1/10 gacha, tez-tez emas: ≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha, kam: ≥ 1/10 000 dan 1/1000 gacha, tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar tez-tezligini aniqlashga imkon bermaydi).

Qon va limfatik tizim tomonidan

Tez-tez: leykopeniya, neytropeniya, anemiya.

Tez-tez emas: pansitopeniya, trombositopeniya, eozinofiliya, gipoalbuminemiya.

Kam: gemolitik anemiya, gemoliz.

Tez-tezligi noma‘lum: qon tomir ichidagi disseminasiyalangan qon ivishi.

Immun tizimi tomonidan

Tez-tez emas: anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Modda almashinuvi va oziqlanishni buzilishlari

Tez-tez: gipokaliemiya, gipomagniemiya, gipokalsiemiya.

Tez-tez emas: giponatriemiya, giperkaliemiya, gipofosfatemiya, anoreksiya.

Ruhiyatni buzilishlari

Tez-tez emas: uyqusizlik, xavotirlik, ongni buzilishi, anoreksiya.

Nerv tizimi tomonidan

Tez-tez: bosh og‘rig‘i.

Tez-tez emas: uyquchanlik, tremor, bosh aylanishi, ta‘mni o‘zgarishi, gipergidroz.

Yurak tomonidan

Tez-tez emas: taxikardiya, yurak tez urishi, bradikardiya.

Qon tomirlari tomonidan

Tez-tez: flebit (asosan periferik kateterlari bo‘lgan OITV-infeksiyalangan pasientlarda).

Tez-tez emas: arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, gipertermiya,.giperemiya.

Tez-tezligi noma‘lum: shok.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan

Tez-tez emas: hansirash.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan

Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq.

Tez-tez emas: dispepsiya, qabziyat.

Jigar va o‘t-safro chiqarish yo‘llari tomonidan

Tez-tez: qon zardobida ishqoriy fosfataza, alanin transaminazalar, asparagin transaminazalar, bilirubin darajasini oshishi, funksional jigar testlarini o‘zgarishi.

Tez-tez emas: jigar yetishmovchiligi, gamma glutamiltranspeptidaza darjasini oshishi, sariqlik, xolestaz, gepatomegaliya, gepatit.

Tez-tezligi noma‘lum: gepatosellyulyar shikastlanishlar, shu jumladan o‘lim hollari.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan

Tez-tez: toshma.

Tez-tez emas: eshakemi, qichishish, eritema.

Tez-tezligi noma‘lum: terida toksik toshmalar, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Buyrak va siydik yo‘llari tomonidan

Tez-tez emas: qon zardobida kreatinin, mochevina konsentrasiyasini oshishi, buyrak yetishmovchiligini avj olishi.

Tez-tezligi noma‘lum: buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar

Tez-tez: gipertermiya, et uvishishi.

Tez-tez emas: trombni hosil bo‘lishi, in‘eksiya joyida og‘riq, infuziya joyida yallig‘lanish, periferik shish.

Laborator tekshirishlarning ma‘lumotlari

Tez-tez emas: qon zardobida laktatdegidrogenazaning faolligini oshishi.

Pediatrik pasientlar

Quyida keltirilgan ayrim noxush reaksiyalarning tez-tezligi bolalarda, kattalarga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan. Bundan tashqari, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, alanin transaminazalar, aspargin transaminazalar va ishqoriy fosfatazaning faolligini katta yoshli bolalarga nisbatan, ikki marta oshishi aniqlangan.

Qon va limfatik tizim tomonidan

Tez-teztrombositopeniya.

Yurak tomonidan

Tez-tez: taxikardiya.

Qon tomirlar tomonidan

Tez-tez: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan

Tez-tez:  giperbilirubinemiya, gepatomegaliya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan

Tez-tez: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, qon zardobida mochevina konsentrasiyasini oshishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Faol moddaga yoki yordamchi komponentlarning biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik yoki ularni o‘zlashtiraolmaslik (galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi).

Ehtiyotkorlik bilan

Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari, surunkali jigar kasalliklari (jigar fibrozi, jigar sirrozi, virusli gepatit, jigarning neonatal kasalliklari va fermentlarning tug‘ma nuqsonlari), yo‘ldosh gepatotoksik va/yoki genotoksik terapiya, bolalik yoshi (ayniqsa 1 yoshgacha), buyrak yetishmovchiligi, sirolimus, nifedipin, itrakonazol va amfoterisin V bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mikafungin CYP3A izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalari bilan past potensialli o‘zaro ta‘sirga ega.

Mikamin®ni 0,9% natriy xloridi va 5% dekstroza eritmasidan tashqari, boshqa farmasevtik mahsulotlar bilan aralashtirish va pasientlarga bir vaqtda yuborish mumkin emas.

Mikafungin mofetil, siklosporin, takrolimus, prednizolon, sirolimus, nifedipin, flukonazol, ritonavir, rifampisin, itrakonazol, varikonazol va amfoterisin B kabi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, mikafunginning dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Mikafungin ishlatilganida itrakonazol, sirolimus va nifedipinning AUC ahamiyatsiz – muvofiq ravishda 22%, 21% va 18% ga oshgan.

Mikafungin va amfoterisin V dezoksixolatni birga qo‘llanilishi amfoterisin V dezoksixolatning ekspozisiyasini 30% ga oshishi bilan kechgan. Bu holat klinik ahamiyatga egaligi tufayli, bunday preparatlarni birga qo‘llanishiga faqat, foyda xavfdan yaqqol ustun bo‘lgan hollarda, amfoterisin V dezoksixolatning toksikligini sinchkov nazorati ostida jazm etish lozim.

Mikamin® bilan majmuada sirolimus, nifedipin yoki itrakonazol olayotgan pasientlarda sirolimus, nifedipin yoki itrakonazolning toksik ta‘sirini aniqlash maqsadida monitoring o‘tkazish va zarurati bo‘lganida ko‘rsatilgan preparatlarning dozasini pasaytirish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Mikafungin yuborilganida anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan shok yuz berishi mumkin. Ular yuz berganida mikafungin infuziyasini to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish lozim.

Mikafungin qo‘llanganida Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi eksfoliativ teri reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Agar pasientda toshma paydo bo‘lsa, ularni sinchkovlik bilan nazorat qilish va agar ular avj olsa, mikafunginni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Kam hollarda mikafungin bilan davolash fonida gemoliz, shu jumladan o‘tkir tomirlar ichki gemolizi va gemolitik anemiya kuzatilgan. Gemolizning klinik yoki laborator belgilari paydo bo‘lganida, pasientning holatini sinchkov monitoringini ta‘minlash va davolashni davom ettirishning xavfi va foydasining nisbatini baholash lozim.

Mikafungin ishlatilganida buyrak faoliyatini o‘zgarishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi aniqlangan, shuning uchun davolash vaqtida buyrak faoliyatini sinchkov monitoringini ta‘minlash lozim.

Mikafunginni qo‘llash sog‘lom ko‘ngillilarda ham, bemorlarda ham jigar faoliyatini sezilarli yomonlashishi (alanin transaminaza, asparagin transaminazaning yoki umumiy bilirubinning darajasini normaning yuqori chegarasidan 3 martadan ko‘proq oshishi) bilan kechishi mumkin. Ayrim hollarda jigarning og‘ir disfunksiyasi (gepatit yoki o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi) aniqlangan. 2 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda gepatotoksiklik xavfi oshadi.

Kalamushlarda preparat >3 oy davomida qo‘llanganda o‘zgargan gepatositlarning lokal o‘choqlarini va jigar xujayralarining o‘smalarini shakllanishi kuzatilgan. Preparatni pasientlarda qo‘llash uchun bunday holatning ahamiyati aniqlanmagan. Mikafungin bilan davolash jaranida jigar faoliyatini sinchkov monitoringini ta‘minlash lozim. Adaptiv regenerasiya xavfini minimumga keltirish uchun va jigar o‘smalarini keyinchalik hosil bo‘lishi mumkinligini oqibati sifatida, alanin transaminaza, asparagin transaminaza darajasini ahamiyatli yoki persistik oshishida, preparatni bekor qilish tavsiya qilinadi.

Mikafungin bilan davolashni, ayniqsa jigarning yaqqol fibrozi, sirroz, virusli gepatit, chaqaloqlardagi jigar kasalliklari yoki tug‘ma fermentopatiyalar kabi o‘smaoldi holatlari sifatida namoyon bo‘lgan jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari yoki surunkali jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek gepatotoksik va/yoki genotoksik ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash hollarida, xavf va foyda nisbatini sinchkov chamalab o‘tkazish kerak.

Ayrim nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi katta pasientlarga qaraganda bolalarda yuqoriroq bo‘lgan. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, 1 yoshdan katta bolalarga nisbatan alanin transaminaza, asparagin transaminaza va ishqoriy fosfatazaning faolligini taxminan 2 marta oshishi aniqlangan. Bu farqlarning eng ishonli sababi katta yoshdagi bolalar va katta bemorlarga nisbatan, klinik tadqiqotlardagi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarning turli dastlabki holati hisoblanadi. Pasientlarni tadqiqotga kiritish paytida neytropeniyasi bo‘lgan, suyak ko‘migini allogen transplantasiyasidan keyingi bemorlar, shuningdek bolalar orasida xavfli gematologik o‘smalari bo‘lgan bemorlar ulushi (muvofiq 40,2%, 29,4% va 29,1%), katta pasientlarga (muvofiq 7,3%, 13,4% va 8,7%) qaraganada bir necha marta yuqoriroq bo‘lgan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlarda qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda mikofunginni yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi, shuningdek reproduktiv toksikligi aniqlangan. Shuning uchun Mikamin® ni homiladorlik vaqida faqat xavf/foyda nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina qo‘llash kerak.

Mikafunginni ko‘krak sutiga o‘tish, yoki o‘tmasligi noma‘lum. Emizishni davom ettirish/to‘xtatish yoki Mikamin® bilan davolashni davom ettirish/to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni, bola uchun emizishning foydasi va ona uchun Mikamin® bilan davolashning foydasini hisobga olib qabul qilish kerak.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda testikulalarga nisbatan uningn toksik samarlari aniqlangan. Mikofungin erkaklarning reproduktiv potensialiga potensial ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga mikafunginni ta‘sirini baholash bo‘yicha xech qanday tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta‘sir qilishi mumikn bo‘lgan nohush reaksiyalar yuz berishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Mikafunginning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Doza oshirib yuborilgan hollarda umumiy tutib turuvchi choralar va simptomatik davolashni qo‘llash kerak. Mikafungin oqsillar bilan yuqori bog‘lanish darajasi bilan xarakterlanadi va dializ yordamida chiqarilmaydi.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 50 mg yoki 100 mg. 52,5 mg (50 mg doza) yoki 106,0 mg (100 mg doza) dan mikafungin (mikafungin natriy ko‘rinishida), tiqin, alyuminiy/polipropilen qopqoqcha va issiqlikda zichlashuvchi o‘ram plyonkasi bilan berkitilgan rangsiz shisha (I turdagi) flakonlarda.

1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIKAMIN liofilizat 50mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIKAMIN liofilizat 50mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MIKAMIN liofilizat 50mg dori vositasi Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd tomonidan Irlandiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MIKAMIN liofilizat 50mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIKAMIN liofilizat 50mg dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PROGRAF kapsulalar 1mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Takrolimus ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
Narh: 208 900 so'mdan Batafsil
PROGRAF kapsulalar 0,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Takrolimus ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
Narh: 151 200 so'mdan Batafsil
PROGRAF kapsulalar 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Takrolimus ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
Narh: 492 800 so'mdan Batafsil
ADVAGRAF kapsulalar 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Takrolimus ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
ADVAGRAF kapsulalar 1mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Takrolimus ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
Narh: 280 000 so'mdan Batafsil
PROGRAF konsentrat 1ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Takrolimus ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
ADVAGRAF kapsulalar 0,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Takrolimus ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
MIKAMIN liofilizat 100mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9