×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Левоцетиризин, Монтелукаст
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Navodaya Pharmaceuticals Private Limited, Индия произведено: Elfin Drugs Pvt.Ltd
ATX kodi:
- R07AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BEKLOMETAZON aerozol 100mkg Биннофарм, АО Rossiya
49 000 s`om dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz Eastmount Invest L.P., Великобритания произведено: Heilongjiang Province Fulekang Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
20 000 s`om dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz Биннофарм, АО Rossiya
20 000 s`om dan
SINGLON tabletkalari 10mg N28 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО Polsha
79 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MILAP

MILAP

Preparatning savdo nomi: Milap

Ta‘sir etuvchi modda (XPN):montelukast natriy/levosetirizin gidroxloridi

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 10 mg montelukast, 5 mg levosetirizin;

yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, kremniy dioksidi, poloksamer, povidon, tozalangan talk, suvsiz laktoza;

plyonka qobig‘i: gipromelloza, gidroksipropilsellyuloza (L-HPC LH-21), makrogol, titan dioksidi.

Ta‘rifi: dumaloq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: bronxolitik vosita.

ATX kodi: R07AX

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Montelukast natriy va levosetirizindan iborat majmuaviy allergiyaga qarshi preparat.

Montelukast – leykotrien reseptorlarini selektiv bloklaydi.

Bronxial astmada bronxlarni giperfaolligini tutib turuvchi surunkali persistirlovchi yallig‘lanishni eng kuchli mediatorlari bo‘lgan sisteinil leykotrienlarni (LTC4, LTD4 va LTE4) CysLT1-reseptorlarini spesifik ingibirlaydi.

Bronxiolalarni va qon tomirlarni silliq mushaklarini spazmini yaqqolligini, shishni, eozinofillarni va makrofaglarni migarasiyasini kamaytiradi, shilliq qavatini sekresiyasini kamaytiradi va mukosiliar transportni yaxshilaydi.

Ichga qabul qilinganda yuqori samarali.Bronxolitik ta‘siri bir kun davomida rivojlanadi va uzoq vaqt saqlanadi.

Levosetirizin setirizinni (R)- enantiomeri bo‘lgan levosetirizin, periferik N1- gistamin reseptorlarini tanlab ta‘sir qiluvchi antagonisti hisoblanadi. N1- gistamin reseptorlarini bloklaydi. Levosetirizinni N1- gistamin reseptorlariga yaqinligi setirizinga nisbatan 2 marta yuqori. Allergik reaksiyalarni gistaminga qaram bosqichiga ta‘sir qiladi, eozinofillarni migrasiyasini kamaytiradi, qon tomirlarini o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqarilishini cheklaydi. Allergik reaksiyalarni rivojlanishini oldini oladi va kechuvini yengillashtiradi, ekssudasiyaga qarshi, qichishishga qarshi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta‘sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samaraga ega emas.

Farmakokinetikasi

Montelukast

Ichga qabul qilingandan keyin meda-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Kattalarda 5-10mg dozada qabul qilinganda qon plazmasida Cmax 2-3 soatdan keyin erishiladi. Ichga qabul qilinganda biokiraolishligi 64-73% ni tashkil qiladi.

Montelukastni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 99% dan ko‘pni tashkil qiladi. Vd o‘rtacha 8-11 l ni tashkil qiladi.

Sutkada 1 marta 10 mg dozada qabul qilinganda faol moddaning plazmada o‘rtacha to‘planishi (taxminan 14%) kuzatiladi.

Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Kattalarda va bolalarda terapevtik dozalarda qo‘llanganda qon plazmasidagi muvozanat holatlarda montelukastning metabolitlarini konsentrasiyasi aniqlanmaydi.

Montelukastning metabolizmi jarayonida CYP3A4 va CYP2S9 izofermentlari ishtirok etishi taxmin qilinib, bunda montelukast terapevtik konsentrasiyalarda CYP3A4, 2S9, 1A2, 2A6, 2S19 va 2D6 izofermentlarini ingibirlamaydi.

Yosh sog‘lom kattalarda montelukastni T1/2 2,7 dan 5,5 soatgachani tashkil qiladi. Montelukastni klirensi sog‘lom kattalarda o‘rtacha minutiga 45 ml ni tashkil qiladi. Montelukastni peroral qabul qilingandan keyin 86% axlat bilan 5 kun davomida va 0,2% dan kami – siydik bilan chiqariladi, bu montelukast va uninig metabolitlarini deyarli safro bilan chiqarilishini tasdiqlaydi.

Levosetirizin

Levosetirizin ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Ovqatni qabul qilish so‘rilishni, uning tezligini kamaytirsada, to‘liqligiga ta‘sir qilmaydi. Bir marta ichga qabul qilingandan keyin 0,9 soatdan so‘ng qon plazmasida Cmax  eriadi. Muvozanatli holatga 2 kundan keyin erishadi. Bir marta va qayta (har kuni 5 mg dan) qabul qilingandan keyin Cmax 270 ng/ml va 308 ng/ml ga muvofiqni tashkil qiladi.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 90% ni tashkil qiladi. Preparatni to‘qimalarda taqsimlanishi va GET orqali o‘tishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Vd 0,4 l/kg ni tashkil qiladi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Yuborilgan dozaning 14% dan kami jigarda aromatik halqani oksidalanish, N- va O –dealkillanish va taurin bilan kon‘yugasiya qilinish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Dealkillanish asosan CYP3A4 bilan kataliz qilinadi, aromatik halqani oksidlanishida esa CYP ni izoshakllari ishtirok etadi. Levosetirizin peroral 5 mg qabul qilingandagi cho‘qqi konsentrasiyalardan oshadigan konsentrasiyalarda CYP1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1va 3A4 izofermentlariga ta‘sir qilmaydi. Unchalik katta bo‘lmagan metabolizmi va metabolik bostirilishni yo‘qligi natijasida levosetirizinni boshqa moddalar bilan o‘zaro ta‘sirlashuv ehtimoli kam.

T1/2 7,9±1,9 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi minutiga 0,63 ml/kg ni tashkil qiladi. Levosetirizin va uning metaboliti asosan buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 85,4%) kalavali filtrasiya va faol naychalar sekresiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Ichak orqali chiqarilishi 12,9% ni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Bronxial astmani oldini olish va uzoq muddat davolash, shu jumladan kasallikning kunduzi va tunda kuzatiladigan simptomlarini oldini olish; asetilsalisil kislotasiga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan pasientlardagi bronxial asmani davolash; jismoniy zo‘riqish oqibatida kelib chiqqan bronxospazmni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Preparat mavsumiy yoki surunkali allergik rinit simptomlarini davolash uchun, mavsumiy allergik rinitni profilaktika qilish va allergik rinit bilan kechadigan astmani davolash maqsadida qo‘llanadi.

Preparat qo‘llanishi tayinlangan astmasi bo‘lgan pasientlarda, preparat shuningdek mavsumiy allergik rinit simptomlarini ham yengillashtiradi.

Dominant komponenti jismoniy yuklama bilan induksiyalangan bronxospazm bo‘lgan, astmani oldini olish uchun ham qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 15 yoshdan katta bolalar uchun Milap preparatini kuniga bitta tabletkadan yoki shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

Astmasi va astma va yo‘ldosh mavsumiy allergik riniti bo‘lgan 15 yosh va undan katta yoshdagi pasientlar uchun doza sutkada kechqurun 10 mg (1 tabletka) ni tashkil qiladi.

Umumiy tavsiyalar. Preparatining bronxial astmani nazorat qilish ko‘rsatkichlariga terapevtik ta‘siri 1 kun davomida rivojlanadi. Preparatni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Pasientlarni, xattoki astmani nazorat qilishga erishilmagan bo‘lsa ham, va astmaning kechishi yomonlashgan davrlarda ham, preparatni qabul qilishlari zarurligi to‘g‘risida xabardor qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Infeksiyalar va invaziyalar: juda tez-tez – nafas olish yo‘llari yuqori bo‘limlarining infeksiyalari.

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – qon ketishiga moyillikning ortishi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan, anafilaksiya; juda kam hollarda – jigarni eozinofil infiltrasiyasi.

Ruhiyat tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – patologik uyqular, shu jumladan tungi dahshatlar, uyqusizlik, somnambulizm, qo‘zg‘algan holat, ajitasiya, shu jumladan tajavuzkor ahloq yoki dushmanlik hissi, depressiya, psixomotor giperfaollik (shu jumladan, ta‘sirchanlik, xavotirlik va tremor); kam hollarda – xotirani yomonlashishi, diqqatni buzilishi; juda kam hollarda – gallyusinasiyalar, dezorientasiya, suisidal fikrlar va ahloq (o‘z joniga qasd qilmoqlik).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziyalar/gipesteziya, tirishishlar.

Yurak tomonidan buzilishlar: kam hollarda – yurak urishini his qilish.

Respirator tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – burundan qon ketishi; juda kam hollarda – Cherdj-Stross sindromi, o‘pka eozinofiliyasi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – diareya, qo‘ngil aynishi, qusish; kam hollarda – og‘izni qurishi, dispepsiya.

Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez qon zardobida transaminazalar (ALT, AST) darajalarini oshishi; juda kam hollarda – gepatit (shu jumladan, xolestatik, gepatosellyulyar, shuningdek jigarni aralash shikastlanishi).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez – toshma; tez-tez emas – qontalashlar, eshakemi, qichishish; kam hollarda – angionevrotik shish; juda kam hollarda – tugunli eritema, ko‘p shaklli eritema.

Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez emas– artralgiya, mialgiya, shu jumladan mushak spazmlari.

Umumiy holatni va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar: tez-tez – pireksiya; tez-tez emas – asteniya/toliqish, lohaslik, shish.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • levosetirizinga, montelukastga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • preparatni shuningdek buyrak faoliyatining og‘ir shakli bo‘lgan pasientlarga kreatinin klirensi minutiga 10 mldan kamida va gemodializda bo‘lgan pasientlarga ham qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Montelukast

Montelukastni 10 mg dozada bir marta fenobarbital bilan davolash fonida qabul qilinganda montelkukastni AUC 40% ga pasayadi. Montelukast dozasini to‘g‘rilash bo‘yicha tavsiyalar yo‘q. Montelukast bilan davolanish fonida sitoxrom R450 tizimini induksiyalash xususiyatiga ega fenobarbital, fenitoin, rifampisin kabi dori vositalarini oladigan pasientlarni adekvat klinik kuzatishni maqsadga muvofiqligi aniqlangan.

Levosetirizin

Teofillinni (400mg sutkada 1 marta) ko‘p marta yuborilganda setirizin klirensini kamayishi (16%) kuzatilgan bo‘lib, bunda teofillinni farmakokinetikasi setirizinni bir vaqtda yuborilganda o‘zgarmaydi. Sezuvchan pasientlarda levosetirizin va etanolni yoki markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa vositalarni bir vaqtda qo‘llash, markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sirlarni potensilanishiga olib kelishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Montelukast

Montelukastni bronxial astmaning o‘tkir xurujlarida, shu jumladan astmatik holatda bronxospazmni yo‘q qilish uchun qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Kam hollarda montelukstni olayotgan bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda ba‘zida Cherdj-Stross sindromiga mos keladigan holat, ko‘pincha tizimli glyukokortikoidlarni yuborishni talab qiluvchi tizimli eozinofiliya xolati rivojlangan. Bu xavfli holatni hamma hollarda ham tez-tez rivojlanmasligi, bu glyukokortikoidlarni peroral shakllarini oldingi dozasini kamaytirish mumkinligini ta‘kidlaydi. Mutaxassislar montelukastni qabul qilgan pasintlarda tizimli eozinofiliya, gemorragik toshmalar (purpur-vaskulitni qon ketish turiga mos keluvchi), nafas a‘zolari faoliyatini yomonlashuvi kabi simptomlarni, kardial shikoyatlar, neyropatiya bilan bog‘liq shikoyatlarni paydo bo‘lishiga diqqat bilan qarashlari kerak. Shu bilan bir vaqtda montelukastni qabuli va ko‘rsatilgan patologik holatlarni rivojlanishi o‘rtasida ishonchli sabab-oqibatlar aniqlanmagan.

Levosetirizin

Buyraklarni o‘rtacha yoki yaqqol buzilishlari bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarga dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda kreatinin kliriensiga ko‘ra dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi.

Jigar faoliyatini izolirlangan buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozalarni hech qanday o‘zgartirish talab qilinmaydi. Jigar va buyrak faoliyatini aralash buzilishlari bo‘lgan pasientlarga dozani aniqlash talab qilinmaydi.

Pasientlarga levosetirizinni qabul qilish vaqtida alkogolni ist‘emol qilishdan saqlanish lozim.

Homiladorlik va laktasiya

Montelukast yoki levosetirizinni odamlarda homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha yetarli nazoratli klinik tekshrishlar o‘tkazilmaganligi uchun preparatni faqat juda zarur hollarda qo‘llash mumkin.

Levosetirizinni ko‘krak suti bilan chiqarilishi tufayli preparatni emizish vaqtida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobililyatiga  ta‘siri

Qiyosiy klinik tekshirishlar levosetirizinni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilingandan keyin tetiklanish darajasini, transport vositalarini boshqarishga bo‘lgan reaksiya vaqti va qobiliyatini buzilish belgilari aniqlamagan. Ammo ayrim pasientlarda qabul qilish vaqtida uyquchanlik, toliqish yoki asteniya paydo bo‘lishi mumkin.

Avtotransportni boshqaruvchi va psixomotor reaksiyalarni tezkorligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan pasientlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlarni kuchayishi

Davolash: me‘dani yuvishni, simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20 dori vositasi Navodaya Pharmaceuticals Private Limited, Индия произведено: Elfin Drugs Pvt.Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MILAP tabletkalari 10mg+5mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GLENSET ADVANS tabletkalari 10mg+5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин, Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
GLENSET ADVANS tabletkalari 5mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин, Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
ALLERVIL tabletkalari 10mg/5mg N10
Narh: 42 700 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEFTAVAN poroshok 1000mg/125mg N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9