×
×
  • MILUKANT tabletkalari 5mg N28

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MILUKANT tabletkalari 5mg N28

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company Польша произведено: Pharmaceutical Works Polfa in Pabianice Joint Stock Company
ATX kodi:
- R03DC03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VENTAKORT aerozol 100mkg World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
37 000 s`om dan
AMMIAK eritma 20ml 10% Radiks, ЧНПП O'zbekiston
3 300 s`om dan
PEFSAL aerozol 250mkg 25/250 mkg/doza 120 doz World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
189 000 s`om dan
EYRTEK aerozol 25mkg+125mkg N120 Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MILUKANT tabletkalari 5mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

O‘ramga ilova-varaqa: iste‘molchilar uchun yo‘riqnoma

Milukant, chaynaladigan tabletkalar, 5 mg

Montelukast

 

Dori preparatini qo‘llashdan oldin ilova-varaqa bilan tanishib chiqish kerak, chunki u pasient uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu preparatni har doim yo‘riqnomada ko‘rsatilganidek yoki shifokoringiz yoki farmasevt ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak.
  • Ushbu yo‘riqnomani saqlang, ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslahat kerak bo‘lsa, farmasevtingizga murojaat eting.
  • Agar Siz o‘zingizda biron-bir nojo‘ya ta‘sirlarni yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta‘sirlarning sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Milukant dori preparati nima va u nima maqsadda qo‘llanadi?
  2. Milukant dori preparatini qabul qilishdan oldin tanishib chiqish zarur bo‘lgan ma‘lumot.
  3. Milukant dori preparatini qanday qabul qilish kerak?
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar.
  5. Milukant dori preparatini saqlash sharoitlari.
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot.

  1. Milukant dori preparati nima va u nima maqsadda qo‘llanadi?

Milukant leykotrien reseptorlarining antagonisti hisoblanadi. Milukant leykotrienlarning ta‘sirini bloklaydi. Leykotrienlar nafas yo‘llarining torayishi va shishini chaqiradi. Leykotrienlar samarasini bostirishi tufayli, Milukant astma simptomlarini yengillashtiradi va astmani nazorat qilishni yengillashtiradi, shuningdek mavsumiy allergiya (shuningdek pichan riniti yoki burun shilliq qavatini mavsumiy allergik yallig‘lanishi deb nomlanuvchi) simptomlarini yengillashtiradi.

Milukant dori preparati kunduzi va kechasi astmatik ko‘rinishlarni oldini olish maqsadida astmani davolash uchun shifokor tomonidan buyuriladi.

  • Milukant avval qo‘llanilgan boshqa dori preparatlari yordamida astmani nazorat qilishga erishilmagan va qo‘shimcha medikamentlarni qo‘llashga muhtoj bo‘lgan pasientlarni davolash uchun qo‘llanadi.
  • Shuningdek Milukantni astmani davolash uchun ingalyasion kortikosteroidlarni qo‘llamagan va ingalyasion kortikosteroidlarni qo‘llay olmaydigan 6 yoshdan 14 yoshgacha pasientlar uchun ingalyasion kortikosteroidlarni o‘rnini bosuvchi vosita sifatida qo‘llash mumkin
  • Shuningdek Milukant jismoniy yuklama oqibatidagi nafas yo‘llarining torayishini oldini olish uchun ham qo‘llanadi.

Shifokor har bir pasientda astmaning og‘irlik darajasiga qarab Milukantni qanday qo‘llash kerakligini aniqlaydi.

Astma nima?

Astma quyidagilarni chaqiruvchi surunkali kasallik hisoblanadi:

  • Nafas yo‘llarini torayishi oqibatida nafas olishni qiyinlashishi. Turli omillar ta‘siri ostida bu torayish kuchayadi yoki kamayadi.
  • Yuqori sezuvchanlik oqibatida nafas yo‘llari sigaret tutuni, o‘simliklar changi, sovuq havo va jismoniy yuklama kabi ko‘p sonli omillarga javob qaytaradi.
  • Burun shilliq qavatining shishi (yallig‘lanish jarayoni).

Astma simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘tal, hushtaksimon nafas va ko‘krak qafasida siqilish.

  1. Milukant dori preparatini qabul qilishdan oldin tanishib chiqish zarur bo‘lgan ma‘lumot

Pasient hozirgi vaqtda yoki avval xastalangan barcha kasalliklar va allergiyalar haqida davolovchi shifokorga xabar berishi kerak.

Milukant preparatini qachon qabul qilmaslik kerak

Montelukast yoki Milukant dori vositasining har qanday boshqa komponentiga
(6 bo‘limda sanab o‘tilgan) yuqori sezuvchanlik aniqlangan hollarda Milukant dori preparatini qabul qilish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

  • Astma simptomlari kuchayganda yoki hansirash paydo bo‘lganda darhol davolovchi shifokorga murojaat etish kerak.
  • Milukant peroral preparati astmaning o‘tkir xurujlarini davolash uchun mo‘ljallanmagan. O‘tkir xuruj holatlarida shifokor ko‘rsatmalariga rioya qiling. Har doim o‘zi bilan astmaning o‘tkir xurujlarida qo‘llash uchun maxsus mo‘ljallangan ingalyasion dori preparatlari bo‘lishi kerak.
  • Pasient shifokor tomonidan buyurilgan astmaga qarshi barcha preparatlarni qabul qilishi kerak. Shifokor tomonidan buyurilgan astmaga qarshi boshqa preparatlarning o‘rniga Milukantni qo‘llash mumkin emas.
  • Astmaga qarshi dori preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda bir vaqtda grippsimon simptomlar, qo‘l-oyoqlarda sanchish hissi yoki uvishish hissi paydo bo‘lsa, nafas simptomlari yomonlashsa va (yoki) toshma paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
  • Shuningdek agar asetilsalisil kislotasini saqlovchi preparatlarni va yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar deb nomlanuvchi) qabul qilish oqibatida pasientda astma simptomlari kuchaysa, bu preparatlarni qabul qilish mumkin emas.

Bolalar va o‘smirlar

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Milukant 5 mg dan chaynaladigan tabletkalar ko‘rinishida qo‘llaniladi.

Milukant va boshqa preparatlar

Ayrim preparatlar Milukantning samaralariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuningdek Milukant ham boshqa dori preparatlarining samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Pasient so‘ngi vaqtlarda qabul qilinayotgan barcha dori preparatlari, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlar haqida davolovchi shifokorga xabar berishi kerak.

Agar quyidagi dori preparatlarini qabul qilinayotgan bo‘lsa, Milukantni qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokorga xabar berish kerak:

  • fenobarbital (tutqanoqni davolash uchun qo‘llanadi),
  • fenitoin (tutqanoqni davolash uchun qo‘llanadi),
  • rifampisin (tuberkulyoz va ayrim infeksion kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi).

Milukantni ovqat va suyuqliklar bilan qabul qilish

Milukant 5 mg, chaynaladigan tabletkalarni ovqatlanish vaqtida qabul qilish mumkin emas; preparatni ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davri

Har qanday dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.

Homiladorlikda qo‘llanishi

Milukantni qabul qilishdan oldin homilador yoki homiladorlikni rejalashtirgan ayollar davolovchi shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Shifokor homiladorlik davrida Milukantni qabul qilish mumkinligi haqida qaror qabul qiladi.

Emizish davrida qo‘llanishi

Milukantni ko‘krak sutiga kirishi noma‘lum. Emizikli ayollar yoki emizishni rejalashtirgan ayollar Milukantni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish

Milukantning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri kuzatilmaydi. Lekin ayrim shaxslarda dori vositasiga reaksiya individual bo‘lishi mumkin. Montelukastni qo‘llagandan juda kam hollarda ta‘riflangan ayrim nojo‘ya ta‘sirlar (bosh aylanishi va uyquchanlik) ayrim pasientlarda transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Milukantning ayrim komponentlari haqida muhim ma‘lumot

Milukant 5 mg chaynaladigan tabletkalar fenilalanin manbai hisoblangan aspartam saqlaydi. Agar preparatni qabul qilayotgan bolada fenilketonuriya (metabolizmning kam uchraydigan nasliy buzilishi) bo‘lsa, 5 mg har bir chaynaladigan tabletka fenilalanin
(5 mg chaynaladigan bir tabletkada 0,842 mg ga mos miqdorda) saqlashini e‘tiborga olish kerak.

  1. Milukant dori preparatini qanday qo‘llash kerak
  • Milukantni shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha sutkada bir tabletkadan qabul qilish kerak.
  • Dori vositasini hatto astma simptomlari bo‘lmaganda, shuningdek astmaning o‘tkir xuruji holatlarida ham qabul qilish kerak.
  • Milukantni shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak. Gumonlar paydo bo‘lgan hollarda, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.
  • Dori vositasi peroral (ichga) qabul qilinadi.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar:

Sutkada 5 mg bir chaynaladigan tabletkadan kechqurun qabul qilinsin. Milukant 5 mg chaynaladigan tabletkalarni ovqatlanish vaqtida qabul qilish mumkin emas; preparatni ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2 soatdan keyin qabul qilish kerak

Milukantni buyurishdan oldin pasient huddi shu faol modda, ya‘ni montelukast saqlovchi boshqa dori preparatlarini qabul qilmayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.

Milukant dori preparatining tavsiya etilgan dozasidan yuqoriroq dozada qabul qilish

Darhol shifokorga murojaat etish kerak.

Ko‘pgina hollarda doza oshirib yuborilganda nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilmaydi. Kattalarda va bolalarda preparatning dozasi oshirib yuborilganda ko‘pincha kuzatiladigan nojo‘ya ko‘rinishlarga quyidagilar kiradi: qorinda og‘riq, uyquchanlik, ko‘p chanqash, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish va yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.

Milukant dori preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborish

Milukantni shifokor tavsiyalariga muvofiq qabul qilishga harakat qiling. Lekin agar Siz dori preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, keyinchalik odatdagi dozalash tartibiga rioya qilish kerak, ya‘ni kuniga bir marta bitta tabletka. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas.

Agar Siz Milukant preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Milukant dori preparati pasientda astmani davolashda faqat muntazam qabul qilganda foyda keltiradi.

Davolovchi shifokor tavsiya etgan muddat davomida Milukantni qabul qilish muhim. Bu astmaning simptomlarini nazorat qilishga yordam beradi.

Dori preparatini qabul qilish yuzasidan gumonlar paydo bo‘lgan hollarda shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Barcha preparatlar kabi Milukant nojo‘ya samaralar chaqiradi, garchi bu nojo‘ya samaralar hamma pasientlarda namoyon bo‘lmaydi.

Montelukastni 5 mg dozada chaynaladigan tabletkalar ko‘rinishida qabul qilish bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda montelukastni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralar (100 pasientdan kamida 1 tasida, lekin 10 pasientdan
1 tasidan kamrog‘ida kuzatilgan) quyidagilar bo‘lgan:

  • Bosh og‘rig‘i

Bundan tashqari, klinik tadqiqotlarda 10 mg qobiq bilan qoplangan tabletka ko‘rinishida montelukast bilan davolash kursi yakunlangandan keyin quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilgan:

  • Qorinda og‘riq

Ushbu simptomlar yengil kechgan va ko‘pincha plasebo (dori moddasini saqlamaydigan tabletka) qabul qilgan pasientlarga nisbatan montelukast qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan.

Bundan tashqari dori preparati savdoga chiqarilgandan keyin quyidagi simptomlar qayd etilgan:

  • Qon ketishlarga yuqori moyillik
  • Allergik reaksiyalar, shu jumladan toshma, yuz, nafas olish yoki yutishni qiyinlashtiruvchi lab, til va tomoqni shishi
  • Hulq-atvor va kayfiyatni o‘zgarishi (odatdagi bo‘lmagan tush ko‘rishlar, shu jumladan dahshatli tush ko‘rishlar, gallyusinasiyalar, ta‘sirchanlik, qo‘rquv hissi, xavotirlik, qo‘zg‘alish, shu jumladan tajavuzkor hulq, qaltirashni paydo bo‘lishi, depressiya, uyqusizlik, o‘z joniga qasd qilish fikri va urinishlar (ayrim hollarda)),
  • Bosh aylanishi, uyquchanlik, qo‘l-oyoqlarda sanchish va uvishish hissi, tirishishlar,
  • Yurak urishini kuchayishi,
  • Burundan qon ketishi,
  • Ich ketishi, og‘izni qurishi, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish,
  • Jigarda yallig‘lanish jarayonlari,
  • Qon talashlarni paydo bo‘lishi, qichishish, eshakemi, ko‘pincha boldir terisida teri ostida qizil og‘riqli tugunlarni paydo bo‘lishi (tugunli eritema),
  • Bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq, mushak tortishishlari,
  • Yuqori toliqish, o‘zini yomon his qilish, shishlar, tana haroratini oshishi.

Astmasi bo‘lgan va montelukastni qabul qiluvchi pasientlarda gripp simptomlari, qo‘l va oyoqda sanchish va uvishish hissi, nafas yo‘llari tomonidan simptomlarni kuchayishi va (yoki) toshma (Xurga-Shtraus sindromi) kabi sindromlarni paydo bo‘lishining juda kam holatlari qayd etilgan.

Noxush nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish

Agar Sizda nojo‘ya ta‘sirlar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, iltimos, shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida bevosita dori vositalarini qayd etish bo‘yicha Boshqarmadagi dori vositalarining nojo‘ya ta‘sirlari monitoringi Departamentiga xabar berish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlar haqidagi xabarlar tufayli, Biz preparatning xavfsizligi haqida ko‘proq ma‘lumot to‘plashimiz mumkin.

  1. Milukant dori preparatini saqlash sharoitlari

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Ta‘sir etuvchi modda: montelukast (montelukast natriy).

Har bir chaynaladigan tabletka montelukast natriy ko‘rinishida 5 mg montelukast saqlaydi.

Yordamchi moddalar:

Mannitol (Ye 421), mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, gidroksipropilsellyuloza, aspartam (Ye 951), magniy stearati, “Cherry 502450 TP0551” olcha aromatizatori, temir (III) oksidi (Ye 172).

Milukant dori preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomonida “5” gravirovkasi bo‘lgan, pushti rangli, diametri 9,5 mm bo‘lgan tabletkalar.

O‘ram qobiq bilan qoplangan 28 tabletka saqlaydi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MILUKANT tabletkalari 5mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MILUKANT tabletkalari 5mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MILUKANT tabletkalari 5mg N28 dori vositasi Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company Польша произведено: Pharmaceutical Works Polfa in Pabianice Joint Stock Company tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MILUKANT tabletkalari 5mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MILUKANT tabletkalari 5mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MILUKANT tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company Польша произведено: Pharmaceutical Works Polfa in Pabianice Joint Stock Company
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9