×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIRTEL tabletkalari 30mg N30

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Faol modda:
Миртазапин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H.
ATX kodi:
- N06AX11
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 218 ta dorixonasida topildi

ico 229 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 328 700 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 29 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 5ml N5 Ever Neuro Pharma GmbH Avstriya
191 000 s`om dan
ALZEPIL tabletkalari 10mg N28 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company Vengriya
349 000 s`om dan
NEYROSITIN eritma 200ml ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
42 000 s`om dan
NIVALIN eritma 1 ml 2,5 mg/ml N10 Софарма АО Bolgariya
100 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIRTEL tabletkalari 30mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIRTEL®

MIRTEL

 

Preparatning savdo nomi: Mirtel®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mirtazapin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi

faol modda: 30 mg mirtazapin,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, gidroksipropilsellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, o‘simlikdan olingan magniy stearati,

qobig‘i: polivinil spirti, lesitin (Ye322), titan dioksidi (Ye171), makrogol 3350, talk (Ye553 b), temir (II) oksidi (Ye172), temir (III) oksidi (Ye172), temir (II, III) oksidi (Ye172).

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida sindirish chizig‘i bo‘lgan och sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Psixoanaleptiklar. Boshqa antidepressantlar. Mirtazapin.

ATX kodi: N06AX11

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Mirtazapin markaziy noradrenergik va serotoninergik neyrotransmissiyani (nerv impulslarini o‘tkazilishini) oshiruvchi markaziy faol presinaptik α2-antagonisti hisoblanadi. Serotoninergik neyrotransmissiyani kuchayishi spesifik jihatdan 5-NT1 reseptorlari orqali o‘tkaziladi, chunki 5-NT2 va 5-NT3 reseptorlari mirtazapin tomonidan bloklangan bo‘ladi. Mirtazapinning ikkala enantiomeri, S (+) enantiomer α2-adreno va 5-NT2-serotonin reseptorlarini bloklashi, R(-) enantiomer esa, 5-NT3 reseptorlarini bloklashi yo‘li orqali antidepressant faoliyatni kuchaytirishi taxmin qilinadi.

N1-gistamin reseptorlarini bloklaydi, sedativ ta‘sir ko‘rsatadi. Antidepressiv samarasi 1-2 hafta davolashdan keyin namoyon bo‘ladi. U deyarli antixolinergik ta‘sir ko‘rsatmaydi va terapevtik dozalarda yurak-qon tomir tizimiga deyarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Preparat peroral qabul qilinganidan keyin faol modda mirtazapin tez va yaxshi so‘riladi va plazmada cho‘qqi darajalarga ikki soatdan keyin erishadi (biokiraolishligi taxminan 50%). Mirtazapinni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 85%. O‘rtacha yarim chiqarilish davri 20-40 soatni tashkil etadi.

Ovqatlanish mirtazapinning farmakokinetik xususiyatlariga ta‘sir qilmaydi.

Mirtazapin yaxshi o‘zlashtiriladi va bir necha kun davomida siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Biotransformasiyaning asosiy yo‘llari demetilyasiya va oksidlanish bo‘lib, undan keyin kon‘yugasiya yuz beradi. Odam jigari mikrosomalaridagi in vitro sharoitdagi tadqiqotlarning ma‘lumotlari sitoxrom R450 ning CYP2D6 va CYP1A2 enzimlari mirtazapinning 8-gidroksi metabolitini hosil bo‘lishida ishtirok etishini, CYP3A4 esa, N-demetil va N-oksid metabolitlarini hosil bo‘lishi uchun mas‘ul hisoblanishini ko‘rsatdi. Demetil metaboliti farmakologik faol hisoblanadi va dastlabki aralashmaga o‘xshash farmakokinetik profiliga ega.

Mirtazapinning klirensi buyrak va jigar yetishmovchiligi oqibatida pasayishi mumkin.

Qo‘llanilishi

– turli etiologiyali depressiv holatlarni davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sutkalik doza, odatda 15 dan 45 mg gachani, boshlang‘ich doza – 15 yoki 30 mg ni tashkil etadi.

Mirtel 1-2 hafta davolashdan keyin ta‘sir qilishni boshlaydi. Adekvat dozalarda davolash 2-4 hafta davomida ijobiy reaksiyaga olib keladi. Reaksiya yetishmovchiligida dozani maksimumgacha oshirish mumkin. Agar 2-4 hafta davolagandan keyin reaksiya kuzatilmasa davolash to‘xtatilishi lozim.

Mirtazapinning yarim parchalanish davri 20-40 soatni tashkil etadi, shuning uchun Mirtel sutkada bir marta qabul qilish uchun to‘g‘ri keladi. Uni uxlashdan oldin kechqurun qabul qilgan afzal.

Mirtelni shuningdek ikkiga bo‘lingan dozalarda qabul qilish mumkin (biri ertalab va biri kechqurun, yuqoriroq doza kechqurun qabul qilinishi kerak).

Tabletkalarni peroral, suyuqlik bilan yutiladi, chaynash mumkin emas.

Depressiyasi bo‘lgan pasientlar simptomlar bartaraf etilganliga ishonch hosil qilish uchun preparatni kamida 6 oy qabul qilishlari kerak.

O‘rganib qolish simptomlaridan saqlanish uchun Mirtelni qabul qilishni asta-sekin to‘xtatish tavsiya etiladi.

Keksalar

Tavsiya etiladigan doza kattalar uchun mo‘ljallangan dozaga o‘xshash. Keksa pasientlarda dozani oshirish qoniqarli va xavfsiz reaksiyaga erishish uchun sinchkovlik bilan kuzatuv bilan olib borilishi kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

O‘rtacha yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <40 ml/min) bo‘lgan pasientlarda mirtazapinning klirensi kamayishi mumkin. Mirtelni bunday toifadagi pasientlarga buyurilganida, bu faktni e‘tiborga olish kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda mirtazapinning klirensi kamayishi mumkin. Mirtelni o‘tkir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurilganida bu faktni e‘tiborga olish kerak, chunki o‘tkir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash yetarlicha o‘rganilmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda tez-tez

  • ishtahani oshishi, tana vaznini oshishi
  • uyquchanlik, sedasiya
  • bosh og‘rig‘i
  • og‘izni qurishi

Tez-tez

  • letargiya, ongni chalkashishi, uyqusizlik, tungi dahshatlar, bezovtalik
  • bosh aylanishi, toliqish
  • tremor
  • ko‘ngil aynishi, qusish, diareya
  • ekzantema
  • artralgiya, mialgiya, belda og‘riq
  • ortostatik gipotenziya
  • periferik shish

Kam hollarda

  • paresteziya
  • oyoqlarda bezovtalik
  • gipotenziya, hushdan ketish
  • hayajonlanish, psixomotor bezovtalik (shu jumladan, akatiziya, giperkineziya), gallyusinasiyalar, maniya

Juda kam hollarda

  • mioklonus
  • transaminazalar faolligini oshishi

Ayrim hollarda

  • suyak ko‘migi faoliyatini susayishi (granulositopeniya, agranulositoz, aplastik anemiya, trombositopeniya)
  • eozinofiliya
  • konvulsiyalar (insultlar)
  • serotonin sindromi
  • oral paresteziya, og‘iz sohasi shishi
  • giponatriemiya
  • o‘z joniga qasd qilish fikrlari, o‘z joniga qasd qilish hatti-harakatlari
  • antidiuretik gormon sekresiyasini buzilishlari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • faol moddaga yoki komponentlardan biriga yuqori sezuvchanlik
  • homiladorlik, laktasiya davri
  • monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Klinik ko‘rinishlari bilan kechuvchi prostata bezi adenomasi, yopiq burchakli glaukoma, qandli diabet, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, tutqanoq, bosh miyani organik shikastlanishi, xilpillovchi taxiaritmiya, stenokardiya, arterial gipotenziya, o‘tkir miokard infarkti, doriga qaramlik va psixoaktiv dori vositalarini xaddan ziyod iste‘mol qilishga moyillik (anamnezda), maniyalar, gipomaniyalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mirtelni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda yoki MAO ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilganidan keyin ikki hafta davomida qabul qilish mumkin emas. Pasient mirtelni qabul qilgandan keyin taxminan ikki hafta o‘tishi kerak, shundan so‘ng MAO ingibitorlarini qabul qilishni boshlashi mumkin.

Boshqa serotoninergik faol moddalar (triptofan, triptanlar, tramadol, linezolid, venlafaksin, litiy va dalachoy – Hypericum perforatum saqlovchi preparatlar) bilan bir vaqtda qabul qilish serotonin sindromiga olib kelishi mumkin.

Mirtel benzodiazipinlar va boshqa sedativ preparatlarning (neyroleptik vositalar, antigistamin N1 antagonistlari, opioidlar) sedativ samarasini kuchaytirishi mumkin.

Mirtazapin alkogolning markaziy nerv tizimiga depressant ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Mirtel varfarin qabul qilgan pasientlar orasida kuniga 30 mg dozada kuchsiz, ammo xalqaro me‘yorlashtirilgan koeffisientga nisbatan (INR) statistik oshishini namoyon qilgan.

Karbamazepin va fenitoin, CYP3A4 induktorlari mirtazapinning klirensini ikki barobar oshiradi, plazmada mirtazapinning o‘rtacha konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi. Agar karbamazepin yoki jigar metabolizmning har qanday boshqa induktori (rifampisin kabi) Mirtel bilan davolashga qo‘shilsa, Mirtelning dozasini oshirish kerak.

CYP3A4 ning kuchli ingibitori ketokonazolni bir vaqtda qabul qilish plazmada Mirtelning plazmadagi cho‘qqi darajasini taxminan 40%-50% ga oshiradi.

Simetidinni (CYP1A2, CYP2D6 va CYP3A4 ning kuchsiz ingibitori) Mirtel bilan bir vaqtda qabul qilinganida plazmadagi Mirtelning o‘rtacha konsentrasiyasi 50% ga oshishi mumkin. Mirtelni CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari, OITV proteaza ingibitorlari, zamburug‘larga qarshi azol preparatlari, eritromisin, simetidin yoki nefazodon bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatlarni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak va dozani kamaytirish talab etilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Depressiya o‘z joniga qasd qilish fikrlari, o‘z tanasiga shikast yetkazish va o‘z joniga qasd qilish (o‘z o‘zini o‘ldirishga urinish) larga olib kelishi mumkin. Mirtel bilan davolashning dastlabki bir necha haftasi davomida, yaxshilanish kuzatilmagunigacha pasientlar sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Granulositopeniya yoki agranulositoz kabi suyak ko‘migi faoliyatini susayishi Mirtel bilan davolash vaqtida kuzatilishi mumkin.

Sariqlik paydo bo‘lganida davolash to‘xtatilishi kerak.

Quyidagi pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim:

  • tutqanoq va bosh miyaning organik shikastlanishlari bo‘lgan pasientlar. Xurujlar paydo bo‘lganida yoki tezlashganida davolashni to‘xtatish kerak.
  • jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar, chunki mirtazapinning klirensi kamayishi mumkin
  • buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar, chunki mirtazapinning klirensi kamayishi mumkin
  • yurak kasalliklari (o‘tkazuvchanlikni buzilishlari, stenokardiya va yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti) bo‘lgan pasientlar
  • qon bosimi past bo‘lgan pasientlar
  • qandli diabeti bo‘lgan pasientlar: antidepressantlar glikemik darajani o‘zgartirishi mumkin
  • prostata bezi gipertrofiyasi kabi siyishdagi muammolar, shuningdek o‘tkir yopiq burchakli glaukoma va ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan pasientlar
  • 65 yoshdan oshgan pasientlar
  • shizofreniya yoki boshqa psixotik kasalliklar bilan xastalangan pasientlar
  • maniakal fazadagi bipolyar buzilishlari bo‘lgan pasientlar, Mirtelni qabul qilishni bekor qilish lozim
  • uzoq muddat qo‘llanilganidan keyin davolashni to‘satdan to‘xtatish “bekor qilish” sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. “Bekor qilish” sindromining ko‘pgina simptomlari kuchsiz va o‘z o‘zidan o‘tib ketadi. Bosh aylanishi, ajitasiya, xavotirlik, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi xaqida ko‘proq xabar berilgan, ammo bu simptomlar asosiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mirtazapin bilan davolashni asta-sekin to‘xtatish tavsiya etiladi.

Serotoninergik faol moddalar bilan o‘zaro ta‘siri serotonin sindromini yuz berishiga olib kelishi mumkin. Serotonin sindromining simptomlari gipertermiya, rigidlik, mioklonus, asosiy ko‘rsatkichlarni tez o‘zgarishi bilan vegetativ beqarorlik, ruhiy o‘zgarishlar, shu jumladan ongni chalkashishi, ta‘sirchanlik va alahsirash va komaga o‘tuvchi haddan tashqari hayajonlanishni o‘z ichiga oladi.

Mirtel laktoza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani yomon o‘zlashtiradigan pasientlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Mirtel haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qiladi. Preparat xushyorlikni va diqqatni susaytirishi mumkin (ayniqsa, davolashning ilk davrlarida). Pasientlar avtomobilni boshqarish yoki texnika bilan ishlash kabi diqqatni jamlashni talab etuvchi potensial xavfli vazifalarni bajarmasliklari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dezorientasiya va davomli sedativ samara bilan markaziy nerv tizimini susayishi, gallyusinasiyalar, taxikardiya, gipertenziya yoki gipotenziya.

Davolash: simptomatik. Yaqinda qabul qilingan hollarda preparatni chiqarib tashlash uchun birlamchi choralar (majburiy qusish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir) amalga oshiriladi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan tiniq bo‘lmagan oq rangli polivinilxlorid/polidivinilxlorid (PVX/PVDX) plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda.

3 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIRTEL tabletkalari 30mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIRTEL tabletkalari 30mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MIRTEL tabletkalari 30mg N30 dori vositasi Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H. tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MIRTEL tabletkalari 30mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIRTEL tabletkalari 30mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MIRZATEN tabletkalari 45mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Миртазапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
MIRZATEN tabletkalari 30mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Миртазапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
MIRZATEN KU TAB tabletkalari 45mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Миртазапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
MIRZATEN KU TAB tabletkalari 30mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Миртазапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
MIRZATEN KU TAB tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Миртазапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
MIRZATEN tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Миртазапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
ADEP tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Миртазапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Welfar United LTD, Великобритания произведено: Combino Pharm Malta Ltd, Мальта по лицензии Combino Pharm S.L.
Narh: 203 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
FERRETAB KOMP kapsulalar N30
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KLOZALAN tabletkalari 100mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: klozapin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H.
KLOZALAN tabletkalari 100mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: klozapin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H.
DILTIAZEM LANNAXER tabletkalari 90mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Diltiazem ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H.
AMBROLAN tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Ambroksol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9