×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MORENAZAL sprey

Kategoriya:
- Nazal vositalar
ATX kodi:
- R01AX10 Прочие препараты
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OTRIVIN sprey 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
34 700 s`om dan
SEPTANAZAL sprey 10 ml 0,1 mg+5 mg КРКА, д.д., Ново место, АО Sloveniya
VIBROSIL burun uchun tomchilar 15ml Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MORENAZAL sprey qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QULLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MORENAZAL®

MORENASAL®

Preparatning savdo nomi: Morenazal®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy xloridi

Dori shakli: nazal sprey.

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: natriy xloridi – 22,0 mg;

yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

ATX kodi: R01AX10.

Farmakologik xususiyatlari

Preparat  izotonik eritmaga (0,9%) nisbatan kuproq konsentrasiyalangan tuzli eritma (2,2%) hisoblanadi. Burun shilliq qavati bilan kontaktda gipertonik eritma passiv diffuziya yuli bilan hujayra membranalaridan suv molekulalarini ekstraksiyasini tabiiy usulda chaqiradi, shu tariqa burun bo‘shlig‘ida to‘plangan qovushqoq shilliqni suyultirib uni chiqarilishini yengillashtiradi.

Qo‘llanilishi

Burun bo‘shlig‘ini gigienizasiyasi va dekongestizasiyasi, rinitlar, sinusitlar va rinofaringitlarni antibakterial davolashda ad‘yuvant sifatida, LOR-a‘zolarda jarroxlik aralashuvlaridan keyin operasiyadan keyingi davrda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga: kuniga 2-3 marta har bir burun teshigiga 1-3 purkashdan buyuriladi.

2 yoshdan oshgan bolalarga: kuniga 2-3 marta har bir burun teshigiga 1-2 purkashdan buyuriladi.

Har bir qo‘llashdan keyin applikatorni suv bilan yuvib va quritish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa preparatlar bilan mutanosib. Klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta‘sirlar qayd qilinmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘zg‘atuvchi  xususiyatlarga ega. Ko‘zga tushishi hollarida ko‘zni suv bilan sinchkovlik bilan yuvish kerak.

Preparat qo‘zg‘atuvchi modda hisoblangan va lokal nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin bo‘lgan benzalkoniy xloridini saqlaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Qo‘llash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.

Chiqarilish shakli

Burun uchun sprey  2,2%. 15, 20, 30 ml dan, flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MORENAZAL sprey dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MORENAZAL sprey dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MORENAZAL sprey dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9