×
×
  • MR DISOL eritma 400 ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MR DISOL eritma 400 ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- MERRYMED FARM, ООО
ATX kodi:
- B05B
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KONTRIVEN eritma 1ml 10000 KIE/ml N10 БиоФарма OOO Ukraina
5 000 s`om dan
REAMBERIN eritma 400ml 1,5% N1 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
54 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MR DISOL eritma 400 ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DISOL

DISOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Disol.

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): natriy asetati + natriy xloridi.

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

faol moddalar: natriy asetat trigidrati – 2 g; natriy xloridi – 5 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.

ATX kodi: B05BB01

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Disol – dezintoksikasion, plazma o‘rnini bosuvchi, regidratasiyalovchi, diuretik, shokka qarshi, antiagregant ta‘sir ko‘rsatuvchi majmuaviy tuzli eritma. Gipovolemiyani kamaytiradi, qon quyulishiga va metabolik asidoz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, diurezni oshiradi, mikrosirkulyasiyani yaxshlilaydi. Suv-elektrolit muvozanati va kislota-asos holatini tiklaydi.

Suv-elektrolit buzilishlari muolajalarida giperkaliemiya va uning asoratlarini kamaytiradi.

Natriy xloridi – elektrolit, regidratasion va dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari tanqisligini bartaraf qiladi. Gomeostazni saqlovchi o‘ta muhim element hisoblanadi. Xlorid xujayradan tashqari bo‘shliqdagi eng asosiy anion hisoblanadi, membranali potensialga javob beradi, natriy metabolizmi bilan uzviy bog‘liq. Organizmning kislota-ishqor muvozanati o‘zgarishlari xloridlar konsentrasiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Disol vena ichiga yuborilganligi sababli komponentlarining bio kira olishi 100% ni tashkil qiladi. Preparat tomir tizimida qisqa vaqt ushlanib turadi va interstisial hujayra ichi sektoriga o‘tadi.

Natriy va xlorid asosan hujayradan tashqari bo‘shliqqa o‘tadi, kaliy esa hujayra ichida joylashadi.Na+ ionlari asosan buyraklar orqali chiqariladi, kam miqdorda ichak, teri, ko‘z yoshi va boshqalar.

Organizmda asetat asetil-koenzim A ga faollashadi, so‘ng faol asetat miqdori Krebs siklida karbonad angidrid gazi va suvgacha oksidlanadi. Asetatning oksidlanish jarayoni mushak hujayralarida amalga oshadi, shuning uchun uning metabolizmiga nnisbatan organizm qobiliyati asosan tananing mushak massasiga bog‘liq. Asetil-KoA metabolizmi shuningdek oksidlanishning yog‘li kislotalar, keto kislotalar va xolesterin hosil qiluvchi kichik yo‘lidan borishi mumkin. Asetatning siydik bilan chiqarilishi yuborish vaqtida oshadi. Biroq uning organizm to‘qimasidagi metabolizmi shunchaldik tez amalga oshiriladiki, siydikka faqatgina uning oz miqdori o‘tadi.

 

 

Qo‘llanilishi

  • degidratasiya;
  • intoksikasiya (o‘tkir dizenteriya (shigellyoz), El-Tor (Inaba) xolerasi, oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi va boshqalar);
  • giperkaliemiya.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) yuboriladi, oqim bilan yoki tomchilatib.

Doza kasallik og‘irligi, organizm holati, laborator tekshiruv natijalari, bemorning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi.

Yuborishdan oldin eritmani 36-38°S gacha isitish kerak.

Kasallikning og‘ir formalarida (gipovolemik infeksion-toksik shok, noadekvat kapillyar perfuziya, dekompensiyalashgan metabolik asidoz, anuriya) bemorning tana vaznidan 7-10% miqdorda 1-2 soat davomida oqim bilan yuboriladi, keyinchalik esa daqiqasiga 40-120 tomchidan 24-48 soat davomida tomchilatib yuborishga o‘tiladi. Kasalliklarning yengil formalarida (organizm intoksikasiyasi va suvsizlanishi, metabolik asidoz, oliguriya) preparatni tomchilatib yuborish bilan chegaralanish mumkin. Eritma suyuqlik hajmini tiklash uchun zarur miqdorda yuboriladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlik o‘rtasidagi muvozanat har 6 soatda aniqlanadi.

Giperkaliemiya bartaraf qilinganidan so‘ng keyingi suv-elektrolit muolajasini “Asesol” eritmasi bilan davom ettirish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar:gipertermiya vateri giperemiyasi (juda tez yuborilganida).

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan:taxikardiya(juda tez yuborilganida).

Moddalar almashinuvi tomonidan:xloridli asidoz, gipergidratasiya, gipokaliemiya(katta hajmlarda yuborilganida).

Boshqalar:shishlar, titrash.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
  • gipernatriemiya;
  • gipergidratasiya holati (organizmga ko‘p miqdorda suyuqlik yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar);
  • o‘pka, miya shishi havfi;
  • yuqori dozalarda kortikosteroidlar bilan davolash;
  • SYUE (surunkali yurak yetishmovchiligi);
  • buyrak yetishmovchiligi.

Ehtiyotkorlik bilan:

  • buyraklar chiqaruv faoliyatining buzilishi;
  • gipokaliemiya.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Disol eritmasini boshqa gidrofil dori vositalari bilan aralashtirish mumkin.

Insulin va bronxial astma (salbutamol, terbutalin, ksantinlar) ga qarshi vositalar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur, kam hollarda gipokaliemiya rivojlanishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘llanilishi kerak bo‘lgan eritma tiniq, hona haroratida, flakon esa germetik bo‘lishi kerak.Xiralashgan yoki jarohatlangan sig‘imdan eritma ishlatilmasin.

Eritmani qo‘llash mobaynida arterial bosim, diurez, gematokrit, qondagi elektrolitlar konsentrasiyasini nazorat qilish zarur.

Preparatnining muzlatilishi uni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘la olmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Preparat homiladorlikdavrida, uning ona sog‘ligi uchun taxmin qilinadigan foydasi, homilada kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfidan ustun deb topilgan hollardagina qo‘llanadi. Laktasiya davrida ko‘krak bilan emizishni vaqtinchalik to‘xtatib turish haqidagi savolni ko‘rib chiqish lozim.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin, hamda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Dozaning oshirib yuborilishi

Simptomlari: gipokaliemiya, gipernatriemiya.

Davolash: simptomatik – elektrolit buzilishlarini bartaraf qilish; qondagi elektrolitlar darajasini nazorat qilish.

Chiqarilish shakli

Flakonlar 250, 400 ml dan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MR DISOL eritma 400 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MR DISOL eritma 400 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MR DISOL eritma 400 ml dori vositasi MERRYMED FARM, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MR DISOL eritma 400 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MR DISOL eritma 400 ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
Narh: 900 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 500mg N10
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 25g
Narh: 4 900 so'mdan Batafsil
MEROKSAMR poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MERAZIMAKS kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
MERAZIMAKS kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR ERITROMISIN maz 10g 10000YeD
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SIANOKOBALAMIN (VITAMIN B12) inyeksiya uchun eritma 1ml 0,05% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFTRIAKSON NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFTRIAKSON NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFOTAKSIMA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFOTAKSIMA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR SEFOTAKSIMA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9