×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MUKOGEN tabletkalari 100mg N30

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Ребамипид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Macleods Pharmaceutical Ltd
ATX kodi:
- A02ВХ
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 185 ta dorixonasida topildi

ico 88 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 105 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 93 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
PANZOL poroshok 40mg N1 East African (India) Overseas 1, Pharmacity, Selaqui, Dehradun Hindiston
MUKOGEN tabletkalari 100mg N30 Macleods Pharmaceutical Ltd Hindiston
88 000 s`om dan
OMES kapsulalar 20mg N30 Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. Hindiston
12 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MUKOGEN tabletkalari 100mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MUKOGEN

MUCOGEN

 

Preparatning savdo nomi: Mukogen

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rebamipid

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rebamipid – 100 mg;

yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan kraxmal, mannitol, natriy kroskarmellozasi, tozalangan talk, suvsiz limon kislotasi, magniy stearati, natriy laurilsulfati;

qobig‘ining tarkibi: gipromelloza (5cps), titan dioksidi (Ye171), propilenglikol.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Me‘daning kislotali muhitini buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Me‘da yarasiga qarshi boshqa preparatlar va gastroezofageal reflyuksni davolash uchun preparatlar.

ATX kodi: A02BX

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Rebamipid gastroprotektor vositasi, 2(1N)- xinolon xosilasidir.

Bu birikma me‘da shilliq qavatida prostaglandinni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, me‘da yarasining epitelizasiyasi muddatini qisqartiradi va sifatini yaxshilaydi, shuningdek kelgusida yarani qaytalanish ehtimolini pasaytiradi. Rebamipid me‘da shilliq qavatini toksik va ulserogen moddalar chaqirgan shikastlanishlardan ximoya qiladi. Klinik va fundamental tadqiqotlar rebamipidning farmakologik xususiyatlarini aniqladi, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • prostaglandinlarning darajasini oshirishi
  • me‘dada yuqori molekulyar glikoproteinlarning biosintezini tezlashtiruvchi fermentlarning faolligini kuchaytirish yordamida sirtki va eruvchan shilliqni miqdorini ko‘paytirishi
  • epitelial o‘sish omilini ekskresiyasini oshirishi va me‘dani normal va yarali shilliq qavatida unga reseptorlarni miqdorini ko‘payishi va natijada – shilliq qavatning shikastlangan qismida epitelial xujayralarni proliferasiyasini rag‘batlantirishi
  • neytrofillarning faolligini va yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalarni qabul qilish yoki N.pylori rag‘batlantirilgan yallig‘lanish sitokinlarini ishlab chiqarilishini bostirishi. Bundan tashqari rebamipid standart yaraga qarshi terapiya vositalari bilan majmuada N.pylori eradiksiyasiga yordam beradi, me‘daning epitelial xujayralariga bakteriyalarni adgeziyasiga to‘sqinlik qiladi.
  • me‘da shilliq qavatida qon oqimini va gemodinamikani yaxshilashi
  • me‘dada ishqorlarni sekresiyasini oshirishi
  • safro sekresiyasiga ta‘sirining yo‘qligi: rebamipid me‘da shirasini na bazal sekresiyasiga, na rag‘batlantirish oqibatidagi kislota sekresiyasiga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ichga bir martalik 100 mg dozasi qabul qilingandan keyin plazmada rebamipidning konsentrasiyasini cho‘qqisiga (340 ng/ml) taxminan 2 soatdan keyin erishiladi. Plazma  oqsillari bilan bog‘lanishi 98,4-98,6%. Plazmadan yarim chiqarilishi davri – 1,5 soat. Preparat odam organizmida to‘planmaydi.

Metabolizmi

Ichga 600 mg bir martalik dozasi qabul qilinganidan keyin siydikda rebamipidning 8-pozisiyadagi gidroksil guruhiga ega metaboliti aniqlanadi.

Chiqarilishi

Preparatning katta qismi o‘zgarmagan holda  chiqariladi.

Yuborilgan dozaning taxminan 10% siydik bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • me‘da yara kasalligi
  • o‘tkir gastrit, surunkali gastritning zo‘rayish davri
  • gastrit va me‘da yara kasalligini davolashda N.pylori eradikasiyasi uchun
  • me‘da-ichak yarasi bo‘lmagan dispepsiya
  • NYAQP ni qabul qilish fonida me‘daning shikastlanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar

1 tabletka (100 mg) dan sutkada 3 marta ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichib, qabul qiladi. Davolash kursi 2-4 haftani tashkil qiladi, zarurati bo‘lganida 8 haftagacha uzaytirilishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • qichishish, teri toshmasi, ekzema va yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari
  • ta‘m sezishni o‘zgarishlari, jig‘ildon qaynashi, kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, qabziyat, diareya.
  • jigar faoliyatini buzilishi: qon zardobida jigar transaminazalari faolligini oshishi
  • leykopeniya, granulositopeniya
  • hayz siklini buzilishlari
  • shishlar

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • rebamipid va/yoki preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • me‘daning xavfli kasalliklari

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatning sitoxrom R450 enzimlari bilan o‘zaro ta‘siri Mukogenning metabolizmini ham, Mukogen bilan bir vaqtda qo‘llangan boshqa preparatlarning metabolizmini ham buzmaydi deb hisoblanadi.

Mukogen gidroksillanish jarayonida faqat SYP3A4  jalb qilinishi taxmin qilinadi. Mukogen SYP1A2-, 2S9-, 2S19-, 2D6-, 2Ye1-3A4-enzimlar yordamida amalga oshuvchi metabolizmni bostirmasligi ko‘rsatilgan.

Mukogenning sitoprotektor samarasi siklogeksimid yoki aktinomisin D ta‘sirida susayadi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Me‘da-ichak buzilishlarini xavfini minimallashtirish uchun keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu pasientlar yoshlarga qaraganda rebamipidga sezuvchanroq bo‘lishi mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

Rebamisidni bolalar va o‘smirlarda xavfsizligi va samarasi o‘rganilmagan.

Homiladorlik va laktasiya davri

Mukogenni homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatning laktasiya davrida buyurish zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatishni masalasini hal qilish kerak.

Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni  boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir etish xususiyatlari

Ma‘lumotlar yo‘q

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirilib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin.

Davolash: simptomatik. Spesifik antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan tegishli markirovkaga ega alyumin strip. 3 strip va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlovchi karton quti.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

36 oy.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MUKOGEN tabletkalari 100mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MUKOGEN tabletkalari 100mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MUKOGEN tabletkalari 100mg N30 dori vositasi Macleods Pharmaceutical Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MUKOGEN tabletkalari 100mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MUKOGEN tabletkalari 100mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OLMESAR G tabletkalari 20mg/12,5mg N28
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
OLMESAR 20 tabletkalari 20mg N28
Narh: 69 400 so'mdan Batafsil
RABEMAK 20 tabletkalari 20mg N14
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
ORSERIN kapsulalar 50mg N30
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
GATIMAK 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
KOKSERIN kapsulalar 250mg N100
ZITROKS 250 tabletkalari 250mg N6
TRENAKSA 500 tabletkalari 500mg N12
LEVOMAK tabletkalari 250mg N5
Narh: 57 100 so'mdan Batafsil
MUSITUS 300 kapsulalar 300mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
MUSITUS 150 kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
MUSITUS 150 kapsulalar 150mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9