×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
витамин B1, витамин B2, витамин B6, витамин C, витамин D, витамин PP, Кальция глицерофосфат, Кальция карбонат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- A11AA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
VOLVIT/WOLVIT tabletkalari 5 mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir paket quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Vitamin V1 (tiamin gidroxloridi) 15 mg;
Vitamin V2 (riboflavin natriy 5-fosfati) 15 mg;
Vitamin RR (nikotinamid) 50 mg;
Vitamin V6 (piridoksin gidroxloridi) 10 mg;
Vitamin S (askorbin kislotasi) 100 mg;
Kalьtsiy D-pantotenati 15 mg;
Kalьtsiy glitserofosfati 373,3 mg;
Kalьtsiy karbonati 156,7 mg;
Yordamchi moddalar: suvsiz dekstroza, aspartam, natriy bikarbonati, suvsiz limon kislotasi, apelьsin hushbo'yi (kukuni), to'q sariq rangga bo'yovchi, kolloid kremniy dioksidi.
Mulьtikal plyus vitaminlar va mineral moddalarning majmuasi bo'lib, organizmning hayot faoliyati va normal faoliyati uchun zarur. Turli kasalliklar va tashqi muxitni noxush omillariga organizmning qarshiligini oshiradi. V1 vitamini ketokislotalarning dekarboksillanishi uchun koenzimning tarkibiy qismi sifatida uglevodlar almashinuvining muhim komponenti hisoblanadi; uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida muhim rol o'ynaydi, sinapslar orqali nerv qo'zg'aluvchanligini o'tishida ishtirok etadi. Aqliy va jismoniy mexnat faoliyatini oshiradi, detoksikatsion ta'sir ko'rsatib, nerv to'qimalarida metabolizmni yaxshilaydi. V2 vitamini hujayra nafasi va ko'rish jarayonlarini muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK shakllanishida asosiy rolь o'ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to'qimalar (shu jumladan, teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlarida, hujayralarda trofik buzilishlarni to'g'rilashda ishtirok etadi. RR vitamini hujayra nafasi va oqsillar almashinuvida ishtirok etuvchi, yuqori nerv faoliyati va ovqat xazm qilish faoliyatini boshqaruvchi, fermentlarning tarkibiga kiradi. V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qondagi glyukozaning darajasini boshqaradi, qaoqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to'qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustaxkamlaydi, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi, antidepressiv ta'sir ko'rsatadi. S vitamini kuchli tiklanuvchi xususiyatlarga ega, hususan, atrof muhitning zaharli moddalarini zararsizlantiradigan fermentlarni tiklaydi. Kollagen (qon-tomirlar devori, pay, bog'lam va suyaklarning struktur komponentlaridan biri) ni sintezi uchun, xolesterinni, yog'larni hazm bo'lishi uchun xizmat qiladigan, hamda ichaklar harakatini kuchaytiradigan, o't kislotalariga aylantirish uchun zarur. Kalьtsiy pantotenati (V5 vitamini) A kofermentining (fermentlarning faolligini namoyon qilish uchun zarur bo'lgan, oqsil bo'lmagan organik birikma) tarkibiga kiradi. Atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rolь o'ynaydi. Uglevodlar va yog'lar almashinuvida va atsetilxolinni sintezida ishtirok etadi. Kalьtsiy suyak moddasini shakllanishi, qonni ivishi, nerv impulьslarini o'tkazish jarayonlarini amalga oshishi, skelet va silliq mushaklarni qisqarishi, miokardni normal ish faoliyati uchun zarur.
Mulьtikal Plyus preparatining ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar ta'sirini yig'indisi bilan aniqlanadi. Kinetik kuzatuvlarni o'tkazish imkoni yo'q, chunki majmuaviy komponentlarni markerlar va biokinetik tekshiruvlar yordamida nazorat qilish mumkin emas. Shu sababli preparatning metabolitlarini aniqlash mumkin emas.
Allergik reaktsiyalar kutilishi mumkin.
Tavsiya etilgan dozalardan oshirish mumkin emas.
Siydik to'q sariq rangga bo'yalishi mumkin, bu preparatni tarkibidagi riboflavin bilan bog'liq.
Allergik reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni bekor qilish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Mulьtikal Plyus avtotransportni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiyada qo'llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida Mulьtikal Plyus preparatini qo'llash mumkinligi xaqidagi masala individual hal etiladi. Homiladorlikda va laktatsiya davrida vitaminlar va minerallarga bo'lgan talab oshadi.
Pediatriyada qo'llanilishi
Preparatni 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
kattalarda gipovitaminozlar va kalьtsiy tanqisligini oldini olish uchun;
vitaminlarga va kalьtsiyga bo'lgan talabni oshishi bilan kechuvchi holatlarda (shu jumladan, tuliq bo'lmagan va tartibsiz ovqatlanish, antibiotiklar bilan uzoq vaqt davolanish, astenik holatlar, aqliy va jismoniy ish faoliyati oshganida) qo'llanadi.
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
gipervitaminozda qo'llash mumkin emas.
Qandli diabet bilan xastalangan va qon bosimi yuqori bo'lgan patsiyentlar preparatni shifokor maslahati bilan qabul qilishlari kerak.
Preparatning tarkibiga kiruvchi V6 vitamini levodopaning samarasini kamaytiradi.
Ftoruratsil, vinblastin, bleomitsin, sisplatin V1 i V6 vitaminlarining o'zlashtira olinishini kamaytiradi.
Penitsillamin, izoniazid V1 vitaminini chiqarilishini kuchaytirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
Izoniazid piridoksinning samaradorligini kamaytiradi..
Mulьtikal Plyus preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi, sulьfanilamidlar guruxi mansub bo'lgan mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik ta'siri va nojo'ya samarasini kuchaytiradi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 15-30°S haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil
Mulьtikal Plyus bir sashedan kuniga bir yoki ikki marta ichga qabul qilinadi. Bir sashe bir stakan suvda eritiladi.
Preparatning dozasi bexosdan oshirib yuborilganida, shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida patsiyent ma'lumot olgan bo'lishi kerak. Davolash: zarur bo'lganida simptomatik davolash o'tkazish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 dori vositasi Nabiqasim Industries (PVT) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Narh: 42 300 so'mdan Batafsil
VARIOR tabletkalari 500mg N10
KLIN ENEMA eritma 68ml
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
KLIN ENEMA eritma 135ml
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
ASEFIL KAF sirop 120ml
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1
Narh: 113 000 so'mdan Batafsil
GINOSPORIN krem 35g 2%
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 gel 2,0mg N1
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
KLINLAK sirop 120ml
LANGEYR tabletkalari 4mg N14
IRPO FA sirop 120ml
VARIOR tabletkalari 250mg N10
LANGEYR poroshok 4mg N14
KLARITRO granuli 60ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
SEFEKSOL DS poroshok 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
SEFEKSOL poroshok 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
KLARITRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9