×
×
  • N EKAVIR tabletkalari 1,0mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

N EKAVIR tabletkalari 1,0mg N30

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Prakash Global Private Limited, Индия произведено: Sai Mirra Innopharm Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J05AF10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OKSOLIN maz 10g 0,25% Зеленая Дубрава, ЗАО Rossiya Federatsiyasi
5 000 s`om dan
OKSOLIN maz 10g 0,25% Нижфарм, АО Rossiya
5 000 s`om dan
IMMUNOKTA tabletkalari 500mg N20 Виокта ООО Rossiya Federatsiyasi
70 000 s`om dan
ULKARIL tabletkalari 200mg N25 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
36 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
N EKAVIR tabletkalari 1,0mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

N-EKAVIR

NECAVIR

Preparatning savdo nomi: N-Ekavir

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): entekavir

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: entekavir – 0,5 mg yoki 1,0 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza, povidon K-30, krospovidon, magniy stearati, tozalangan suv*;

plyonka qobig‘i: Tabcoat Yellow (TC 520052) (gipromelloza, titan dioksidi, etilsellyuloza, triasetin, talk, temir (II) oksidi, xinolin sarig‘i, sariq sanset) Spraycel White (SCMB 3181), izopropil spirti*, dixlormetan*.

Ta‘rifi:

0,5 mg li tabletkalar: sariq rangli, oval shaklli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

1,0 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.

ATX kodi: J05AF10.

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Entekavir HBV polimerazaga nisbatan kuchli va selektiv faollikka ega bo‘lgan guanozin nukleozidining analogi hisoblanadi. Entekavir hujayra ichidan yarim chiqarilish davri 15 soat bo‘lgan faol trifosfat (TF) ni hosil qilib fosforlanadi. Hujayra ichidagi TF ning konsentrasiyasi hujayra tashqarisidagi entekavirning miqdori bilan bevosita bog‘langan, garchi “plato”ning dastlabki darajasiga erishilgandan so‘ng preparatni ahamiyatli darajada to‘planishi kuzatilmaydi. Tabiiy substrati deoksiguanozin-TF bilan raqobatlashishi orqali, entekavir-TF virus polimerazasining barcha funksional faoliyatini: (1) HBV polimerazani praymingi, (2) iRNK ning pregenomidan salbiy zanjirini qayta transkripsiyasi va (3) HBV ning DNK sidan ijobiy zanjirini sintezlanishini ingibirlaydi. Entekavir-TR Ki (ingibitorlash konstansiyasi)
18-40 mkm bo‘lgan α, b va d hujayralarning DNK polimerazalarini kuchsiz ingibitori hisoblanadi. Bundan tashqari, entekavir-TF va entekavirni yuqori konsentrasiyalarida γ-polimeraza va HepG2 hujayralarning mitoxondriyalarida DNK sinteziga nisbatan nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Sog‘lom odamlarda entekavir tez so‘riladi, va plazmada maksimal konsentrasiyasi 0,5-1,5 soatdan keyin aniqlanadi. Entekavir 0,1 mg dan 1 mg gacha dozada takroran qabul qilinganida maksimal konsentrasiyasini (Cmax) va “konsentrasiya-vaqt” egriligi ostidagi maydonni (AUC) preparatni dozasiga proporsional ravishda oshishi kuzatiladi. Muvozanatli holatga ichga kuniga bir marta qabul qilinganida 6-10 kundan keyin erishiladi, bunda plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 2 marta oshadi. Muvozanatli holatda preparatning maksimal (Cmax) va minimal (Cmin) konsentrasiyalari 0,5 mg dozada qabul qilinganida muvofiq 4,2 va 0,3 ng/ml, 1 mg dozada qabul qilinganida muvofiq 8,2 va 0,5 ng/ml ni tashkil qilgan. 0,5 mg entekavir yog‘ning miqdori yuqori bo‘lgan ovqat yoki yengil ovqat bilan ichga qabul qilinganida preparatning so‘rilishini minimal darajada kechikishi (ovqat bilan birga qabul qilinganida 1-1,5 soatga va och qoringa qabul qilinganida 0,75 soatga kechikkan), Cmax ni 44-46% ga, va AUC ni 18-20% ga pasayishi kuzatilgan.

Taqsimlanishi

Entekavirni baholanadigan taqsimlanish hajmi organizmdagi umumiy suv miqdoridan oshgan, bu preparatni to‘qimalarga yaxshi o‘tishidan dalolat beradi. In vitro sharoitlarda entekavir odam zardobi oqsillari bilan taxminan 13% ga bog‘lanadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Entekavir CYP450 fermentlar tizimining substrati, ingibitori yoki induktori hisoblanmaydi. Belgilangan 14S-entekavir odamlarga va kalamushlarga yuborilgandan so‘ng oksidlangan yoki asetillangan metabolitlari aniqlanmagan, II faza metabolitlari (glyukuronidlar va sulfatlar) katta bo‘lmagan miqdorda aniqlangan.

Plazmada entekavirning konsentrasiyasi maksimal darajaga yetganidan so‘ng bioekspotensial ravishda pasaygan, bunda yarim chiqarilish davri 128-149 soatni tashkil etgan. Preparat kuniga bir marta qabul qilinganida preparatning konsentrasiyasini 2 martaga oshishi (kumulyasiyasi) kuzatilgan, ya‘ni samarali yarim hayot davri taxminan 24 soatni tashkil etgan.

Entekavir asosan buyraklar orqali chiqariladi, bunda muvozanatli holatda siydikda o‘zgarmagan holda 62-73% dozasi aniqlanadi. Buyrak klirensi dozasiga bog‘liq emas va minutiga 360 ml dan 471 ml gacha diapazonda o‘zgaradi, bu preparatni kalavalar filtrasiyasi va naychalar orqali sekresiyasidan dalolat beradi.

Qo‘llanilishi

Virus replikasiyasini belgilari va zardob transaminazalari (ALT yoki AST) ning faollik darajasi yuqori bo‘lgan yoki jigarda yallig‘lanish jarayonining gistologik belgilari bo‘lgan katta yoshdagi odamlarda surunkali V gepatitini davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Entekavirni och qoringa (ya‘ni ovqatlangandan so‘ng kamida 2 soatdan keyin va navbatdagi ovqatlanishdan oldin kamida 2 soat oldin) qabul qilish kerak. Jigarni kompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlar uchun entekavirning tavsiya etilgan dozasi kuniga bir marta 0,5 mg ni tashkil etadi. Lamivudinga rezistentligi bo‘lgan pasientlarga (ya‘ni anamnezida lamivudin bilan davolash fonida V gepatiti virusi bilan viremiya saqlanib turgan, lamivudinga rezistentligi tasdiqlangan pasientlarga) entekavirni 1 mg dan kuniga bir marta buyurish tavsiya etiladi. Jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarga 1,0 mg entekavirni kuniga bir marta buyurish tavsiya etiladi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Kreatinin klirensi pasayganida entekavirning klirensi kamayadi. Kreatinin klirensi minutiga < 50 ml bo‘lgan, shu bilan birga gemodializ va ambulator sharoitda uzoq muddatli peritoneal gemodializdagi pasientlarga entekavirning dozasiga 1-jadvalga muvofiq tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

1-jadval. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun entekavirni tavsiya etilgan dozalari

Kreatinin klirensi (ml/min) Ilgari nukleozid preparatlarni qabul qilmagan pasientlar Lamivudinga rezistentligi bo‘lgan pasientlar va jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlar
≥ 50 0,5 mg kuniga bir marta 1,0 mg kuniga bir marta
30 – < 50 0,5 mg har 48 soatda 1,0 mg har 48 soatda
10 – < 30 0,5 mg har 72 soatda 1,0 mg har 72 soatda
< 10

Gemodializ* yoki ambulator sharoitida o‘tkaziladigan uzoq muddatli peritoneal dializ

0,5 mg har 5-7 kunda 1,0 mg har 5-7 kunda

*Entekavirni gemodializ seansi tugaganidan so‘ng qabul qilish kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda entekavirning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlarda entekavirning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda (>1/1000, <1/100): diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez (>1/100, <1/10): bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, toliqish; kam hollarda (>1/1000, <1/100): uyqusizlik, uyquchanlik.

Immun tizimi tomonidan: anafilaktoid reaksiyalar;

Teri va teri osti yog‘ to‘qimasi tomonidan: alopesiya, toshma;

Jigar tomonidan: transaminazalarning faolligini oshishi;

Moddalar almashinuvi tomonidan: laktasidoz (umumiy holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, tana vaznini birdan kamayishi, hansirash, tez-tez nafas olish, mushaklarni bo‘shligi), ayniqsa jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi.

Bundan tashqari, jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yana quyidagi nojo‘ya samaralar: tez-tez – qonda bikarbonatning konsentrasiyasini pasayishi, ALTning faolligi va bilirubinning konsentrasiyasini NYUCH (normani yuqori chegarasi) ga nisbatan 2 martadan ko‘p oshishi, albuminning konsentrasiyasi 2,5 g/dl dan kam bo‘lishi, lipazaning faolligini normaga nisbatan 3 martadan ko‘p oshishi, trombositlarning konsentrasiyasi 50000/mm3 bo‘lishi, kam hollarda – buyrak yetishmovchiligi kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • entekavir va preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Entekavir asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, entekavir va buyraklar faoliyatini pasaytiradigan yoki naychalar sekresiyasi darajasida raqobatlashadigan dori vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon zardobida entekavir va bu dori vositalarning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Entekavir lamivudin, adefovir yoki tenofovir bilan bir vaqtda buyurilganida dori vositalarni ahamiyatli darajadagi o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Buyraklar orqali chiqariladigan yoki buyraklar faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatadigan boshqa preparatlar bilan entekavirni o‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Entekavir bunday preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida pasientlarni sinchiklab tibbiy kuzatuvdan o‘tkazish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nukleozidlarning analoglari bilan monoterapiya holida va antiretrovirus preparatlari bilan majmuada davolanganda laktasidoz va steatozli yaqqol gepatomegaliya, ba‘zan pasientni o‘limiga olib keladigan hollar xaqida gapirib o‘tilgan.

Laktasidoz rivojlanganligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan simptomlar: umumiy holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, tana vaznini to‘satdan kamayishi, hansirash, nafasni tezlashishi, mushaklarni kuchsizligi. Xavf omillari bo‘lib ayollar, semirish, nukleozid analoglarini uzoq muddat qo‘llash, gepatomegaliya hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida yoki laktasidoz laborator tasdiqlanganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Viruslarga qarshi davolash, shu jumladan entekavir bilan davolash bekor qilinganidan so‘ng gepatitni zo‘rayishi hollari ta‘riflangan. Ko‘pchilik bunday hollar davolanmagan. Biroq og‘ir asoratlar, shu jumladan fatal asoratlar rivojlanishi mumkin. Bu asoratlarni davolashni bekor qilish bilan bog‘liqligi noma‘lum. Davolash to‘xtatilganidan so‘ng jigar faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. Zarurat bo‘lganida viruslarga qarshi davolashni qaytadan boshlash mumkin.

V gepatiti/OITV infeksiyasi qo‘shilgan pasientlar

OITV boshqa infeksiyalar bilan qo‘shilgan, antiretrovirus davolash olmayotgan pasientlarga entekavir buyurilganida, OITVni chidamli shtammlari rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.

V gepatiti/S gepatiti/D gepatiti qo‘shilgan pasientlar

V gepatiti/S gepatiti/D gepatiti qo‘shilgan pasientlarga entekavirning samaradorligi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlar

Jigar tomonidan, xususan, jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishini Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinfiga mansub bo‘lgan pasientlarda jiddiy nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini yuqori bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek bunday pasientlarda laktasidoz va gepatorenal sindrom kabi maxsus nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi yuqori. Shu sababli, laktasidoz va buyraklar faoliyati buzilishini klinik belgilarini aniqlash maqsadida pasientlarni sinchiklab kuzatish, shuningdek ushbu pasientlar guruhida tegishli laborator tahlillar (jigar fermentlarining faolligi, qondagi sut kislotasining konsentrasiyasi, qon zardobidagi kreatinin konsentrasiyasi) ni o‘tkazish kerak.

Lamivudinga rezistentligi bo‘lgan pasientlar

V gepatiti virusida lamivudinga chidamlilik mutasiyasini mavjud bo‘lishi entekavirga rezistentlikni rivojlanish havfini oshiradi. Shu sababli lamivudinga rezistentligi bo‘lgan pasientlarda organizmdagi viruslar miqdorini tez-tez monitoring o‘tkazish va zarurat bo‘lganida chidamlilik mutasiyasini aniqlash uchun tegishli tekshirishlar o‘tkazish talab etiladi.

Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun dozalash tartibiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Jigar transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlar

Jigar transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda entekavirning xavfsizligi va samaradorligi noma‘lum. Jigar transplantasiyasi o‘tkazilgan va siklosporin va takrolimus kabi buyraklar faoliyatiga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan immunodepressantlar olayotgan pasientlarni entekavir bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida buyraklar faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Homilador ayollarda adekvat va nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparatni qo‘llashdan kutilgan potensial foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina, entekavir preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin.

Entekavirni ona sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni qo‘llash vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Entekavirning dozasini oshirib yuborish hollari qayd etilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida pasientlarni sinchiklab tibbiy kuzatish va zarurat bo‘lganida standart tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin folgali blisterda. 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

N EKAVIR tabletkalari 1,0mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
N EKAVIR tabletkalari 1,0mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
N EKAVIR tabletkalari 1,0mg N30 dori vositasi Prakash Global Private Limited, Индия произведено: Sai Mirra Innopharm Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
N EKAVIR tabletkalari 1,0mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
N EKAVIR tabletkalari 1,0mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
N EKAVIR tabletkalari 0,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Prakash Global Private Limited, Индия произведено: Sai Mirra Innopharm Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9