×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NAYATOKS maz 20g

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vetnam
Ishlab chiqaruvchi:
- Mekophar Chemical Pharmaceutical Joint-Stock Company
ATX kodi:
- M02AC
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 102 ta dorixonasida topildi

ico 24 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 7 800 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
30 000 s`om dan
KAMFORA eritma 50ml 10% Remedy Group СП OOO O'zbekiston
3 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NAYATOKS maz 20g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NAYATOKS

NAJATOX

 

Preparatning savdo nomi: NAYATOKS

Ta‘sir etuvchi modallar: oddiy kobra ilonining quruq zahari, metilsalisilat, kamfora, evkalipt moyi.

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 12 STB (sichqon ta‘sir birligi) oddiy kobra ilonining quruq zahari, 4 g metilsalisilat, 3 g kamfora, 2 g evkalipt moyi (sineol 1,4 g ga ekvivalent);

yordamchi moddalar: 81 g vazelin, 10 g asalari mumi.

Ta‘rifi: biroz sarg‘ish tusli oq rangli, kamfora, evkalipt moyi, metilsalisilatning o‘ziga hos hidili, bir xil surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy ta‘sirlovchi vosita.

ATX kodi: M02AS

Farmakologik xususiyatlari

NAYATOKS surtmasi mahalliy ta‘sirlovchi va og‘riq qoldiruvchi (chalg‘ituvchi) ta‘sirga ega. Terining sezuvchan reseptorlarini ta‘sirlanishi va yuqori faol moddalar (gistamin, fermentlar, organik kislotalar va boshqalar) ni so‘rilishi qon tomirlarining kengayishiga, teridan quyida joylashgan to‘qimalar trofikasining yaxshilanishga yordam beradi hamda preparatning og‘riq qoldiruvchi ta‘sirini belgilaydi.

Qo‘llanilishi

Surtma turli etiologiyaga ega artritlarda, nevralgiya, mialgiya, ishias, radikulitda va tayanch-harakat apparatining og‘ir sindromi bilan kechuvchi boshqa kasalliklarida sirtga qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

SIRTGA BUYURILADI!

Surtma terining og‘riqli sohalariga sutkada 1 marta 5 g dan 10 g gacha (1-2 choy qoshiq surtma) dozada qismlarga bo‘lib, surtiladi va teriga ishqalanadi, kuchli og‘riq hislarida esa – og‘riqli sindrom yo‘qolgunicha sutkada 2 marta qo‘llanadi. Davolash kursi shifokorning maslahatisiz 10 kundan oshmasligi kerak. Surtmani qo‘llagandan so‘ng, uni ko‘zga va boshqa shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ayrim hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng yo‘qoluvchi teri tomonidan allergik reaksiyalar (qizarish, qichishish, toshma) bo‘lishi mumkin! Har qanday nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

 

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik, teri kasalliklari va surtma surtilgan joyda teri qoplamlarining mexanik shikastlanishi, o‘pkaning faol tuberkulyozi, isitmali holatlar, umumiy holsizlanish, bosh miyada va koronar qon aylanishining yaqqol yetishmovchiligi, angiospazmlarga moyillik, jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik va emizish davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

Bolalar, anamnezda asetilsalisilat kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul kilinganda qo‘zg‘aladigan bronxial astmaga ko‘rsatmalar bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarining o‘zaro ta‘siri

Preparat teri giperemiyasini chaqiradi va teri osti to‘qimasida qon aylanishini reflektor ravishda kuchaytiradi, shunday qilib, mahalliy ta‘sirga ega boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanganida, ularni so‘rilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Katta miqdorlarda ishlatish metotreksatning toksikligini i oshirishi va gipoglikemik vositalarning terapevtik samarasini susaytirishi mumkin. Preparatni peroral antikoagulyantlar bilan ishlatmang.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni bolalarda shifokor maslahatisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi. Surtmani ochiq yaralarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Surtma ko‘z shilliq qavatlariga ehtiyotsizlik oqibatida tushgan hollarda, ularni ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroklilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma; 20 g dan surtma alyumin tubada. Bitta tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, qorong‘i joyda, 15-250S haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NAYATOKS maz 20g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NAYATOKS maz 20g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NAYATOKS maz 20g dori vositasi Mekophar Chemical Pharmaceutical Joint-Stock Company tomonidan Vetnam mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NAYATOKS maz 20g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NAYATOKS maz 20g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9