×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NAZOL sprey

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Faol modda:
Оксиметазолин
ATX kodi:
- R01AA05 Оксиметазолин
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OTRIVIN sprey 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
34 700 s`om dan
KSILAZOL sprey 10ml 1mg/50mg N1 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
33 600 s`om dan
MILT sprey 10ml Фармак, ПАО Ukraina
19 000 s`om dan
SNUP sprey 15ml 0,05% Stada Arzneimittel AG, Германия произведено: Famar Xelf Keyr Servisez Madrid S.A.U. Ispaniya
34 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NAZOL sprey qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-varaqa

(pasientlar uchun)

NAZOL® (NAZOL®)

 

Xalqaro patentlanmagan nomi

Oksimetazolin gidroxloridi (Oxymetazoline Hydrochloride)

 

Dori shakli

Nazal sprey.

Ta‘rifi

Tiniq, rangsiz, hidsiz suyuqlik.

Tarkibi

Ta‘sir etuvchi modda: oksimetazolin gidroxloridi 0,5 mg/ml.

Yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati digidrati, makrogol 400, povidon, propilenglikol, dinatriy fosfati digidrati, natriy digidrofosfati digidrati, tozalangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi

Dekongestantlar va mahalliy qo‘llash uchun boshqa vositalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Oksimetazolin gidroxloridi burun, qo‘shimcha bo‘shliqlar va yevstaxiev nayi shilliq qavatlarining qon tomirlarini torayishini chaqiradi, bu ulardagi shishni yumshoq va uzoq muddatli kamayishini chaqiradi va burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Burun orqali nafas olishni yengillashishi burun bo‘shlig‘iga purkalganidan keyin 5-10 minutdan so‘ng boshlanadi va taxminan 12 soat davom etadi.

Preparat tarkibidagi glikollar ta‘sirlangan burun bo‘shlig‘i shilliq qavatlariga yumshatuvchi ta‘sir ko‘rsatadi va uni haddan ziyod qurib qolishidan himoya qiladi. Buning natijasida burun shilliq qavati nafas olinayotgan havoni tabiiy isitish, namlash va tozalash qobiliyatini saqlaydi.

 

Qo‘llanilishi

Shamollash kasalliklari, gripp, O‘RVI, allergik rinit, sinusitlardagi burun orqali nafas olishni  qiyinlashishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Har bir burun yo‘liga navbatma-navbat purkaladi, purkashda boshni orqaga tashlamang.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: har bir burun yo‘liga 2-3 martadan purkaladi.

6-12 yoshli bolalarga: 1 marta purkaladi.

Purkashni kamida 12 soatdan keyin takrorlash mumkin.

Tavsiya etilgan doza oshirilmasin va preparatni 7 kundan ko‘p qo‘llanmasin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez: burun shilliq qavatlarini achishishi yoki qurishi, aksirish.

Tez-tez emas: preparatni qo‘llashdan bo‘lgan samara o‘tib ketganidan so‘ng, burunni kuchli «bitib» qolishining hissi (reaktiv giperemiya), burundan qon ketishi, allergik reaksiyalar (Kvinke shishi, eshakemi, qichishish) kuzatiladi.

Kam hollarda:  yurakni tez urishi, taxikardiya, arterial gipertenziya.

Juda kam hollarda: chaqaloqlarda apnoe, uyqusizlik, charchoqlik (uyquchanlik, sedativ samara), bosh og‘rig‘i, bezovtalik, gallyusinasiyalar (ayniqsa bolalarda), aritmiya, tirishishlar (ayniqsa bolalarda).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning ingredientlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik; atrofik rinit; arterial gipertenziya; yaqqol ateroskleroz; taxikardiya; ko‘z ichki bosimini oshishi; yopiq burchakli glaukoma; gipertireoz; qandli diabet; feoxromositoma; buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari; prostata bezini kattalashishi bilan bog‘liq bo‘lgan siyishni qiyinlashishi; transfenoidal gipofizektomiyadan keyin yoki miyaning qattiq qobig‘iga tegib o‘tadigan boshqa jarrohlik aralashuvidan keyingi holat; MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish; 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani ahamiyatli darajada oshirib yuborilishida yoki ichga tasodifan qabul qilib yuborilganidan keyin markaziy nerv tizimining giperaktiv bosqichi va tormozlanish bosqichi bilan bog‘liq simptomlar yuz berishi mumkin.

Markaziy nerv tizimini rag‘batlantirishi bezovtalik, qo‘zg‘alish, gallyusinasiyalar va tirishishlar bilan namoyon bo‘ladi.

Markaziy nerv tizimini susayishi tana haroratini pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, koma bilan namoyon bo‘ladi.

Qo‘shimcha simptomlar kuzatilishi mumkin: mioz, midriaz, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, tana haroratini ko‘tarilishi, ko‘p terlash, oqarish, spazmlar, palpitasiya, taxikardiya, bradikardiya, aritmiya, yurak – tomir yetishmovchiligi, yurakni to‘xtashi, arterial gipertenziya, nafasni susayishi, apnoe, o‘pka shishi.

Davolash: faollashtirilgan ko‘mir, natriy sulfatini (ichni yumshatuvchi) qabul qilish, me‘dani yuvish. Vazopressor vositalarni qo‘llash mumkin emas. Zarurati bo‘lganida tana haroratini pasaytirish, tirishishga qarshi davolash o‘tkaziladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Uzoq muddat qo‘llanganida va topik (mahalliy) dekogenstanlarning dozasi oshirib yuborilganida ularning samarasi susayishi mumkin. Ularni suiiste‘mol qilishning oqibati sifatida: burun shilliq qavatini reaktiv giperemiyasi (rebaund samara), burun shilliq qavatini surunkali shishishi (medikamentoz rinit), shilliq qavat atrofiyasi uchrashi mumkin.

Preparatning tarkibiga kiruvchi benzalkoniy xloridi (konservant) uzoq muddat qo‘llanganida burun shilliq qavatini shishishini chaqirishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilganlarga shubha tug‘ilganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish yoki konservanti bo‘lmagan dori vositasiga almashtirish lozim.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanganda, tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Ona va homila uchun foyda va xavf nisbati faqat sinchkov baholangandan keyin qo‘llanilishi mumkin.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Trisiklik antidepressantlar yoki MAO ingibitorlarini bir vaqtda yoki bevosita oksimetazolinni qo‘llash oldidan qabul qilish arterial bosimini oshishiga olib kelishi mumkin.

 

Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llangandan keyin, yurak–qon tomir va markaziy nerv tizimiga umumiy ta‘sirini istisno qilish mumkin emas. Bunday hollarda transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng ishlatilmasin.

Flakon ochilganidan keyin preparat 1 yil davomida qo‘llashga yaroqlidir.

O‘rami

Purkagich-uchlik bilan ta‘minlangan 15 ml yoki 30 ml li flakon, ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylangan.

Berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NAZOL sprey dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NAZOL sprey dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NAZOL sprey dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NAZIVIN sprey 22,5mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KGaA
RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 17 500 so'mdan Batafsil
RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,25mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 19 500 so'mdan Batafsil
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.01%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Portugaliya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck Selbstmedikation GmbH, Германия произведено: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A.
Narh: 41 900 so'mdan Batafsil
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.025%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Portugaliya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck Selbstmedikation GmbH, Германия произведено: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A.
Narh: 31 300 so'mdan Batafsil
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Portugaliya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck Selbstmedikation GmbH, Германия произведено: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A.
Narh: 25 700 so'mdan Batafsil
RINOKTA OKSI sprey 10ml 0,25mg/1ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Виокта,ООО произведено Фармтехнология,ООО
RINT sprey
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
RINT sprey so vkusom mentola
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
RIZOSIN KIDS burun uchun tomchilar 10ml 0,025% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
RINAZOLIN sprey 15ml 0,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
NAZIVIN sprey 10ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KGaA
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
OKSIFRIN sprey 15 ml 11,25MKG
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
OKSIFRIN sprey 15 ml 22,5MKG
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
NESOPIN sprey 10ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
NESOPIN sprey 20ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
Другие формы препарата
NAZOL BEBI burun uchun tomchilar 10ml 0,125%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9