×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEBILET tabletkalari 5mg N14

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Небиволол
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
ATX kodi:
- С07АВ12
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
ASKORUTIN tabletkalari N50 Технолог, ЧАО Ukraina
8 000 s`om dan
KASARK tabletkalari 32mg N30 Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
71 400 s`om dan
TRIPLIKSAM tabletkalari 5 mg/1,25 mg/10 mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
160 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEBILET tabletkalari 5mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

NEBILET®

tabletkalari, 5 mg

Nebivolol

Mazkur dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim bo‘lgan axborot saqlanadi.

–          Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uni kechroq yana o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelar.

–          Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

–          Mazkur dori vositasi faqat Siz uchun buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Bu, hatto ularning kasalliklari simptomlari Siznikiga o‘xshasa ham, ularga ziyon keltirishi mumkin.

–          Agar Sizda nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringiz, dorixona xodimi yoxud hamshiraga murojaat qiling. Bu har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.

 

Mazkur ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Nebilet® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
  2. Nebilet® preparatini qabul qilishdan oldin nimaga e‘tibor qaratishingiz kerak
  3. Nebilet® preparati qanday qabul qilinadi
  4. Yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Nebilet® preparatini qanday saqlash kerak
  6. O‘ramining tarkibi va boshqa axborot

1   Nebilet® preparati o‘zi nima va uni nima uchun qo‘llaniladi

Nebilet® preparati nebivololni – yurak-tomir kasalliklarida davolash vositasini saqlaydi va selektiv beta-adrenoblokatorlar guruhiga (ya‘ni yurak-tomir tizimiga selektiv ta‘sir ko‘rsatuvchi vositalarga) taalluqli. U yurakning nasos faoliyatini nazorat qilgan holda yurak ritmi oshishiga to‘sqinlik qiladi. Nebilet® shuningdek tomir kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu arterial bosim pasayishini keltirib chiqaradi.

Nebilet® yuqori arterial bosimni davolash uchun (arterial gipertenziyada) qo‘llaniladi.

Nebilet® shuningdek 70 yosh va undan katta bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarni standart davolashga qo‘shimcha sifatida yengil va o‘rtacha darajadagi stabil surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llaniladi.

 

2   Nebilet® preparatini qabul qilishdan oldin nimalarga e‘tibor qaratishingiz kerak

Nebilet® preparatini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

  • agar Sizda nebivolol yoki mazkur preparatning boshqa komponentlaridan biriga (6-bo‘limda keltirilgan) allergiya bo‘lsa;
  • agar Sizda quyida sanab o‘tilgan buzilishlardan bittasi yoki bir nechtasi mavjud bo‘lsa:
  • past arterial bosim;
  • qo‘llarda yoki oyoqlarda qon aylanishining og‘ir buzilishlari;
  • puls tez-tezligining pastligi (minutiga 60 dan kam);
  • yurak ritmining boshqa ma‘lum buzilishlari (masalan, II va III darajali atrioventrikulyar blokada, yurak o‘tkazuvchanligini buzilishi);
  • yaqin orada paydo bo‘lgan yurak yetishmovchiligi yoki oxirgi paytda yuzaga kelgan yomonlashuv yoki yurak faoliyatiga yordam beruvchi preparatlarning vena ichiga yuborilishi bilan kechadigan kardiogen shok holati;
  • bronxlar spazmi va bronxial astma (hozirgi vaqtda yoki o‘tmishda);
  • davolanmagan feoxromositoma, buyrak usti bezlari o‘smalari;
  • jigar faoliyatining buzilishi;
  • modda almashinuvining buzilishi (metabolik asidoz), masalan, diabetik ketoasidoz.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Nebilet® preparatini qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Agar Sizda quyida keltirilgan buzilishlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lsa yoki davolash vaqtida rivojlangan bo‘lsa, o‘z shifokoringizga xabar bering:

  • yurak urishlarining anomal past tez-tezligi;
  • o‘zidan-o‘zi yuzaga keladigan koronar arteriyalar spazmi keltirib chiqargan ko‘krakda og‘riq (Prinsmetal stenokardiyasi);
  • davolanmagan surunkali yurak yetishmovchiligi;
  • yurakning 1-darjali blokadasi (yurak ritmini buzadigan yurakning zaif o‘tkazuvchanligi turi;
  • qo‘l va oyoqlarda qon aylanishining buzilishi, masalan, Reyno kasalligi yoki sindromi, yurganda spazmasimon og‘riqlar;
  • nafas olishning uzoq muddatli buzilishlari;
  • qandli diabet: preparat qonda qand miqdoriga ta‘sir ko‘rsatmaydi, biroq qonda qand miqdori pasayishi simptomlarini yashirishi mumkin (asabiylashuvchanlik, titroq, pulsning tez urishi);
  • qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi: preparat ushbu holat keltirib chiqaradigan yurakni anomal tez urishi belgilarini yashirishi mumkin;
  • allergiya: preparat Sizda allergiya bo‘lgan gul changiga yoki boshqa moddalarga reaksiyangizni kuchaytirishi mumkin;
  • psoriaz (po‘stloqsimon lishay o‘choqlari hosil bo‘lgan holda teri kasalligi), yoxud Sizda ilgaridan psoriaz mavjud bo‘lsa;
  • agar Sizda jarrohlik operasiyasi o‘tkaziladigan bo‘lsa, u holda anesteziya o‘tkazilishidan oldin doimo anesteziologni Siz Nebilet® preparatini qabul qilayotganligingiz haqida ogohlantiring.

Agar Sizda buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlari mavjud bo‘lsa, yurak yetishmovchiligini davolash uchun Nebilet® preparatini qabul qilishdan voz keching va davolovchi shifokorga murojaat qiling.

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash boshlanishida holatni nazorat qilish uchun muntazam ravishda shifokor qabuliga borish lozim (3-bo‘limga qarang).

Preparat bilan davolashni davolovchi shifokorning aniq ko‘rsatmalarisiz va holatni baholamasdan turib to‘satdan bekor qilish kerak emas (3-bo‘limga qarang).

Bolalar va o‘smirlarda

Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishiga doir tadqiqotlar, ma‘lumotlar yo‘q, shu sababli Nebilet® preparatini ushbu yosh guruhida qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.

Boshqa dori vositalari va Nebilet® preparati

Agar Siz boshqa dori vositalarini qabul qilgan, qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa.

Agar Siz Nebilet® preparatiga qo‘shimcha sifatida quyida ko‘rsatilgan dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorni har doim ogohlantiring:

  • arterial bosimni nazorat qilish uchun preparatlar yoki yurak kasalliklarini davolash uchun preparatlar (amiodaron, amlodipin, sibenzolin, klonidin, digoksin, diltiazem, dizopiramid, felodipan, flekainid, guanfasin, gidroxinidin, lasidipin, lidokain, metildopa, meksiletin, moksonidin, nikardipin, nifedipin, nimodipin, nitrendipin, propafenon, xinidin, rilmenidin, verapamil kabi).
  • sedativ preparatlar va psixozlarni (ruhiy buzilishlarni), davolash uchun preparatlar, masalan, barbituratlar (shuningdek epilepsiyada davolash uchun qo‘llaniladi), fenotiazin (shuningdek ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi) va tioridazin.
  • depressiyada davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar, masalan, amitriptilin, paroksetin, fluoksitin.
  • jarrohlik operasiyalari vaqtida anesteziya uchun ishlatiladigan preparatlar.
  • astmani davolashda, burun bitib qolishini bartaraf qilishda yoki glaukoma (ko‘z soqqasida yuqori bosim) kabi ma‘lum bir ko‘z kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan preparatlar yoki ko‘z qorachig‘ini kengaytirish (oshirish) uchun preparatlar.
  • baklofen (spazmga qarshi miorelaksasiyalovchi dori vositasi), amifostin (rakni davolashda himoyalovchi ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositasi).

Barcha ushbu preparatlar nebivolol bilan birgalikda qo‘llanilganida arterial bosimga va/yoki yurak faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

  • Me‘dada ortiqcha kislotalik bo‘lganida va yaralarni davolash uchun preparatlar (antasid preparatlar), masalan, simetidin buyurilganida, Nebilet® preparatini ovqatlanish vaqtida, antasid preparatini esa ovqatlanishlar o‘rtasida qabul qilish lozim.

Nebilet® preparatini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish

3-bo‘limga qarang.

Homiladorlik va laktasiya davrida

O‘ta zaruratni istisno qilgan holda, homiladorlik davrida Nebilet® preparatini qabul qilish kerak emas.

Laktasiya davrida mazkur preparatni qabul qilish kerak emas.

Homiladorlik yoki laktasiya davrida, shuningdek ehtimol qilingan yoki rejalashtirilgan homiladorlikda mazkur preparatni qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparat bosh aylanishini yoki charchoq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu simptomlarni his qilganda avtomobilni boshqarmaslik va texnika vositalari bilan ishlamaslik lozim.

Nebilet® preparati laktozani saqlaydi.

Mazkur mahsulot laktozani saqlaydi. Agar Sizda ayrim qand moddalarining ta‘sirini ko‘tara olmaslik mavjud bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qiling.

 

3   Nebilet® preparati qanday qabul qilinadi

Ushbu preparatni shifokor ko‘rsatmasiga binoan doimo aniq qabul qiling. Agar Sizda biror-bir shubha bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Nebilet® preparatini ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin qabul qilish mumkin. Siz shuningdek uni ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holda qabul qilishingiz mumkin. Tabletkalarni suv bilan ichish lozim.

Arterial bosim oshganida (arterial gipertenziyada) davolash

  • Odatdagi doza sutkada 1 ta tabletkani tashkil etadi. Dozani imkon qadar sutkaning ayni bir vaqtida qabul qilish kerak.
  • Keksa yoshdagi pasientlar va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlar uchun boshlang‘ich doza odatda sutkada ½ (yarimta) tabletkani tashkil etadi.
  • Arterial bosim pasayishi samarasi 1-2 hafta davolashdan keyin yaqqol namoyon bo‘ladi. Gohida optimal ta‘sirga faqat 4 hafta o‘tgach erishiladi.

Surunkali yurak yetishmovchiligida davolash

  • Sizni davolash tajribali shifokor kuzatuvi ostida o‘tishi kerak.
  • Shifokor davolashni sutkada ¼ (chorak) tabletkani buyurishdan boshlashi kerak. 1-2 hafta o‘tgach doza sutkada ½ (yarimta) tabletkagacha, so‘ngra bosqichma-bosqich sutkada bitta va ikkita tabletkagacha lozim dozaga erishilguniga qadar oshirilishi mumkin. Shifokoringiz Sizga davolashning har bir aniq bosqichi uchun eng mos keladigan dozani buyurishi lozim. Siz ko‘rsatilgan dozaga va shifokor yo‘riqnomalariga qat‘iy rioya qilishingiz kerak.
  • Maksimal tavsiya etiladigan doza sutkada 2 ta tabletkani (10 mg ni) tashkil etadi.
  • Davolash boshlanishida, preparat birinchi qabul qilinganidan keyin va dozani har bir oshishidan keyin preparat qabul qilinganida Siz 2 soat davomida shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishingiz kerak.
  • Agar zarurat bo‘lsa, davolovchi shifokor dozani pasaytirishi mumkin.
  • Siz davolashni to‘satdan to‘xtatishingiz kerak emas, chunki bu yurak yetishmovchiligini chuqurlashishiga olib kelishi mumkin.
  • Buyrakning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlar ushbu preparatni qabul qilishi mumkin emas.
  • Preparat bir kunda bir marta, imkon qadar sutkaning ayni bir vaqtida qabul qilinishi lozim.

Agar shifokor Sizga sutkada ¼ (chorak) yoki ½ (yarimta) tabletkani buyurgan bo‘lsa, quyida keltirilgan Nebilet® 5 mg preparati tabletkalarini qanday qilib bo‘lish haqidagi yo‘riqnomalarga amal qiling.

  • Tabletkani tekis qattiq yuzaga (masalan, stol yoki oshxona stolining ustiga) xochsimon bo‘linish chizig‘i yuqoriga qaragan holda qo‘ying.
  • Tabletkani har ikkala ko‘rsatkich barmoqlar bilan bosing; bunda tabletka 1 va 2-rasmlarda ko‘rsatilgani kabi bo‘linish chizig‘i bo‘ylab bo‘linadi.
  • Tabletkaning chorak qismini olish uchun yuqorida bayon qilinganidek 3 va 4-rasmlarda ko‘rsatilgani kabi ushbu harakatlarni uning yarimtasi bilan takrorlang.

1 va 2-rasm. Nebivolol 5 mg tabletkasini ikki qismga bo‘linishi.

3 va 4-rasm. Nebivolol 5 mg yarimta tabletkasini chorak qismga bo‘linishi.

  • Davolovchi shifokor Sizning kasalligingizni davolash uchun Nebilet® preparati tabletkalarini boshqa dori preparatlari bilan kombinasiyada qabul qilishga qaror qilishi mumkin.
  • Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash taqiqlanadi.

Agar Siz Nebilet® preparatini keragidan ko‘proq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz tasodifan ushbu preparatning katta dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqda darhol shifokorga xabar bering. Pulsning juda pastligi (bradikardiya), hushdan ketish ehtimoli bilan arterial bosimni pasayishi (gipotenziya), astma xurujini eslatuvchi hansirash (bronxospazm) va o‘tkir yurak yetishmovchiligi Nebilet® preparati dozasi oshirib yuborilishining eng ko‘p uchraydigan simptomlari hisoblanadi.

Shifokor kelgunga kadar Siz faollashtirilgan ko‘mirni (dorixonada sotiladi) qabul qilishingiz mumkin.

Agar Siz Nebilet® preparatini qabul qilishni unutgan yoki uni juda kam miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz Nebilet® preparati dozasini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, u holda Siz odatdagi kunlik dozani bir oz kechroq qabul qilishingiz mumkin. Biroq uzoq muddatli (masalan bir necha soat) ushlanib qolinishida, keyingi dozani qabul qilish vaqti yaqinlashib qolganda, yoddan ko‘tarilgan dozani o‘tkazib yuboring va keyingi odatdagi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. Preparatning ikki karra dozasini qabul qilmang. Keyinchalik qabul qilish vaqtini takroriy o‘tkazib yuborilishidan tiyilish lozim.

Agar Siz Nebilet® preparatini qabul qilishni to‘xtatsangiz

Nebilet® preparati bilan davolash to‘xtatilishidan oldin Siz undan qanday maqsadlarda: yuqori arterial bosimni davolash uchun yoki surunkali yurak yetishmovchiligida foydalanishingizdan qat‘iy nazar doimo davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Siz davolashni to‘satdan to‘xtatmasligingiz kerak, bu yurak yetishmovchiligi chuqurlashishiga vaqtincha olib kelishi mumkin. Agar surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun Nebilet® preparati qabul qilinishini to‘xtatish zarur bo‘lsa, u holda dozani bir hafta interval bilan ikki marta pasaytirgan holda sutkalik dozani bosqichma-bosqich pasaytirish lozim.

Ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzaga kelganida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

 

4   Yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Barcha dori vositalari kabi mazkur preparat nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq ular har bir pasientda ham namoyon bo‘lavermaydi.

Nebilet® preparati yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llanilganida quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lishi mumkin:

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):

  • bosh og‘rig‘i;
  • bosh aylanishi;
  • charchash hissi;
  • noodatiy qichishish va achishishni his qilish;
  • diareya;
  • qabziyat;
  • ko‘ngil aynishi;
  • hansirash;
  • qo‘l yoki oyoqlarning shishishi.

Gohida yuzaga keladigan nojo‘ya ta‘sirlar (100 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):

  • yurak urishining sekinlashishi yoki yurakka oid boshqa shikoyatlar;
  • past arterial bosim;
  • yurganda oyoqlarda xurujsimon og‘riqlar;
  • ko‘rishning buzilishi;
  • impotensiya;
  • tushkunlikni his qilish;
  • ovqatni qiyin hazm bo‘lishi (dispepsiya), me‘da yoki ichakda gaz hosil bo‘lishi, qusish;
  • teri toshmasi, qichishish;
  • nafas yo‘llari mushaklarining keskin spazmi (bronxospazm) keltirib chiqargan astma xurujini eslatuvchi nafas olishning qiyinligi;
  • dahshatli tushlar ko‘rish.

Juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10000 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):

  • hushdan ketish;
  • psoriazning (po‘st tashlanuvchi pushti rang dog‘lar paydo bo‘lishi bilan kechadigan teri kasalligining) kuchayishi.

Nebilet® preparati qabul qilinganida o‘ta kamyob, alohida hollarda quyida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilgan:

  • terining tarqoq shikastlanishi mavjud bo‘lgan holda kuchli allergik reaksiyalar (yuqori sezuvchanlik reaksiyalari);
  • shiddat bilan rivojlanuvchi shishish, ayniqsa nafas olishning o‘tkir qiyinchiligi bo‘lgan lablar, ko‘zlar yoki tilning shishishi (Kvinke shishi);
  • teri yuzasidan ko‘tarilib turuvchi, allergik yoki noallergik tusdagi och qizil rangli qichishtiruvchi papulalari bilan tavsiflanadigan teri toshmasining turi (eshakemi).

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparat qo‘llanilishiga doir klinik tadqiqotda quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilgan:

Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):

  • yurak urishining sekinlashishi;
  • bosh aylanishi;

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):

  • yurak yetishmovchiligi simptomlarining chuqurlashishi;
  • past arterial bosim (bosim tezda tushganida quvvatsizlik sifatida his qilinadi);
  • ushbu dori vositasi ta‘sirini ko‘tara olmaslik;
  • yurak ritmiga ta‘sir ko‘rsatuvchi yurakdan qon o‘tishining yengil buzilishlari (1-darajali atrioventrikulyar blokada);
  • oyoqlarning shishishi (masalan, to‘piqlar shishishi).

Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabarlar

Har qanday nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganida shifokorga, dorixona xodimiga yoki hamshiraga murojaat qiling. Bu har qanday yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar haqida bevosita «Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga

Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markazi) manzili bo‘yicha bevosita «Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar bergan holda Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq axborotni to‘plashga yordam berishingiz mumkin.

 

5   Nebilet® preparatini qanday saqlash kerak

Ushbu dori preparatini bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.

30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ushbu dori preparati alohida saqlash sharoitlarini talab qilmaydi. Ushbu dori preparatidan qutichaning etiketkasida va blisterning folgasida «gacha yaroqli» yozuvidan oldin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanmang. Yaroqlilik muddati tugashi sanasi ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuniga taalluqlidir.

Biror-bir dori preparatlarini oqava suvlarga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang.

Siz boshqa foydalanmaydigan dori preparatini qanday qilib tashlab yuborilishi haqida dorixona xodimidan so‘rang. Ushbu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

  • O‘ramining tarkibi va boshqa axborot

Nebilet® preparati tarkibida nimalarni saqlaydi

  • Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi – nebivolol. Bitta tabletkada 5 mg nebivolol (nebivolol gidroxloridi ko‘rinishida): 2,5 mg d-nebivolol va 2,5 mg l-nebivolol saqlanadi.
  • Boshqa komponentlari: laktoza monogidrati, polisorbat 80, gipromelloza 2910 15 mPa·s, makkajo‘xori kraxmali, kroskarmellozaning natriyli tuzi, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Nebilet® preparati o‘ramining tashqi ko‘rinishi va tarkibi

Nebilet® preparati deyarli oq rangli, bir tomonlama xochsimon bo‘linish chizig‘i bo‘lgan ikki tomonlama qavariq dumaloq tabletkalar shaklida 7, 14 va 28 ta tabletka bo‘lgan o‘ramlarda chiqariladi. Tabletkalar blisterli (blister PVX/alyuminiydan tayyorlangan) o‘ramlarda chiqariladi.

(Bozorda barcha o‘lchamdagi o‘ramlari mavjud bo‘lmasligi ham mumkin)

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEBILET tabletkalari 5mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEBILET tabletkalari 5mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEBILET tabletkalari 5mg N14 dori vositasi Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group) tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEBILET tabletkalari 5mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEBILET tabletkalari 5mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NEVIKOR-5 tabletkalari 5 mg N30
NEBOBETA tabletkalari 5mg N30
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
TANELEB tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Specifar SA
Narh: 69 400 so'mdan Batafsil
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San.Ve Tic. A.S., Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San.Ve Tic. A.S., Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
NEBILET tabletkalari 5mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берлин-Хеми АГ
NEBILET tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берлин-Хеми АГ
Narh: 88 100 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
LERKAMEN 20 tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Lerkanidipin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
REZALYUT PRO kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
NEBILET PLYUS 5/12,5 tabletkalari 5mg/12,5mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Gidroxlorotiazid, Nebivolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
REZALYUT PRO kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Fosfolipidi ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
KARDOSAL 40 tabletkalari 40 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 148 000 so'mdan Batafsil
KARDOSAL 20 tabletkalari 20 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 146 000 so'mdan Batafsil
KARDOSAL 10 tabletkalari 10 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
ATTENTO 40/10 tabletkalari 40 mg/10 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (MENARINI GROUP)
Narh: 151 000 so'mdan Batafsil
ATTENTO 40/5 tabletkalari 40 mg/5 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (MENARINI GROUP)
Narh: 129 400 so'mdan Batafsil
ATTENTO 20/5 tabletkalari 20 mg/5 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (MENARINI GROUP)
Narh: 128 000 so'mdan Batafsil
NIKSAR eritma dlya priema vnutr 120ml 2,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Bilastin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9