×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEO VITES ishtaha uchun sirop 150ml N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Германия
Faol modda:
витамин В3, Маточное молочко, пиридоксина гидрохлорид (витамин В6), цианокобаламин (витамин В12), Экстракт солодки
Qadoqda soni:
- 1
Vakil:
- VEGAPHARM
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.

O'xshash dorilar

VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N5 Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
26 200 s`om dan
LAKTO kapsulalar N16 Biodeal Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
54 000 s`om dan
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 5ml N10 Лекхим-Харьков, ЧАО Ukraina
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Flakonda peroral qabul qilish uchun 150 ml - dan sirop. Karton qutida davlat va rus tillaridagi
qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan 1 tadan flakon.
Asalari suti vitaminlar, erkin yog'li kislotalar, gormonlar, organik kislotalar (pirouzumli,
sutli), mineral tuzlar, mikroelementlarning boy manbai. Asalari suti almashinuv
jarayonlarini tartibga soladi, ovqat hazm qilish organlari ishini me'yorlashtiradi, organizmni
tetiklashtiradi, viruslar va infektsiyalar oldida bardoshliligini oshiradi.
Qizilmiya ekstraktida mineral tuzlar, organik kislotalar, pektinlar, saponinlar, kraxmal,
shilimshiq, glyukoza, flavonoidlar, glisirrizin, shuningdek vitaminlar mavjud. Ular ko'pgina
almashinuv jarayonlarining katalizatorlari, me'da devorlarini qamrab oluvchi va tozalovchi
ta'sir ko'rsatadi.
V3 (nikotinamid), V6 (piridoksin), V12 vitaminlari me'daning motor funktsiyasini
me'yorlashtiradi, oshqozonosti bezi shirasini ishlab chiqarilishini va tarkibini yaxshilaydi,
jigar ishini me'yorlashtiradi, me'da-ichak trakti shilliq qavatini yangilanishiga ta'sir
ko'rsatadi.
Marganes ovqat hazm qilish jarayonini barqarorlashtiradi, oshqozonosti bezining ishida faol
ishtirok etadi.
faol moddalar:
Asalari suti 150 mg
V3 vitamini (nikotinamid) 24 mg
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra) 20 mg
V6 vitamini (piridoksin) 2,96 mg
Marganes glyukonati 2mg
V12 vitamini (tsianokobalamin) 3,6 mkg
yordamchi moddalar: fruktoza, kaliy sorbati (E-202), qulupnayli xushbo'ylashtirgich,
karboksimetilsellyuloza E-466, karmin kislotasi (E-120), tozalangan suv.
Odatda ishtaha uchun Neo Vites BFQ yaxshi ko'tariladi.
Turli-tuman muvozanatlangan ovqatlanishni o'rniga qo'llash kerak emas. Fruktozani nasliy ko'tara
olmaslikda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Neo Vites ishtaha uchun ovqatga BFQ yaxshi ishtahani ta'minlash va me'da-ichak traktini ovqat
hazm qilish funktsiyasini qo'llab turish uchun zarur bo'lgan biofaol moddalarning qo'shimcha manbai
hisoblanadi.
Ovqatni samarali o'zlashtirilishi organizmni me'yorda rivojlanishiga va yurak-qon tomir
tizimlari faoliyatining ko'pgina organlari va tizimlarining fiziologik funktsiyalarini
yaxshilashga imkon beradi; endokrin tizimini samaraliroq ishlashiga yordam beradi, glyukoza
darajasi ko'rsatkichlarini me'yorga keltiradi, gemoglobin darajasini me'yorlashtiruvchi
jarayonlarni rag'batlantiradi, to'qimalarning samarali regenerasiyasiga imkon yaratadi.
Yaxshi hazm bo'lish me'yordagi tonusni, jismoniy va aqliy faollikni ta'minlaydi.
Bfqning har qanday komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davrida (xavfsizligi bo'yicha klinik ma'lumotlarning yo'qligi sababli).
25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Qadoqda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin
Tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 4 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 0,5 choy qoshiqdan, 11
yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga kuniga 1-2 choy qoshiqdan. Tavsiya etilgan dozani oshirmaslik
kerak. Foydalanishdan oldin flakonni chayqatish zarur.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEO VITES ishtaha uchun sirop 150ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEO VITES ishtaha uchun sirop 150ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEO VITES ishtaha uchun sirop 150ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9