×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEO VITES sirop150ml N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Германия
Faol modda:
Мелатонин, пиридоксина гидрохлорид (витамин В6), экстракт лаванды, экстракт мелиссы, экстракт ромашки аптечной, Сухой водно-спиртовой экстракт Пассифлоры
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Vegapharm GmbH.
Vakil:
- VEGAPHARM
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Menorishan siropi 100ml Isshaan Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
SUPRIMA BRONXO sirop 100ml Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
24 300 s`om dan
BIORAN eritma 75mg/3ml N5 Rusan Pharma LTD Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Flakonda peroral qabul qilish uchun 150 ml dan sirop. Karton qutida davlat va rus tillaridagi
qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan 1 tadan flakon.
Passiflora ekstraktida flavonoidlar, fenollar, glikozidlar, aminokislotalar, o'nga yaqin
organik kislotalar, mikroelementlar, S vitamini mavjud. Faol komponentlarning majmuasi
Markaziy nerv tizimida qo'zg'alish va to'xtalish jarayonlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Moychachak ekstraktida kumarinlar, xamazulen, matrisin, apiin, borneol, apigenin,
bioflavonoidlar, organik kislotalar, fitosterinlar, vitaminlar, karotinlar,
polisaxaridlar, oqsil, oshlovchi moddalar, taxir moddalar va boshqalar mavjud. Xamazulen,
matrisin va apiin MNTga engil to'xtatuvchi ta'siri bilan ajralib turadi, apiin va apigenin esa
silliq muskulaturaga bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Lavanda ekstraktida "o'ziga xos lavanda hidi" bilan linalilasetat, shuningdek terpen
guruhidagi moddalar (borneol spirti, geraniol va hokazo), flavonoidlar, kumarinlar,
triterpenli birikma (ursol kislotasi), ushbu hidning dastasini yakunlovchi oshlovchi moddalar,
taxir moddalar mavjud. Lavandaning faol moddalari va hidi majmuada MNTga o'ziga xos engil
to'xtatuvchi samara ko'rsatadi.
Limono't ekstraktida flavonoidlar, fenolkarbon kislotalari, oshlovchi moddalar,
kumarinlar, triterpen va monoterpen birikmalar mavjud. Limono'tning biologik faol moddalari
immun tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, yallig'lanishga qarshi va spazmogen agentlar hosil
bo'lishini kuchsizlantiradi, silliq muskulaturani bo'shashtiradi. Terpenli birikmalar
(tsitralisitronelal), monoterpenli birikmalar (geraniol, linaloolisitronelol) limono'tga
yoqimli limonli hidni beradi, u faol komponentlar bilan birgalikda yumshoq tinchlantiruvchi va
spazmolitik ta'sir ko'rsatadi.
Apelsin gullari ekstraktida ko'p miqdorda S vitamini, R vitamini, A provitamini (karotin), E
vitamini, kaliy, magniy va kaltsiy tuzlari mavjud. Xushbo'y hid bilan birgalikda MNT
funktsiyasiga yumshoq tinchlantiruvchi samara ko'rinishida ta'sir qiladi.
V6 vitamini moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, nerv tizimining me'yorda
ishlashiga yordam beradi, emosional-psixik taranglikni nazoratini shakllantirishda ishtirok
etadi.
Melatonin - tabiiy gormon, turli organlar va tizimlarda me'yordagi metabolizmni amalga
oshiruvchi muhim biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi: nerv tizimida, yurak-qon tomir
tizimida, shuningdek organizmda biologik (tsirkadali) ritmni tabiiy tartibga solishda.
Qo'llash sohasi
Tinch uyqu Neo Vites ovqatga biologik faol qo'shimcha Markaziy nerv tizimida qo'zg'alish va
to'xtalish jarayonlarini me'yordagi muvozanatini qo'llab turish uchun bir tarafga yo'naltirilgan
ta'sirini hisobga olgan holda o'simlik komponentlaridan, V6 vitamini va melatonin
majmuasidan iborat.
MNT funktsiyasiga ijobiy ta'siri tufayli, bioqo'shimcha o'ta qo'zg'alish va asab buzilishlari
xavfini pasaytiradi, uxlashning me'yordagi jarayonini ta'minlaydi va uyquning fiziologik
davomiyligiga yordam beradi.
Tinch uyqu Neo Vites kuchsiz sedativ ta'sir ko'rsatib, asablarni tinchlantiradi. Bu kuchli
stresslarda, kuchli hayajonda, kuchli charchashda va toliqishda yordam beradi.
Bioqo'shimcha me'yoriy psixologik funktsiyani shakllanishiga, shuningdek yurak-qon tomir tizimini
me'yorda ishlashiga yordam beradi.
Umuman olganda moddalar almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jismoniy va intellektual
salomatlikni qo'llab turadi va organizmni mustahkamlaydi.
faol moddalar:
Passiflora ekstrakti 100 mg.
Moychechak ekstrakti 100 mg
Lavanda ekstrakti 50 mg.
Limono't ekstrakti 50 mg.
Apelsin gullari ekstrakti 30 mg.
V6 vitamini (piridoksin) 1,47 mg.
Melatonin 1mg.
yordamchi moddalar: fruktoza siropi 70%, karboksimetilsellyuloza E-466, kaliy sorbati (E-202),
suvsiz limon kislotasi (E330), olmali xushbo'ylashtirgich, tozalangan suv.
Odatda tinch uyqu Neo Vites BFQ yaxshi ko'tariladi.
Turli-tuman muvozanatlangan ovqatlanishni o'rniga qo'llash kerak emas. Fruktozani nasliy ko'tara
olmaslikda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Tinch uyqu Neo Vites ovqatga biologik faol qo'shimcha Markaziy nerv tizimida qo'zg'alish va
to'xtalish jarayonlarini me'yordagi muvozanatini qo'llab turish uchun bir tarafga yo'naltirilgan
ta'sirini hisobga olgan holda o'simlik komponentlaridan, V6 vitamini va melatonin
majmuasidan iborat.
MNT funktsiyasiga ijobiy ta'siri tufayli, bioqo'shimcha o'ta qo'zg'alish va asab buzilishlari
xavfini pasaytiradi, uxlashning me'yordagi jarayonini ta'minlaydi va uyquning fiziologik
davomiyligiga yordam beradi.
Tinch uyqu Neo Vites kuchsiz sedativ ta'sir ko'rsatib, asablarni tinchlantiradi. Bu kuchli
stresslarda, kuchli hayajonda, kuchli charchashda va toliqishda yordam beradi.
Bioqo'shimcha me'yoriy psixologik funktsiyani shakllanishiga, shuningdek yurak-qon tomir tizimini
me'yorda ishlashiga yordam beradi.
Umuman olganda moddalar almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jismoniy va intellektual
salomatlikni qo'llab turadi va organizmni mustahkaml 
- Bfqning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.Mazkur Bfqni homiladorlik va emizish
davrida qo'llash tavsiya etilmaydi (xavfsizligi bo'yicha klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli).
25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Qadoqda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.
Tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga 0,5 choy qoshiqdan kuniga 1
marta, 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 1 marta. Tavsiya etilgan
dozani oshirmaslik kerak. Foydalanishdan oldin flakonni chayqatish zarur.
Tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga 0,5 choy qoshiqdan kuniga 1
marta, 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 1 marta. Tavsiya etilgan
dozani oshirmaslik kerak. Foydalanishdan oldin flakonni chayqatish zarur.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEO VITES sirop150ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEO VITES sirop150ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEO VITES sirop150ml N1 dori vositasi Vegapharm GmbH. tomonidan Германия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEO VITES sirop150ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEO VITES sirop150ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9