×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NERMONT tabletkalari 10mg N30

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Faol modda:
Мемантин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Laboratories LESVI S.L.
ATX kodi:
- N06DX01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SITOFLAVIN inyeksiya uchun eritma 10ml N10 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
242 000 s`om dan
MEDOTILIN inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N3 World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. Turkiya
155 800 s`om dan
KAVINTON eritma 10mg/2ml N10 Gedeon Richter PLC Vengriya
49 000 s`om dan
310 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NERMONT tabletkalari 10mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NERMONT

NERMONT

 

Preparatning savdo nomi: Nermont

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): memantin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg memantin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall sellyuloza, kolloid kremniy oksidi, talk, magniy stearati;

plyonka qobig‘ining tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi, makrogol 400.

Ta‘rifi: oq rangli, uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan sindirish chizig‘i bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Glutamat NMDA-reseptorlari blokatorlari. Demensiyani davolash uchun preparat.

ATX kodi: N06DX01.

Farmakologik xususiyatlari

Memantin N-metil-D-aspartat (NMDA)-rseptorlarining raqobatsiz antagosnisti bo‘lib, glutamatergik tizimga modulyasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Markaziy va periferik nerv tizimidagi degenerativ jarayonlarga patogenetik ta‘sir ko‘rsatadi. Ion tashilishini boshqaradi – kalsiy kanallarini bloklaydi. Neyroprotektiv ta‘sir ko‘rsatadi. Membrana potensialini normallashtiradi. Memantin markaziy va periferik nerv tizimida impuls shakllanishi vao‘tkazilishidagi patologik o‘zgarishlarga normallashtiruvchi ta‘sirli neyromodulyator hisoblanadi. Biogen aminlar ajralib chiqarishini oshiradi va ularni qayta so‘rilishini ingibisiya qiladi, bu nerv impulsini o‘tkazilishi jarayonini yaxshilaydi. Kognitiv jarayonlar, xotira va ta‘lim olish qobiliyatini yaxshilaydi, kundalik faollikni oshiradi.

Farmakokinetikasi

Memantin ichga qabul qilingandan keyin tez va to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi Smax ga 2-6 soat davomida erishiladi. Buyrak faoliyati normal bo‘lganida preparatni to‘planishi aniqlanmagan. Chiqarilishi ikki fazada kechadi. T1/2 o‘rtacha birinchi faza – 4-9 soat, ikkichi fazada – 40-65 soatni tashkil qiladi. Asosan (75-90%) buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Demensiya (alsgeymer tipi, qon tomirli, barcha og‘irlik darajasidagi aralash demensiya); yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi markaziy nerv tizimi faoliyatini buzilishi (xotirani va diqqatni jamlashni susayishi, faoliyatga qiziqishni yo‘qolishi, tez toliqish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini cheklanishi); serebral va spinal spastik sindrom (bosh-miya jarohati, tarqalgan skleroz, insult oqibatidagi), Parkinson kasalligi, parkinsonizm sindromi. Pediatriyada: turli xarakterdagi nutqni buzilishi (bradilaliya, nutq tempini patologik sekinlashishi, eshitish-nutq xotirasi hajmini kamayishi, oligofaziya).

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi shaxsiy ravishda belgilanadi. Davolashni minimal samarali dozani buyurishdan boshlash tavsiya etiladi.

Kattalarga demensiya sindromida davolashning 1-chi haftasi davomida sutkada 5 mg dozada, 2-chi haftasi davomida – sutkada 10 mg dozada buyuriladi. 3-chi haftasi davomida – sutkada 15-20 mg dozada buyuriladi. Zarurati bo‘lganida 30 mg sutkalik dozaga erishilguncha dozani har haftada 10 mg oshirish mumkin. Markaziy nerv tizimi bilan bog‘liq harakatlanishni buzilishlarida davolashning 1-chi haftasi davomida 10 mg sutkalik dozada, 2-chi haftasi davomida – sutkada 10 mg gacha dozada, 3-chi haftasi davomida – 20-30 mg buyuriladi. Zarurati bo‘lganida 60 mg sutkalik dozaga erishilguncha dozani har haftada 10 mg oshirish mumkin.

Samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaning taxminiy ko‘rsatkichi – sutkada 10-20 mg.

Sutkalik dozani kun davomida bir necha qabullarga teng bo‘linadi, preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak, oxirgi dozani kechki ovqatdan oldin qabul qilish tavsiya etiladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozalash tartibi klinik samaradorlikka qarab davolash vaqtida buyrak faoliyatini nazorati ostida shaxsiy ravishda belgilanadi.

Bolalarga sutkada 500 mkg/kg dozada buyuriladi.

Nojo‘ya samaralari

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurishni qiyinlashishi, tirishishlar, uyquchanlik, bosh miya ichki bosimini oshishi; tez-tez emas – yuqori toliqish; juda kam hollarda – tutqanoq xurujlari.

Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas – depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, psixotik reaksiyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – gipertenziya; tez-tez emas – venoz tromboz/tromboemboliya, yurak nuqsonlari.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qabziyat; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit.

Nafas tizimi tomonidan: yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, bronxit, grippsimon sindrom, dispnoe.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalar.

Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – zamburug‘li kasalliklar.

Immun tizimi tomonidan: tez-tez – preparatga yuqori sezuvchanlik.

Umumiy reaksiyalar: umumiy holsizlik.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
  • Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi.
  • Homiladorlik.
  • Emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Tireotoksikoz, tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

L-dopa, dopamin agonistlari, antixolinergik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ushbu preparatlarning ta‘siri kuchayishi mumkin.

Barbituratlar, neyroleptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ularning ta‘siri kamayishi mumkin.

Dantrolen yoki baklofen bilan birga qo‘llanilganda ta‘sirini o‘zgartirishi (kuchaytirishi yoki kamaytirishi) mumkin, shuning uchun preparatlarning dozasini shaxsiy ravishda tanlash kerak.

Amantadin, ketamin va deksametofan bilan bir vaqtda buyurishdan saqlanish kerak. Memantin bilan bir vaqtda qabul qilinganda simetidin, prokainamid, kinidin, kinin va nikotinning plazmadagi darajasini oshirishi mumkin. Memantin bilan bir vaqtda qabul qilinganda gidroxlortiazidning darajasini pasaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tutqanoq, tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Optimal dozaga har hafta oshirib, bosqichma-bosqich erishiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

O‘rtacha yoki og‘ir demensiya bosqichidagi Alsgeymer kasalligi bo‘lgan pasientlarda avtotransportni haydash va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyati odatda buzilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, memantin reaksiya tezligini o‘zgarishini chaqirishi mumkin, shuning uchun ambulator sharoitda davolanayotgan pasientlar avtotransportni haydaganda yoki mexanizmlarni boshqarganda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralarning jadalligi kuchayishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish; simptomatik davolashni o‘tkazish.

Chiqarilish shakli

8 tabletka blisterda, 7 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NERMONT tabletkalari 10mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NERMONT tabletkalari 10mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NERMONT tabletkalari 10mg N30 dori vositasi Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Laboratories LESVI S.L. tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NERMONT tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NERMONT tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TINGREKS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
MEMANTIN Best tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alliance Czehcfarm S.R.O., Чешская Республика произведено: Whan In Pharm. Co., Ltd
  • Vakil: Pharmline Plus MChJ
Narh: 224 700 so'mdan Batafsil
REKOL tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 46 400 so'mdan Batafsil
MARUKSA tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
MARUKSA tabletkalari 10mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
KARRIER tabletkalari 10mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
KARRIER tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
Narh: 418 558 so'mdan Batafsil
ALCHEBA tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
POLMATIN tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
POLMATIN tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
MARUKSA tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
MEMANTAL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
Narh: 124 600 so'mdan Batafsil
KARRIER tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
ALCHEBA tabletkalari 10mg N30
Narh: 198 000 so'mdan Batafsil
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Канонфарма продакшн, ЗАО
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Канонфарма продакшн, ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9