×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Neyrotsil in'ektsiya uchun eritma 2ml N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Грузия
Faol modda:
Этилметилгидроксипиридина сукцинат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «Аваленз»
Vakil:
- Asia Pharm Consulting
ATX kodi:
- N07ХХ
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GAMALATE V6 tabletkalari N20 Ferrer Internacional S.A. Ispaniya
80 000 s`om dan
AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N48 Арпимед O'zbekiston
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10 Gedeon Richter PLC Vengriya
81 800 s`om dan
AMARIL tabletkalari 4mg N30 Санофи С.п.А. Italiya
43 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
In'ektsiya uchun 2 ml 5% eritma, ampulalarda. 10 ampula PBX plenka kOntur uyali o'ramda. I kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida. In'ektsiya uchun 5 ml 5% eritma ampulalarda. 5 ampula PVX plenka kontur uyali o'ramda. kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riknomasi bilan birga karton qutida.

2 ml li 1 ampula quyidagilarni saqLaydi:

faol modda: etilmetilgidroksipiridin suktsinati - 100 mg; yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv - 2 ml gacha.

5 ml li 1 ampula kuyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etilmetilgidroksipiridin suktsinati - 250 mg; yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv - 5 ml gacha; 


NeyroTsil (etilmetilgidroksipiridin suktsinat) antigipoksik, antistressor, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta'sir ko'rsatadi.

Preparat turli shikastlovchi omillarning (shok, gipoksiya va ishemiya, bosh miya qon aylanishini buzilishi, alkogol va antipsixotik vositalar - neyroleptiklar bilan intoksikasiya) ta'siriga organizmning rezistentligini oshiradi.

Etilmetilgidroksipiridin suktsinatining ta'sir mexanizmi uning antioksidant, antigipoksik va membranoprotektor ta'siri bilan boG'liq.

Etilmetilgidroksipiridin suktsinati bosh miyaning metabolizmi va qon aylanishini yaxshilaydi, qonning mikrosirkulyasiyasi va reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Gemolizda qon xujayralarining (eritrositlar va trombositlar) membrana strukturalarini barqarorlashtiradi. Gipolipid ta'sirga ega, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlarning mikdorini kamaytiradi.

Antistressor ta'siri stressdan keyingi xatti-xarakatni, somato-vegetativ buzilishlarni normallashishida; uyqu-tetiklik tsikllarini va xotira jarayonlarini tiklanishida; bosh miyaning turli strukturalaridagi distrofik va morfologik o'zgarishlarni pasayishida namoyon bo'ladi.

NeyroTsil (etilmetilgidroksipiridin Suktsinat) abstinent sindromida yaqqol antioksidant ta'sirga ega. O'tkir alkogolli intoksikasiyaning nevrologik va neyrotoksik xususiyatlarini bartaraf kiladi, xatti-xarakat buzilishlarini, vegetativ faoliyatlarni tiklaydi, shuningdek etanolni davomli qAbul qilish va uni bekor qilish chaqirgan kognitiv buzilishlarni yo'kotadi. Etilmetilgidroksipiridin suktsinatining ta'siri ostida trankvilizasiya qiluvchi, neyroleptik, antidepressiv, uyku va tirishishga qarshi vositalar ta'siri kuchayadi, bu ularning dozasini va muvofik nojo'ya samaralarini kamaytirish imkoniyatini beradi.

O'tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikasiyani kamaytiradi.

Preparat m/i yoki v/i yuborilganidan keyin qon plazmasida 4 soat davomida aniqlanadi. Preparatni yarim chiqarilish vaqti 0,7-1 ,3 soatni tashkil qiladi.

NeyroTsil a'zolar va to'kimalarda tez taqsimlanadi.

Organizmdan siydik bilan asosan glyukuronkon'yugasiyalangan shaklda va axamiyatsiz miqdorlarda - o'zgarmagan holda chiqariladi.

Etilmetilgidroksipiridin suktsinatga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda ayrim bemorlarda quyidagilar bo'lishi mumkin:

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kam bosh oG'riG'i, uyquchanlik; me'da-ichak yo'llari tomonidan: kam ko'ngil aynishi, oG'izni qurishi;

allergik reaktsiyalar: kam teri toshmasi, qichishish;

Maxalliy reaktsiyalar: kam hollarda yuborish joyida og'riq kuzatilishi mumkin;

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas (davolash vaqtida emizishni to'xtatish kerak).

Avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

Davolanish davrida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Miya qon aylanishining o'tkir buzilishlari (ishemik insult);

Dissirkulyator entsefalopatiya;

Vegeto-tomirli distoniya;

Aterosklerotik genezli kognitiv buzilishlar (shu jumladan Alsgeymer kasalligi);

Xavotirli, nevrotik va nevrozsimon holatlar;

O'tkir va surunkali YUIK (majmuaviy davolash tarkibida);

II tur qandli diabetdagi oyoqlarning angiopatiyasi (majmuaviy davolash tarkibida);

Ximioterapiyadan keyingi davr (majmuaviy davolash tarkibida);

Insult va infarktdan keyingi davr;

Alkogolizmdagi nevrozsimon va vegetativ-tomirli buzilishlarning ustunligi bilan abstinent sindromini bartaraf qilish;

  Antipsixotik vositalar bilan o'tkir intoksikasiya;

 Qorin bo'shliG'ining o'tkir yiringli-YalliG'lanish jarayonlari (o'tkir pankreatit, peritonit)ni majmuaviy davolash tarkibida qo'llaniladi. 

-       jigar va buyraklar funktsiyasining o'tkir buzilishlari;

-       18 yoshgacha bo'lgan bolalarda;

-       homiladorlik;

-       laktasiya davri;

-       preparatga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Birga qo'llanganda Neyrosil benzodiazepin hosilalari anksiolitiklarning, parkinsonizmga qarshi (levodopa) va tirishishga qarshi (karbamazepin) vositalarning ta'sirini kuchaytiradi. Neyrosil etil spirtining toksik ta'sirini kamaytiradi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati 3 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

rangsiz yoki biroz bo'yalgan tiniq suyuqlik.
In'ektsiya uchun eritma mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun preparat natriy xloridining izotonik eritmasida suyultiriladi. Dozalar patologiya va pasientning holatini oG'irligiga qArab shaxsiy tanlanadi.

BoshlanG'ich doza terapevtik samara olingunicha asta-sekin dozani oshirish bilan sutkada Z marta 50 - 100 mg dan yuboriladi.

Maksimal sutkalik doza - 800 mg.

NeyroTsil oqim bilan sekin, 5-7 minut davomida, tomchilab - minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi.

Miya qon aylanishining o'tkir buzilishlarida NeyroTsil majmuaviy davolashda, birinchi 2-4 kunlari vena ichiga tomchilab sutkada 1 marta 200-300 mg gacha, so'ngra mushAK ichiga sutkada 3 marta 100 mg dan qo'llanadi. Davolash kursining davomiyligi 10-14 kunni tashkil qiladi.

Dekompensasiya fazasidagi dissirkulyator entsefalopatiyada NeyroTsil vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab sutkada 2-3 marta 100 mg dozada 14 kun davomida, so'ngra mushak ichiga sutkada 100 mg dan keyingi 14 kun davomida qo'llanadi.

Dissirkulyator entsefalopatiyani kursli oldini olishni o'tkazish uchun preparat mushak ichiga 100 mg dozada sutkada 2 marta 10-14 kun davomida buyuriladi.

Keksa yoshli pasientlardagi kognitiv buziliisharda NeyroTsil mushak ichiga sutkada 100-300 mg dozada 14-30 kun davomida buyuriladi.

Miokard infarktini davolashda an'anaviy davolash fonida NeyroTsil mushak ichiga yoki vena ichiga tana vazniga 2-3 mg/kg sutkada 3 marta yuboriladi. Sutkalik doza tana vazniga 6-9 mg/kg ni tashkil kiladi. Preparat 14 sutka davomida yuboriladi. Maksimal samaraga erishish uchun birinchi 5 sutkada pareparat vena ichiga, keyingi 9 sutka - mushak ichiga buyuriladi.

Onkologik bemorlarga (masalan, sut bezi rakida, limfogranulomatozda, bachadon bo'yni rakida) ximioterapiyaning birinchi kursi tugatilganida NeyroTsil mushak ichiga sutkada 400 mg dozada 10 kun davomida va 300mg dozada 3 xaftagacha buyuriladi.

Oyoqlarning angiopatiyasi bilan II tur qandli diabeti bo'lgan pasientlarga NeyroTsil mushak ichiga buyuriladi. Preparatning dozasi kasallikning oG'irligiga boG'liq. O'rtacha mushak ichiga 100 mg NeyroTsil sutkada 1 marta 10 kundan 1 oy gacha buyuriladi.

Alkogolli abstinent sinDromida NeyroTsil 100-200 mg dozada vena ichiga tomchilab sutkada 1-2 marta yoki mushak ichiga sutkada 2-3 marta 5-7 kun davomida yuboriladi. Antipsixotik vositalar bilan o'tkir intoksikasiyada NeyroTsil mushak ichiga sutkada 50-300 mg dozada 7-14 kun davomida yuboriladi.

Qorin bo'shliG'ining yiringli-YalliG'lanish jarayonlarida (o'tkir nekrotik pankreatit, peritonit) NeyroTsil xam operasiyadan oldingi, xam operasiyadan keyingi birinchi sutka davomida buyuriladi. Preparatning dozasi kasallikning shakli va oG'irligi, jarayonining tarqalganligi, klinik kechishining turlariga boG'liq.

O'tkir shishli (interstisial) pankreatitda NeyroTsil 100 mg dan sutkada 3 marta tomchilab vena ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi.

OG'irligi engil darajali nekrotik pankreatitda NeyroTsil 100-200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab yoki mushak ichiga buyuriladi.

Og'irligi o'rtacha darajali nekrotik Pankreatitda - 200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab yuboriladi.

Og'ir darajali nekrotik pankreatitda - 800 mg dozada birinchi sutkada ikki martalik yuborish tartibida, keyinchalik - sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan 300 mg dan sutkada 2 marta yuboriladi.

Nekrotik pankreatitning o'ta og'ir shaklida pankreatik shok ko'rinishlarini turG'un yo'qotilgunicha boshlanG'ich doza sutkada 800 mg ni tashkil qiladi, xolat turg'unlashganida sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan - 300-400 mg dan sutkada 2 martadan tomchilab yuboriladi..

Preparatning kursli dozasi FAqat turG'un kliniko-laborator samaradan keyin asta-sekin tugatiladi.

Simptomlar: uyquchanlik rivojlanishi mumkin. Davolash: simptomatik davolash.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Neyrotsil in'ektsiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Neyrotsil in'ektsiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Neyrotsil in'ektsiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi ООО «Аваленз» tomonidan Грузия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Neyrotsil in'ektsiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Neyrotsil in'ektsiya uchun eritma 2ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MEKSUNAT inyeksiya uchun eritma 10ml 5% N10
MEKSUNAT inyeksiya uchun eritma 5ml 5% N10
MEKSUNAT inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N10
ELFUNAT tabletkalari 125mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
NEYROKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
Narh: 92 000 so'mdan Batafsil
ELFUNAT inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
ELFUNAT inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
MEKSIPRIM tabletkalari 125mg N30
AKTISERIL inyeksiya uchun eritma 5ml 5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Janubiy Koreya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharm Inc.
MEKSIDOL tabletkalari 125mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЗиО-Здоровье, ЗАО
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
MEDOMEKSI inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик ОАО
MEDOMEKSI inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик ОАО
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АРМАВИРСКАЯ БИОФАБРИКА, ФКП
Narh: 79 400 so'mdan Batafsil
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АРМАВИРСКАЯ БИОФАБРИКА, ФКП
Narh: 72 284 so'mdan Batafsil
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эллара, ООО
Narh: 79 400 so'mdan Batafsil
MEKSIDOL FORTE 250 tabletkalari 250 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЗиО-Здоровье, ЗАО
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эллара, ООО
Narh: 72 284 so'mdan Batafsil
MEKSIDOL tabletkalari 125mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЗиО-Здоровье, ЗАО
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
MEDOMEKSI tabletkalari 125mg N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Производитель
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9