×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Нифедипин
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «Озон»
ATX kodi:
- C08CA05
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10 Integra DD, OOO O'zbekiston
2 800 s`om dan
NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
26 900 s`om dan
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
2 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIFEDIPIN

NIFEDIPINE

 

Preparatning savdo nomi: Nifedipin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nifedipin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg nifedipin;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, mikrokristall sellyuloza, povidon, natriy laurilsulfati, magniy stearati, gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza), polisorbat 80, titan dioksidi (Ye 171), polietilenglikol 6000, talk, sariq xinolin (Ye 104).

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, yuqori va pastki yuzalari qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganda lupa ostida ko‘rilganda bir yaxlit qavat bilan qoplangan yadrosi ko‘rininadi.

Farmakoterapevtik guruhi: Yurak-qon tomir tizimiga ta‘sir etuvchi vositalar. Asosan qon tomirlarga ta‘sir ko‘rsatuvchi selektiv kalsiy antagonistlari. Digidropiridin hosilalari.

ATX kodi: S08S A05.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kalsiy kanallarining selektiv blokatori, digidropiridin hosilasi. Kardiomisitlar va qon tomirlarning silliq mushaklari xujayralariga kalsiyni kirishini tormozlaydi. Antianginal va antigipertenziv samara ko‘rsatadi. Qon tomirlarning silliq mushaklari tonusini pasaytiradi. Koronar va periferik arteriyalarni kengaytiradi, qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini, arterial bosimni va ahamiyatsiz darajada – miokardni qisqaruvchanligini kamaytiradi, keyingi yuklama va miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. Koronar qon aylanishini yaxshilaydi. Miokardda o‘tkazuvchanlikni susaytirmaydi. Nifedipin uzoq vaqt qo‘llanilganda koronar qon tomirlarni yangi aterosklerotik blyashkalarni hosil bo‘lishini oldini olishi mumkin. Nifedipin bilan davolash jarayonida prepapat tomonidan chaqirilgan vazodilatasiyani kompensasiya qilmaydigan o‘tuvchan reflektor taxikardiya va yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini oshishi kuzatilishi mumkin. Nifedipin organizmdan natriy va suv chiqarilishini kuchaytiradi. Reyno sindromida preparat qo‘l-oyoqlarning qon tomirlarini oldini olishi yoki kamaytirishi mumkin.

Farmakokinetikasi

Nifedipin ichga qabul qilinganda me‘da-ichak yo‘llarinidan tez va deyarli to‘liq (90% dan ko‘proq) so‘riladi. Biokiraolishligi – taxminan 50%. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga qabul qilingandan 1-3 soatdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri – 2-5 soat. Faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida asosan siydik bilan chiqariladi. Klinik samara kuzatiladigan vaqt: 20 minut – peroral qabul qilganda, 5 minut – sublingval qo‘llanilganda. Klinik samaraning davomiyligi – 4-6 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Arterial gipertenziya; yurak ishemik kasalligi: surunkali stabil stenokardiya, vazospastik stenokardiya (Prinsmetal stenokardiyasi) da qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning dozasi va davolash kursi davomiyligini shifokor kasallikning og‘irlik darajasi va bemorning davolashga reaksiyasiga qarab shaxsiy ravishda belgilaydi.

Klinik manzaraga qarab, har bir alohida holatda dozani bosqichma-bosqich yuborish kerak. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda uning holatini sinchkovlik bilan monitoring qilish, og‘ir holatlarda esa – dozani kamaytirish zarurati tug‘ilishi mumkin.

Yurak ishemik kasalligi davolash uchun preparatni 2 tabletkadan sutkada ikki marta (sutkada 40 mg) qabul qilish tavsiya etiladi.

Agar preparatning yuqoriroq dozalari zarur bo‘lsa, uni maksimal doza – sutkada 60 mg gacha bosqichma-bosqich oshirish kerak.

Gipertenziyani davolash uchun Nifedipinni 2 tabletkadan sutkada ikki marta (sutkada
40 mg) qabul qilish tavsiya etiladi.

Nifedipinni CYP3A4 ingibitorlari yoki CYP3A4 induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda nifedipinning dozasiga tuzatish kiritish yoki nifedipinni bekor qilish zarutati tug‘ilishi mumkin.

Preparatning yaqqol antiishemik va antigipertenziv samarasi tufayli, uni ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanilganda bosqichma-bosqich bekor qilish kerak.

Tabletkalarni oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi.

Preparatni qabul qilish vaqtida greypfrut sharbatini qabul qilishdan saqlanish kerak.

Tabletkalarni qabul qilish orasidagi tavsiya etilgan interval – 12 soat (kamida 6 soat).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalar a‘zolar tizimlari bo‘yicha taqdim etilgan.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini kuchayishi; taxikardiya; stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda davolashni boshida xurujlarning tez-tezligi, davomiyligi oshishi yoki simptomlarning og‘irlik darajasi oshishi mumkin; simptomsiz miokard ishemiyasi holatlari, miokardning mavjud bo‘lgan ishemiyasini zo‘rayishi, yurak o‘tkazuvchanligini buzilishi, ko‘krakda og‘riq (stenokardiya).

Qon va limfatik tizim tomonidan: qon manzarasi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, trombositopeniya, anemiya, leykopeniya, aplastik anemiya; agranulositoz.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori toliqish, holsizlik; paresteziya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi (uyqusizlik, uyquchanlik, bezovta uyqu), muvozanatni buzilishi, depressiya; qaltirash, harakat koordinasiyasini buzilishi, xavotirlik hissi, dizesteziya, migren, hushdan ketish.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: qon zardobidagi nifedipinning maksimal konsentrasiyasida vaqtincha ko‘rlik, to‘r pardaning vaqtincha ishemiyasi, ko‘p ko‘z yoshi oqishi (lakrimasiya); ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘zlarda og‘riq.

Eshitish a‘zolari va ichki quloq tomonidan: quloqlarda shang‘illash.

Nafas yo‘llari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan: dispnoe; burundan qon ketishi; yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, yo‘tal va burunni bitishi; angionevrotik shish.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: qabziyat; diareya, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi, meteorizm; qusish, milklar gipertrofiyasi, kekirish; qora rangli axlat, jig‘ildon qaynashi, ta‘m bilishni buzilishi, disfagiya, ichak tutilishi, ichak yarasi, gastroezofageal sfinkter yetishmovchiligi.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: poliuriya, nikturiya; gematuriya, dizuriya.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: toshma, qichishish, qizarish, lunjlar eritemasi (yuzni qizarishi); eshakemi, ko‘p terlash, isitma, purpura; nifedipinni uzoq vaqt qo‘llagan holatlarda milklar giperplaziyasi, u preparat bekor qilingandan keyin to‘liq o‘tib ketadi; toksikodermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli eritema, fotosensibilizasiya, alopesiya.

Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, angionevrotik shish; qichishish, eshakemi, toshma; anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar.

Suyak-mushak apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: belda og‘riq, mialgiya, bo‘g‘imlarni shishi; podagra, artralgiya, musbat antiadroli antitelalarni mavjudligi bilan kechuvchi artrit; mushak tirishishlari.

Metabolizm va ovqat-hazm qilish tomonidan: giperglikemiya (ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), tana vaznini oshishi, bezoar.

Qon tomir tizimi tomonidan: panja, to‘piq yoki boldirni shishi, vazodilatasiya; arterial gipotenziya, simptomatik gipotenziya, ortostatik gipotenziya.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: xolestaz; toksiko-allergik gepatit, sariqlik, jigar fermentlari faolligini tranzitor oshishi.

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan: ginekomastiya, jarayon qaytuvchan hisoblanadi, nifedipinni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin simptomlar yo‘q bo‘ladi; erektil disfunksiya.

Umumiy buzilishlar: o‘zini yomon his qilish, isitma, nospesifik og‘riq.

Ruhiy buzilishlar: depressiya, paranoidal sindrom, havotirlik, libidoni pasayishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • ta‘sir etuvchi moddaga yoki preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik;
  • boshqa digidropiridinlarga yuqori sezuvchanlik;
  • kardiogen shok;
  • og‘ir darajadagi aortal stenoz;
  • porfiriya;
  • miokard infarkti vaqtidagi holat yoki undan keyin bir oy davomida;
  • miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasi;
  • rifampisin bilan majmuasi (fermentlar induksiyasi oqibatida plazmadagi nifedipinning samarali darajalariga erishaolmaslik tufayli);
  • nostabil stenokardiya;
  • ichakning yallig‘lanish kasalliklari yoki Kron kasalligida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antigipertenziv vositalar, beta-blokatorlar, diuretik vositalar, nitrogliserin va ta‘siri uzaytirilgan izosorbid bilan bir vaqtda qo‘llanilganda nifedipinning sinergik ta‘siri ehtimolini e‘tiborga olish kerak.

Digoksin

Nifedipin qon plazmasidagi digoksinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Nifedipin bilan davolashni boshida va nifedipin bilan davolash to‘xtatilgandan keyin qon plazmasida digoksinning konsentrasiyasini nazorat qilish va dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Magniy sulfati

Nifedipin magniy sulfatining toksik ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, bu neyro-mushak blokadasiga olib keladi. Nifedipin va magniy sulfatini bir vaqtda qo‘llash xavfli hisoblanadi va pasientning hayotiga xavf soladi, shuning uchun bu preparatlarni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Simetidin

Nifedipin va simetidinni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida nifedipinning konsentrasiyasini oshishi va nifedipinning gipotenziv samarasini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Simetidin sitoxrom CYP3A4 izofermentining faolligini susaytiradi. Simetidin qabul qilayotgan pasientlarda nifedipinni ehtiyotkorlik bilan va dozani asta-sekin oshirish bilan qo‘llash kerak.

Xinupristin, dalfopristin nifedipinning plazmadagi darajasini oshirishi mumkin.

 

 

Fenitoin, karbamazepin

Nifedipinni qo‘llash qon plazmasida karbamazepin va fenitoinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Nifedipin va fenitoin yoki karbamazepinni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlar shifokorning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Toksiklik belgilari paydo bo‘lganda yoki qon plazmasida karbamazepin va fenitoinning konsentrasiyasini oshishi holatlarida bu preparatlarning dozasini kamaytirish kerak.

Xinidin

Nifedipin qon zardobida xinidinning konsentrasiyasini kamayishini chaqirishi mumkin, ayni vaqtda xinidin pasientning nifedipinning ta‘siriga sezgirligini oshirishi mumkin. Agar xinidin qabul qilayotgan pasientda nifedipin bilan davolash boshlansa, nifedipinning nojo‘ya samaralariga e‘tibor berish kerak. Nifedipin bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash to‘xtatilgandan keyin qon zardobida xinidinning darajasini nazorat qilish kerak; shuningdek xinidinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Teofillin

Nifedipin va teofillinni bir vaqtda qo‘llaganda qon plazmasidagi teofillinning konsentrasiyasi oshishi, pasayishi yoki o‘zgarishsiz qolishi mumkin. Qon plazmasida teofillinning konsentrasiyasini nazorat qilish va zarurati bo‘lganida uning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Rifampisin

Rifampisin va nifedipinni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida nifedipinning konsentrasiyasini pasayishi va oqibatda uning terapevtik samarasini kamayishi bilan kechishi mumkin. Nifedipin va rifampisinni bir vaqtda qo‘llaganda stenokardiya xurujlari yoki yuqori arterial bosim paydo bo‘lganida nifedipinning dozasini oshirish kerak.

Diltiazem nifedipinning erishini susaytiradi, bu dozani kamayishiga olib kelishi mumkin.

Vinkristin

Vinkristinni bir vaqtda qabul qilganda vinkristinni chiqarilishi susayadi.

Sefalosporin

Nifedipin va sefalosporinni bir vaqtda qo‘llaganda plazmada sefalosporinning darajasi oshadi.

Itrakonazol, eritromisin, klaritromisin

Nifedipin va itrakonazolni bir vaqtda qo‘llash (shuningdek sitoxrom CYP3A4 izofermentining ta‘sirini susaytiruvchi boshqa azol zamburug‘larga qarshi vositalar, eritromisin va klaritromisin) qon plazmasida nifedipinning konsentrasiyasini oshishiga va uning ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Nifedipinning nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida uning dozasini kamaytirish (agar iloji bo‘lsa) yoki zamburug‘larga qarshi vositalarni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Siklosporin, ritonavir yoki sakvinavir

Nifedipin, siklosporin, ritonavir yoki sakvinavirni (bu preparatlar sitoxrom CYP3A4 izofermentining ta‘sirini susaytiradi)bir vaqtda qo‘llaganda qon zardobida nifedipinning konsentrasiyasi va uning ta‘siri kuchayishi mumkin. Nifedipinning nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida uning dozasini kamaytirish kerak.

Takrolimus

Takrolimus va nifedipinni bir vaqtda qabul qiluvchi jigar transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda qon zardobida takrolimusning konsentrasiyasini oshishi kuzatilgan (takrolimus sitoxrom CYP3A4 ishtirokida metabolizmga uchraydi). Bu o‘zaro ta‘sirning ahamiyati va klinik oqibatlari tekshirilmagan.

Fentanil

Nifedipin qabul qilayotgan pasientlarda fentanil arterial gipotenziya chaqirishi mumkin. Fentanil narkozini qo‘llash bilan rejali operasiyadan kamida 36 soat oldin nifedipinni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

 

Kumarin qatori antikoagulyantlari

Kumarin qatori antikoagulyantlarini qabul qilayotgan pasientlarda nifedipinni yuborgandan keyin protrombin vaqtini uzayishi kuzatilgan. Bu o‘zaro ta‘sirning ahamiyati to‘liq o‘rganilmagan.

Metaxolin

Nifedipin bronxlarning metaxolinga javob reaksiyasini o‘zgartirishi mumkin. Metaxolin bilan nospesifik bronxoprovokasion testni o‘tkazishdan oldin (imkoni boricha) nifedipin bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Kalsiy antagonisti nimodipinni qo‘llash tajribasi nifedipin uchun quyidagi o‘zaro ta‘sirlarni inkor etilmaganligidan dalolat beradi: karbamazepin, fenobarbital – plazmadagi nifedipinning darajasini pasayishi; makrolidlarni (xususan eritromisinni), fluoksetin, nefazodon, valproat kislotasini bir vaqtda qabul qilganda nifedipinning plazmadagi darajasini oshishi.

Anti-OITV proteaza ingibitorlari

Nifedipin va OITV-proteazaning ayrim ingibitorlari (masalan ritonavir) orasida o‘zaro ta‘sir potensialini o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Bu sinfdagi preparatlar ma‘lumki sitoxrom R450 3A4 tizimini ingibisiya qiladi. Bundan tashqari ushbu preparatlar in vitro sharoitda nifedipinning sitoxrom R450 3A4 tizimiga bog‘liq metabolizmini ingibisiya qiladi. Nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda birinchi o‘tish metabolizmini va organizmdan chiqarilishini susayishi tufayli uning plazmadagi konsentrasiyasini ahamiyatli darajada oshishini inkor etib bo‘lmaydi.

Azol antimikotiklar

Nifedipin va azol guruhiga mansub ayrim zamburug‘larga qarshi preparatlar (masalan ketokonazol) orasida o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Bu sinfdagi preparatlar sitoxrom R450 3A4 tizimini ingibisiya qiladi. Nifedipin bilan bir vaqtda peroral qo‘llanilganda birinchi o‘tish metabolizmini va organizmdan chiqarilishini susayishi tufayli uning tizimli biokiraolishligini ahamiyatli darajada oshishini inkor etib bo‘lmaydi.

Antigipertenziv preparatlar

Nifedipin va quyida keltirilgan boshqa antigipertenziv preparatlarni bir vaqtda qo‘llash antigipertenziv samarani oshishiga olib kelishi mumkin:

  • diuretiklar;
  • β-adrenoblokatorlar (shuningdek ayrim hollarda yurak xurujini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin);
  • AAF ingibitorlari;
  • angiotenzin reseptorlari antagonistlari;
  • boshqa kalsiy antagonistlari;
  • α-adrenoblokatorlar;
  • FDE-5 ingibitorlari;
  • α-medildofa.

Greypfrut sharbati

Greypfrut sharbati qon zardobida nifedipinning konsentrasiyasini oshirishi va uning gipotenziv samarasi va vazodilatator nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi mumkin.

O‘zaro ta‘sirning boshqa turlari

Nifedipinni qo‘llash siydikda vanilil-bodom kislotasining konsentrasiyasini spektrofotometrik aniqlaganda soxta yuqori natijalarini olinishiga olib kelishi mumkin (lekin yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli qo‘llanilganda bu samara kuzatilmaydi).

Maxsus ko‘rsatmalar

Nifedipinni gemodializda bo‘lgan pasientlarga, shuningdek xavfli gipotenziyasi yoki gipovolemiyasi (aylanib yuruvchi qon xajmini kamayishi) bo‘lgan bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki qon tomirlarni kengayishi arterial bosimni ahamiyatli darajada pasayishiga olib kelishi mumkin.

Postinfarkt davrda koronar angiospazmni davolaganda nifedipin bilan davolashni miokard infarktidan taxminan 3-4 haftadan keyin va faqat koronar qon aylanishi barqarorlashgandan keyin boshlash kerak.

Greypfrut sharbati nifedipinning metabolizmini susaytiradi, bu nifedipinning konsentrasiyasini oshishiga va preparatning gipotenziv samarasini kuchayishiga olib keladi. Nifedipinni qo‘llash siydikda vanilil-bodom kislotasining konsentrasiyasini spektrofotometrik aniqlaganda soxta yuqori natijalarini olinishiga olib kelishi mumkin.

Obstruktiv simptomlarni paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli me‘da-ichak yo‘llarini torayishi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Juda kam hollarda bezoarlar paydo bo‘lishi mumkin, ular jarroxlik aralashuvini talab etishi mumkin.

Yakka hollarda anamnezida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lmaganda obstruksion simptomlar ta‘riflangan.

Yonbosh-ichak rezervuari (proktokolektomiyadan keyingi ileostomali) bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni qo‘llash bariyli kontrast vositalarni qo‘llash bilan rentgenologik tekshiruvda soxta musbat natijalarni (masalan to‘lish nuqsonlari polip sifatida interpretasiya qilinadi) olinishiga olib kelishi mumkin.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasient sinchkovlik bilan monitoring, og‘ir holatlarda esa – dozani kamaytirishga muhtojlar.

Nifedipin sitoxrom R450 3A4 tizimi yordamida metabolizmga uchraydi, shuning uchun bu fermentlarning tizimini ingibisiya yoki induksiya qiluvchi preparatlar nifedipinning “birinchi o‘tish” yoki klirensini o‘zgartirishi mumkin.

Sitoxrom R450 3A4 tizimining kuchsiz yoki o‘rtacha ingibitorlari hisoblangan va plazmada nifedipinning konsentrasiyasini oshishiga olib keluvchi preparatlarga quyidagilar kiradi:

  • makrolid antibiotiklar (masalan eritromisin);
  • anti-OITV proteaza ingibitorlari (masalan ritonavir);
  • azol antimikotiklar (masalan ketokonazol);
  • nefazodon va fluoksetin antidepressantlari;
  • xinupristin/dalfopristin;
  • valproat kislotasi;
  • simetidin.

Nifedipinni bu preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda arterial bosimni nazorat qilish va zarurati bo‘lganida nifedipinning dozasini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqish kerak.

In vitro sharoitdagi ayrim eksperimentlar kalsiy antagonistlari, xususan nifedipinni va spermatozoidlarning urug‘lantirish qobiliyatini yomonlashtiruvchi spermatozoidlarning qaytuvchan biokimyoviy o‘zgarishlari bilan orasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Agar in vitro sharoitda urug‘lantirishga urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, boshqa sabablar bo‘lmaganda kalsiy antagonistlari, masalan nifedipin bu ko‘rinishning sababi sifatida qaralishi mumkin.

Agar nifedipinni avvalgi qo‘llash va ishemik og‘riq orasida bog‘liklik ehtimoli bo‘lsa, preparatni qo‘llash mumkin emas. Stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda xurujlar tez-tez paydo bo‘lishi, ularning davomiyligi va jadalligi, ayniqsa davolashni boshida oshishi mumkin.

Stenokardiyaning o‘tkir xuruji bo‘lgan pasientlarda ta‘sir etuvchi moddasi nifedipin bo‘lgan dori vositalari qo‘llanilmaydi.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda nifedipinni qo‘llash davolashni muvofiqlashtirishni talab etishi mumkin.

 

Xavfsizlikning maxsus choralari

Preparat juda past arterial bosimda (sistolik arterial bosim ko‘rsatkichi 90 mm. sim. ust. dan past ko‘rsatkich bilan og‘ir arterial gipotenziya), shuningdek yurak faoliyatining yaqqol kuchsizligi (dekompesasiyalangan yurak yetishmovchiligi) da ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Yaqqol arterial gipotenziya (sistolik bosim 90 mm. sim.ust. dan past), bosh miyada qon aylanishining og‘ir buzilishlari, yaqqol yurak yetishmovchiligida, og‘ir aortal stenozda, qandli diabetda, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida preparatning yuqori dozalarini buyurishdan saqlanib, nifedipinni faqat doimiy klinik kuzatuv sharoitida qo‘llash mumkin.

Keksa yoshdagi (60 yoshdan oshgan) pasientlarda preparat juda ehtiyotkorlik bilan dozalanadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

20 haftagacha muddatdagi homiladorlikda nifedipinni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlikning 20-haftadan keyingi davrida xavf/foydani shaxsiy ravishda sinchkovlik bilan tahlilini talab etadi va faqat davolashning boshqa variantlarini qo‘llab bo‘lmaganda yoki samarasiz bo‘lganida ko‘rib chiqish kerak.

Nifedipinni magniy sulfati bilan vena ichiga buyurilganda arterial bosimning sinchkov monitoringi zarur, chunki arterial bosimni to‘satdan pasayish ehtimoli mavjud, u ayol va homila uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Nifedipin ko‘krak sutiga o‘tadi. Nifedipinni chaqaloqlarga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, nifedipinni qo‘llashdan oldin emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar

Preparat bolalarda (18 yoshgacha) qo‘llanilmaydi.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Preparatni qo‘llaganda transport vositalarini boshqarish va boshqa potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, yuz giperemiyasi, davomli tizimli gipotenziya, periferik arteriyalarda pulsni yo‘qligi. Og‘ir holatlarda taxikardiya yoki bradikardiya, sinus tuguni faoliyatini buzilishi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni sekinlashishi, giperglikemiya, metabolik asidoz va gipoksiya, hushdan ketish bilan kechuvchi kollaps va kardiogen shok, u o‘pka shishi bilan kechishi mumkin, ongni hatto komagacha buzilishi.

Davolash: Shoshilinch yordam ko‘rsatish choralari birinchi navbatda preparatni organizmdan chiqarilishi va barqaror gemodinamikani tiklashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bemorlarda yurak-qon tomir va nafas tizimi, qon plazmasida qand va elektrolitlar (kaliy, kalsiy) darajasi, sutkalik diurez va aylanib yuruvchi qon xajmini doimo nazorat qilish kerak. Kalsiy preparatlarini yuborish mumkin. Agar kalsiyni yuborish yetarli darajada samarali bo‘lmasa, arterial bosimni barqarorlashtirish uchun dopamin yoki noradrenalin kabi simpatomimetiklarni yuborish maqsadga muvofiq. Bu preparatlarning dozasi erishilgan davolovchi samaraga qarab tanlanadi. Bradikardiyani beta-simpatomimetiklarni qo‘llash bilan bartaraf etish mumkin. Hayot uchun xavf soluvchi yurak ritmi sekinlashganda sun‘iy ritmning boshqaruvchisini qo‘llash tavsiya etiladi. Suyuqlikni qo‘shimcha yuborishga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, chunki bunda yurakni zo‘riqishi xavfi oshadi.

Nifedipin uchun qon plazmasidagi oqsillar bilan yuqori darajada bog‘lanish va taqsimlanish xajmi nisbatan pastligi tufayli, gemodializ samarasiz, lekin plazmaferezni o‘tkazish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkalar blisterda; 5 blisterdan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi ООО «Озон» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FARMADIPIN tomchilar 5ml 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Нифедипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 25ml 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Нифедипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
NIFEDIPIN tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Нифедипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIKLOFENAK tabletkalari 50mg N20
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
GLISIN OZON tabletkalari 100mg N50
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 5g 5%
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 100 ml 30 mg/5 ml
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 100 ml 15 mg/5 ml
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 0,25g N10
Narh: 9 200 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N20
ASIKLOVIR krem 2g 5%
AMBROKSOL eritma 40ml 0,0075/ml
AMBROKSOL eritma 100ml 0,0075/ml
AMBROKSOL 0,03 tabletkalari N20
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
VINPOSETIN 0,005 tabletkalari N50
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N10
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N30
REDUKSIN kapsulalar 0,015g N60
VALASIKLOVIR 0,5 tabletkalari N10
REDUKSIN kapsulalar N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9