×
×
  • NIFUROKSAZID kapsulalar  200 mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N30

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Radiks, OOO
ATX kodi:
- A07AX03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 20 300 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

ROTAVIT KALSIUM FORTE tabletkalari 1000 mg+880 me 1000 mg N20 Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd Bolgariya
FITOBALANS kapsulalar 720mg N14 «Юнифарм, Инк.» США AQSh
L VIAVA eritma dlya priema vnutr 1g N10 Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIFUROKSAZID

NIFUROXAZIDE

Preparatning savdo nomi: Nifuroksazid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nifuroksazid

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi modda: nifuroksazid, 100% moddaga qayta hisoblanganda – 200 mg;

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza; povidon; laktoza monogidrati; kalsiy stearati; qobiq uchun aralashma “Opadry II Yellow” 33G22623 quyidagilarni saqlaydi: gipromelloza; laktoza monogidrati; titan dioksidi (Ye 171); polietilenglikol 3000 (makrogol); triasetin; xinolin sarig‘i (Ye 104); sariq shafaq FCF (Ye 110); temir (II)-oksidi (Ye 172); indigokarmin (Ye 132).

Ta‘rifi: oval shaklga ega, ikki tomoni qavariq yuzali, tabletkaning bir tomonida riskasi, boshqa tomonida “KMP” yozuvi bo‘lgan sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ikkiga bo‘linganida yorqin sariq rangli yadrosi ko‘rinadi.

Farmakoterapevtik guruhi: Ichak infeksiyalarida qo‘llanadigan mikroblarga qarshi vosita. Nifuroksazid.

ATX kodi: A07AX03

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nifuroksazid – 5-nitrofuranlar guruhiga mansub bo‘lgan mikroblarga qarshi preparat bo‘lib, ichak antiseptiklariga kiradi. Degidrogenazalarning faolligini bloklaydi, hujayra nafasi, uch karbon kislotalar sikli jarayonlarini susaytiradi, shuningdek mikrob hujayrasida oqsil sintezini buzadi. Mikroorganizmlar tomonidan toksinlarni ishlab chiqarilishini kamaytiradi. O‘rtacha terapevtik dozalarda bakteriostatik faollik namoyon qiladi, yuqoriroq dozalarda esa – bakterisid ta‘sir qiladi.

Preparat Staphylococcus oilasiga mansub bo‘lgan grammusbat mikroorganizmlar va Enterobacteriaceae oilasiga mansub bo‘lgan grammanfiy mikroorganizmlar (Ecsherichia, Citrobacter, Enterobacter, Klebsiella, Salmonella, Shigella, Yersinia), shuningdek Vibrio cholerae ga nisbatan namoyon etadi. Pseudomonas qatori va Proteus qatori bakteriyalari (Proteus inconstans turi) va Providentia alcalifaciens turi A kichik guruhining shtammlariga nisbatan faol emas.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so‘ng nifuroksazid ovqat hazm qilish yo‘llarida so‘rilmasdan, ichakda ta‘sir etuvchi modda yuqori konsentrasiyalarni hosil qiladi. Qon plazmasida preparatning juda kam konsentrasiyasi aniqlanadi; ozgina miqdori siydikda o‘zgarmagan holda aniqlanadi. Axlat bilan chiqariladi. Chiqarilish tezligi preparatning qabul qilingan dozasiga va ovqat hazm qilish yo‘lining motorikasiga bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Infeksion diareya, surunkali kolitlar va infeksion etiologiyali enterokolitlar, ichak disbakteriozini kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi; jarrohlik aralashuvlarida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan infeksion asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Nifuroksazid ovqatlanishdan qat‘iy nazar, peroral qo‘llanadi. Kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalar – 1 tabletkadan sutkada 3-4 marta (sutkalik dozasi – 600-800 mg).

Davolash kursi – 7 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

A‘zolar va a‘zolar tizimi tomonidan buzilishlar kam hollarda rivojlanishi mumkin:

Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan: granulositopeniyani bir marta uchragan holati ta‘riflangan.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: nifuroksazidga individual o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani zo‘rayishi bilan namoyon bo‘ladi. Ahamiyatsiz jadallikdagi shunday simptomlar paydo bo‘lganida maxsus davolash o‘tkazish yoki nifuroksazidni to‘xtatish zarurati yo‘q, chunki simptomlar tezda kamayadi. Agar reaksiyalarni zo‘rayishi yaqqol bo‘lsa, nifuroksazid qabul qilishni to‘xtatish kerak. Keyinchalik bemor nifuroksazid va boshqa nitrofuran hosilalarini qabul qilishdan saqlanishi kerak.

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ular odatda terida o‘zgarishlar (teri toshmasi, qichishishi, eshakemi, po‘rsildoq) kuzatiladi. Yagona hollarda og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish va anafilaktik shok rivojlanishi mumkin.

Preparat sariq shafaq FCF (Ye 110) bo‘yovchisini saqlaydi, u allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

5-nitrofuran hosilalariga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nifuroksazid bilan davolanish vaqtida qizib ketish hissi, terini qizarishi, quloqlarni shang‘illashi, nafasni qiyinlashishi, taxikardiya, qo‘rquv hissi bilan namoyon bo‘ladigan disulfiramsimon reaksiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, alkogol va spirt saqlovchi preparatlarni iste‘mol qilish mumkin emas.

Nifuroksazid kuchli adsorbsion hususiyatlarga ega ekanligi sababli, boshqa peroral dori vositalarni bir vaqtda (bir vaqtning o‘zida) qabul qilishdan saqlanish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nifuroksazidni 7 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolash boshlanganidan so‘ng diareya 3 kundan ortiq davom etganida, simptomlarning rivojlanish sababini aniqlash maqsadida diagnostikani kuchaytirish kerak. Antibiotiklar bilan davolash zarurati tug‘ilishi mumkin.

Preparat septisemiya bilan asoratlangan ichak infeksiyalarini davolash uchun monoterapiya sifatida buyurilmaydi. Suvsizlanish simptomlari bo‘lganida Nifuroksazidni qo‘llash bilan birga regidratasiya o‘tkazish kerak.

Og‘ir darajadagi invaziv diareyada antibiotik yuborish kerak, chunki nifuroksazid me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (hansirash, teri toshmalari, qichishishi) paydo bo‘lganida nifuroksazid qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Davolanish vaqtida ma‘lum parhezga rioya qilish kerak: sharbatlar, yangi uzilgan sabzavotlar va mevalar, achchiq va qiyin hazm bo‘ladigan mahsulotlar istisno etiladi. Preparatning tarkibida laktoza mavjud. Uglevodlar almashinuvini kam uchraydigan nasliy buzilishlari, xususan galaktozani o‘zlashtirolmaslik, Lapp-laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlarga ushbu preparatni qabul qilish mumkin emas.

Preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Agar ona uchun kutilgan samara homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin.

Nifuroksazidni me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmasligi va ko‘krak sutiga o‘tmasligi ma‘lumdir, biroq yetarli klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, emizish davrida preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Bolalar. Nifuroksazid 200 mg tabletkalar 7 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nifuroksazidning boshqa dori shakli buyuriladi.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish hususiyati. Nifuroksazid avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari noma‘lum. Dozasi oshirib yuborilganda me‘dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 1 blister qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N30 dori vositasi Radiks, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PREDNIZOLON eritma 1 ml 30 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN eritma 10 ml 2% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 4 400 so'mdan Batafsil
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1 ml 1% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 1 900 so'mdan Batafsil
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 30% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 30% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
PREDNIZOLON eritma 1 ml 30 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
SEFEPIM poroshok 1 g N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
SEFEPIM poroshok 1 g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
SEFEPIM poroshok 1 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
FERROLIK eritma 5 ml 20 mg /ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
FERROLIK eritma 5 ml 20 mg /ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
RIBOKSIN eritma 5 ml 2% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
PERFUSOL eritma 500 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: RADIKS, OOO
PERFUSOL eritma 400 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: RADIKS, OOO
PERFUSOL eritma 250 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: RADIKS, OOO
PERFUSOL eritma 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: RADIKS, OOO
PERFUSOL eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: RADIKS, OOO
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 18 700 so'mdan Batafsil
NIFUROKSAZID kapsulalar 200 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1 ml 1% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
NATRIYA TIOSULFAT eritma 10 ml 30% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
NATRIYA TIOSULFAT eritma 5 ml 30% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, OOO
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
NIFUROKSAZID 0,2/5ML suspenziya dlya priema vnutr 100ml
NIFUROKSAZID tabletkalari
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9