×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NITROMINT 10,0 sprey podyazichniy 400mkg

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Нитроглицерин
Ishlab chiqaruvchi:
- Эгис Фармацевтический завод ОАО
ATX kodi:
- C01DA02 Нитроглицерин
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
PROPANORM tabletkalari 150mg N50 Pro. Med. CS Praha a.s. Chexiya
11 000 s`om dan
VENOLAYF gel 40g Акрихин, АО Rossiya
61 990 s`om dan
VENOXELP tabletkalari 50mg N30 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
57 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NITROMINT 10,0 sprey podyazichniy 400mkg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Nitromint®

dozalangan til osti aerozol

(nitrogliserin)

 

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Nitromint® aerozol preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  1. Nitromint® aerozol preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
    1. Nitromint® aerozol preparatini qanday qo‘llash kerak
    2. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
    3. Nitromint® aerozol preparatini qanday saqlash kekrak
    4. Yaroqlilik muddati
    5. Dorixonalardan berish tartibi
    6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Nitromint® aerozol preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Nitrogliserin silliq mushaklarni kengaytiradi. Silliq mushaklar venalar va arteriyalarning devorlari tarkibiga kiradi, shunday qilib, nitrogliserin bu qon tomirlar bo‘shlig‘ini kengaytiradi. Nitrogliserin aerozolini til ostiga purkagandan keyin preparat tez so‘riladi, qon oqimiga tushadi. Nitrogliserin qon oqimini yaxshilaydi va tezlashtiradi. Bu yurakka yuklama kamayishini bildiradi. Yurakni qon bilan ta‘minlanishini yaxshilanishi shuningdek yurak samaraliroq ishlashini bildiradi. Nitrogliserinning bu samaralari stenokardiya xurujlarini bartaraf etadi va yangi xuruj rivojlanishini oldini olishi mumkin.

Nitrogliserin stenokardiya (ko‘krakda og‘riq) xurujlarini bartaraf etish va oldini olish uchun mo‘ljallangan.

  1. Nitromint® aerozol preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Aerozol bilan nafas olish taqiqlanadi!

Nitromint® aerozol preparatini qo‘llamang, agar Sizda quyidagilar bo‘lsa:

  • nitrogliserin va boshqa nitratlar yoki 8 bo‘limda keltirilgan har qanday yordamchi moddalarga allergiya (agar Sizda ilgari nitratlar qo‘llanilganidan keyin yuzni, qo‘l-oyoqni, lablarni, og‘iz shilliq qavatini, tilni, haqildoq va/yoki halqumni shishi bo‘lgan bo‘lsa);
  • yaqqol gipotenziya (sistolik AB ni 90 mm sim.ust. dan past bo‘lishi bilan arterial bosimni pasayishi);
  • aynib yuruvchi qon xajmini kamayishi (qonni yo‘qotish yoki suvsizlanish bilan bog‘liq);
  • Sizning yuragingiz organizmni kislorod bilan to‘yingan qon bilan ta‘minlab beraolmaydigan holat (kardiogen shok yoki yurak chap qorinchasi yetishmovchiligi);
  • gipertrofik obstruvtiv kardiomiopatiyadagi stenokardiya (yurakni normal bo‘lmagan oshishi);
  • konstriktiv perikardit (yurak atrofidagi xalta membranasini yallig‘lanishi);
  • perikard tamponadasi (yurak atrofidagi xaltada suyuqliqni to‘planishi);
  • aortal yoki mitral stenoz (yurak klapanlari kasalligi);
  • birlamchi o‘pka gipertenziyasi (o‘pkada qon aylanishiga qarshilikni oshishi);
  • yurakni qon bilan ta‘minlanishi kamayishi bilan yurak xuruji bo‘lgan bo‘lsa;
  • yaqqol anemiya;
  • agar Siz sildenafil, tadalafil yoki vardenafil saqlovchi preparatlarni (erkaklarda impotensiyani davolash uchun preparatlar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • bosh miya ichki bosimini oshishi bilan kechishi mumkin bo‘lgan har qanday holat (masalan, bosh miyaga qon quyilishi yoki jarohat).

Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Nitromint® aerozol preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing:

  • Agar Siz o‘tirayotganda yoki turayotganda bosh aylanishi va/yoki xushdan ketishni chaqirishi mumkin bo‘lgan ortostatik gipotenziyaga (arterial bosimni pasayishi) moyil bo‘lsangiz
  • Migrenda va yopiq burchakli glaukomada (ko‘z ichki bosimini oshishi)
  • Aerozolni qo‘llash jigar kasalliklari, alkogolni suiste‘mol qilish, tutqanoq, bosh miya jarohati va markaziy nerv tizimining boshqa kasalliklarida ayrim xavflarni tug‘dirishi mumkin. Aerozol oz miqdorda alkogol saqlaydi, bu ushbu pasientlarga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda bosh miyani qon bilan ta‘minlaydigan qon tomirlar kasalliklari (serebrovaskulyar kasallik) bo‘lsa
  • Agar Sizda o‘pka kasalligi yoki o‘pka kasalligi bilan bog‘liq yurak kasalligi bo‘lsa
  • Agar Sizda yaqinda yurak xuruji bo‘lgan bo‘lsa

Dozani oshirganda Sizda bu preparatga tolerantlik rivojlanishi mumkin (stenokardiya xurujlarini oldini olish yoki bartaraf etish uchun Sizga yuqori dozalarni qo‘llashingiz lozim bo‘lganda).

Agar preparat samarasiz bo‘lsa, bu miokard infarktining (yurak xuruji) erta belgisi bo‘lishi mumkin. Agar bu kuzatilsa, Siz darhol davolovchi shifokoringiz yoki shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat etishingiz lozim.

Agar Sizda qon yoki siydik tahlilini o‘tkazishayotgan bo‘lsa, Siz ushbu preparatni qo‘llayotganligingizni albatta davolovchi shifokoringiz yoki tibbiyot xodimiga xabar bering, chunki u tahlil natijalariga ta‘sir qilishi mumkin.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Nitromint® aerozol preparatini bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Boshqa dori vositalari va Nitromint® aerozol preparati

Ushbu preparat bilan davolash vaqtida Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki keyinchalik qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida albatta shifokorga xabar bering.

Nitromint® aerozolni quyidagi preparatlar bilan hech qachon qo‘llamang:

Sildenafil, vardenafil yoki tadalafil saqlovchi ereksiyani buzilishini davolash uchun preparatlar (bunday Nitromint® preparatining antigipertenziv samarasi kuchayishi mumkin).

Quyidagi preparatlar bilan Nitromint® aerozolni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim:

  • Qon tomirlarni kengaytiruvchi va boshqa antigipertenziv vositalar kabi qon bosimini pasaytiruvchi dori vositalari, neyroleptiklar (ruhiy kasalliklarni davolash uchun preparatlar), depressiyani davolash uchun preparatlar (trisiklik antidepressantlar), sapropterin (fenilketonuriyani davolash uchun preparat) va N-asetilsistein (aminokislotali qo‘shimcha). Ushbu barcha preparatlar nitrogliserinning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.
  • Ayollar reproduktiv tizimida normal bo‘lmagan qon ketishlarni davolash uchun mo‘ljallangan digidroergotamin saqlovchi preparatlar, chunki nitrogliserin bu preparatlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.
  • Geparin saqlovchi qonni suyultirish uchun preparatlar (geparinning samaradorligini kamaytirishi mumkin).

Agar Siz ilgari uzoq ta‘sir etuvchi nitrogliserin (masalan, izosorbid dinitrati yoki mononitrati) qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizga nitrogliserinning yuqoriroq dozalari talab etilishi mumkin.

Agar davolovchi shifokoringiz Sizda stenokardiya xurujlarini bartaraf etish uchun til osti tabletkalarini buyurgan bo‘lsa, Siz xuddi shu stenokardiya xurujini bartaraf etish uchun aerozolni ham qo‘llamasligingiz lozim.

Nitromint® aerozolini alkogol bilan qo‘llanishi

Nitromint® aerozol bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish qat‘iyan man qilanadi, chunki ba‘zi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar odatdagi ko‘rinishga nisbatan og‘irroq namoyon bo‘lishi mumkin (4 bo‘limga qarang).

Agar Siz o‘zingizning hozirdagi yoki avval o‘tkazgan kasalliklaringizni aniq bilmasangiz, shifokor bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Nitrogliserinni homiladorlik va emizish vaqtida faqat, agar shifokor ona uchun foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun deb hisoblagandagina qo‘llash mumkin.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatashing.

 

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish

Davolashning birinchi bosqichlarida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi, chunki preparatning gipotenziv (qon bosimini pasaytiruvchi) samarasi Sizda bosh aylanishi va o‘zingizni yomon his qilishingizni chaqirishi mumkin. Siz aerozolni qo‘llashga ko‘nikib qolganingizdan keyin Sizda ehtimol bunday muammolar bo‘lmaydi va Siz avtotransportni xavfsiz boshqara olasiz.

Nitromint® aerozol preparati oz miqdorda etanol (alkogol) va propilenglikol saqlaydi

Bu preparat 79,2 xajm % etanol saqlaydi. Har bir purkaladigan doza 0,04 g gacha alkogol saqlaydi. Uni qo‘llash jigar kasalliklari, alkogolizm, tutqanoq, bosh miya jarohati va markaziy nerv tizimining boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlarga zarar yetkazishi mumkin.

Preparat terini ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan propilenglikol saqlaydi.

  1. Nitromint® aerozolni qanday qo‘llash kerak

Ushbu preparatni davolovchi davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtning buyurishiga qat‘iy rioya qilgan holda qo‘llash lozim.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Qo‘llash usuli

Ushbu preparatni har doim davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtning buyurishiga qat‘iy rioya qilgan holda qo‘llang. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Birinchi marta qo‘llashdan oldin dozalovchi klapan ishlayotganini tekshirish lozim. Buning uchun himoyalovchi qalpoqchani yechish va teshikni havoga qaratib, aerozol paydo bo‘lgunigacha klapanning tugmasiga bir necha bosish kerak. Agar moslama ancha vaqtgacha ishlatilmagan bo‘lsa, to‘ldirish jarayonini takrorlash zarurati tug‘ilishi mumkin.

Aerozolni til ostiga purkashni o‘rganish uchun qog‘oz varag‘ida mashq qiling. Agar Sizga aerozolni tez-tez ishlatish zarur bo‘lmasa, dozalovchi klapanning faoliyatini tekshirishni unutmang.

Aerozolni iloji boricha o‘tirgan holatda ishlating. Plastmassa qalpoqchani yeching va ballonni aertikal holatda tuting.

Ishlatishdan oldin ballonni chayqatish kerak emas.

Purkaydigan klapan teshigini iloji boricha og‘izga yaqin tutish lozim. Aerozol bilan nafas olmaslik uchun nafasni tuting, so‘ngra og‘izni ochib va dozalovchi klapanga bosib va qo‘yib yuborib aerozolni til ostiga purkang. Har bir dozadan (purkashdan) keyin og‘izni darhol yoping.

Aerozol bilan nafas olish mumkin emas.

Dozalovchi klapanning teshigini paypaslab topish oson, bu preparatni tunda qo‘llash imkonini berishni bilish afzal.

Nitromint® aerozol preparati alyumin yoki tiniq plastmassa ballonlarda sotuvga chiqariladi.

Tiniq plastmassa ballonda preparatni birinchi marta ishlatilganda birinchi ochish nazoratli qalpoqchadan himoya xalqasini olib tashlash lozim (1-rasmga qarang).

 

1-rasm. – Birinchi ochish nazoratli qalpoqchadan himoya xalqasini olib tashlash

Shundan keyin ballonni bir qo‘lga olib, boshqa qo‘l bilan himoya qalpoqchasini yechish mumkin (2-rasmga qarang).

 

 

 

2-rasm. – himoya qalpoqchasini yechish

Alyumin ballondagi preparatni qo‘llaganda himoya qalpoqchasini yengil olib tashlash mumkin (3-rasmga qarang).

3-rasm. – alyumin ballondan birinchi ochish nazoratli himoya xalqasi bo‘lmagan himoya qalpoqchasini yechish

 

Dozalash tartibi

Tavsiya etiladigan dozalari:

Stenokardiyaning boshlanayotgan xurujini bartaraf etish:

Bir dozani til ostiga purkash lozim, bundan keyin burun orqali normal nafas olishni tiklagungacha darhol og‘izni yopish kerak. Agar simptomlar o‘tib ketmasa, dozalashni (purkash) 5 minutlik interval bilan takrorlash mumkin, lekin jami uchta dozani purkashdan oshmasligi kerak. Agar uchta dozadan (purkashdan) keyin simptomlar o‘tib ketmasa, darhol shifokorga murojaat eting.

Stenokardiya xurujini oldini olish:

Kutilayotgan yuklamadan oldin bir dozani purkash kerak.

Qo‘llagandan keyin aerozolli ballonga himoya qalpoqchasini kiydiring.

Agar Siz aerozol bilan qanday to‘g‘ri qo‘llashga ishonch hosil qilmasangiz, Sizga buni qanday bajarishni tushuntirib berishni farmasevtdan so‘rang.

Keksa pasientlar xuddi shunday dozani qabul qilishlari mumkin.

Nitromint® aerozolni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Agar Sizga Nitromint® aerozol haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz samara ko‘rsatayotgandek tuyulsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Siz keragidan ko‘proq Nitromint® aerozol preparatini qo‘llagan bo‘lsangiz

Agar Siz haddan tashqari ko‘p purkashlarni amalga oshirgan bo‘lsangiz, bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim nojo‘ya reaksiyalar (quyiga qarang) ularni odatdagi doza qo‘llaganda paydo bo‘lishiga nisbatan yomonlashishi mumkin.

Bunday hollarda darhol davolovchi shifokoringizga murojaat eting.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat eting.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada pasientlarda paydo bo‘lavermaydi.

Juda tez-tez (10 pasientdan 1 tasida uchraydi)

  • bosh og‘rig‘i*

Tez-tez (100 pasientdan 1-10 tasida uchraydi)

  • bosh aylanishi
  • uyquchanlik
  • yurak ritmini tezlashishi
  • qon bosimini pasayishi**
  • turganda yoki yotgan holatdan o‘tirgan holatga o‘tganda qon bosimini pasayishi**
  • holsizlik

Tez-tez emas (1000 pasientdan 1-10 tasida uchraydi)

  • sinkope (hushdan ketish)
  • stenokardiya xurujlarini kuchayishi (ko‘krakdagi og‘riqni kuchayishi)
  • yurak ritmini sekinlashishi
  • sianoz (terga yaqin joylashgan to‘qimalarda kislorod miqdorini kamligi bilan bog‘liq teri va shilliq qavatlarini ko‘k-binafsha rangi)
  • yuz terisida qizib ketish hissi
  • qon tomir yetishmovchiligi
  • ko‘ngil aynishi
  • qusish

Juda kam hollarda (10000 pasientdan 1 tadan kamroq uchraydi)

  • metgemoglobinemiya (qonda metgemoglobin darajasini oshishi bilan bog‘liq holat, bu qizil qon tanachalarining kislorodni to‘qimalarga berish qobiliyatini pasaytiradi).
  • bezovtalik
  • bosh miyani kislorod bilan ta‘minlanishini kamayishi
  • jig‘ildon qaynashi
  • og‘izdan yoqimsiz hid kelishi
  • nafas olishni buzilishi
  • dermatit
  • dori vositasi chaqirgan toshma

* odatda davolashni boshida paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i nitrogliserinning eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samarasi hisoblanadi. Bu “nitrat bosh og‘rig‘i” deb nomlanuvchi bosh og‘rig‘i bir necha kun davomida o‘tib ketadi.

** davolashni boshida va doza oshirilganida kuzatiladi.

Boshqa nojo‘ya samaralar (tez-tezligi noma‘lum)

Allergik reaksiyalar.

Aerozolni qo‘llash og‘izda kuchsiz, o‘tuvchan achishishni chaqirishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish

Agar Sizda biron-bir noxush samaralar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan noxush samaralar aniqlansa, bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Sizning xabarlaringiz tufayli, Siz bu dori vositasining xavfsizligi xaqida ko‘proq ma‘lumot olishingiz mumkin.

  1. Nitromint® aerozolni qanday saqlash kerak

Original o‘ramida, 15-25oS haroratda, yorug‘likdan va issiqlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Preparatni ochiq olovga yoki chekish joylariga yaqin joyda saqlash va qo‘llash taqiqlanadi! Aerozolni olovga yoi issiq yuzalarga purkash mumkin emas.

Bo‘sh ballonni teshish yoki olovga tashlash taqiqlanadi!

Ballon potlashi xavfi va olovdan xavfli!

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin. Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Nitromint® aerozol preparati nimalarni saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda:

Bir ballon (10 g) 8 g 1%-li nitrogliserin eritmasi saqlaydi. Aerozolning bir dozasi 0,4 mg nitrogliserin saqlaydi. Har bir ballon kamida 180 doza saqlaydi.

Yordamchi moddalar: etanol, propilenglikol.

Nitromint® aerozol preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi: Rangsiz yoki deyarli rangsiz, tiniq, cho‘kmasiz eritma.

O‘rami: 10 g purkovchi uchlikli dozalovchi nasos va himoya qalpoqchasi bilan ta‘minlangan SOS (sikloolefin sopolimer) ballon yoki alyumin ballonga quyiladi. Ballon preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha pasientlar uchun yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NITROMINT 10,0 sprey podyazichniy 400mkg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NITROMINT 10,0 sprey podyazichniy 400mkg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NITROMINT 10,0 sprey podyazichniy 400mkg dori vositasi Эгис Фармацевтический завод ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NITROMINT 10,0 sprey podyazichniy 400mkg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NITROMINT 10,0 sprey podyazichniy 400mkg dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NITROGLISERIN tabletkalari 0,5mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Нитроглицерин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 16 500 so'mdan Batafsil
NITROGLISERIN tabletkalari 0,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нитроглицерин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Soglom Yurak, ООО
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
NITROMINT aerozol 10 g 0,4 mg 180 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Нитроглицерин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
NITROSPREY eritma 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нитроглицерин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Soglom yurak, ООО
NITROGLISERIN tabletkalari 0,0005g N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нитроглицерин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Soglom Yurak, ООО
Narh: 16 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
ROZULIP tabletkalari 20mg N28
Narh: 159 999 so'mdan Batafsil
ROZULIP tabletkalari 10mg N28
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
TULOZIN kapsulalar 0,0004g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Tamsulozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
STIMULOTON tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
Narh: 170 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTINEKS tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTINEKS tabletkalari 5mg N7
SUPRASTINEKS tabletkalari 5mg N14
PARLAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
ROZULIP tabletkalari 5mg N28
Другие формы препарата
NITROMINT aerozol 10 g 0,4 mg 180 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Нитроглицерин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9