×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NOZEYLIN tomchilar 15ml

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Misr
Faol modda:
Нафазолин, хлорфенирамин
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
ATX kodi:
- S01GA51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 87 ta dorixonasida topildi

ico 28 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 36 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 28 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

RETINALAMIN liofilizat 5mg N10 Герофарм ООО Rossiya Federatsiyasi
930 000 s`om dan
SINEREKS ko'z tomchilari 5ml 0,3% N1 Beximсo Pharmaceuticals Ltd Bangladesh
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
25 000 s`om dan
L DEKSOPT ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml+1mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
77 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NOZEYLIN tomchilar 15ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NOZEYLIN

NOZEYLIN

Preparatning savdo nomi: Nozeylin

Ta‘sir etuvchi moddalar: nafazolin+xlorfeniramin,

Dori shakli: ko‘z/burun tomchilari

Tarkibi

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

nafazolin gidroxloridi               0,5 mg;

xlorfeniramin maleati                 0,5 mg;

yordamchi moddalar: natriy sitrati, borat kislotasi, benzalkoniy xloridi, dinatriy edetat, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, hidsiz eritma.

Farmkoterapevtik guruhi: α2-adrenomimetik vosita. N1-gistamin reseptorlarining blokatori. Qon-tomirlarni toraytiruvchi va antigistamin vosita.

ATX kodi: S01GA51

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Oftalmologiya va LOR-amaliyotida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat.

Preparatning tarkibiga kiruvchi alfa-adrenomimetik nafazolin qon-tomirlarni yaqqol davomli toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shish va giperemiyani kamaytiradi. Alfa1– va alfa2-adrenoreseptorlarni qo‘zg‘atadi, qorachiqni toraytiradi, yallig‘lanishga qarshi (shishga qarshi) hususiyatlarga ega. Burun va ko‘zning shilliq qavatiga mahalliy applikasiya qilinganida qon-tomirlarni toraytiruvchi samarasi bir necha minutdan keyin kuzatiladi va bir necha soat davomida davom etadi. Rinitlarda venoz sinuslarga qon oqimini kamaytirib, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Tizimli ta‘siri AB ni oshishi bilan namoyon bo‘ladi.

Xlorfeniramin, N1-gistamin reseptorlarning blokatori bo‘lib, allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, mahalliy ekssudativ ko‘rinishlarning yaqqolligini, burun, burun-xalqum va burunning yondosh bo‘shliqlarining shilliq qavatidagi shishlarni va giperemiyani kamaytiradi, burun va ko‘zlardagi qichishishni, rinoreya, burunni bitishi, ko‘z yoshi oqishini bartaraf qiladi.

Farmakokinetikasi

Nozeylin rezorbtiv ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparatning farmakokietikasi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilmagan.

Preparat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan, tizimli so‘rilishi yuzasidan ma‘lumotlar mavjud emas.

Qo‘llanilishi

Nozeylin quyidagilar:

  • rinitlar (o‘tkir, allergik), sinusitlar;
  • burundan qon ketishlarda (tomirlarni toraytiruvchi vosita sifatida) to‘xtatish va rinoskopiya o‘tkazishni yengillashtirish uchun;
  • toshmali isitma;
  • kon‘yunktivitlar (allergik, surunkali);
  • astenopik buzilishlar (ko‘rish faoliyati oshganida akkomodasiyani buzilishi);
  • bahorgi kon‘yunktivitlar (majmuaviy davolash tarkibida) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Ko‘z tomchilari:

Kattalar va 6 yosh hamda undan oshgan bolalarga preparatning tavsiya etiladigan dozasi shikastlangan (yoki har ikkala) ko‘zning kon‘yunktivasiga 1-2 tomchidan sutkada 4 martagacha tomiziladi.

Burun tomchilari:

Kattalar va 6 yosh hamda undan oshgan bolalarga preparatning tavsiya etiladigan dozasi har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan sutkada 3-4 martagacha tomiziladi.

Flakon-tomchilagichning ichidagisini mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish uchun flakonning uchini biror-bir yuzalarga tegishidan saqlanish lozim. Preparatni tomizishlar orasidagi vaqtda flakonni zich yopilgan holda saqlash lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning mahalliy ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari: midriaz, ko‘z yoshini oqishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, giperemiyani kuchayishi, ta‘sirlanish, diskomfort, achishish, uzoq vaqt davomida qo‘llanganida – burun shilliq pardasini shishi, atrofik rinit.

Preparatning tizimli ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, holsizlik, uyquchanlik, ta‘sirchanlik, arterial bosimni oshishi, taxikardiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni quyidagi holatlarda:

  • preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • arterial gipertenziya;
  • taxikardiya;
  • gipertireoidizm;
  • yaqqol ateroskleroz;
  • yopiq burchakli glaukoma;
  • MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, shuningdek hamda ular bekor qilinganidan keyin 14 kun davomida qo‘llash mumkin emas.

Nozeylinni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nozeylin mahalliy og‘riq qoldiruvchi dori vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi va yuzaki anesteziyada ularning ta‘sirini uzaytiradi.

MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, nafazolinni ta‘sirida zahiradagi katexolaminlarni ajralib chiqishi oqibatida, yaqqol arterial gipertenziya kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, MAO ingibitorlarini qabul qilish fonida jigarda xlorfeniraminning metabolizmini sekinlashadi, bu uning ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nozeylin uzoq vaqt davomida qo‘llanganida taxifilaksiyaning ko‘rinishlari (samarasini pasayishi) rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Preparat bilan 5-7 kun davolangandan keyin qisqa tanaffus qilish tavsiya etiladi.

Surunkali rinitlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan, yurak ritmini buzilishi, nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan arterial gipertenziya bo‘lgan pasientlarga, qandli diabet bilan xastalangan, va ayniqsa ketoasidozga moyilligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparatning tarkibiga kiruvchi benzalkoniy xloridi yumshoq kontakt linzalar tomonidan so‘rilishi mumkin, shuning uchun Nozeylin preparatini tomizishdan oldin linzalarni yechib qo‘yish kerak va preparat instillyasiya qilingandan so‘ng 15 minut o‘tgach yana taqish mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiya davrida Nozeylin preparatini, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila yoki go‘dak uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.

Avtomobil va boshqa mexanimlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Psixomotor reaksiyalar tezligiga preparatni ta‘sir qilishi mumkinligini hisobga olib, preparat tomizilgan zahoti ko‘rish o‘tkirligini vaqtinchalik pasayishi mumkinligi tufayli, Nozeylin preparatini avtotransportni boshqaradigan hamda potensial havfli mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish xavfi preparat tasodifan yutib yuborilganida (ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda) yuzaga keladi va quyidagi simptomlar: uyquchanlik, tormozlanish, tana haroratini pasayishi, yurak qisqarishlari sonini sekinlashishi bilan namoyon bo‘ladi.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, zarurat bo‘lganida simptomatik davolash buyuriladi.

Chiqarilish shakli

Ko‘z/burun tomchilari 15 ml dan himoya xalqasi bilan mahkamlangan, buraladigan himoya qopqoqli va tiqin-tomchilagichli plastik flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan keyin preparat bir oy davomida ishlatilsin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NOZEYLIN tomchilar 15ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NOZEYLIN tomchilar 15ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NOZEYLIN tomchilar 15ml dori vositasi World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co. tomonidan Misr mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NOZEYLIN tomchilar 15ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NOZEYLIN tomchilar 15ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NOZEYLIN NS sprey 15ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Нафазолин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NELADEKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml
Narh: 52 400 so'mdan Batafsil
TOBRIMED ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Tobramisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Narh: 45 400 so'mdan Batafsil
NELADEKS maz 5g
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
FLOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5,0ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Siprofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9