×
×
  • NYUBORTEZ poroshok 3,5mg N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NYUBORTEZ poroshok 3,5mg N1

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- New Vision Holding Ltd, по заказу Китай вл.рег.уд.: НВ Азия Лтд. (NV Asia Ltd), Республика Кипр произв: НВ Ремедис Пвт. Лимитед
ATX kodi:
- L01XX32
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28 Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NYUBORTEZ poroshok 3,5mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NYUBORTEZ

NEWBORTEZ

 

Preparatning savdo nomi: Nyubortez

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bortezomib

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 3,5 mg bortezomib,

yordamchi moddalar: mannitol, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli liofilizasiya qilingan massa.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi boshqa preparatlar.

ATX kodi: L01XX32

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

O‘smalarga qarshi preparat, proteasomalar ingibitoridir. Bortezomib – bu sut emizuvchilar hujayralari 26S-proteasomasining qaytuvchan ingibitoridir. 26S-proteasoma o‘zi bilan ubikvitin bilan kon‘yugasiyalangan oqsillarni parchalaydigan va ximotripsinga o‘xshash ta‘sirga ega bo‘lgan yirik oqsil kompleksidan iborat. Ubikvitin-proteasoma yo‘li ayrim oqsillarning ichki hujayra konsentrasiyasini tartibga solishda muhim ahamiyatga ega va shu orqali hujayra ichki gomeostazini tutib turadi. Proteasomaning ximotripsinga o‘xshash ta‘sirini susaytirilishi ushbu selektiv proteolizni oldini oladi, bu hujayrada signalni o‘tkazilishi reaksiyalarining ko‘pchilik kaskadlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Gomeostazni tutib turish mexanizmini izdan chiqishi hujayrani nobud bo‘lishiga olib keladi.

In vivo sharoitda bortezomib odamdagi o‘smalarning ko‘pchilik eksperimental modellari, shu jumladan ko‘p sonli mieloma o‘sishining sekinlashishini chaqirgan.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga bir marta yuborilganidan keyin qon plazmasida bortezomibning konsentrasiyasi ikki fazali pasayadi, AUC tezda yuz beradigan boshlang‘ich taqsimlanish fazasi va ancha uzoqroq davom etadigan yakuniy chiqarilish davri bilan xarakterlanadi. Boshlang‘ich taqsimlanish fazasida bortezomibning T1/2 5 soatdan 15 soatgacha o‘zgarib turadi. Biokiraolishligi 1,45 dan 2 mg/m2 gacha dozalar diapazonida dozaga bog‘liq xarakterga ega, 1–1,3 mg/m2 dozalar diapazonida esa dozaga proporsional ravishda oshadi. Bortezomibni ko‘p marta yuborilganidan keyin uning klirensi pasayishi kuzatiladi, bu chiqarilish fazasida T1/2 va AUC0-24 ni tegishli ravishda oshishiga olib keladi. Takroriy yuborilishlar bortezomib boshlang‘ich taqsimlanishi kinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, Smax va T1/2 ko‘rsatkichlari ushbu fazada o‘zgarmaydi. Davolashning birinchi siklida uchinchi doza yuborilganidan keyin bortezomibning yakuniy fazada chiqarilishining o‘rtacha muddati 5,45 soatdan 19,7 soatgacha, AUC0-24 esa soatiga 30,1 dan 54 ng/ml gacha oshadi. Bortezomibning 0,01-1 mkg/ml konsentrasiyalarida qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 82,9% ni tashkil etadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langan bortezomib ulushi uning konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bortezomib metabolizmi asosan CYP3A4 va CYP2C19 izofermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. O‘zgarmagan moddaning faqat katta bo‘lmagan miqdori siydik bilan chiqariladi, safro va axlatda o‘zgarmagan bortezomib aniqlanmaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • ko‘p sonli mielomada (ikkinchi qator davolashda) qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Nyubortez 3–5 sekund davomida vena ichiga oqim bilan yuboriladi.

Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza ikki hafta davomida haftada ikki marta (1, 4, 8 va 11-kunda) keyingi 10 kunlik tanaffus bilan (12–21-kunlarda) tana yuzasining 1,3 mg/m2 ni tashkil etadi. Davolash sikli 21 kunni tashkil etadi. Nyubortezning keyingi dozalarini yuborish orasida kamida 72 soat o‘tishi kerak. Klinik javob darajasini 3 va 5-davolash sikllari o‘tkazilganidan keyin baholash tavsiya etiladi. To‘liq klinik javobga erishilganda 2 qo‘shimcha davolash siklini o‘tkazish tavsiya etiladi. Qisman javobga erishilganda Nyubortez bilan 8 sikldan ortiq bo‘lmagan davolashni davom ettirish tavsiya etiladi.

Nyubortez dozasiga tuzatish kiritishga va yuborish tartibiga doir tavsiyalar

Har qanday ІІІ darajadagi nogematologik toksik ta‘sir rivojlanganida, bundan neyropatiyalar yoki ІV darajadagi gematologik toksiklikdan tashqari, Nyubortez bilan davolashni to‘xtatish zarur. Toksiklik simptomlari bartaraf etilgandan keyin Nyubortez bilan davolashni 25% ga pasaytirilgan dozada (1,3 mg/m2 bo‘lgan dozani
1,0 mg/m2 gacha; 1,0 mg/m2 bo‘lgan dozani 0,7 mg/m2 gacha pasaytiriladi) qayta boshlash mumkin. Agar toksiklik simptomlari bartaraf etilmasa yoki minimal dozada yana paydo bo‘lsa, u holda, agar uni qo‘llashdan foyda xavfdan oshmasa, Nyubortez qo‘llanilishini bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim.

Neyropatik og‘riq va/yoki periferik neyropatiya paydo bo‘lganida preparat dozasi 1-jadvalga muvofiq o‘zgartiriladi. Anamnezda og‘ir neyropatiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun Nyubortezni faqat foyda/xavf nisbati sinchkovlik bilan baholanganidan keyin qo‘llash lozim.

1-jadval. Nyubortez chaqirgan neyropatik og‘riq va/yoki periferik sensor neyropatiya rivojlanganida dozani tavsiya etiladigan o‘zgartirilishi

Periferik neyropatiyaning og‘irlik darajasi
Dozani va yuborilish tez-tezligini o‘zgartirish
I daraja (paresteziya va/yoki reflekslarning so‘nishi) og‘riqsiz yoki funksiyani yo‘qotmasdan Dozani va yuborilish tez-tezligiga tuzatish kiritishga ehtiyoj yo‘q
I daraja og‘riq bilan yoki II daraja

(funksiyani buzilishi, ammo kundalik faollikni emas)

Dozani 1 mg/m2 gacha pasaytirilsin
I daraja og‘riq bilan yoki III daraja

(kundalik faollikning buzilishi)

 

Nyubortez qo‘llanilishini toksiklik simptomlari bartaraf etilguncha to‘xtatilsin. Bundan keyin davolashni doza 0,7 mg/m2 gacha pasaytirilgan va yuborish tez-tezligi haftada bir martagacha kamaytirilgan holda qayta boshlash
IV daraja (sezuvchanlikni funksiya buziladigan darajada turg‘un yo‘qotilishi) Nyubortez qo‘llanilishi to‘xtatilsin

 

Keksa yoshdagi pasientlarda

Hozirgi paytga qadar keksa yoshdagi pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish zaruratini ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar yo‘q.

Buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda

Garchi buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarni davolashda Nyubortezni qo‘llash tajribasi bo‘lmasa-da, buyrak funksiyasi normal bo‘lgan pasientlarga taqqoslanganda yengil va o‘rtacha darajada buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda noxush samaralarning namoyon bo‘lishi hollari oshganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Buyrak funksiyasini buzilishi ko‘p sonli mielomasi bo‘lgan pasientlarda ko‘pincha uchraydi va bunday pasientlar, ayniqsa kreatinin klirensi
30 ml/min bo‘lgan pasientlar dozaga tuzatish kiritish masalasini ko‘rib chiqish ehtimoli bilan sinchkov kuzatuvga muhtoj bo‘ladilar.

Jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda

Jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarni davolashda Nyubortezni qo‘llash tajribasi yo‘q. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bortezomib chiqarilishi jarayoniga ta‘sir ko‘rsatishi va dorilarning o‘zaro ta‘sirlari ehtimolini oshirish mumkin. Jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarni davolash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak, shuningdek dozaga tuzatish kiritish ehtimoli masalasini ko‘rib chiqish lozim.

Qo‘llash usuli

Preparat 0,9% li natriy xloridi eritmasi (3,5 ml) bilan 1 mg/ml konsentrasiyagacha aseptika qoidalariga qat‘iy rioya qilgan holda suyultiriladi (preparat konservantlar saqlamaydi). Preparatni suyultirish davomiyligi 2 minutdan oshmasligi kerak. Eritma bevosita tayyorlanganidan keyin periferik yoki markaziy vena kateteri orqali vena ichiga 3-5 sekund davomida oqim bilan in‘eksiya yo‘li orqali yuboriladi, keyinchalik in‘eksiya uchun 0,9 % li natriy xloridi eritmasi bilan yuviladi.

Preparatni bitta shprisda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Yuborishdan oldin eritma mexanik kiritmalar va rang o‘zgarishi mavjudligiga vizual holda tekshirilishi kerak. Nyubortez eritmasi tiniq va rangsiz bo‘lishi kerak. Mexanik kiritmalar yoki rang o‘zgarishi aniqlanganida, tayyorlangan eritmadan foydalanish mumkin emas.

Tayyorlangan eritmaning maksimal yaroqlilik muddati – 8 soat.

Har bir flakon bitta pasient uchun bir martalik qo‘llashga mo‘ljallangan.

Nyubortez qo‘llanilganida sitotoksik preparatlar bilan muomalada bo‘lishning umum qabul qilingan qoidalariga rioya qilish lozim!

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qayd etilgan nojo‘ya kщrinishlar JSST ning nojo‘ya reaksiyalar terminologiyasiga (WHO-ART) muvofiq tasniflangan. Quyida Nyubortez qo‘llanilishi bilan ehtimol yoki bog‘liq bo‘lgan holda ko‘rib chiqilgan noxush nojo‘ya samaralar sanab o‘tilgan.

Noxush nojo‘ya samaralar tizimlar va yuzaga kelishi tez-tezligi bo‘yicha guruhlangan. Yuzaga kelish tez-tezligi juda tez-tez >10%, tez-tez 1-10%, tez-tez emas 0,1-1%, kam hollarda 0,01-0,1%, juda kam hollarda <0,01%, shu jumladan yakka holatlar kabi aniqlangan.

Juda tez-tez

  • trombositopeniya, anemiya, neytropeniya;
  • ishtahani yo‘qolishi;
  • periferik neyropatiya, periferik sensor neyropatiya, bosh og‘rig‘i;
  • paresteziya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang);
  • hansirash;
  • teri toshmasi;
  • mialgiya, xolsizlik, tana haroratini oshishi.

Tez-tez

  • leykopeniya, limfopeniya, qon zardobida laktatdegidrogenaza darajasini oshishi;
  • tana vaznini kamayishi, suvsizlanish;
  • giperglikemiya, gipokaliemiya;
  • ishtahani pasayishi, hiqichoq, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, dispepsiya, ichni suyuq kelishi, diareya, qabziyat;
  • stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i yaralari, ta‘m sezish hissini buzilishi, og‘iz qurishi, faringolaringeal og‘riq;
  • buyrak funksiyasini buzilishi, dizuriya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang);
  • bosh aylanishi, vertigo, o‘tkir periferik neyropatiya, polineyropatiya, ortostatik gipotenziya, arterial gipotenziya, arterial gipertenziya;
  • dizesteziya, gipoesteziya;
  • uyqusizlik, yuqori toliqish, asteniya, ongni xiralashishi, depressiya, letargiya;
  • ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘zlarda og‘riq, ko‘zlar atrofida shish;
  • gematomalar, burundan qon ketish, flebit;
  • zo‘riqish vaqtida hansirash, yo‘tal, bronxit, pnevmoniya, ko‘krakda og‘riq;
  • rinoreya, sinusit, nazofaringit;
  • teri qichishishi, eritema, terini qurishi, eshakemi, ekzema;
  • ko‘p terlash;
  • tremor, tirishishlar, qo‘l-oyoqlarda og‘riq, belda og‘riq, artralgiya, suyaklarda, mushaklarda og‘riq, mushak kuchsizligi;
  • periferik shishlar;
  • Herpes zoster keltirib chiqargan gerpetik infeksiya, shu jumladan tarqalgan shakli;
  • Herpes simplex keltirib chiqargan gerpetik infeksiya;
  • qaltirash, lohaslik, grippsimon holat.

Tez-tez emas

  • limfoadenopatiya, febril neytropeniya, pansitopeniya, gemolitik anemiya, trombositopenik purpura;
  • immun komplekslarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari;
  • antidiuretik gormon (ADG) sekresiyasini buzilishi, gipoglikemiya;
  • alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltransferaza, amilaza faolligining oshishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin darajasining oshishi, jigar sinamalarining normal bo‘lmagan natijalari, S-reaktiv oqsil darajasining oshishi;
  • giponatriemiya, gipernatriemiya, giperkaliemiya, gipomagniemiya, giperkalsiemiya, gipofosfatemiya, qonda bikarbonatlar darajasining pasayishi, giperurikemiya;
  • ishtahani oshishi, tana vaznini oshishi, kaxeksiya, gipoproteinemiya, V1 vitamini yetishmovchiligi, paralitik ileus;
  • anemiya, leykopeniya;
  • burunni bitishi, rinit;
  • og‘riq, ko‘krakda diskomfort, tomoqda, ko‘krakda siqilish hissi, xirillashlar, plevra bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi, bronxial astma, giperventilyasiya, gipoksiya, respirator alkaloz, ortopnoe, taxipnoe, nafas olishni to‘xtab qolishi;
  • kekirish, disfagiya, ezofagit, reflyuks-ezofagit, gastrit, qorin sohasida diskomfort, qorinda og‘riq, me‘da-ichak yo‘llari motorikasini buzilishi, gastroenterit, enterit, kolit, shu jumladan antibiotikka bog‘liq bo‘lgan kolit, gemorragik diareya, gastrointestinal qon ketishlar, qonli qusish, to‘g‘ri ichakdan qon ketishlar, taloqda og‘riq, diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi, ichakni ta‘sirlanishi sindromi, ichak tutilishi, o‘tkir pankreatit («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), gepatit, jigarga qon quyilishi;
  • shilliq qavatlarni yallig‘lanishi, shilliq qavatlardan qon ketishi, og‘izda og‘riq, milklarda og‘riq va qonashi, og‘iz shilliq qavatining petexiyalari, gipersalivasiya, tilni qarash bilan qoplanishi, til rangini o‘zgarishi;
  • sovuq qotish hissi;
  • in‘eksiyadan keyingi flebit, in‘eksiyadan keyingi eritema, ekstravazasion yallig‘lanish;
  • nevralgiya;
  • o‘sma lizisi sindromi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang);
  • buyrak yetishmovchiligi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak sanchig‘i, gematuriya, proteinuriya, tez-tez siyish, siyishda og‘riq hissi, oliguriya, siydikni tutilishi, enurez, chov sohasida og‘riq, moyakda og‘riq, erektil funksiyasini buzilishi;
  • qisqa muddatga hushdan ketish, diqqatni jamlashni buzilishi, bezovtalik, yuqori darajada faollik, uyquchanlik, migren;
  • avgeziya (ta‘m sezishni yo‘qotilishi);
  • periferik motor neyropatiya, ishonchsiz harakatlar, qadam tashlashni buzilishlari, ishias, kognitiv buzilishlar, mononeyropatiya, parezlar, «charchagan oyoqlar» sindromi, nutqni buzilishi;
  • bosh miya ichki va subaraxnoidal qon quyilishlar, paraplegiya, qo‘zg‘alish, deliriy, toliqish hissi, kayfiyatni buzilishlari, mental holatni o‘zgarishi, uyquni buzilishi, ta‘sirchanlik, gallyusinasiyalar, normal bo‘lmagan tush ko‘rish;
  • ko‘zlarning quruqligi, kon‘yunktivit, ko‘zlardan ajralmalar ajralishi, ko‘rishni buzilishlari, ko‘zdan qon ketishlar, fotofobiya, achishish, ko‘z yoshi oqishi, kon‘yunktivaning giperemiyasi, ko‘zlarning shishi, blefarit;
  • tinitus, karlik, gipokauziya, eshitish qobiliyatini zaiflashishi;
  • o‘tkir o‘pka shishi, o‘pka gipertenziyasi;
  • dimlangan yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok, yurak urishini to‘xtashi, taxikardiya, aritmiyalar, shu jumladan sinusli taxikardiya, supraventrikulyar taxikardiya, yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, yurak qorinchalari gipokineziyasi, sinus tuguni blokadasi, to‘liq atrioventrikulyar blokada; stenokardiya, nostabil stenokardiya, miokard infarkti, yurak tamponadasi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang;
  • qon «oqib kelishlari», petexiyalar, ekximozlar, purpura, vaskulitlar, qon tomirlarni kengayishi, yaralardan qon ketishi, insult;
  • tunda terlash;
  • eritematoz toshmalar, alopesiya, tarqalgan qichishish, dog‘li toshmalar, papulyoz toshmalar, terida tugunlar, tarqalgan toshmalar, dermatitlar, terlama, psoriaz, vaskulyar toshmalar, yotoq yaralar;
  • qovoqlarni shishi, yuzni shishi, bo‘g‘imlarni shishi;
  • tirnoq o‘sishini buzilishi, ixtioz;
  • bo‘g‘imlarning tangligi, dumbalarda og‘riq, mushak spazmlari, mushaklarni tortishishi, mushaklarda og‘irlik hissi, mushaklarning tangligi, jag‘da shish va og‘riq;
  • kandidozli infeksiya, shu jumladan oral kandidoz, zamburug‘li infeksiya, sepsis, siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, Naemophilus keltirib chiqargan infeksiyalar, pnevmokokkli pnevmoniya, postgerpetik nevralgiya, bakteriemiya, sitomegalovirus infeksiya, infeksion mononukleoz, suvchechak, yuqori va quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari, gripp, bronxopnevmoniya, plevral infeksiyalar;
  • kateterlarni o‘rnatish bilan bog‘liq asoratlar: muolajadan keyingi og‘riq, qon ketishi, preparat bilan kimyoviy kuyishlar, kateter bilan bog‘liq infeksiyalar.

Kam hollarda

  • yurak chap qorinchasidan otilib chiqayotgan qon hajmini kamayishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • bortezomibga, borga yuqori sezuvchanlikda;
  • jigar yetishmovchiligida;
  • homiladorlik va laktasiya davrida;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari

Peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya va giperglikemiya holatlari qayd etilgan. Bortezomibni dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emasligiga qaramay, CYP3A4 ning faol ingibitorlari (ketokonazol, ritonavir) va CYP2C19 ning faol ingibitorlari (fluoksetin) bilan yoki CYP3A4 ning induktorlari (rifapisin) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish talab qilinadi. CYP3A4 va CYP2C19 izofermentlarining substratlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar va buyrak funksiyalarini og‘ir buzilishlarida, anamnezda hushdan ketishlar, diabetik neyropatiya bo‘lganida, gipotenziv preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda, shuningdek diareya yoki qusish fonida suvsizlanishda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Ortostatik gipotenziya rivojlanganida gidratasiyani amalga oshirish, GKS va/yoki simpatomimetiklarni yuborish tavsiya etiladi; zarurati bo‘lganida antigipertenziv preparatlar dozasini kamaytirish lozim. Preparatni tirishishlar rivojlanishi xavfi omillari mavjud bo‘lgan pasientlarga buyurilganida alohida ehtiyotkorlik talab qilinadi. Davolashning har bir sikli boshlanishigacha va davolanish vaqtida leykositar formula va trombositlar soni hisoblangan holda qonning to‘liq tahlilini o‘tkazish zarur. Trombositlar soni <25000/mkl dan pasayganida davolashni to‘xtatib turish lozim. Trombositlar soni tiklanganida davolashni kamaytirilgan dozalarda davolashdan keladigan foyda va xavfni sinchkov taqqoslagan holda davom ettirish lozim. Gematologik toksikligini davolash uchun koloniya rag‘batlantiruvchi omillarni qo‘llash, trombositar va eritrositar massalarni quyish mumkin. Ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qilish maqsadida qusishga qarshi preparatlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Diareya yuzaga kelganida diareyaga qarshi preparatlar buyuriladi. Suvsizlanishni bartaraf qilish yoki davolash uchun bemorlarda regidratasiya davolashni olib borish va suv-elektrolit muvozanatini tutib turish zarur. Qabziyati bo‘lgan bemorlarda ichak tutilishini rivojlanishi ehtimoli tufayli, dinamik kuzatuvni o‘tkazish lozim. Neyropatiya yuzaga kelganida tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Odatda periferik neyropatiya rivojlanishi tez-tezligining eng yuqori darajasiga davolashning 5-siklida erishiladi. Periferik neyropatiyaning yangi simptomlari paydo bo‘lganida yoki mavjudlari kuchayganida Nyubortez dozasini pasaytirish va yuborish tartibini o‘zgartirish talab qilinishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi simptomlari rivojlanishiga suyuqlikni ushlanib qolishi sabab bo‘lishi mumkin. O‘sma lizisi sindromi bilan bog‘liq bo‘lgan giperurikemiya rivojlanishi ehtimoli tufayli, davolash vaqtida pasientlarda qon zardobida siydik kislotasi va kreatinin darajasini aniqlash tavsiya etiladi. Giperurikemiyani bartaraf etish uchun ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, zarurati bo‘lganida allopurinol va siydikni ishqorlash tavsiya etiladi. Amiloidozi bo‘lgan bemorlarni Nyubortez bilan davolashda ehtiyotkorlikni namoyon qilish lozim, chunki oqsil miqdori oshishi bilan kechuvchi kasalliklarda proteas bilan faollikni susayishi ta‘siri noma‘lum. Peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda qo‘llanilganida qonda glyukoza darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va zarurati bo‘lganida gipoglikemik preparatlar dozasiga tuzatish kiritish lozim. Nyubortez bilan ishlanganda sitotoksik preparatlar bilan muomalada bo‘lishning umum qabul qilingan qoidalariga rioya qilish lozim.

Jinsiy sheriklardan birini davolash davrida va keyingi 3 oy davomida kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Agar Nyubortez homiladorlik davrida yoki homiladorlik yuzaga kelganida qo‘llanilsa, pasientlar hech bo‘lmaganida homila uchun kutiladigan xavf haqida xabardor bo‘lishlari kerak.

Transport vositasini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga dori vositasi ta‘sirining o‘ziga xosligi

Preparatning yuqori toliqish, bosh aylanishi, ortostatik gipotenziya va ko‘rishning buzilishi kabi ayrim nojo‘ya samaralari avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori darajada jamlash va psixomotor reaksiyalari tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: sepsisi bo‘lgan bemorda bortezomib dozasini oshirib yuborilishining bitta holati (tavsiya etilgan dozani ikki martadan ortiq oshirib yuborilishi) ma‘lum. Dozani oshirib yuborilishi arterial bosimning o‘tkir pasayishi va tana haroratini buzilishi bilan kechgan.

Davolash: gemodinamika va tana harorati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, infuzion davolash yo‘li bilan gipotenziyani jadal davolash va boshqa simptomatik tadbirlar. Spesifik antidoti noma‘lum.

 

Chiqarilish shakli

3,5 mg dan (faol modda) rezina tiqin bilan yopilgan, alyumin qalpoqcha bilan burab yopilgan va oq rangli plastik qopqoqlar bilan yopilgan rangsiz shisha flakonlarda.

1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoitlari

Yorug‘likdan himoya qilingan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tayyorlangan eritmani original o‘ramida 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda 8 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida saqlansin.

 

Saqlash sharoiti

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NYUBORTEZ poroshok 3,5mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NYUBORTEZ poroshok 3,5mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NYUBORTEZ poroshok 3,5mg N1 dori vositasi New Vision Holding Ltd, по заказу Китай вл.рег.уд.: НВ Азия Лтд. (NV Asia Ltd), Республика Кипр произв: НВ Ремедис Пвт. Лимитед tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NYUBORTEZ poroshok 3,5mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NYUBORTEZ poroshok 3,5mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9