×
×
  • NYUFOKAM tabletkalari 4mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NYUFOKAM tabletkalari 4mg N30

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- NV Asia Ltd, Кипр произведено: Windlas Healthcare (P) Ltd
ATX kodi:
- M01AC05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

NIMESIL granuli 100mg N30 Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A. Italiya
99 400 s`om dan
22 000 s`om dan
NAPROFF tabletkalari 550mg N10 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi Turkiya
24 600 s`om dan
KETOROL gel 30g 2% Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
36 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NYUFOKAM tabletkalari 4mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NYUFOKAM

NEWFOCAV

Preparatning savdo nomi: Nyufokam

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lornoksikam

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 4 mg va 8 mg

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

4 mg li dozalari

faol modda: lornoksikam – 4 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, polivinilpirrolidon,

qobiq tarkibi: titan dioksidi, gipromelloza, tozalangan talk, polietilenglikol 400, etilsellyuloza, sariq xinolin bo‘yovchisi.

8 mg li dozalari

faol modda: lornoksikam – 8 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmellozasi, polivinilpirrolidon,

qobiq tarkibi: titan dioksidi, gipromelloza, tozalangan talk, polietilenglikol 400, etilsellyuloza, sariq xinolin bo‘yovchisi.

Ta‘rifi:

4 mg li dozalari: sariq rangli, dumaloq, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

8 mg li dozalari: sariq rangli, bir tomoni riskali, dumaloq, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Oksikamlar, Lornoksikam

Kod ATX: M01AC05.

Farmakologik hususiyatlari

Farmakokinetikasi

Lornoksikam ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Bunda plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Ovqat qabul qilish maksimal konsentrasiyani (Smax) 30% ga kamaytiradi va maksimal konsentrasiya yuzaga kelish vaqti (Tmax) ni 2,3 soatgacha oshiradi.

Lornoksikamning mutloq biokiraolishligi 90-100% ni tashkil etadi.

Lornoksikam plazmada o‘zgarmagan ko‘rinishida, shuningdek farmakologik faollikka ega bo‘lmagan gidroksi guruhi qo‘shilgan metabolit ko‘rinishida bo‘ladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi darajasi 99% ni tashkil etadi va konsentrasiyaga bog‘liq emas.

Yarim chiqarilish davri o‘rtacha 4 soatga teng va preparat konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Lornoksikam jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi. Metabolizmda SYP2C29 izofermenti ishtirok etadi. Taxminan 2/3 qismi jigar va 1/3 qismi buyrak orqali faol bo‘lmagan birikma ko‘rinishida chiqariladi.

Ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Keksa yoshlarda va jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda lornoksikam farmakokinetikasida sezilarli o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Farmakodinamikasi

Lornoksikam og‘riq qoldiruvchi ta‘siri bor bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP) hisoblanadi. Lornoksikamning ta‘siri etish mexanizmi asosida siklooksigenaza-1 va siklooksigenaza-2 izofermentlari faolligini susaytirish natijasida prostaglandinlar sintezini susaytirish yotadi. Bundan tashqari, lornoksikam faollashgan leykositlardan kislorod radikallari ajralib chiqishini ingibisiya qiladi.

Lornoksikam markaziy nerv tizimiga opiatga o‘xshash ta‘sirga ega emas va shuning uchun nafasni so‘ndirmaydi, shuningdek qabziyat va miotik samara keltirib chiqarmaydi. Shuningdek lornoksikamga nisbatan dori qaramligi kelib chiqishi mumkinligiga asos yo‘q.

Qo‘llanilishi

  • turli sababli og‘riq sindromini qisqa muddatli davolash
  • osteoartritdagi og‘riq va yallig‘lanishni simptomatik davolash
  • revmatoid artritdagi og‘riq va yallig‘lanishni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Nyufokam tabletkalarini yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ovqatlanishdan oldin ichga qabul qilinadi.

Bolalar va keksa yoshdagi pasientlar uchun dozalari:

Nyufokam tabletkalarini bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarga qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.

Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lmagan keksa yoshdagi pasientlarga, dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bunday pasientlar uchun sutkalik dozani kamaytirish kerak. Hamma pasientlar uchun tegishli dozalash tartibi davolashga bo‘lgan individual javobga asoslanishi lozim.

Og‘riq sindromini davolash uchun dozalari:

Tavsiya etiladigan doza sutkada 2-3 qabul qilishga bo‘lingan 8-16 mg ni tashkil etadi. Maksimal sutkalik doza 16 mg ga teng.

Revmatoid artrit va osteoartritni davolash uchun dozalari:

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 2-3 qabul qilishga bo‘lingan 12 mg ni tashkil etadi. Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza 16 mg dan oshmasligi kerak.

Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan dozalari:

Tavsiya etiladigan maksimal sutkalik doza 4 mg dan 3 qabulga bo‘lingan 12 mg ni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Taxminan 16% pasientlarda (uzoq vaqt davolaganda – 20-25%) me‘da-ichak yo‘llarida noxush ko‘rinish, taxminan 5% – umumiy ko‘rinishidagi asoratlar va/yoki markaziy nerv tizimidagi o‘zgarishlar va taxminan 2% – teri qoplamalari tomonidan buzilishlar qayd qilingan. Boshqa NYAQP, shu jumladan oksikamlar qo‘llanilgandagi kabi, quyidagi noxush ko‘rinishlar kelib chiqishi mumkin:

  • me‘da-ichak yarasi va potensial klinik ahamiyatga ega belgilari bilan kechadigan ichak perforasiyasi .
  • o‘n ikki barmoq ichak yarasi, qon aralash qusish va melena.

Teri qoplamlari tomonidan yaqqol rivojlangan reaksiyalar va yaqqol rivojlangan, hayot uchun xavfli yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin.

  • Kam hollarda: interstisial nefrit, glomerulonefrit, buyrak mag‘iz qavati hujayralari nekrozi yoki nefrotik sindrom.
  • Qonda patologik o‘zgarishlar, leykopeniya

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:

Tez-tez (≥1% va 10%): qorinda og‘riq, diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Kam hollarda (<1%): qabziyat, ishtahani yo‘qligi, og‘iz qurishi, qabziyat, gastrit, gastroezofagit, reflyuks, me‘da yarasi va/yoki me‘da-ichak qon ketishlari, stomatit, gemorroidal qon ketishlari.

Umumiy xarakterga ega asoratlar:

Tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rishi

Tez-tez emas: uyqusizlik, uyquchanlik, loxaslik, xolsizlik, qizib ketish hissi.

Qon yaratish tizimi tomonidan:

Tez-tez emas: trombositopeniya, qon ketish vaqtini oshishi, anemiya, eritrositlar, gemoglobin va leykositlar sonining kamayishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

Tez-tez emas: shishlar, arterial gipertenziya, yurak urib ketishi, taxikardiya, arterial gipotenziya.

Markaziy nerv tizimi tomonidan:

Tez-tez emas: uyquchanlik, vertigo, bosh aylanishi, paresteziya, tremor, ta‘m sezish buzilishlari.

Nafas tizimi tomonidan:

Tez-tez emas: xansirash, bronxospazm, yo‘tal, rinit.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan:

Tez-tez: qonda mochevina va kreatinin miqdorining oshishi

Tez-tez emas: siyishni buzilishlari

Ruhiyat tomonidan o‘zgarishlar:

Tez-tez emas: qo‘zg‘alish, depressiya

Jigar va o‘t qopi tomonidan:

Tez-tez: zardob transaminazalari va ishqoriy fosfataza darajasini oshishi.

Tez-tez emas: jigar faoliyatining buzilishi

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan:

Tez-tez emas: mushaklarda og‘riq, oyoqlar tirishishi

Ko‘rish a‘zosi tomonidan:

Tez-tez emas: kon‘yunktivit, ko‘rishni buzilishlari

Eshitish a‘zosi tomonidan:

Tez-tez emas: quloq shang‘illashi

Immun tizimi tomonidan:

Tez-tez emas: allergik reaksiyalari

Ovqatlanish va moddalar almashinuvi buzilishlari:

Tez-tez emas: ishtahani buzilishlari, tana vaznining o‘zgarishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Lornoksikam yoki Nyufokam preparatining boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik/allergiya.
  • Anamnezida boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan asetilsalisil kislotasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik (astma, rinit, angionevrotik shish yoki eshakemi kabi simptomlari bilan kechuvchi).
  • Me‘da-ichakdan qon ketishlari, bosh miyaga qon quyilishi yoki o‘tkir qon ketishini keltirib chiqaradigan boshqa kasalliklar.
  • Me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining qaytalanishlari.
  • Yaqqol rivojlangan jigar yetishmovchiligi.
  • Yaqqol rivojlangan buyrak yetishmovchiligi (zardob kreatinini >700 mkmol/l).
  • Yaqqol rivojlangan trombositopeniya.
  • Yaqqol rivojlangan yurak yetishmovchiligi.
  • Shoshilinch jarroxlikda tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan keksa yoshdagi (65 yoshdan katta) pasientlar.
  • Homiladorlik va emizish davri.
  • 18 yoshga yetmagan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nyufokam preparati va quyidagi preparatlar bir vaqtda qo‘llanilganda:

  • simetidin qon plazmasida lornoksikam konsentrasiyasini oshiradi; ranitidin va antasid preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan;
  • antikoagulyantlar yoki trombositlar agregasiyasi ingibitorlari – qon ketishi vaqti oshishi yoki qon ketishi kelib chiqishi xavfi oshishi mumkin (xalqaro normallashtirilgan munosabati-XNM ni nazorat qilish lozim);
  • AAF ingibitorlari – AAF ingibitorlarining samarasi pasayishi mumkin;
  • diuretiklar-halqali diuretiklar samaradorligi pasayishi mumkin;
  • digoksin-digoksinning buyrak klirensini pasaytiradi. Orqa miya yoki epidural anesteziya o‘tkazilayotganda NYAQP sinfi preparatlar va geparin bilan bir vaqtda davolash orqa miya/epidural gematomalar rivojlanish xavfini ko‘paytiradi;
  • boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar-nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfi oshishi mumkin;
  • metotreksatlar va siklosporin zardobda metotreksat va siklosporin konsenrasiyasi oshadi;
  • litiy preparatlari litiy maksimal konsentrasiyasi oshishi va natijada, litiy keltirib chiqaradigan noxush samaralar kuchayishi mumkin;
  • sulfonil mochevina xosilalari – ularning gipoglikemik samarasi kuchayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (zardob kreatininni miqdori 150-
300 mkmol/l, yurak yetishmovchiligida, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan va aylanib yuradigan qon hajmi va buyrakdagi qon aylanishi kamayishiga olib keladigan boshqa holatlarda muntazam klinik monitoringi, jigar va buyrak faoliyatining nazorati (masalan, zardob kreatininni darajasiga qarab) olib boriladi.

Uzoq vaqt davolash (3 oydan ko‘p):

Muntazam ravishda qon (gemoglobin), buyrak faoliyati (kreatinin) va jigar fermentlari holatlarini baholash tavsiya etiladi.

65 yoshdan katta pasientlarga:

Nyufokam preparati uzoq vaqt qo‘llanilganda periferik qon tarkibi holati, shuningdek jigar va buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim.

Anamnezida me‘da-ichak yaralari va qon ketishlari.

Klinik kuzatuv o‘tkazib turish tavsiya etiladi. Me‘daning peptik yarasida va/yoki me‘da-ichak qon ketishlarida preparat qo‘llashni bekor qilish va muvofiq davolash muolajalarini amalga oshirish lozim. Boshqa oksikamlar kabi, Nyufokam trombositlar agregasiyasini susaytiradi va shuning uchun qon ketish vaqtini oshirishi mumkin.

Bu preparatni qo‘llayotgan vaqtda qon ivish tizimining mutloq normal faoliyati ko‘rsatishiga muxtoj bemorlar (masalan, jarroxlik aralashuvi bo‘ladigan bemorlar), qon ivishi tizimi buzilishlari mavjud yoki qon ivishini susaytiradigan dori vositalari (shu jumladan quyi dozada geparin) qabul qilayotgan bemorlar holati, qon ketishlari belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun, sinchiklab kuzatib turish kerak.

Quyidagi pasientlarda buyrak faoliyatini nazorat qilish muxim:

  • Katta jarroxlik aralashuvlari kerak bo‘lganida
  • Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganda, masalan, ko‘p miqdorda qon yo‘qotilishi yoki organizmning kuchli rivojlangan suvsizlanishi natijasida
  • Yurak yetishmovchiligida
  • Diuretiklar bilan yondosh davolashda
  • Buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqishi mumkinligi ma‘lum bo‘lgan yoki shunga shubha mavjud bo‘lgan dori vositalari bilan bir vaqtda davolanayotganlarda.

Preparat orqa miya yoki epidural anesteziyasi o‘tkazilganda orqa miya/epidural gematoma xavfini oshirish mumkinligini xar doim hisobga olish kerak.

Homiladorlik va emizish davri

Hozirgi vaqtgacha Lornoksikam preparatini homiladorlarda va emizikli ayollarda qo‘llanishi bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yetarli emas, shuning uchun, preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dori vositasining transport vositasini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Alohida ogohlantirishlar yo‘q, chunki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bu sohada xech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, serebral simptomlari (bosh aylanishi, komaga o‘tadigan ataksiya va tirishishlar). Jigar va buyrak faoliyati o‘zgarishi, qon ivishining buzilishlari bo‘lishi mumkin.

Davolash: dori qabul qilishni to‘xtatish lozim, davolash simptomatik. Yarim chiqarilish davri qisqa bo‘lgani uchun lornoksikam organizmdan tezda chiqariladi. Lornoksikam dializga uchramaydi. Hozirgi vaqtgacha spesifik antidoti noma‘lum. Nyufokam preparatini qabul qilgandan keyin tezda faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish bu preparat so‘rilishini kamaytirish mumkin. Nyufokam preparati keltirib chiqargan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarini bartaraf etishi uchun prostaglandin analogi yoki ranitidindan foydalanish mumkin.

Chiqarilish shakli

4 mg yoki 8 mg 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 3 kontur o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonadan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NYUFOKAM tabletkalari 4mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NYUFOKAM tabletkalari 4mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NYUFOKAM tabletkalari 4mg N30 dori vositasi NV Asia Ltd, Кипр произведено: Windlas Healthcare (P) Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NYUFOKAM tabletkalari 4mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NYUFOKAM tabletkalari 4mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NYUFOKAM tabletkalari 8mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Windlas Healthcare (P) Ltd
NYUFOKAM tabletkalari 4mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Windlas Healthcare (P) Ltd
NYUZID MR tabletkalari 60mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Windlas Healthcare (P) Ltd
NYUZID MR tabletkalari 30mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Windlas Healthcare (P) Ltd
GEPA SIKL granuli 5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Windlas Healthcare (P) Ltd
GEPA SIKL granuli 3g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NV Asia Ltd, Кипр произведено: Windlas Healthcare (P) Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9