50 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash68 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish60 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OMEGA-3-MIK
OMEGA-3-MIC
Preparatning savdo nomi: Omega-3-MIK
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): eykonol
Dori shakli: kapsulalar.
Tarkibi:
1 kapsula 450 mg eykonol saqlaydi.
Jelatin kapsula qobig‘i tarkibi: jelatin, gliserin, metilparagidroksibenzoat Ye-215, propilparagidroksibenzoat Ye-216, tozalangan suv.
Ta‘rifi: och-sariqdan och jigarrang rangligacha bo‘lgan, tiniq, qayishqoq, chokli, oval shaklli yumshoq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita.
ATX kodi: S10AX06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Dori vositasining farmakologik xususiyatlari biologik faol moddalar: “Omega-3” oilasiga mansub to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining (eykozapentaen – bir kapsulada kamida 12%, dokozageksaen va boshqalar) yig‘indisi, bir kapsulada 79 XB – retinol (A vitamini) va bir kapsulada 27 XB – xolekalsiferolning (D vitamini) muvozanatlangan majmuasining borligi bilan belgilanadi.
”Omega-6”: “Omega-3” da KTYOK miqdori optimalga yaqin va 1,0:8,0 ga teng.
Gipolipidemik, antiaterosklerotik, antiagregant ta‘sir ko‘rsatadi.
Gipolipidemik ta‘sirining asosida PZLP (past zichlikdagi lipoproteidlar) va JPZLP (juda past zichlikdagi lipoproteidlar) ning tuzilishi va miqdorini normallashishi yotadi.
“Omega-3-MIK” xujayra membranalarining suyuqlik xususiyatlarini o‘zgarishiga va membrana reseptorlarining funksional faolligini oshishiga yordam beradi, bu lipoproteidlarning fermentlar bilan lipid-xujayra o‘zaro ta‘sirini va lipoproteidlarning metabolizmini yaxshilaydi. Jigarda trigliseridlarning sintezini (yog‘ kislotalarining eterifikasiyasini ingibisiya qilish hisobiga) tutib qoladi. Trigliseridlarning darajasini kamayishiga shuningdek yog‘ kislotalarining beta-oksidlanishini oshishi ham (trigliseridlarning sintezi uchun tasarrufda mavjud bo‘lgan erkin yog‘ kislotalarining miqdorini kamayishi) yordam beradi. Natijada giperlipidemiyani pasayishi va demak aterosklerotik jarayon faolligini kuchsizlanishi ro‘y beradi.
YUZLP darajasini oshishi juda ahamiyatsiz va doimiy emas. Ular fibratlar qabul qilinganidan keyingiga qaraganda ancha kam.
Uzoq muddatli gipolipidemik samarasi (preparatni kamida bir yil davomida qabul qilgandan keyin) noma‘lum.
Trigliseridlarning darajasini kamayishi yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfini kamaytirishining ishonchli dalillari mavjud emas.
Preparatning antiagregant ta‘siri, uning ta‘siri ostida xujayra membranalarining, shu jumladan eritrositlarning membranalarini lipidli tarkibini o‘zgarishi, ularda araxidon kislotasining miqdorini kamayishi va eykozapentaen kislotasining darajasini oshishi bilan bog‘liq. Buning natijasida tromboksan A2 va trombositlar agregasiyasini va eykozopantaen kislotasidan tromboksan A3 va proagregant ta‘sirga ega bo‘lmagan boshqa uch to‘yinmagan eykozanoidlarning sintezini oshishini kuchaytiruvchi boshqa ikki to‘yinmagan eykozanoidlarning (araxidon kislotasining derivatlarining) sintezini pasayishi ro‘y beradi. Qonning ivishini boshqa omillarining yaqqol o‘zgarishlari kuzatilmaydi.
Farmakokinetikasi
“Omega-3” oilasiga mansub yog‘ kislotalarini so‘rilish vaqtida va undan so‘ng, metabolizmi uch yo‘l bo‘ylab boradi:
– yog‘ kislotalari avval jigarga olib kelinadi, u yerda lipoproteidlarning turli toifalarining tarkibiga kiritiladi va lipidlaring periferik zahiralariga yo‘llanadi;
– xujayra membranalarining fosfolipidlari lipoproteidlarning fosfolipidlari bilan almashtiriladi, shundan keyin yog‘ kislotalari turli eykozanoidlarning o‘tmishdoshi sifatida chiqishi mumkin;
– ko‘pchilik yog‘ kislotalari energetik ehtiyojlarni ta‘minlash maqsadida oksidlanadi.
Qon plazmasi fosfolipidlaridagi “Omega-3” sinfiga mansub yog‘ kislotalarining konsentrasiyasi xujayra membranalarining tarkibiga kiruvchi bu yog‘ kislotalarining konsentrasiyasiga mos keladi.
Qo‘llanilishi
Preparatni qo‘llanishi uchun asosiy ko‘rsatmalar quyidagilar:
– infarktdan keyingi holat, shuningdek miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasi (statinlar, antitrombotik vositalar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari bilan majmuaviy davolash tarkibida);
– endogen gipertrigliseridemiya (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IV tip) parhezga qo‘shimcha sifatida uning samarasi yetarli bo‘lmaganida monoterapiya sifatida;
– aralash giperlipidemiya (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IIb va III tip) statinlar bilan majmuada;
– YUIK bo‘lgan bemorlarda behosdan o‘lim xavfini pasaytirishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolash maqsadida sutkada 8-12 kapsuladan, 2-3 qabulga bo‘lib, ovqatdan keyin 30 minut o‘tgach suv bilan birga ichga qabul qilinadi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.
Profilaktika maqsadida bir oy davomida sutkada 2-6 kapsuladan qabul qilish tavsiya qilinadi. Kurs yiliga ikki marta takrorlanadi.
Tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan reaksiyalar: reflyuks yoki baliq hidi bilan kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya yoki qabziyat. Gipertrigliseridemiyasi bo‘lgan pasientlarda – jigar transaminazalarining faolligini o‘rtacha oshishi.
Dermatologik reaksiyalar: kam hollarda – ekzema, akne.
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– ekzogen gipertrigliseridemiya (giperxilomikronemiya) (Fredrikson bo‘yicha I tip);
– surunkali xolesistit, pankreatit, gepatobiliar tizim kasalliklarini zo‘rayishi;
– o‘t-tosh kasalligi;
– gemorragik sindrom;
– homiladorlik va laktasiya davri;
– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dori vositasi peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketish vaqtini oshish xavfi oshadi.
Preparatni varfarin bilan birga buyurilishi hech qanday gemorragik asoratlarga olib kelmaydi. Biroq qabul qilish davrida va u tugaganidan keyin protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.
Gipertrigliseridemiyani davolashda fibratlar bilan birga qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Antikoagulyant davolashda bo‘lgan pasientlar Omega-3-MIK ni qabul qilish davrida doimiy shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, zarurati bo‘lganda antikoagulyantning dozasiga muvofiq tuzatish kiritish kerak.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda jigar faoliyatini muntazam monitoringi (AST va ALT faolligini aniqlash) kerak.
Endogen gipertrigliseridemiyada preparat davolovchi oziqlanishga qo‘shimcha sifatida, faqat agar parhez chora-tadbirlari muvofiq reaksiya uchun yetarli bo‘lmaganida qabul qilinadi. Ikkilamchi endogen gipertrigliseridemiyada (ayniqsa nazorat qilib bo‘lmaydigan diabetda) dori vositasini qo‘llash tajribasi cheklangan.
Jarohatlarda va jarrohlik operasiyalarida (qon ketishi vaqtini oshish xavfi tufayli), keksa yoshdagi pasientlarga (70 yoshdan oshgan) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Polivitamin majmualar va A va D vitaminlarini saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Dori vositasini qabul qilish davrida sutkalik rasionda o‘simlik moyining miqdorini 10-20 g gacha kamaytirish tavsiya qilinadi.
Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash imkoniyatiga ta‘siri
Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya samaralarni namoyon bo‘lishi yoki ularning yaqqolligini kuchayishi.
Davolash: simptomatik, preparatni bekor qilish.
Chiqarilish shakli
Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur-uyali o‘ramda, 5 kontur uyali o‘ramdan qutida.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.