×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
L-тирозин, Аргинин, Бета - каротин, витамин B1, витамин B2, витамин B6, витамин C, витамин PP, железо, изолейцин, кальций, Медь, ниацинамид, фенилаланин, Цинк, витамин А, Витамин Е, Марганец, L-Лейцина, L-Валина, L-Гистидина, Калий, Витамин K, Линоленовая кислота, Линолевая кислота
Ishlab chiqaruvchi:
- Aseptica, OOO
Vakil:
- Aseptica
ATX kodi:
- S01XA
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 37 ta dorixonasida topildi

ico 183 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 195 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PALLADA ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
62 000 s`om dan
BESTOKSOL ko'z tomchilari 10ml 4% World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
39 200 s`om dan
TRIODEKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml Aseptica, ООО O'zbekiston
30 000 s`om dan
ETASIZIN tabletkalari 50mg N50 Олайнфарм, АО Latviya
175 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 2 yil.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ishlab chiqarilish shakli: flakonlarda 250 ml dan sirop

100 ml siropning tarkibi
Faol tarkibiy qismlari:
50 ml boyitilgan suyuq chernika ekstrakti:
Kaliy, Kalsiy, Temir, Marganes, Mis, Rux, B1 vitamini, B2 vitamini, B5 vitamini, B6 vitamini, K vitamini, C vitamini, E vitamini, A vitamini, PP vitamini, Niatsin, Arginin, Valin, Gistidin, Izoleysin, Leysin, Fenilalanin, Tirozin, Linol va Linolen kislotasi, Beta karotin.
Yordamchi tarkibiy qismlari: glitserin, propilparaben, aspartam, 70 % li suyuq sorbitol, metilparaben.

Chernika ekstrakti inson organizmi toʻla oʻzlashtiradigan shakldagi temirning boy manbai hisoblanadi. Shuningdek, tarkibida insonning toʻlaqonli hayot faoliyati uchun beqiyos kislotalar, xususan qahrabo, olma, xinin, shovul, sut, limon kislotalari, shuningdek B, PP, C, K, E guruh vitaminlari, kaliy, marganes, mis, xrom, rux, fosfor, oltingugurt kabi eng muhim mikro va makroelementlar mavjud. Bundan tashqari, tarkibida oshlovchi moddalar hamda efir moylari bor.
Chernika ingrediyentlari birgalikda modda almashinuvini meʼyorlashtiradi, antioksidant xossalarga ega. Bunda qon aylanishi va toʻqimalarning kislorod bilan toʻyinishi yaxshilanadi, bu ayniqsa koʻrish organlarida yaqqol seziladi.
OmeVit Chernika tarkibidagi vitaminlar va mikroelementlar fiziologik samaralariga muvofiq ravishda mahsulotning asosiy tarkibiy qismlari xossalarini kuchaytiradi.
Biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi emas.
OmeVit Chernika BFQ vitaminlar, minerallar va boshqa biofaol moddalar bilan boyitilgan tabiiy mahsulot hisoblanadi. Mahsulotning yuqorida koʻrsatilgan xossalari uni eng avvalo koʻrish organlarining meʼyordagi fiziologik funksiyalarini saqlab turish uchun muvaffaqiyat bilan tavsiya etish imkonini beradi:
– erkin radikallarning koʻz toʻrpardasiga zararli taʼsirini pasaytiradi, koʻrish organining turli boʻlimlariga oziqa moddalari va kislorod yetkazib beruvchi qon tomirlarining mustahkamlanashiga yordam beradi.
-biologik faol moddalar toʻrpardaning yorugʻlikka sezuvchanligini oshiradi, shuning uchun odam gʻira-shira paytda va qorongʻulikda yaxshiroq koʻra boshlaydi;
– koʻzning charchogʻini oladi va koʻz ichidagi suyuqlik oqishini yaxshilaydi, bu koʻz ichidagi bosimni fiziologik normada saqlab turish imkonini beradi;
Siropni qoʻllanish shuningdek immun kuchlarini mustahkamlashga va organizmning koʻplab noxush omillar (infeksiyalar, shamollash jarayonlari, stresslar, ortiqcha jismoniy va aqliy yuklamalar)ga moslashish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.
OmeVit Chernika biokomponentlari gemoglobin darajasini tezda tiklash bilan bogʻliq holda qon ishlab chiqarilishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, yurak funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi, tomirlar holatini va organlarning qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi.
Ekstraktlar ishtahasi pasaygan shaxslar uchun ham foydali hisoblanadi, ular ovqat hazm qilish, jigar, oʻt qopi funksiyasini yaxshilaydi. Ularning metabolizmni faollashtirish qobiliyati shlaklarni chiqarishga yordam beradi, siropda antioksidantlar miqdorining koʻpligi uni mustahkamlaydi va organizmga yoshartiruvchi taʼsir koʻrsatadi.
Mahsulot tarkibiy qismlariga shaxsiy taʼsirchanlik, homiladorlik, emizish. Tarkibida shirin maza beruvchi modda (sorbit) mavjud boʻlib, haddan ortiq koʻp isteʼmol qilishda ichni yurishtiruvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin. Qoʻllanishdan oldin vrach bilan maslhatlashish zarur.
Yorugʻlikdan himoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda +25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Flakon ochilganidan soʻng sovitkichda koʻpi bilan 1 oy saqlansin.
Yaroqlilik muddati: 2 yil
Qoʻllanish oldidan chayqatilsin. Kattalar va 3 yoshdan katta bolalarga bir kunda 1 choy qoshiqdan (5 ml) 2-marta ovqatlanish vaqtida. Qabul qilish davomiyligi 3-4 hafta. Zarurat boʻlsa takroriy qabul qilish mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml dori vositasi Aseptica, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OTOXOL quloq uchun tomchilar 10g N1
TETRAKAIN ASP ko'z tomchilari 10ml 1% N1
AYFLOKS ko'z tomchilari 5ml 0,3%
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
Narh: 38 500 so'mdan Batafsil
RIFOTO quloq uchun tomchilar 10ml 2,6%
OMEVIT KIDS MARMELAD N30
Narh: 49 300 so'mdan Batafsil
AYFLOKS DX suspenziya 10ml
Narh: 27 910 so'mdan Batafsil
ATROPIN ASP ko'z tomchilari 5ml 1%
Другие формы препарата
OMEVIT A I B kapsulalar N60
OMEVIT KIDS MARMELAD N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9