×
×
  • ORADRO granuli 250mg/5ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORADRO granuli 250mg/5ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
- Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- J01FA09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
SEFVIN tabletkalari 250mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
58 000 s`om dan
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
25 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORADRO granuli 250mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORADRO

ORADRO

Preparatning savdo nomi: Oradro

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klaritromisin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg yoki 500 mg klaritromisin;

yordamchi moddalar: povidon K30, polisorbat 80, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk, stearin kislotasi, o‘ta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati, kroskarmelloza natriy, mikrokristall sellyuloza;

qobig‘ining tarkibi: sariq Opadri® II 85F32085 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, makrogol, titan dioksidi, talk, xinolin sarig‘i alyumin laki, temir (II)-oksidi, sariq shafaq FCF alyumin laki).

Ta‘rifi: oval, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (makrolidlar guruhi).

ATX kodi: J01FA09

Farmakologik hususiyatlari

Oradro – keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan, makrolidlar guruhining ikkinchi avlodiga mansub yarim sintetik bakteriostatik antibiotikdir. Preparat mikrob hujayrasining ribosomalari membranalaridagi 50S subbirliklari bilan bog‘lanib, mikroorganizmdagi oqsil sintezini bostiradi. Klaritromisin ham in vitro, ham in vivo shiroitlarida ko‘pchilik aerob va anaerob grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan yuqori samarali:

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus spp. (shu jumladan, metisillinga sezgir Staphylococcus aureus), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus viridans, Listeria monocytogenes.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Legionella pneumophila, Bordetella pertussis, Helicobacter pylori, Campylobacter jejuni.

Mikobakteriyalar: Mycobacterium leprae, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium chelonae, Mycobacterium fortuitum, Mycobacterium marinum, Mycobacterium avium complex ((MAC), vklyuchayuщiy Mycobacterium avium, Mycobacterium intracellulare).

Boshqa mikroorganizmlar: Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumoniae (TWAR), Chlamydia trachomatis, Helicobacter pylori, Haemophilus ducreyi, Neisseria meningitides, Ureaplasma urealyticum, Propionibacterium acnes, Propionibacterium spp., Bacteroides fragilis, Bacteroides melaninogenicus, Eubacter spp., Peptococcus spp.,Peptostreptococcus spp., Pasteurella multocida, Toxoplasma gondii, Corynebacterium spp.

β-laktamazani ishlab chiqarilishi klaritromisinning faolligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Enterobacteriaceae, Pseudomonas spp., shuningdek laktazani parchalamaydigan grammanfiy bakteriyalar klaritromisinga sezgir emas. Stafilokokklarning metisillin va oksasillinga chidamli bo‘lgan ko‘pchilik shtammlari klaritromisinga rezistentdir. Klaritromisinga va makrolidlar guruhiga mansub bo‘lgan boshqa antibiotiklarga, shuningdek linkomisin va klindamisinga kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkin.

Odam organizmida klaritromisinning asosiy metaboliti – 14-gidroksi-klaritromisinni Haemophilus influenzae ga qarshi mikrobiologik faolligi klaritromisinga nisbatan 2 marta yuqoridir. Dastlabki modda va uning asosiy metaboliti ko‘rsatilgan mikroorganizmga nisbatan yoki additiv, yoki sinergik ta‘sir ko‘rsatadi. Biroq, MAC ga 14-gidroksiklaritromisin dastlabki birikmasiga nisbatan faolligi 4-7 marta kamroq. MAC ga qarshi bunday faollikni klinik ahamiyati ma‘lum emas.

Farmakokinetikasi

Klaritromisin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Biokiraolishligi – ichga qabul qilinganida – 55% ni tashkil etadi. Ovqat uning so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo klaritromisinning biokiraolishligiga ahamiyatli ta‘sir qilmaydi. Oqsillari bilan bog‘lanishi – 90% dan ortiq. Klaritromisinning taxminan 20% jigarda sitoxrom CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 fermentlari tomonidan Haemophilus influenzae ga nisbatan yaqqol faollikka ega bo‘lgan asosiy metabolit – 14-gidroksiklaritromisingacha metabolizmga uchraydi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 3 soatdan kamroq vaqt davomida erishiladi. Sutkada 250 mg dozadan muntazam ravishda qabul qilinganida o‘zgarmagan preparatning muvozanat konsentrasiyasi (Css) – 0,62-0,84 mkg/ml va asosiy metabolitniki muvofiq ravishda 0,4-0,7 mkg/ml ni tashkil etadi; dozasi sutkada 500 mg gacha oshirilganida o‘zgarmagan preparatning Css 1,77-1,89 mkg/ml va uning plazmadagi metabolitiniki 0,67-0,8 mkg/ml ni tashkil etadi. Klaritromisin organizmning to‘qimalari (o‘pka, tanglay murtaklari, so‘lak, balg‘am va o‘rta quloq, teri va organizmning yumshoq to‘qimalari) va suyuqliklariga oson o‘tadi, u yerda zardobdagi konsentrasiyasidan deyarli 10 marta ortiq konsentrasiyaga erishadi. Yarim chiqarilish davri 250 mg dozasi qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan 4 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi; 500 mg dozasi qabul qilinganidan so‘ng 5 soatdan 7 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi. Klaitromisinning 20% dan 30% gacha qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda, qolgan qismi metabolitlar holida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari: faringit, laringit, tonzillit, sinusit;
  • Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari: bronxit, pnevmoniya;
  • Teri va teri osti yog‘ to‘qimasining asoratlanmagan infeksiyalari: follikulit, furunkulez, saramas, impetigo, jarohat infeksiyasi;
  • Me‘da va/yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (majmuaviy davolashda) – o‘n ikki barmoq ichakni o‘tkir yarasini davolash, Helicobacter pylori eradikasiyasi uchun va yara kasalligini qaytalanishlari tezligini kamaytirish uchun;
  • Mycobacterium avium, Mycobacterium inlracellulare chaqirgan, tarqalgan yoki lokalizasiyalangan mikobakterial infeksiyalarni davolash hamda oldini olish; Mycobacterium fortuitum, Mycobacterium kansasii va Mycobacterium chelonae chaqirgan lokalizasiyalangan infeksiyalarni davolash hamda oldini olish uchun qo‘llanadi.

12 yoshdan boshlab bolalarga:

  • Yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari: faringit, laringit, tonzillit, sinusit, o‘tkir gaymorit;
  • Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari: bronxit, pnevmoniya;
  • O‘tkir o‘rta quloq otiti;
  • Teri va teri osti yog‘ qavatining asoratlanmagan infeksiyalari: follikulit, furunkulez, saramas, impetigo, jarohat infeksiyasi;
  • Mycobacterium avium, Mycobacterium intracellulare chaqirgan tarqalgan mikobakterial infeksiyalarni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Oradro preparati ichga, chaynamasdan va maydalamasdan, butun holda, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan, ovqatlanishdan qat‘iy nazar sutkaning istalgan vaqtida (aynan bir vaqtda bo‘lsa afzal) qabul qilinadi.

Preparatni qabul qilish vaqti o‘tkazib yuborilganida o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq qabul qilish kerak. Biroq, agar navbatdagi qabulni vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, u holda o‘tkazib yuborilgan dozani kompensasiya qilish maqsadida preparatning dozasini ikki marta oshirish mumkin emas.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga odatda 250 mg dan har 12 soatda buyuriladi. Og‘ir infeksiyalarda dozasi har 12 soatda 500 mg gacha oshirilishi mumkin. Odatdagi davolash davomiyligi 6-14 kunni tashkil etadi.

Helicobacter pylori eradikasiyasi uchun 250-500 mg dan sutkada 2 marta, odatda 7-14 kun davomida, boshqa dori vositalari bilan majmuada buyuriladi.

Mycobacterium avium infeksiyasi bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich doza 500 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda buyuriladi. Agar 3-4 hafta davomida klinik yoki bakteriologik ma‘lumotlar asosida yaxshilanish kuzatilmasa, u holda doza sutkada ikki marta 1000 mg gacha oshirilishi mumkin.

OITS bilan xastalangan bemorlarda MAC chaqirgan disseminasiyalangan infeksiyani davolash preparatning klinik yoki mikrobiologik samaradorligi qancha davom etsa, shuncha davom ettirish tavsiya etiladi. Klaritromisinni boshqa antibakterial dori vositalari bilan birga qo‘llash kerak.

Odontogen infeksiyalarni davolashda tavsiya etilgan doza 250 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 5 kun davomida qabul qilinadi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlar uchun kattalar uchun mo‘ljallangan dozalarda qo‘llanadi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Buyraklar faoliyati normal bo‘lganida kuchsiz ifodalangan va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam, buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda klaritromisinning dozasi 2 martaga kamaytirilishi kerak, ya‘ni sutkada bir marta 250 mg gacha yoki og‘irroq infeksiyalarda 250 mg sutkada ikki marta bo‘lishi kerak. Bunday pasientlarda davolash 14 kundan ortiq davom etmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – diareya, qusish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi; kam hollarda – glossit, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini kandidozi, til va tishlar rangini o‘zgarishi (qaytuvchan), jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan transaminazalarning faolligini o‘tkinchi oshishi va sariqlik bilan yoki sariqliksiz kechuvchi gepatosellyulyar va/yoki xolestatik gepatit (jigar faoliyatini buzilishi og‘ir darajada bo‘lishi mumkin va odatda qaytuvchan bo‘ladi), o‘tkir pankreatit, soxta membranoz kolit (o‘rtacha darajadan hayot uchun havf tug‘diruvchi darajagacha bo‘lishi mumkin). Jigar yetishmovchiligidan yagona o‘lim holati qayd etilgan, bu odatda jiddiy yondosh kasalliklari mavjud bo‘lganida va/yoki boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatilgan

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – o‘tkinchi bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, bezovtalik, uyqusizlik, qo‘rqinchli tushlar ko‘rish, quloqlarni shang‘illashi; kam hollarda – tirishishlar; juda kam hollarda – mialgiya, paresteziyalar, ongni chalkashishi, dezorientasiya, gallyusinasiyalar, psixoz va depersonalizasiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – qorinchalar taxikardiyasi, “piruet” tipidagi qorinchalar aritmiyasi, qorinchalarni lipillashi va xilpillashi, elektrokardiogrammada QT oralig‘ini uzayishi (boshqa makrolidlarda bo‘lgani kabi).

Sezgi a‘zolari tomonidan: juda kam hollarda – quloqlarda shovqin, quloqlarni shang‘illashi, hid bilishni buzilishi, ta‘m bilishni buzilishi (disgevziya); yakka hollarda – preparat bekor qilinganidan so‘ng o‘tib ketuvchi eshitishni yo‘qolishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – interstisial nefrit va buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi.

Allergik reaksiyalar: tez-tez emas – teri toshmasi, qichishish, eshakemi, terini qizarishi; kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar, havfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz.

Laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez emas – “jigar” transaminazalari, bilirubinning darajasini oshishi; juda kam hollarda – leykopeniya, trombositopeniya, protrombin vaqtini uzayishi, giperkreatininemiya, gipoglikemiya (gipoglikemik dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida).

Boshqalar: odatda kuzatilmaydigan qon ketishlar, qon quyilishi, mialgiya, preparat uzoq muddat yoki takroran qo‘llanganida superinfeksiya (mikroorganizmlarda chidamlilikni rivojlanishi) rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Klaritromisinga, preparatning boshqa komponentlariga yoki makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik;
  • Porfiriya;
  • Quyidagi preparatlar: astemizol, sizaprid, pimozid, terfenadinni bir vaqtda qabul qilish (chunki QT oraliqni uzayishiga va yurak aritmiyalari, jumladan qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyasiyasi hamda “piruet” turidagi qorinchalar taxikardiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin);
  • Klaritromisin va ergotamin yoki digidroergotaminni bir vaqtda qo‘llash (chunki ergotoksiklikka olib kelishi mumkin);
  • Homiladorlikni I uch oyligi;
  • Laktasiya davri;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Klaritromisin verapamil (kalsiy kanallarini bloklaydigan preparat) bilan birga qabul qilinganida arterial bosim pasayishi, bradiaritmiya va sut kislotali asidoz rivojlanishi mumkin.

Teofillinning yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlarda qon zardobida teofillinning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak, u klaritromisin bilan birga qabul qilish sababli oshishi mumkin.

Sog‘lom katta yoshdagi pasientlarda kuniga 40 mg omeprazolni qabul qilish fonida klaritromisinni 500 mg dan har 8 soatda qabul qilish omeprazolning Css oshishiga olib kelgan (Cmax, AUC, T1/2 muvofiq ravishda 30%, 89% va 34% ga oshgan). Me‘da shirasining rN qiymati omeprazol bilan monoterapiyada 5,2 va klaritromisin bilan birga qabul qilinganida 5,7 bo‘lgan.

Klaritromisinni ranitidin vismut sitrati bilan majmuada qo‘llash plazmada ranitidinning konsentrasiyasini (57%), vismutnikini (48%) va 14-gidroksi-klaritromisinnikini (31%) ga oshishiga olib kelgan. Ushbu samarasi klinik ahamiyatga ega emas.

OITV bilan infeksiyalangan katta yoshdagi pasientlarga klaritromisin (250 mg tabletka) va zidovudinni bir vaqtda qo‘llash zidovudinning muvozanatli konsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Klaritromisin va zidovudinning dozalarini tanlash kerak. Antibiotikni qabul qilish OITV bilan infeksiyalangan katta yoshdagi pasientlarda didanozinning farmakokinetikasiga statistik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Flukonazol 200 mg dozada har kuni va klaritromisin sutkada 1 g dozada birga qabul qilinganida klaritromisinning muvozanatli konsentrasiyasi va AUC muvofiq ravishda 33% va 18% ga oshishi mumkin. Klaritromisinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Klaritromisin va ritonavir, atazanavir yoki boshqa proteaza ingibitorlari bir vaqtda buyurilganida klaritromisinning AUC qiymati 77% ga oshadi, 14-gidroksi-klaritromisinning AUC qiymati esa 100% ga pasayadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml bo‘lgan pasientlarda klaritromisinning dozasini 50% ga kamaytirish kerak, kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda klaritromisinning dozasini 75% ga kamaytirish kerak.

Digoksin va klaritromisinni bir vaqtda olgan bemorlarning plazmasida digoksinning konsentrasiyasini oshishi yuzasidan xabarlar mavjud. Digitalis intoksikasiyasi va potensial letal aritmiyalarni rivojlanishidan saqlanish uchun zardobdagi digoksinning miqdorini doimo nazorat qilish kerak.

CYP3A va R-glikoprotein uchun substrat hisoblangan kolxisin va klaritromisin birga buyurilganida, boshqa makrolidlar – CYP3A va R-glikoprotein ingibitorlari kabi, ingibisiya bo‘lishi kolxisinning ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, kolxisinni toksik ta‘sir qilish simptomlarini aniqlash maqsadida pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan pasientlarda klaritromisin tolterodin bilan birga qo‘llanganida klaritromisin bo‘lganida (CYP3A izofermentlarining ingibitori) tolterodinning dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.

Klaritromisin va CYP3A izofermentlari tomonidan birlamchi metabolizmga uchraydigan dori vositalari birga qabul qilinganida ularning konsentrasiyalari o‘zaro oshishi mumkin, bu holat ham terapevtik, ham nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin.

Astemizol, sizaprid, pimozid, terfenadin, ergotamin va boshqa shoxkuya alkaloidlari, alprazolam, midazolam, triazolam bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Karbamazepin, silostazol, siklosporin, dizopiramid, lovastatin, metilprednizolon, bilvosita antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), xinidin, rifabutin, sildenafil, simvastatin, takrolimus, vinblastin, fenitoin, teofillin va valproat kislotasi bilan ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (sitoxrom R450 ning boshqa izofermentlari orqali metabolizmga uchraydilar). Dori vositalarining dozalariga tuzatish kiritish va qon zardobidagi konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Sizaprid, pimozid, terfenadin va astemizol bilan birga qo‘llanganida qonda ularning konsentrasiyalari oshishi, QT oralig‘i uzayishi va yurak aritmiyalari, shu jumladan qorinchalar paroksizmal taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyasiyasi, qorinchalar lipillashi yoki xilpillashi, “piruet” turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasi rivojlanishi mumkin. Bunday o‘zaro ta‘sir mexanizmi sitoxrom R450 tizimining boshqa izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalari – fenitoin, teofillin va valproat kislotasi qo‘llanganida kuzatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar bir vaqtda buyurilganida ularning qon zardobidagi konsentrasiyasi va EKG ni monitoringi talab etiladi.

Klaritromisin triazolamning klirensini kamaytirishi mumkin, va shu orqali uyquchanlikni rivojlanishi va ongni chalkashishi bilan kechuvchi farmakologik samaralarini oshirishi mumkin. Organizmdan chiqarilishi CYP3A izofermentlariga bog‘liq bo‘lmagan benzodiazepinlar (temazepam, nitrazepam, lorazepam) uchun klaritromisin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir qilish ehtimoli kam.

Efavirenz, nevirapin, rifampisin, rifabutin va rifapentin (sitoxrom R450 induktorlari) klaritromisinning plazmadagi konsentrasiyasini pasaytiradilar va uning terapevtik samarasini susaytiradilar va shu bilan birga 14-gidroksi-klaritromisinning konsentrasiyasini oshiradilar.

Ergotamin va digidroergotamin (shoxkuya derivatlari) bilan birga qo‘llash og‘ir darajadagi periferik vazospazm, qo‘l-oyoqlar va boshqa to‘qimalar ishemiyasi, shu jumladan markaziy nerv tizimi ishemiyasi va sezuvchanlikni o‘zgarishlari bilan namoyon bo‘luvchi o‘tkir ergotamin intoksikasiyasiga olib kelishi mumkin.

Klaritromisin gidroksimetilglutaril-KoA-reduktaza ingibitorlari – lovastatin va simvastatin bilan bir vaqtda qabul qilinganida rabdomioliz rivojlanganligini juda kam hollari ta‘riflangan.

Klaritromisin va makrolidlar guruhiga mansub boshqa antibiotiklar, shuningdek linkomisin va klindamisin o‘rtasida kesishgan chidamlilik rivojlanishi mumkinligiga e‘tibor berish kerak.

Klaritromisin va itrakonazol birga qabul qilinganida plazmada preparatlarning konsentrasiyasi ikki tomonlama oshishi mumkin. Ushbu dori vositalarning farmakologik samaralari kuchayishi yoki uzayishi mumkinligi tufayli itrakonazol va klaritromisinni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Klaritromisin (sutkada 1 g) va sakvinavir (yumshoq jelatin kapsulalarda, 1200 mg kuniga 3 marta) bir vaqtda qabul qilinganida sakvinavirning AUC va muvozanatli konsentrasiyasi muvofiq ravishda 177% va 187% ga, klaritromisinniki esa 40% ga oshishi mumkin. Ushbu ikkita dori vositasini cheklangan muddat davomida, yuqorida ko‘rsatilgan dozalar / dori shakllarida birga buyurilganida dozalariga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Oradro preparatini homiladorlikda, muqobil davolash bo‘lmagan hollardan tashqari hollarda qo‘llash mumkin emas. Bunday hollarda, shuningdek preparatni qabul qilish vaqtida homiladorlik kuzatilganida homila uchun potensial havfni inobatga olish kerak.

O‘rtacha va yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga klaritromisin buyurilganida jigarning funksional holatidan qat‘iy nazar yoki bir martalik dozani kamaytirish, yoki antibiotikni qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliqni uzaytirish kerak. Klinika amaliyotida, ayniqsa keksa yoshdagi odamlarga kolxisin klaritromisin bilan majmuada qo‘llanganida kolxisinning toksikligi ta‘riflangan. Ularning ba‘zilari buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan; bunday pasientlarda bir necha o‘lim hollari kuzatilganligi yuzasidan xabarlar berilgan.

Kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan kam bo‘lgan pasientlarga va anamnezida o‘tkir porfiriya hollari bo‘lgan pasientlarga klaritromisinni ranitidin vismut sitrati bilan majmuada buyurish tavsiya etilmaydi.

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga buyurilganida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydigan preparatlarni qabul qilish fonida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (qon zardobida ularning konsentrasiyasini o‘lchash tavsiya etiladi).

Oradro preparati varfarin yoki boshqa bilvosita antikoagulyantlar bilan birga buyurilganida protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.

Davolanish vaqtida yoki davolangandan so‘ng og‘ir va davomli diareya rivojlanganida, preparatni zudlik bilan bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish talab etiladigan soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak.

Klaritromisin bilan davolash o‘tkazilganida gravis miasteniyasining simptomlarini zo‘rayishi va miastenik sindromning simptomlarini paydo bo‘lishi kuzatilgan.

Antibiotik asossiz davomli yoki takroriy qo‘llanganida superinfeksiya (sezgir bo‘lmagan bakteriyalar va zamburug‘larni o‘sishi) rivojlanishi mumkin. Ikkilamchi infeksiya rivojlanganida adekvat davolash buyurilishi kerak. Oradro preparati va makrolidlar guruhiga mansub boshqa antibiotiklar, shuningdek linkomisin va klindamisinni o‘rtasida kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Klaritromisin Helicobacter pylori ni eradikasiyasi uchun qo‘llanganida antibiotikni qabul qilish tugaganidan so‘ng kamida 4 haftadan keyin qo‘zg‘atuvchini borligiga nazorat tekshiruvini o‘tkazish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homilador va emizikli ayollarda klaritromisinni qo‘llash havfsizligi o‘rganilmagan. Homiladorlikning I uch oyligida klaritromisinni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida klaritromisinni faqat muqobil davolash bo‘lmaganida va ona uchun preparatni qabul qilishdan kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina buyurish mumkin.

Klaritromisin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Laktasiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

 

Pediatriyada qo‘llanishi

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Klaritromisinni avtotransportni haydash va mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Biroq, transport va mexanik vositalarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (klaritromisin bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi va/yoki dezorientasiya rivojlanishi mumkin).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bosh aylanishi, ongni chalkashishi rivojlanishi mumkin.

Davolash: dozasi oshirib yuborilganida zudlik bilan me‘dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkazish ko‘rsatilgan.

Gemodializ va peritoneal dializ qon zardobida klaritromisinning konsentrasiyasini ahamiyatli darajada pasayishiga olib kelmaydi.

Chiqarilish shakli

Oradro 250 mg: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 7 yoki 14 tabletka blisterda. 7 tabletkadan 2 blister yoki 14 tabletkadan 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Oradro 500 mg: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 7 tabletka blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORADRO granuli 250mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORADRO granuli 250mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORADRO granuli 250mg/5ml dori vositasi Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORADRO granuli 250mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORADRO granuli 250mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NEVRALON eritma 2ml N5
Narh: 53 800 so'mdan Batafsil
NEVRALON tabletkalari N20
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
DAPORIN tabletkalari 30mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Dapoksetin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
ARISTA tabletkalari 20mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Tadalafil ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
SEMILAKT tabletkalari 100 mg 100/20 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Spironolakton, Furosemid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
SEMILAKT tabletkalari 50 mg 50/20 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Spironolakton, Furosemid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
RIZOPROL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Bisoprolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
AMVASTAN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Atorvastatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
FLAPROKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Siprofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
TOKSIVENOL tabletkalari 300 mg 300 mg+3 mg N30
ROLINOZ tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ROLINOZ tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
LIMENDA suppozitorii 750mg/200mg N7
Narh: 65 100 so'mdan Batafsil
BRAVEKS suspenziya 100ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 27 900 so'mdan Batafsil
ARTOKSAN tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Tenoksikam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 42 400 so'mdan Batafsil
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
LONDROMAKS tabletkalari 70mg N4
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
ORADRO tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Klaritromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
ORADRO tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Klaritromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
DAPORIN tabletkalari 60mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Dapoksetin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
FLAPROKS tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Siprofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ROFLOKSAN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
ROTAZAR tabletkalari 300mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Irbesartan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ROTAZAR tabletkalari 150mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Irbesartan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ROTAZAR PLYUS tabletkalari 300mg/25mg N28
Другие формы препарата
ORADRO tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Klaritromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
ORADRO tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Klaritromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9