×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORITAKSIM poroshok 1000mg

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Цефотаксим
Ishlab chiqaruvchi:
- Cadila Pharmaceuticals Limited
ATX kodi:
- J01DA10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SUMAMOKS kapsulalar 250mg N6 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
33 400 s`om dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1 Aculife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
2 200 s`om dan
ZITMAK tabletkalari 250mg N6 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
25 000 s`om dan
29 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORITAKSIM poroshok 1000mg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORITAKSIM

ORITAXIM

 

Preparatning savdo nomi: Oritaksim

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sefotaksim

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi

Bir flakonda quyidagilar saqlanadi:

faol modda: sefotaksim natriyli tuzi – 1000 mg sefotaksimga ekvivalent

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DA10

Farmakologik xususiyatlari

Parenteral yuborish uchun III avlod sefalosporin antibiotigi. Mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini buzib, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Keng ta‘sir doirasiga ega. Boshqa antibiotiklarga chidamli bo‘lgan grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (shu jumladan, Staphylococcus aureus, penisillinaza hosil qiluvchi shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Enterococcus species, Enterobacter spp., Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan, penisilinaza hosil qiluvchi shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan, Kl. pneumoniae), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan, penisilinaza hosil qiluvchi shtammlari), Acinetobacter species, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix insidiosa, Eubacterium spp., Propionibacterium spp., Bacillus subtilis, Clostridium spp. (shu jumladan, Clostridium perfringens), Escherichia coli, Citrobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus indole, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan, Providencia rettgeri), Serratia spp., Pseudomonas aeruginosa, Neisseria meningitidis, Bacteroides spp. (shu jumladan, Bacteroides fragilis ning ayrim shtammlari), Fusobacterium spp. (shu jumladan, Fusobacterium nucleatum), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.

Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning ko‘pchilik beta-laktamazalariga, stafilokokklar, Clostridium difficile ning penisillinazasiga nisbatan chidamli.

 

Farmakokinetikasi

Vena ichiga (v/i) 1,0 g bir marta yuborilganidan keyin maksimal konsentrasiyaga (Smax) 5 minutdan keyin erishadi va u 100 mkg/ml ni tashkil qiladi. Mushak ichiga (m/i) 1,0 g dozada yuborilganidan keyin Smax ga 0,5 soatdan keyin erishadi va u 21 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 25-40%.

Organizmning ko‘pchilik to‘qimalari (miokard, suyaklar, o‘t pufagi, teri, yumshoq to‘qimalar) va suyuqliklarida (sinovial, perikardial, plevral, balg‘am, o‘t-safro, siydik, orqa miya suyuqligi) terapevtik konsentrasiyalarni hosil qiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 0,25-0,39 l/kg. Yarim chiqarilish davri (T1/2) v/i yuborilganida – 1 soatni, m/i yuborilganida 1-1,5 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali 60-70% o‘zgarmagan holda, qolgan qismi esa metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida va keksa yoshdagi shaxslarda T1/2 ikki marta uzayadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda T1/2 – 0,75-1,5 soat, chala tug‘ilgan chaqaloqlarda 4,6 soatgacha uzayadi. Vena ichiga 1,0 g dozada har 6 soatda 14 kun davomida takroran yuborilganida kumulyasiya kuzatilmaydi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga kiradi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan og‘ir kechuvchi infeksiyalar: markaziy nerv tizimining infeksiyalari (meningit), nafas yo‘llari va LOR-a‘zolari, siydik-chiqarish yo‘llari, suyaklar, bo‘g‘imlar, teri va yumshoq to‘qimalar, kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari (shu jumladan, xlamidioz, gonoreya), infeksiyalangan jarohatlar va kuyishlar, peritonit, septisemiya, bakteriemiya, abdominal infeksiyalari, endokardit, Layma kasalligi, tif isitmasi, immun tanqisligi fonidagi infeksiyalarni davolash, xirurgik operasiyalari (shu jumladan, urologik, akusher-ginekologik, me‘da-ichak yo‘llaridagi) dan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat m/i va v/i (oqim bilan yoki tomchilab) buyuriladi.

Kattalar va tana vazni 50 kg va undan ortiq bo‘lgan bolalarga: asoratlanmagan infeksiyalarda, shuningdek siydik-chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida – m/i yoki v/i 1,0 g dan har 8-12 soatda; asoratlanmagan o‘tkir gonoreyada – m/i, 1,0 g bir marta, o‘rtacha og‘irlikdagi infeksiyalarda m/i yoki v/i, 1,0 g- 2,0 g dan har 12 soatda, infeksiyani og‘ir kechishida, masalan, meningitda – v/i, 2,0 g dan har 4-8 soatda, maksimal sutkalik dozasi – 12 g. Davolashning davomiyligi individual ravishda belgilanadi.

Infeksiyalarning rivojlanishini oldini olish maqsadida jarrohlik operasiyasi oldidan umumiy anesteziyaga kiritish vaqtida 1,0 g bir marta yuboriladi. Zarurati bo‘lganida 6-12 soatdan keyin takroran yuboriladi.

Keserev kesishida – qisqichlarni kindik venasiga qo‘yish vaqtida – v/i 1,0 g, so‘ngra birinchi dozadan keyin 6 va 12 soatdan keyin – qo‘shimcha 1,0 g yuboriladi.

Kreatinin klirensi (K/K) 20 ml/min/1,73 m² va undan kamroq bo‘lganida doza 2 martaga kamaytiriladi.

Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga va 1 haftalikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga – v/i tana vazniga 50 mg/kg dan har 12 soatda, 1-4 haftalik davrida – v/i tana vazniga 50mg/kg dan har 8 soatda, tana vazni 50 kg gacha bo‘lgan bolalarga – v/i yoki m/i (2,5 yoshdan oshgan bolalarga) tana vazniga 50-180 mg/kg dan 4-6 martaga bo‘lib yuboriladi. Infeksiyani og‘ir kechishida, shu jumladan meningitda, bolalarda sutkalik doza 100-200 mg/kg gacha oshiriladi, m/i yoki v/i 4-6 martaga bo‘lib yuboriladi, maksimal sutkalik doza – 12 g.

In‘eksion eritmalarni tayyorlash: v/i in‘eksiya qilish uchun erituvchi sifatida in‘eksiya uchun suv ishlatiladi (1,0 g – 4 ml erituvchida, 2,0 g – 10 ml da eritiladi); v/i infuziya (tomchilab) qilish uchun erituvchi sifatida 0,9% natriy xloridi yoki 5% dekstroza eritmasi ishlatiladi (1,0 g – 2,0 g – 50-100 ml da erituvchida eritiladi). Infuziyaning davomiyligi 50-60 minutni tashkil qiladi. M/i yuborish uchun in‘eksiya uchun suv yoki 1% lidokain eritmasi (preparatning 0,5 g dozasi uchun – 2 ml, 1,0 g dozasi uchun – 4 ml) ishlatiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalari: eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, qichishish, kam hollarda – bronxospazm, eozinofiliya, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi, oliguriya, interstisial nefrit.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, qorinda og‘riq, disbakterioz, jigar faoliyatini buzilishi, kam hollarda – stomatit, glossit, soxta membranoz enterokolit.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, granulositopeniya, trombositopeniya, gemolitik anemiya, gipokoagulyasiya.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: markaziy venaga bolyus holida tez yuborilganidan keyin hayot uchun potensial xavfli aritmiyalar.

Mahalliy reaksiyalar: flebit, vena yo‘li bo‘ylab og‘riqlar, m/i yuborilgan joyida og‘riq va infiltrat.

Laborator ko‘rsatkichlar: azotemiya, qondagi mochevinaning konsentrasiyasini oshishi, «jigar» transaminazalari va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, musbat Kumbs reaksiyasi.

Boshqalar: superinfeksiya (xususan, kandidozli vaginit).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, penisillinlarga, boshqa sefalosporinlarga, karbapenemlarga, lidokainga), homiladorlik, 2,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar (m/i yuborish), anamnezda qon ketishlar, enterokolitda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, surunkali buyrak yetishmovchiligi, nospesifik yarali koliti bo‘lgan bemorlar (shu jumladan, anamnezda).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antiagregantlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanganida qon ketishini xavfi oshadi.

Aminoglikozidlar, polimiksin V va «halqali» diurektiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida buyraklarni shikastlanish ehtimoli oshadi.

Naychalar sekresiyasini bloklovchi dori vositalari, sefotaksimning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi va uni chiqarilishini sekinlashtiradi.

Sefotaksim va etanol bir vaqtda qo‘llanganida disulfiramga xos bo‘lgan reaksiyalar (yuzning qizarishi, me‘da sohasida spazm, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, arterial bosimini pasayishi, taxikardiya, hansirash) rivojlanishi mumkin.

Bir shpris yoki tomchilagichda boshqa antibiotiklarning eritmalari bilan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashning birinchi haftalarida og‘ir, davomli diareya bilan namoyon bo‘luvchi soxta membranoz kolit rivojlanishi mumkin. Bunda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi va adekvat davolash jumladan, vankomisin yoki metronidazol buyuriladi.

Anamnezida penisillinlarga allergik reaksiyalari bo‘lgan pasientlar, sefalosporin antibiotiklariga ham yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lishlari mumkin.

Preparat bilan 10 kundan ko‘proq vaqt davolanganda, periferik qonning shaklli elementlari miqdorini nazorat qilish kerak.

Sefotaksim bilan davolanish vaqtida soxta musbat Kumbs sinamasi va siydikda glyukozani soxta musbat natijalari olinishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Zarurati bo‘lganida preparatni homiladorlik davrida ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Sefotaksim ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi, shuning uchun preparat laktasiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tirishishlar, ensefalopatiya (katta dozalar yuborilganida, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), tremor, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi.

Davolash: simptomatik, maxsus antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

Preparat 1,0 g dan rezina tiqinlar bilan germetik berkitilgan, qalpoqcha bilan siqilgan flakonlarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutilarga joylangan.

Saqlash sharoiti

300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORITAKSIM poroshok 1000mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORITAKSIM poroshok 1000mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORITAKSIM poroshok 1000mg dori vositasi Cadila Pharmaceuticals Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORITAKSIM poroshok 1000mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORITAKSIM poroshok 1000mg dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFOSIN poroshok 1g
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акционерное Курганское общество медицинских препаратов и изделий «Синтез», Россия.
DOMETAKSIM poroshok 1000mg N10
SEFOTAKSIM poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
BAKSIM poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Private) Limited, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
BAKSIM poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Private) Limited, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
SEFANTRAL poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Concept Pharmaceutical Limited, Индия произведено: Lupin Ltd
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
NEKAKSIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
ATAKSIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ABiPharm LLC
Narh: 35 990 so'mdan Batafsil
SEFFAST poroshok 0,5g N1
ULFARAN poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
KLAFORAN poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Aventis Ilaclari Ltd. Sti, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. А.S.
Narh: 47 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEFIKAD poroshok 1000mg N1
FITOBAKT poroshok 1000mg 1000 mg+1000 mg N1
TELI G tabletkalari 40mg 40 mg + 12,5 mg N30
RABELOK liofilizat 20mg
GEM AP sirop 200ml
SEFIKAD poroshok 1000mg N1
TAMBAK 200 tabletkalari 200mg N10
TAMBAK 100 tabletkalari 100mg N10
FLUZON 150 tabletkalari 150mg N2
SEFIKAD poroshok 2000mg N1
DOLAK tabletkalari 10mg N20
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
ZILARGI tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TAMBAK 100 tabletkalari 100mg N60
RABELOK 20 tabletkalari 20mg N14
ONSETT inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5
TAMBAK 50 poroshok 36g 50mg/5ml
TRIGAN D tabletkalari N100
DOLAK eritma 1 ml 30 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
FLYUDAK kapsulalar 20 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TELI 80 tabletkalari 80 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TELI 80 tabletkalari 80 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TELI 40 tabletkalari 40 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TELI 40 tabletkalari 40 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
ROSMI 20 tabletkalari 20 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9