×
×
  • ORNINAT infuziya uchun eritma 200ml 5mg/ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORNINAT infuziya uchun eritma 200ml 5mg/ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
- Юрия-Фарм, ООО
ATX kodi:
- J01XD03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1 Karbon Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
43 100 s`om dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20 Remedy, СП ООО Узбекско-Британское O'zbekiston
3 000 s`om dan
ZIROMIN poroshok 30ml 200mg/5ml World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
47 000 s`om dan
OFLO infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) Hindiston
23 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORNINAT infuziya uchun eritma 200ml 5mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORNINAT®

ORNINAT

 

Preparatning savdo nomi: Orninat®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ornidazol

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg ornidazol

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Imidazol hosilalari.

ATX kodi: J01XD03.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Orninat® – 5-nitroimidazolning hosilasi, metronidazol va boshqa 5-nitro-imidazollarning ta‘siriga o‘xshash antibakterial ta‘sirga ega.

Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia(Giardia intestinalis), shuningdek Gardnerella vaginalis, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium kabi ayrim anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol. Balantidium coli, Blastocystis hominis, Trichomonas vaginalis, Trichomonas foetus, Giardia intestinalis va Entamoeba histolytica ga qarshi protozoylarga qarshi ta‘sirga ega.

Ta‘sir mexanizmi bo‘yicha Orninat® – DNK-trop preparat, nitroguruxni tiklash va oqsillarning feridoksinlarini nitrobirikmalar bilan o‘zaro ta‘sirini katalizlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ferment tizimlariga ega mikroorganizmlarga nisbatan tanlov faollikka ega. Preparat mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta‘sir mexanizmi, mikroorganizmning nitroreduktazalari ta‘siri ostida nitroguruhni tiklanishi va tiklangan nitroimidazolning faolligi bilan bog‘liq. Tiklanish mahsulotlari DNK bilan majmualar hosil qiladi, bu uni degradasiyasiga olib keladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparatning metabolizmini mahsulotlari sitotoksik xususiyatlarga ega va xujayra nafasi jarayonlarini buzadi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga tomchilab 15 mg/kg boshlang‘ich dozada yuborilganida va keyingi tana vazniga 7,5 mg/kg dozada xar 6 soatda yuborilganida, maksimal muvozanat konsentrasiyasi
26 mkg/ml, minimali esa – 18 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ornidazol organizmning safro, so‘lak, plevral, peritoneal va orqa miya suyuqligi (qon plazmasidagi konsentrasiyasidan taxminan 43%), qin sekreti, suyak to‘qimasi, jigar, eritrositlar kabi ko‘pchilik to‘qimalari va biologik suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% dan kamroqni tashkil qiladi. Ornidazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga chiqariladi. Organizmda preparatning deyarli 30-60% gidroksil guruhini qo‘shilishi, oksidlanishi va uglevod zanjirini fermentativ qo‘shilishi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va antibakterial ta‘sirga ega. Ornidazol bir marta yuborilganidan keyin asosan siydik bilan (60-80%), qisman – o‘t-safro bilan o‘zgarmagan holda va metabolitlari ko‘rinishida 5 sutka davomida chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatni parenteral yuborish o‘tkir va og‘ir hollarda yoki quyidagi kasalliklar va holatlarda og‘iz orqali qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rsatilgan:

  • ornidazolga sezgir mikroflora chaqirgan anaerob tizimli infeksiyalar: septisemiya, meningitlar, peritonit, operasiyadan keyingi jarohat infeksiyalari, tug‘ruqdan keyingi sepsis, septik abort va endometrit;
  • xirurgik aralashuvlar (ayniqsa chambar va to‘g‘ri ichakdagi), ginekologik operasiyalardagi anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish;
  • kechishi og‘ir bo‘lgan amebali dizenteriya, amebiazning barcha ichakdan tashqari shakllari, lyamblioz, jigar abssessi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga 15-30 minut davomida yuboriladi.

Anaerob infeksiyada kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 500-1000 mg boshlang‘ich dozada qo‘llanadi, keyin – 500 mg dan har 12 soatda yoki 1000 mg dan har 24 soatda 5-10 kun davomida (pog‘onali doza). Pasientning holati barqarorlanganidan keyin, ornidazolni og‘iz orqali qabul qilishga o‘tish kerak (masalan, 500 mg li tabletkalar, 1 tabletkadan har 12 soatda).

Tana vazni 6 kg dan katta 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkalik doza tana vazniga 20 mg/kg hisobidan buyuriladi, 2 yuborishga bo‘lingan, 5-10 sutka davomida.

Anaerob infeksiyalarni oldini olish uchun kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga Orninat® vena ichiga 500-10000 mg dozada operativ aralashuvdan yarim soat oldin yuboriladi.

Aralash infeksiyalarni oldini olish uchun Orninat®ni aminoglikozidlar, penisillin yoki sefalosporinlar bilan birga qo‘llash kerak. Preparatlarni alohida yuborish kerak.

Kechishi og‘ir bo‘lgan amebali dizenteriya, amebiazning barcha ichakdan tashqari shakllari. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun birinchi yuborish 500-1000 mg ni tashkil qiladi, keyin – 500 mg dan xar 12 soatda, 3-6 sutka davomida.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Orninat® tana vazniga 20-30 mg/kg hisobidan yuboriladi, 2 yuborishga bo‘lingan.

Buyraklar faoliyatini buzilishida yuborishlar orasidagi interval uzaytiriladi yoki preparatning bir martalik va sutkalik dozasi pasaytiriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: metall ta‘mi, og‘izni qurishi, tilni oqarishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, qorin og‘rig‘i, diareya, qusish, jigar sinamalarining ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, mushaklarning rigidligi, harakat koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiyaning belgilari.

Allergik reaksiyalar: juda kam – angionevrotik shish; teri toshmalari, qichishish, eshakemi.

Boshqalar: o‘rtacha leykopeniya, siydik rangini to‘qlashishi, yurak-qon tomir buzilishlari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Markaziy nerv tizimining organik kasalliklari.
  • Tutqanoq, tarqalgan skleroz.
  • Qon aylanishini buzilishi.
  • Surunkali alkogolizm.
  • Homiladorlikning I uch oyligi va emizish davri.
  • Tana vaznini 6 kg dan kamligi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini potensiyalaydi, bu dozani muvofiq to‘g‘irlashni talab qiladi. Ornidazol vekuroniy bromidining miorelaksasiyalovchi ta‘sirini uzaytiradi.

Preparatning konsentrasiyasi mikrosomal fermentlarning induktorlari (fenobarbital, rifampisin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayadi va jigarning mikrosomal tizimi ingibitorlari, xususan N2-reseptorlarning blokatorlari (simetidin) bilan bir vaqtda ishlatilganida oshadi.

5-nitroimidazolning boshqa hosilalari bilan qo‘llanganida periferik nevrit, ruhiy depressiya, tutqanoqqa o‘xshash tirishishlarni alohida hollari haqida xabar berilgan.

Nomutanosibligi: Eritma boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (dozani kamaytirish kerak), bosh miyani shikastlanishi bo‘lgan bemorlarga, qon yaratilishini buzilishi bo‘lgan bemorlarga (leykopeniya, neytropeniya rivojlanishining katta xavfi); alkogolni suiiste‘mol qiluvchi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladarlik va emizish davrida qo‘llanishi.

Orninat®ni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. II va III oyliklarida preparat faqat mutlaq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi.

Laktasiya davrida Orninat® preparatini qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Agarda bolaning tana vazni 6 kg dan kam bo‘lmasa 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qabul qilish uchun qarshi ko‘rsatmalar bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Orninat® diqqatni jamlash qobiliyatini va psixomotor reaksiyalar tezligini pasaytiradi.

Avtotransportni boshqaruvchi yoki boshqa mexanizmlarda ishlovchi pasientlar bunday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: hushni yo‘qotish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qaltirash, tirishishlar, depressiya, periferik nevrit, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: simptomatik, spesifik antidoti ma‘lum emas.

 

Chiqarilish shakli

100 ml yoki 200 ml dan butilkalarda, 1 butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORNINAT infuziya uchun eritma 200ml 5mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORNINAT infuziya uchun eritma 200ml 5mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORNINAT infuziya uchun eritma 200ml 5mg/ml dori vositasi Юрия-Фарм, ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORNINAT infuziya uchun eritma 200ml 5mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORNINAT infuziya uchun eritma 200ml 5mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Narh: 170 200 so'mdan Batafsil
KSILAT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
KSAVRON inyeksiya uchun eritma 20ml 1,5mg/ml N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 219 000 so'mdan Batafsil
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 150mg/ml
NEYROSITIN eritma 100ml
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
SANGERA eritma 5ml 100mg/ml N5
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
INGAMIST eritma 3ml 100mg/ml N10
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
GEKOTON infuziya uchun eritma 200ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10
Narh: 68 300 so'mdan Batafsil
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Narh: 22 700 so'mdan Batafsil
NALBUFIN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
GLYUKSIL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
LEFLOSIN eritma 100ml 500mg/ml
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10
GRANDAZOL infuziya uchun eritma 200ml 5mg/2,5mg N1
SORBILAKT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 200ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 39 500 so'mdan Batafsil
REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9