×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Ондансетрон
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd
ATX kodi:
- A04AA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MIKROLAKS eritma 5ml N4 Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Фамар Орлеан Frantsiya
TURBO gel 100ml Gruziya
84 300 s`om dan
DIARKAL tabletkalari N30 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OSETRON®

OSETRON

Preparatning savdo nomi: Osetron®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ondansetron

Dori shakllari: qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 4 mg va 8 mg.

                                in‘eksiya uchun eritma ampulalarda, 4 mg/2 ml va 8 mg/4 ml

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda – ondansetron gidroxloridi 4,988 mg yoki 9,976 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, magniy stearati, suvsiz kremniy kolloidi, gipermelloza (15 cps), titan dioksidi, tozalangan talk, propilenglikol, dixlormetan*, izopropil spirti* (*ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotiladi).

In‘eksiya uchun 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda – ondansetron gidroxloridi 2,494 mg

yordamchi moddalar: limon kislotasi, monogidrati, natriy sitrati, natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi

Tabletkalar: oq, dumaloq ikkiyoqlama qabariq bir tomonida «Rx» yozuvi va boshqa tomoni tekis yuzali tabletkalar.

In‘eksiya uchun eritma: tiniq USP 1 tur 2 va 5 ml qajmli ampulalarga to‘ldirilgan tiniq, rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: qusishga karshi vosita

ATX kodi: A04AA01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ondansetron – qusishga qarshi vosita, yuqori selektiv va 5NT3 reseptorlarini raqobatli antagonisti (periferik va markaziy nerv tizimida joylashgan serotonin reseptorlarining kichik sinfi). Ximioterapevtik preparatlar va nur bilan davolash me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatining enteroxromafin hujayralaridan serotoninni ajralib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin, bu qusish refleksini, hamda u bilan birga kechuvchi ko‘ngil aynishi hissini chaqiradi. Osetron® bu refleksda ishtirok etadigan periferik nervlarning 5NT3 reseptorlarni presinaptik membranalarini selektiv bloklaydi. Bundan tashqari, preparat bosh miya o‘zagida joylashgan 5NT3 reseptorlariga ta‘sir qiladi. Shunday qilib, ondansetron ximio- va radio terapiya chaqirgan ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qiladi, bu qanday-bo‘lmasin jiddiy ekstrapiramid samaralarni chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

Ondansetron ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan to‘liq so‘riladi va jigardan birinchi o‘tishda metabolizmga uchraydi. Qon plazmasidagi cho‘qqi konsentrasiyasiga (Smax) peroral qabul qilingandan keyin taxminan 1,5 soat o‘tgach 8 mg ondansteron vena ichiga yuborilganidan keyin 5 minut o‘tgach 80-100 mkg/l ga teng Smax ga erishiladi. Preparatni biokirishaolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi, bir vaqtda ovqat qabul qilinganida biroz oshadi.

Og‘iz orqali qabul qilinganida, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda ondasteronning taqsimlanishi bir xil. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi o‘rtacha va 70-76% ni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning asosiy qismi (85-90%) jigarda sitoxrom R450 ishtirokida indol siklining birikmalarigacha gidroksillanadi, so‘ngra esa glyukuron va oltingugurt kislotasi bilan kon‘gasiya qiladi.

Metabolitlar ahlat va siydik bilan chiqariladi. Preparatning taxminan 10% o‘zgarmagan holda chiqariladi.

8 mg ondansetronni keyingi og‘iz orqali buyurilganda qon plazmasidagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 1,6 soat o‘tgach erishiladi. Umumiy taqsimlanish hajmi 1,9 l/kg ni tashkil qiladi, yarim chiqarilish davri 5 soatgacha oshadi. Ondasteronning farmakokinetik parametrlari ko‘p marta yuborilganida o‘zgarmaydi.

Jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ondasteronni tizimli klirensi keskin kamayadi, buning natijasida uning yarim chiqarilish davri uzayadi          (15-32 soatgacha), og‘iz orqali qabul qilinganidagi biokirishaolishligi tizim oldi metabolizmini kamayishi oqibatida 100% ga yetadi.

Qo‘llanilishi

Sitostatik ximioterapiya yoki nur bilan davolash, chaqirgan, hamda operasiyadan keyingi davrdagi ko‘ngil aynishi va qusishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sitostatik davolashni o‘tkazishdan oldin dozalash tartibi qusish reaksiyasining yaqqollik darajasiga ko‘ra shaxsiy. Osetronning maksimal sutkalik dozasi 32 mg ni tashkil qiladi, jigar funksiyasining o‘rtacha va og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun – 8 mg.

In‘eksiya uchun eritma shaklidagi osetronni mushak ichga yoki vena ichiga bir martalik in‘eksiya yoki infuziya orqali yuborish mumkin. Osetronning infuziya uchun eritmasini tayyorlash uchun 0,9% natriy xloridi eritmasi, 5% glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi ishlatiladi. Infuzion yuborish uchun eritma bevosita yuborishdan oldin tayyorlanadi; to‘liq ishlatilgunicha 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt 2-8°S haroratda saqlanadi. Infuziyani o‘tkazish vaqtida yorug‘likdan himoya qilish talab qilinmaydi (me‘yoriy yorug‘likda).

Emetogen ximioterapiyasi va nur bilan davolash

Kattalarga 8 mg dozada vena ichiga asta-sekin davolashdan bevosita oldin yoki ichga davolashni o‘tkazishdan oldin, keyinchalik ichga 8 mg dan 12 soatlik oraliqda buyuriladi. Kechki yoki muddati uzaygan qusishlarni oldini olish uchun birinchi 24 soatdan keyin 8 mg dozani, keyinchalik ichga sutkada 2 martadan ximioterapiya tugagandan boshlab 5 kungacha davom ettirish kerak.

Yuqori emetogen ximioterapiyasi

  • bir martalik 8-32 mg dozada vena ichiga asta-sekin bevosita ximioterapiyani o‘tkazishdan oldin: 8 mg dozadan yuqori dozada yuborilganida osetronni 50-100 ml vena ichiga qo‘yish uchun eritmada (0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi) suyultirish va infuziyani kamida 15 minut davomida o‘tkazish kerak.
  • 8 mg doza vena ichiga asta-sekin ximioterapiya kursini o‘tkazishdan oldin, so‘ngra vena ichiga 2 marta 8 mg dozada 2-4 soatlik oraliq bilan yoki vena ichiga tomchilab soatiga 1 mg dozada 24 soat davomida.

Kechki yoki muddati uzaygan qusishni bartaraf qilish uchun birinchi 24 soatdan keyin osetronni ichiga 8 mg dozada sutkada 2 marta ximioterapiya tugagandan keyin 5 kungacha bo‘lgan muddatda qo‘llash tavsiya qilinadi.

Bolalarga bir martalik vena ichiga in‘eksiyalar ko‘rinishida 5 mg/m2 dozada ximioterapiya o‘tkazishdan bevosita oldin, keyinchalik ichga 4 mg dozada in‘eksiyadan 12 soat keyin buyurish mumkin. Qusishni oldini olish uchun keyingi 5 kun davomida osetron® ichga 4 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.

Operasiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusish

Kattalar: operasiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qilish uchun osetron® ichga 16 mg dozada anesteziyadan 1 soat oldin buyuriladi. 4 mg ni muqobil asta-sekin vena ichiga yoki anesteziya induksiyasi vaqtida in‘eksiya ko‘rinishida buyurish mumkin. Operasiyadan keyingi rivojlangan ko‘ngil aynish va qusishni bartaraf qilish uchun 4 mg ni bir marta mushak ichiga yoki vena ichiga asta-sekin yuborish tavsiya qilinadi.

Bolalar: bolalarda operasiyadan keyingi ko‘ngil aynish va qusishni bartaraf qilish uchun osetronni 0,1 mg/kg dozada (maksimal 4 mg gacha asta-sekin vena ichiga in‘eksiya ko‘rinishida anesteziya induksiyasi vaqtida yoki undan keyin buyurish mumkin. Bolalarda operasiyadan keyingi rivojlangan ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qilish uchun, shuningdek osteronni 0,1 mg/kg dozada (maksimal 4 mg gacha) asta-sekin vena ichiga in‘eksiyasi ko‘rinishida buyurish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • bosh og‘rig‘i,bosh aylanishi, ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi (noaniqlik, akkomadasiyani buzilishi), MNT susayishi, paresteziyalar, holsizlik, tirishish xurujlari, ekstrapiramid simptomatika, hushni yo‘qotish.
  • qabziyat, diareya, og‘izniqurishi, hichoq tutish, aminotransferazalar darajasini (ACT yoki ALT) tranzitor oshishi, jigar yetishmovchiligi.
  • issiqni va yuzga qonoqib kelishini his qilish gipokalemiya, taxikardiya yoki bradikardiya, gipotenziya, hushni yo‘qotish, kukrakda og‘riqlar (anginoz turi), ritmni buzilishi, II darajali atrioventrikulyar blokadani ham qo‘shib.
  • eshakemi, bronxospazm, angionevrotik shish, anafilaksiya, og‘riq, in‘eksiya joyida qizarish va achishish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • ondansetronga yoki preparatning qanday bo‘lmasin komponentiga yuqori sezuvchanlik
  • homiladorlik, emizish, (davolash vaqtida to‘xtatiladi)
  • bolalar: anesteziya holida 2 yoshgacha, ximioterapiyada – 4 yoshgacha qo‘llash mumkin emas.

Dorining o‘zaro ta‘siri

Osetron® jigarda sitoxrom R450 ferment tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydi – R450 fermenti (CYP2D6 va CYP3A) ingibitorlari:

– allopurinol, makrolid antibiotiklar, antidepressantlar – MAO ingibitorlari, xloramfenikol, simetidin, estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlar, diltiazem, disulfiram, valproat kislotasi, valproat natriy, flyukonazol, ftorxinolon, izoniazid, ketokonazol, lovastatin, metronidazol, omeprazol, propranaol, xinidin, xinin, verapamil bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlik talab qilinadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

5NT3 reseptorlarini boshqa selektiv antogonistlari ilgari qo‘llangan pasientlarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilgan, osetronni qo‘llanganda ham o‘xshash reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Osetron® qabziyatni chaqiradi, ichak o‘tkazmasligi bo‘lgan bemorlarda preparat qo‘llanganidan keyin muntazam kuzatuv talab qilinadi.

Jigar va buyraklar funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llanilishi

Jigar yetishmovchiligida Osetron® klirensi kamayadi va yarim chiqarilish davri oshadi, bu dozaga tuzatish talab qiladi. Sutkalik dozani 8 mg dan oshirmaslik talab qilinadi.

Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni bemorlarga buyurishda markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya holatlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi) rivojlanadi, yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralarni kuchayishi (manifestasiyasi).

Davolash: preparatni bekor qilish va hayotiy muhim funksiyalarni tutib turishga yo‘naltirilgan simptomatik davolash. Maxsus antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli va o‘rami

Tabletkalar 4 mg va 8 mg dan. Blisterlarga 10 tabletkadan o‘ramlangan. 1 blister karton quti ichiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga joylangan. 5 bunday qutilar 1 tashqi qutiga joylangan.

In‘eksiya uchun eritma ampulalarda 4 mg/2 ml va 8 mg/4 ml dan. Blisterlarga 5 ampuladan o‘ramlangan. 1 blister karton quti ichiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga joylangan. 5 bunday qutilar 1 tashqi qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, + 25°S gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5 dori vositasi Dr.Reddy's Laboratories Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EMTRON eritma 2ml 4ml N5
VOMITON inyeksiya uchun eritma 4ml 0,2% N10
VOMITON inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N10
EMISTOP inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter Pharmaceuticals India Private Limited
EMISTOP inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter Pharmaceuticals India Private Limited
OSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
ONSETT inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
ELIMOR inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
KARSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 8mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: R.H. Laboratories
KARSETRON inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: R.H. Laboratories
EMISTOP inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter Pharmaceuticals India Private Limited
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
VOMIKAIND inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MANKIND PHARMA LTD
YUNORM inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО “Юрия-Фарм”
Narh: 89 600 so'mdan Batafsil
EMTRON eritma 2ml 2ml N5
ONDANSETRON eritma 4 ml 2 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик, ПАО
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NAYZ gel 20g 1%
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
STAMLO tabletkalari 5mg N20
KAPFURO tabletkalari 500mg N30
Narh: 303 600 so'mdan Batafsil
PLAGRIL tabletkalari 75mg N10
OMEZ kukuni 40mg N1
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
SIPROLET A tabletkalari 500mg/600mg N10
Narh: 124 000 so'mdan Batafsil
SIPROLET ko'z tomchilari 5ml 3mg/ml
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
NAYZ tabletkalari 100mg N20
Narh: 31 400 so'mdan Batafsil
KETOROL gel 30g 2%
Narh: 36 300 so'mdan Batafsil
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml
OSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ондансетрон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
KAPFURO tabletkalari 500mg N120
KAPFURO tabletkalari 500mg N60
STAMLO tabletkalari 10mg N20
LEVOLET 750 tabletkalari 750mg N10
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
MAYBORTE liofilizat 3,5mg N1
TERONRED tabletkalari 250mg N120
ERANFU inyeksiya uchun eritma 5ml 250mg/5ml N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
KABAZRED konsentrat 1,5ml 60mg/1,5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9