×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PANTEN kapsulalar 300mg N20

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Ovqat xazm bo'lishini yaxshilovchi preparpatlar, shu jumladan fermentlar. Poliferment preparatlar.
Faol modda:
Панкреатин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex Pvt.Ltd.
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- А09А А02.
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Faol modda:.

Panten: 1 kapsula YeF bo'yicha 25000 tb. lipaza, YeF bo'yicha 18000 tb. amilaza, YeF bo'yicha 600 tb. proteaza fermentativ faollikka muvofiq keluvchi 300 mg pankreatin saqlaydi;

yordamchi moddalar: granulalar yadrosi – makrogol 4000, granulalar qobig'i – gipromelloza ftalati, tsetil spirti, trietiltsitrat, dimetikon 1000, kapsula qobig'i – jelatin, temir oksidi (E172), titan dioksidi (E171), natriy laurilsul'fati.

Сhiqarilish shakli  

10 kapsuladan alyumin/alyumin fol'gali (alu/alu) blisterlarda. 2 blisterdan qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Kapsulalar
Panten jelatin kapsulalardagi ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan (kislotali muhitga chidamli) mikrosferalar shaklidagi cho'chqadan olingan (cho'chqalarning me'da osti bezidan olingan) pankreatin saqlaydi.

Kapsulalar ko'p dozali printsip bo'yicha ko'p sonli mikrosferalarni ajratib, me'dada tez eriydi, bu me'da ichidagisi bilan yaxshi aralashishini, me'dadan uning ichidagisi bilan birga ichakka o'tishini va ajralib chiqqanidan keyin ichak ichidagi fermentlarni yaxshi taqsimlanishini ta'minlaydi.

Mikrosfera ingichka ichakka tushganida va qobiq (rN>5,5 da) tez parchalanadi, lipolitik, amilolitik va proteolitik fermentlarni ajratib chiqaradi, bu yog'lar, karbonsuvlar va oqsillarni parchalanishini ta'minlaydi.

Pankreatik fermentlar ta'sirida ovqat hazm bo'lishi natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar darhol yoki ichak fermentlari tomonidan keyingi gidrolizga uchraganidan so'ng so'riladi.

Klinik samaradorligi.

Me'da osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda Pantenning samaradorligini o'rganish bo'yicha ja'mi 30 tadqiqot o'tkazilgan. Ulardan o'ntasi platsebo-nazoratli bo'lgan yoki ularda dastlabki ko'rsatgichlar bilan qiyoslash qo'llangan; bu tadqiqotlarda mukovistsidoz, surunkali pankreatit yoki operatsiyadan keyingi holatlari bo'lgan patsientlar ishtirok etishgan.

Barcha randomizatsiyalangan samaradorlikni o'rganish bo'yicha platsebo-nazoratli tadqiqotlarida oldindan belgilangan birlamchi maqsad samaradorlikning birlamchi ko'rsatgichi – yog'larning so'rilish koeffitsienti (YoSK) bo'yicha Pantenni platsebo ustidan ustunligini isbot qilish bo'lgan.

Yog'larni so'rilish koeffitsienti, ovqat bilan iste'mol qilingan yog'lar va ahlat bilan chiqarilgan yog'larni hisobga olgan holda organizmga so'rilgan yog'larning foizini aks ettiradi. Me'da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o'rganish bo'yicha platsebo-nazoratli klinik tekshirishlarda, YoSK ning (%) o'rtacha qiymati Panten bilan davolashda (83,0%), platsebo ishlatilganiga qaraganda (62,6) yuqori bo'lgan. Barcha tadqiqotlarda, ularning dizaynidan qat'iy nazar, YoSK ning (%) o'rtacha qiymati Panten bilan davolash davrining oxirida, platsebo-nazoratli tadqiqotlarda Panten qo'llanganidagi yog'larning so'rilish koeffitsientining o'rtacha qiymatlari bilan bir xil bo'lgan. Barcha o'tkazilgan tadqiqotlarda, kasallikning etiologiyasidan qat'iy nazar, xarakterli simptomatikani (ich kelishini tez-tezligi, uning konsistentsiyasi, meteorizm) ham yaxshilanishi kuzatilgan.

Bolalar

Mukovistsidozi bo'lgan bemorlarda Panten preparatining samaradorligi yangi tug'ilganlardan to o'smirlik yoshigacha bo'lgan 288 patsientlarda namoyish qilingan. Barcha tadqiqotlarda bolalarda Panten preparati bilan davolashning oxirida YoSK o'rtacha ko'rsatgichi,patsientlarning yoshidan qat'iy nazar 80% dan yuqori bo'lgan.

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda fermentlarni o'zgarmagan holda so'rilishi belgilari aniqlanmagan, va shuning uchun klassik farmakokinetik tekshirishlar o'tkazilmagan. Me'da osti bezining fermentlarini qo'shish o'zining samarasiga erishishi uchun so'rilishni talab qilmaydi. Aksincha, ularning to'liq terapevtik ta'siri me'da-ichak yo'llarining ichida namoyon bo'ladi. Ular oqsillar sifatida, peptidlar va aminokislotalar ko'rinishida so'rilishdan oldin me'da-ichak yo'llari orqali o'tishda proteolitik ovqat hazm bo'lishiga uchraydilar.

Klinikagacha bo'lgan tadqiqotlarning ma'lumotlari o'tkir, nim surunkali yoki surunkali toksikligini ko'rsatmadi. Genotoksiklik, kantserogenlik yoei reproduktivlikka toksik ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlari o'tkazilmagan.

Klinik tekshirishlarda 900 patsient Panten qabul qilganlar.

Eng ko'p xabar berilgan nojo'ya reaktsiyalari, asosan yengil va og'irligi o'rtacha darajali ovqat hazm qilish yo'llarining buzilishlari bo'lgan.

Klinik tekshirishlar davomida quyida ko'rsatilgan tez-tezlik bilan, quyidagi nojo'ya reaktsiyalar kuzatilgan

A'zolar tizimi

Juda tez-tez, ≥1/10

Tez-tez, ≥1/1000
dan <1/10 gacha

Tez-tez emas
≥1/10000 dan <1/100 gacha

Tez-tezdigi noma'lum

Me'da ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

qorin og'rig'i*

ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorinni dam bo'-lishi, diareya*

yonbosh, ko'r va yo'g'on ichakning striktu-rasi (fibroz kolonopatiya)

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

toshma

qichishish, eshakemi

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

o'ta yuqori sezuvchan-lik (anafilaktik reaktsiyalar)


*- me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar asosan asosiy kasallik bilan bog'liq. Qorin sohasida og'riq va diareya kabi noxush reaktsiyalarni paydo bo'lish tez-tezligi, platsebo qo'llaganida past yoki undagi bilan bir hil bo'lgan.

Yonbosh, ko'r va yo'g'on ichakni strikturasi (fibroz kolonopatiya), pankreatinning yuqori dozalarini olgan mukovistsidozi bo'lgan patsientlarda kuzatilgan («Maxsus ko'rsatmalar» bo'limiga qarang).

Kuzatilgan allergik reaktsiyalar, asosan, lekin faqat emas, teri bilan cheklangan va nojo'ya reaktsiyalar sifatida postmarketing qo'llangan aniqlangan. Bu reaktsiyalar xaqidagi xabarlar spontan bo'lganligi va aniq bo'lmagan o'lchamli populyatsiyadan olinganligi tufayli, bu reaktsiyalarning aniq tez-tezligini baholash mumkin emas.

Bolalar

Bolalarda spetsifik noxush reaktsiyalari aniqlanmagan. Mukovistsidozi bo'lgan bolalardagi nojo'ya reaktsiyalarning tez-tezligi, turi va og'irligi kattalardagi bilan bir hil bo'lgan. 
Retseptsiz.

Pankreatinning yuqori dozalarini qabul qilgan, mukovistsidozi bo'lgan bemorlarda ichaknin ileotsekal bo'limini va yo'g'on ichakni torayishi aniqlangan (fibroz kolonopatiya). G'ayrioddiy abdominal simptomlar paydo bo'lgan hollarda yoki asosiy kasallikning simptomlarini xarakteri o'zgarganida, oldini olish chorasi sifatida, yo'g'on ichakning shikastlanishi mumkinligini, ayniqsa agarda patsient sutkada 10000 TB lipaza/kg dan ko'proq qabul qilayotgan bo'lsa, istisno qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Me'da osti bezi fermentlarini homiladorlikni kechishiga ta'siri bo'yicha klinik tekshirishlarning ma'lumotlari yo'q, shuning uchun homilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar cho'chqa me'da osti bezi fermentlarini so'rilish belgilari yo'qligini ko'rsatgan. Shunday qilib, reproduktsiya faollikka va homilani rivojlanishiga toksik ta'sirining borligi kutilmaydi.
Hayvonlardagi o'tkazilgan tadqiqotlar emizuvchi ayolda me'da osti bezi fermentlarining  tizimli ekspozitsiyasi yo'qligidan dalolat berishi tufayli, emizikli bolaga biron-bir ta'siri taxmin qilinmaydi. Shuning uchun emizish davrida me'da osti bezining fermentlarini qabul qilish mumkin.
Zarurati bo'lganida homiladorlar yoki emizuvchi ayollar, Pantenni ovqatlanishning adekvat holatini ta'minlash uchun yetarli dozalarda qabul qilishlari mumkin.

Bolalar.

Pantenni bolalarda qo'llash mumkin.

Avtotransport yoki boshva mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.

Panten preparatining transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri yo'q yoki hisobga olinmaydigan darajada kam hisoblanadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin. 

Bolalar va kattalarda quyida sanab o'tilgan kasalliklar bilan bog'liq bo'lgan, lekin cheklanmagan me'da osti bezining ekzokrin faoliyatining yetishmovchiligini davolash:

- mukovistsedoz;

- surunkali pankreatit;

- pankreatektomiya;

- gastroektomiya;

- me'da osti bezi raki;

- me'dani to'liq youi qisman rezektsiyasidan (masalan Bil'rot II bo'yicha gastroenterotomiyadan) keyingi holat;

- pankreatik yoki umumiy o't yo'lining obstruktsiyasi (masalan, o'sma bilan);

- Shvaxman-Daymond sindromi;

- patsient enteral oziqlanishga o'tkazilgan vaqtdan boshlab, o'tkir pankreatitni zo'rayishidan keyingi holat.

Ta'sir qiluvchi moddaga yoki preparatning xar qanday boshqa  komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik.


O'zaro ta'sirining tekshirishlari o'tkazilmagan. 

Blisterlar: 25ºC dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Panten yozuvi bo'lgan – jigarrang qopqoqli va tiniq asosli 0 o'lchamdagi qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula deyarli oqdan och jigarranggacha bo'lgan ichakda eruvchi pelletlar bilan to'ldirilgan

Preparatning dozalari kasallikning og'irligi va parhezning tarkibiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi. Adekvat shaxsiy dozani tanlash uchun preparatning uch dozasi bor – Panten,

Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilish tavsiya etiladi. Kapsulalarni butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish yoki yengil nonushta bilan iste'mol qilish kerak.

Agar kapsulani butunligicha yutish mumkin bo'lmasa (bolalar va keksa yoshli shaxslar) uni ochish va mikrosferik granulalarni chaynashni talab qilmaydigan va nordon ta'mga (rN<5,5) ega yumshoq ovqatga qo'shish, yoki shuningdek nordon ta'mga (rN<5,5) bo'lgan suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Masalan mikrosferalarni rN 5,5 dan kam bo'lgan olma pyuresiga, yogurtga yoki meva (olma, apel'sin yoki ananas) sharbatiga qo'shish mumkin. Bunday aralashmani darhol qabul qilish kerak, saqlash mumkin emas.

Mikrosferalarni maydalash yoki chaynash, shuningdek ularni rN 5,5 dan yuqori bo'lgan ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish, ularning ichakda eruvchi himoya qobiqlarini parchalashi mumkin. Bu fermentlarni og'iz bo'shlig'ida erta ajralib chiqishiga, samaradorligini pasayishiga va shilliq qavatlarni ta'sirlanishiga olib kelishi mumkin. Mikrosferalarni og'izda qolmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.

 Panten  preparati bilan davolanish vaqtida yetarli miqdordagi suyuqlikni, ayniqsa uni yuqori yo'qotilish davrida, iste'mol qilish juda muximdir. Suyuqlikning tanqisligi qabziyat chaqirishi mumkin.
Mukovistsidozda kattalar va bolalar uchun dozalash.

Mukovistsidoz (MV) bo'yicha Muvofiqlashtirish konferentsiyasining, AQSh MV Assotsiatsiyasining «tasodif-nazorat» tekshirishlariga va Buyukbritaniyadagi «tasodif-nazorat» tekshirishlariga asoslanib, me'da osti bezi fermentlari bilan o'rinbosar davolash uchun quyidagi umumiy tavsiyalarni taklif qilish mumkin: 

- 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining kg ga boshlang'ich doza 1000 TB lipazani tashkil qiladi, 4 yoshdan boshlab bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining kg ga - 1000 TB lipaza to'g'rilanadi.

- Dozani kasallikning og'irligi, steatoreyani va kerakli nutritiv holatni tutib turishni nazoratiga qarab, shaxsiy tanlash kerak.

- Ko'pchilik patsientlar uchun tutib turuvchi doza tana vaznining kg ga sutkada 10000 TB lipazadan yoki 1 gramm iste'mol qilingan yog'ga 4000 TB lipazadan oshmasligi kerak.

Me'da osti bezining ekzokrin yetishmovchiligini boshqa turlarida dozalash.

Ovqat hazm bo'lishining buzilish darajasi va ovqatning yog'li tarkibiga qarab, dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak.

Odatdagi boshlang'ich doza har bir asosiy ovqat qabul qilish vaqtida 10000 dan 25000 TB lipazani tashkil qiladi. Asosiy ovqat qabul qilishlar vaqtida doza 25000 dan 80000 TB gacha lipaza bo'lishi mumkin, yengil nonushta qabul qilish vaqtida esa, shaxsiy dozaning yarmini tashkil qilishi kerak.
Pankreatinning boshqa preparatlarini o'ta yuqori dozalarini qabul qilish vaqtida, giperurikemiya va giperurikozuriya kuzatilgan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PANTEN kapsulalar 300mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PANTEN kapsulalar 300mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PANTEN kapsulalar 300mg N20 dori vositasi Avantika Medex Pvt.Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PANTEN kapsulalar 300mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PANTEN kapsulalar 300mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FORTE ENZIM tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
PANZINORM 10000 kapsulalar N21
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEZIM FORTE tabletkalari N80
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
MEZIM FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 14 500 so'mdan Batafsil
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ENZIREM kapsulalar 25000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ENZIREM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
KREON kapsulalar 300mg 25000YeD N20
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
KREON kapsulalar 150mg 10000YeD N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LAKRIZIM kapsulalar 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
ZEMITRA NEO tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
TRIZIM MIKROKAPS kapsulalar 10000ed N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
KREAZIM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ООО для Neville Servis, ООО
GRESTAL tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
UNI FESTAL tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KREZAM 10000 kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
MEZZEN FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
Narh: 10 100 so'mdan Batafsil
KARENZIM 10000 kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 53 100 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ENZISTAL P tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Torrent Pharmaceuticals Ltd
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
PANKREATIN FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 89 800 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 10000ed N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
MIKRAZIM kapsulalar 25000ed N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Панкреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 230 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9