×
×
  • PANTESTIN DARNISA gel 15g

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PANTESTIN DARNISA gel 15g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
- Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
ATX kodi:
- D03AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1% Lekinterkaps, ООО O'zbekiston
1 500 s`om dan
FUSIS gel 30g 0,5% Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
27 100 s`om dan
ELOKOM maz 15g 0,1% Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V. Belgiya
68 000 s`om dan
KETOZOL SN krem 20g BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PANTESTIN DARNISA gel 15g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PANTESTIN-DARNISA®

PANTHESTIN-DARNITSA

 

Preparatning savdo nomi: Pantestin-Darnisa®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): dekspantenol, miramistin (dexpantenol, myramistin)

Dori shakli: gel.

Tarkibi:

1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: 50 mg dekspantenol (D-pantenol), 5 mg miramistin;

Yordamchi moddalar: propilenglikol, polietilenglikol (makrogol 400), poloksamer, setil spirti, stearil spirti, tozalangan suv saqlaydi.

Ta‘rifi: oq rangli, kuchsiz spesifik hidli bir xil gel.

Farmakoterapevtik guruhi: jarohatlarni bitishiga (chandiqlanishiga) yordam beruvchi preparatlar.

ATX kodi: D03A X.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Pantestin-Darnisa® preparatining faol moddasi – dekspantinol old vitaminidir. Teriga qo‘yilganida dekspantenol epiteliy xujayralariga kiradi va pantotenat kislotasiga aylanadi, u plastik materialning sintezi jarayonida ishtirok etuvchi A kofermentining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu terini shakllanishi va qiyin bituvchi, asoratlangan jarohatlarida regenerasiya jarayonlarini kuchayishiga olib keladi.

Qiyin bituvchi jarohatlar odatda, jarohat infeksiyalari bilan asoratlanganligi sababli, jarohat infeksiyalarini oldini olish va davolash maqsadida preparatga kation antiseptik – miramistin kiritilgan, uning antimikrob ta‘sirini dekspantenolning samarasi to‘ldiradi.

Farmakokinetikasi

Dekspantenol qo‘yilgan joydagi to‘qimalarda metabolizmga uchraydi. Tizimli qon oqimiga deyarli tushmaydi.

Miramistin surtma asosining polimer moddalarining xususiyatlari tufayli jarohat yuzasida tutilib qoladi va tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • Jarrohlikda: turli sohalarda joylashgan va turli genezli, shu jumladan, operasiyadan keyingi jarohatlar, trofik yaralar va regenerasiya bosqichidagi yotoq yaralarni (jarohat jarayonining II fazasi) davolash uchun.
  • Kombustiologiyada: granulyasiyalanuvchi kuyish jarohatlarini davolash uchun, ularni autodermaplastikaga tayyorlashda va plastik operasiyalardan keyin teri transplantlarini bitishini yaxshilash uchun; quyosh nuri oqibatidagi kuyishlarni davolash uchun.
  • Radiasion tibbiyotda: shilliq qavatlar, teri va o‘rab turgan to‘qimalarni nurli shikastlanishlarini oldini olish uchun, nurli yaralarni regenerasiya bosqichida davolash uchun.
  • Stomatologiyada: parodont kasalliklarini (kataral, yarali-nekrotik gingivit, bir sohadagi parodontit, tarqoq parodontitni) davolash, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklarini (stomatit, surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining travmatik shikastlanishlarini (protezlar ta‘siri

oqibatidagi stomatitni) davolash uchun.

  • Pediatriyada: bichilish va yo‘rgak dermatitida, ularning infeksiyalanishini oldini olish uchun.
  • Ginekologiyada: bachadon bo‘yni eroziyasini, eroziv kolpitlarni va qinning shilliq qavatini shikastlanishini davolash uchun.
  • Teri infeksiyalarini, xususan, ikkilamchi infeksiyalangan ekzema va neyrodermitlarni davolash uchun.
  • Maishiy jarohatlanish oqibatida mayda shilinishlar, kesilishlar, tirnalishlarni davolash va ularning infeksiyalanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari.

Preparat mahalliy qo‘llanadi. Jarohat yuzasiga standart ishlov berilganidan keyin gel jarohat yuzasiga yupqa qavat qilib sutiladi, so‘ngra steril doka bog‘lov qo‘yiladi. Zarurat tug‘ilganida gel bog‘lov materialiga surtiladi, so‘ngra jarohatga qo‘yiladi. Ekssudat bo‘lganida preparatni qo‘llashdan oldin jarohatni furasillin (1:5000) yoki vodorod perekisining (3%) eritmasi bilan yuvish va doka salfetka bilan quritish kerak. Dermatologik kasalliklarda va quyoshdan kuyishlarda: gel bevosita shikastlangan yuzaga sutkada 2-3 marta qo‘yish mumkin.

Ginekologik kasalliklarda (bachadon bo‘ynining eroziyasi, eroziv kolpitlar): preparat bilan shimdirilgan doka tamponlarni, pasient yotgan holatida qinga chuqur qilib kiritiladi.

Stomatologik kasalliklarda: preparatni faqat kattalarga og‘iz bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llash mumkin. Shaxsiy gigienadan keyin og‘iz bo‘shlig‘i chayiladi, gelni milklarni yuzasiga yoki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib qo‘yiladi. Bir soat davomida suyuqlik ichmaslik va ovqat iste‘mol qilmaslik kerak. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining travmatik shikastlanishlarini (protez oqibatidagi stomatitni) davolashda shikastlanish sohasiga gel surtilganidan keyin tish protezlarini ishlatish mumkin. Preparat sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Davolash davomiyligi – 7-10 kun, shikastlanish to‘liq bitgunicha yoki yallig‘lanish jarayoni kamaygunicha davom etadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan: preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollarida, odatda teri tomonidan o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘luvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuz berishi mumkin. Bu qichishish, giperemiyani his etishni, klinik ko‘rinishlari va og‘irlik darajasi bo‘yicha turli xil lokal yoki tarqalgan toshmalarni paydo bo‘lishi bilan kechadi. Ayrim hollarda 15-20 minutdan keyin mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab etmaydigan achishish hissi bilan kechuvchi terini mahalliy ta‘sirlanishi bo‘lishi mumkin.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: kontakt dermatit, allergik dermatit, eritema, ekzema, eshakemi, terini ta‘sirlanishi, terini shishi, pufakchalar, terini qurishi, xo‘llanish kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.

Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda quyidagilar yuz berishi mumkin:

aminofaol moddalar bilan (sovunli eritmalar bilan) – miramistinning mikroblarga qarshi ta‘siri faolsizlanadi. Bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim;

tizimli yoki mahalliy antibiotiklar bilan – mikroorganizmlarning antibiotiklarga rezistentligini pasayishi kuzatiladi;

qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar (suksametoniy xloridi, dekametoniy bromidi) bilan – oxirgilarning samaradorligi kuchayadi;

qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar bilan – oxirgilarning samaradorligi susayadi.

Preparatni miramistin antimikrob ta‘sirini faolsizlantiruvchi boshqa antiseptiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gelni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.

Preparatni og‘ir yiringli ekssudasiyasi bilan kechuvchi jarohat jarayonining I fazasida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparatni oldindan shifokorning maslahatisiz boshqa dori vositalari bilan qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin, lekin tananing katta sohalariga qo‘llashdan saqlanish kerak.

Bolalar.

Preparatni pediatriya amaliyotida (hayotining birinchi kunlaridan boshlab – teri shikastlanishining birinchi klinik belgilari paydo bo‘lganida) qo‘llash mumkin. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat har gal yo‘rgak (taglik) almashtirilganida teri shikastlanishining klinik belgilari yo‘qolgunicha qo‘llanadi..

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparat avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi.

Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam, chunki preparatning faol komponentlari tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi.

Preparatni behosdan ichga qabul qilingan hollarda toksik samaralarni yuz berishi kutilmaydi. Me‘da-ichak yo‘llari buzilishlari yuz berganida – simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

15 g va 30 g dan tubalarda. 1 tubadan qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Preparatni muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PANTESTIN DARNISA gel 15g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PANTESTIN DARNISA gel 15g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PANTESTIN DARNISA gel 15g dori vositasi Дарница,Фарм.фирма, ЧАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PANTESTIN DARNISA gel 15g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PANTESTIN DARNISA gel 15g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PROZERIN DARNISA inyeksiya uchun eritma 1ml 0,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
DITILIN DARNISA inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N10
SITIMAKS DARNISA inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
SITIMAKS DARNISA inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
SIANOKOBALAMIN DARNISA (VITAMIN V12 DARNISA) inyeksiya uchun eritma 1ml 0,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
SIANOKOBALAMIN DARNISA (VITAMIN V12 DARNISA) inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
RIBOKSIN DARNISA tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
RIBOKSIN DARNISA inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
OFLOKAIN DARNISA maz 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
VERAPAMIL DARNISA inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
DARSIL tabletkalari 22,5mg N30
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
PREDNIZOLON DARNISA tabletkalari 5mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
DEKSAMETAZON DARNISA inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
VIKASOL DARNISA inyeksiya uchun eritma 10ml N10
SITIMAKS DARNISA inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
TRIOMAKS DARNISA inyeksiya uchun eritma 4ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
TRIOMAKS DARNISA inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
TIVOMAKS DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN DARNISA inyeksiya uchun eritma 10ml 20mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
KLOFELIN — DARNISA tabletkalari 0,15mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
KETOLONG DARNISA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
Narh: 26 700 so'mdan Batafsil
IZONIAZID DARNISA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
DOFAMIN DARNISA konsentrat 5ml 40mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
DOFAMIN DARNISA konsentrat 5ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
DEKSAMETAZON DARNISA inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9